Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/156
Sana19.02.2022
Hajmi2,19 Mb.
#457986
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   156
Bog'liq
Audit 2014 Sh.N. Fayziyev darslik

18. Ichki nazoratchilarning majburiyatlarini doimiy ravishda qayta taqsimlash 
(rezervlarning, ichki auditorlarning hamda buxgalterlarning) 
nazoratning 
foydaliligini oshirish hamda o’z vazifalarini suiste’mol qilinishini oldini olish 
maqsadida xodimlar o’rtasida majburiyatlarni qayta taqsimlab borilishi lozim. 
Buxgalterning majburiyatlarini doimiy ravishda qayta taqsimlanishi 
quyidagilarga yordam beradi: 
-buxgalter tomonidan har bir faoliyatning o’zaro nazorati tufayli 
kamchiliklarning yuzaga kelishi ehtimoli kamayadi; 
-bitta uchaskada ishlash orqali bir xil ishdan toliqishni oldini oladi va 
buxgalter ishining samarasini oshiradi; 
-buxgalteriya xodimlarining uddaburonligini oshiradi. 
19. Har tomonlama nazorat.
Korxonaning boshqaruvi va uning rivoji uchun 
har bir tarmoqni har tomonlama nazorati muhimdir. Tekshiruv tadbirini 
rejalashtirishda, iqtisodiy, yuridik, ilmiy-texnikaviy hamda ijtimoiy bo’limlarini 
har 
tomonlama 
o’rganish lozim. Yo’riqnomani noto’g’ri tushunish, 
muhokamalarda 
xatolik, 
shaxsning 
beparvoligi, 
javobgar 
shaxsning 
parishonxotirligi yoki charchaganligi, jamoa o’rtasida kelishmovchiliklar, o’z 
lavozimini suiste’mol qilish va odobsizlik qilish hammasi ichki audit menejeri 


201 
yoki xodimlar bo’limi e’tiborida bo’lishi lozim. 
20. Nazorat obektlarning o’zaro bog’liqlarini tushunish.
 
Agar biror-bir 
obektning nazoratida oqsoqlik yuzaga kelsa, bevosita muammoni yuzaga 
keltirgan vaziyat bilan ish olib borish. Bunday yondashish oqsoqlikning yuzaga 
kelishi sababini aniqlash hamda kelgusida takrorlanmasligini ta’minlaydi. 
Tekshiruv jarayonida ichki audit tomonidan, kompyuter xotiralariga saqlab 
qo’yilgan buxgalteriya operatsiyalarida pul harakatlari noto’g’ri hisob raqamlarda 
aks ettirilganligi aniqlansa, bu holatda quyidagi choralar amalga oshiriladi: 
a) buxgalteriya hisobi shakli bo’yicha yo’l quyilgan kamchiliklarni aniqlash 
hamda ularni bartaraf etish;
b) amaliy buxgalteriya dasturining sifati yoki hajmi, dastur-texnika 
kompleksiga baho berish; 
v) xatoni e’tibordan chetda qoldirgan buxgalterning professional bilimiga baho 
berish. 
21. Dastlabki nazoratning ahamiyati.
 
Boshqarilayotgan ob’ektning ahvolining 
yomonlashuvini 
yoki 
oqsoqlanishi 
borasida 
ogohlantirish 
maqsadida 
tekshiruvning boshlang’ich bosqichlarini kuchaytirish lozim. Bu holat 
nazoratdagi ob’ektning talab qilingan axvolga olib kelishda yuzaga kelishi 
mumkin bo’lgan yo’qotishlar va xarajatlarning oldini olishda yordam beradi. 
22. Oldingi tekshiruvda kamchiliklar bo’yicha aniqlangan ma’lumotlardan 
foydalanish.
 
Har bir nazorat jarayonida oldingi tekshiruvda aniqlangan 
kamchiliklardan foydalanish, ushbu kamchiliklarni qaytarilmasligini ta’minlaydi.
23. Uzluksiz ravishda rivojlanib borish.
 
Vaqt o’tishi bilan hattoki 
boshqaruvning ilg’or uslubi ham eskirib boradi. Ichki nazorat tizimini shunday 
tashkil etishi kerakki, u tashkilot faoliyatining ichki va tashqi o’zgarishlari 
natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan yangi muammolarni hal etishda 
moslashuvchan 
bo’lishi 
kerak 
hamda 
tashkilotning 
kengayishida 
zamonaviylashishini ta’minlab berishi kerak. 
Tashkilotda ichki audit tizimining muvaffaqiyatli faoliyatini ta’minlashning 


202 
asosiy yo’li quyida keltirilgan tamoyillarga rioya qilishdir: 
1.
 
Mas’uliyatlilik tamoyili:
 
Tashkilotda faoliyat olib boruvchi har bir ichki 
audit xodimi o’z faoliyatini olib borishda iqtisodiy, ma’muriy va intizomiy 
mas’uliyatni his qilishi kerak. Agar xodim tomonidan mas’uliyat his qilinmasa 
nazorat talab darajasida olib borilmaydi. 
2.
 
Muvozanatni ushlab turish tamoyili:
 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, 
korxonaning nazorat funktsiyasi qanday tarzda olib borilishi, resurslar bilan 
ta’minlanishi va bajarilishi bo’yicha auditor tomonidan buyruq berilmasligi 
lozim. Nazorat sub’ektlari tomonidan majburiyatlar korxonaning ish hajmi va 
imkoniyatidan kelib chiqib belgilanishi lozim. 
3.
 
Yuzaga kelgan kamchiliklar bo’yicha o’z vaqtida malumot berish:
Yuzaga 
kelgan kamchiliklar bo’yicha malumot, ushbu kamchiliklar bo’yicha qisqa vaqt 
ichida qaror qabul qilish vakolatiga ega kishiga o’z vaqtida etkazilishi lozim. 
Agar ma’lumot kechiqtirilsa salbiy oqibatlarga olib keladi. Boshlang’ich 
nazoratda oqibatlarning yuzaga kelish ehtimoli bo’yicha malumot o’z vaqtida 
etkazilmasa, bu nazoratni amalga oshirilishidan mano qolmaydi. 
4.
 
Nazoratga oluvchi va nazoratga olingan tizimning mutanosibligi:
Ichki 
audit tizimining murakkablik darajasi nazoratdagi tizimning murakkablik 
darajasiga mutanosib bo’lishi kerak, ya’ni ob’ekt bo’yicha tekshiruvni 
muvaffaqiyatli olib borish uchun ichki audit shu darajada murakkab bo’lmog’i 
lozim. 
5.
 
Butlik tamoyili:
Har xil turdagi ob’ektlar bir-biriga aloqador bo’lgan ichki 
auditni o’ziga qamrab olgan bo’lishi kerak, ya’ni audit tor doiradagi obektlar 
bilangina chegaralanmasligi kerak. 
6.
 
Javobgarlikning taqsimlanish tamoyili:
Xodimlar o’rtasida vazifalar 
shunday taqsimlanish kerakki, bir xodimga bir vaqtning o’zida quydagi vazifalar 
yuklatilmasligi kerak: Belgilangan aktivlar bo’yicha operatsiyalarga ruxsat berish, 
berilgan operatsiyalarni ro’yxatga olish, operatsiyalarning bo’lganligini 
ta’minlash hamda ularning inventarizatsiyadan o’tkazish. Salbiy oqibatlar yuzaga 


203 
kelmasligini oldini olish maqsadida bu funktsiyalarni bir necha xodimlar o’rtasida 
taqsimlanishi lozim. 
7.
 
Ruxsat berish hamda ma’qullash tamoyili:
 
Har bir xo’jalik operatsiyalarini 
amalga oshirilishida vakolatli shaxs tomonidan ruxsat berilishi rasmiy ravishda 
ta’minlangan bo’lishi kerak. Rasmiy ruxsat bu umumiy turdagi xo’jalik 
operatsiyalar yoki aniq bir operatsiya bo’yicha rasmiy qaror hisoblanadi. Rasmiy 
ma’qullash bu boshqaruv tomonidan berilgan ruxsatidir. Yuqorida qayd etilgan 
tamoyillarning barchasi bir biriga bog’liqdir, ularning birikishi aniq bir 
vaziyatdan kelib chiqadi. 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish