Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/156
Sana19.02.2022
Hajmi2,19 Mb.
#457986
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   156
Bog'liq
Audit 2014 Sh.N. Fayziyev darslik

 
5. Ichki nazoratning turlari 
Ichki nazorat tizimi quyidagi omillar ta’siri ostida bo’ladi:

Boshqaruvning ichki nazoratga bo’lgan munosabati; 

Tashkilot faoliyatining ichki sharoitlari, uning hajmi, ko’lami va faoliyat 
turi; 

Uning soni va hududiy jihatdan har xil joylashganligi, uning bir qismli yoki 
sho’ba korxonalariga ega bo’lishi; 

Maqsad va vazifalarining strategik o’rnatilganligi;

Faoliyatning mexanizatsiyalashganligi va kompyuterlashganligi darajasi; 

Resurs bilan ta’minlanganligi; 

Xodimlar tarkibining bilim darajasi; 
Ichki nazorat quyidagicha tashkil etilishi mumkin: 
a)
Yillik hisobotni tasdiqlash maqsadida yig’ilgan aktsiyadorlar yig’ilishida 
saylangan, taftish komissiyasi shaklida; 
b)
Bevosita rahbar buysunuvchi ichki audit bo’limi shaklida 
c)
Nazorat guruxi shaklida
d)
Inventarizatsiya bo’limi shaklida; 
e)
Ichki audit tekshiruvini o’tkazish uchun audit tashkiloti bilan shartnoma 
shaklida bo’lishi mumkin. 


204 
Taftish.
 
Korxonada ichki nazorat tizimini ishlab chiqish jarayoni murakkab va 
uzoq vaqtni oladi hamda korxonada alohida bo’lim nazorat taftish bo’limi tashkil 
etilishi zaruriyati tug’iladi, bu holatda nazorat-taftish xizmati xatoliklarni yoki 
lavozimni suiste’mol qilininshi yuzaga kelishini aniqlaydi. Shuni ta’kidlash 
joizki, taftish faoliyati amalga oshirib bo’lingan faoliyat ustidan o’tkaziladi. Ichki 
audit esa korxonaning umumiy istiqbolini ko’ra oladi va kelgusida bo’lishi 
mumkin bo’lgan hodisalarni tahlil qiladi. Boshqacha qilib aytganda taftish ishlari 
bo’lib o’tgan kamchiliklar bo’yicha xulosa beradi, ichki audit esa imkoniyatni 
baholaydi hamda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan riskni kamaytirishga hamda 
salbiy oqibatlarga olib kelmasligini oldini olish bo’yicha takliflar beradi. 
Yuqoridagilardan xulosa qilib korxonada ichki taftish tizimining mavjudligi bu 
ichki auditning keragi yo’q degani emas.
Shtat bo’yicha ichki audit xizmati.
 
Korxonada ichki audit xizmatining korxona 
rahbarlariga bo’ysunishiga har xil yondashiladi. Eng yaxshi yo’l ichki audit 
xizmati boshlig’ining korxona boshliqlari kengashiga bo’ysunishidir. Aynan 
shunday yondashish zamonaviy korporativ boshqaruv tamoyillariga to’g’ri keladi. 
Bu vaziyatda ichki audit tizimining ijro boshqaruvidan mustaqilligi ancha oshadi. 
Bu holatda ichki audit xizmati salohiyatidan maksimal darajada foydalanish 
imkonini beradi. Har xil sabablarga ko’ra bu variantni amalga oshirish imkoni 
bo’lmasa, ichki audit xizmati bosh direktorga bo’ysunadi. 
Ichki audit xizmatning tarkibiy tuzilishi va xodimlari soniga aniq bir cheklov 
berilmagan, bu quyidagi omillarga ko’ra har xil bo’ladi: birinchi omil bu 
korxonaning ichki audit oldiga qo’ygan vazifasi. Ikkinchi omil bu ichki audit 
xizmatining strukturasiga ta’sir etuvchi omillar korxonaning xar xil turdagi 
risklarga duch kelganligi. Uchunchi omil korxonada nazorat tizimining etukligi. 
Oxiri korxonaning shohobchalarining ko’pligi va har xil joyda joylashganligi. 
Ichki audit xizmatining tizimining ishlab chiqishdan oldin, avvalo ichki audit 
xizmatining ob’ektivligini hamda erkinligini ta’minlash lozim. Sho’’balari ko’p 
va har xil joyda joylashgan xolding kompaniyalari uchun markazlashgan ichki 


205 
audit xizmati to’g’ri keladi. Uning xodimlari hududiy holatda korxonaning bosh 
ofisida yoki sho’’ba korxonalarida joylashishi mumkin. Ammo nima bo’lganda 
ham ular funktsional ravishda korxonaning rahbariga bo’ysunadi. Ichki audit 
xizmati ishchilarning markazlashgan strukturasi korxonaning qaysi bir filial yoki 
sho’’basida joylashmasin, korxonaning ichki audit xizmati boshlig’iga yoki 
korxona rahbariga bo’ysunadi. Bu turdagi korxonalarga boshqaruv kuchsizlanish 
ehtimoli yuzaga keladi hamda ichki audit xizmatining erkinligi va ob’ektivligida 
yuzaga kelish mumkin bo’lgan riskni kamaytiradi.
Autsorsing va kosorsing.
 
Ichki audit tekshiruvidan tashqari, chetdan audit 
tekshiruvi bo’yicha shug’ulanuvchi tashkilotning jalb qilgan holda yoki tashqi 
maslahatchi jalb qilish orqali amalga oshirish ham mumkin. Bu autsorsing 
varianti, ammo tashkilotning ichki audit masalalarini tashqi audit hal etishi 
tavsiya etilmaydi. Yana kosorsing varianti ham mavjud bunda korxona ichki audit 
xizmati tizimni tashkil etishdir va ba’zi hollarda tashqi ekspert korxonalarini yoki 
tashqi maslahatchilarni jalb qilish mumkin. Autsorsing va kosorsing 
foydalanishning afzalligi quyidagicha:

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish