166
12-BOB. ICHKI AUDIT ASOSLARI
1. Moliyaviy nazorat tizimida ichki auditning o’rni
Auditorlik faoliyati va ichki audit xizmati to’g’risida so’z yuritishdan
avval, «audit» so’zining lug’aviy ma’nosini iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodchi
olimlarning bergan fikr va mulohazalarini keltirib o’tsak. Umuman olganda audit
atamasi lotin tilidan olingan bo’lib, «eshituvchi», «eshitmoq» degan ma’noni
anglatadi.
Ma’lumki, auditorlik faoliyatini amalga oshirishda auditning maqsadi va
vazifalari, majburiyatlari va ob’ektlari xar xil ekanligini inobatga olgan holda,
ular tashqi va ichki audit xizmatiga bo’lingan. Tashqi
va ichki audit xizmati
tashkil etilishi uslubiyatiga ko’ra o’xshash bo’lsada, ular o’rtasidagi farq, ularning
amalga oshirishning huquqiy, tashkiliy shakllarida namoyon bo’ladi. Ammo
auditorlar o’z faoliyatida ko’p jihatdan ichki audit natijalariga tayanadi. Tashqi
audit bilan ichki auditning tavsif jihatdan farqli jihatlarini mazkur jadvalda
ko’rishimiz mumkin.
Tashqi va ichki auditning tavsif jihatdan farqlanishi
№
Farq qiluvchi
belgilar
Ichki audit
Tashqi audit
1.
Maqsadi
bo’yicha
Korxona rahbariyati tomonidan belgilanadi
Moliyaviy hisobotlarning
haqqoniyligini
baholash va amaldagi qonunchilikka rioya
etilayotganligini tasdiqlash
2.
Qo’yilgan
vazifalariga
ko’ra
Korxona
bo’limlari
yoki
umuman
korxonaning talabiga ko’ra korxona kengashi
va boshqaruvchisi tomonidan belgilanadi
Mustaqil tomonlar o’rtasidagi shartnomaga
asosan: korxona va auditorlik firmasi
3.
Javobgarligi
bo’yicha
Majburiyatni bajarganligi uchun rahbariyat
oldida
Mijoz va huquqiy – me’yoriy hujjatlarda
ko’rsatilgan uchunchi shaxslar oldida
4.
Obe’kti
bo’yicha
Boshqaruvning
alohida
funktsional
masalalarini echish,
korxonaning axborot
tizimini ishlab chiqish va tekshirish
Korxonaning hisob tizimini va moliyaviy
hisobotlarini tekshirish
5.
Sub’ekti
bo’yicha
Korxona rahbariyatiga bo’ysunuvchi va shtat
tarkibidagi xodimlar
Auditorlik faoliyatini amalga oshirish
litsenziyasiga ega bo’lgan yuridik shaxs
6.
Huquqiy
jihatlari
bo’yicha
Mustaqil belgilanadi (yoki korxonalarda ichki
audit o’tkazish to’g’risidagi Nizom)
Umumqabul
qilingan
auditorlik
standartlari bilan belgilanadi
167
7.
Faoliyat
turi
bo’yicha
Ijro faoliyati
Tadbirkorlik faoliyati
8.
O’zaro
munosabat
bo’yicha
Korxona rahbariyatiga bo’ysunishi
va undan
mustaqilligi
Teng huquqli sherikchilik, mustaqillik
9.
T
Xizmatlar
uchun
haq
to’lash
tamoyillariga
ko’ra
Shtatjadvaliga asosan ish haqi
Haqni mijoz – korxona yoki uning
roziligiga
ko’ra auditorlik xulosasini
olishga ehtiyoji bo’lgan organ to’laydi
10.
Hisobot
taqdim etilishi
bo’yicha
Korxona egasi va boshqaruv organiga
Auditorlik tashkilotining yakuniy qismi
nashr
ettirilishi mumkin, tahliliy qismi
mijozga topshiriladi
11.
Uslubiy
jihatdan
Uslubiy jihatdan bir xil, ammo qo’yilgan maqsadlar xilma – xilligidan kelib chiqib har xil
nisbatlarda qo’llaniladi
Ichki audit xizmati ham auditorlik faoliyatining bir qismi bo’lib, uning
faoliyat yuritishi tashqi auditorlik faoliyatidan bir qancha farq qiladi. Ichki audit
xizmati aynan aktsiyadorlik jamiyatlarida faoliyat yuritishi qimmatli qog’ozlar
bozorining ham rivojlanishiga asos bo’ladi. Umuman
olganda ichki auditorlar
o’zlari ishlaydigan korxonalar faoliyatini tekshiradi. Ular qoidaga ko’ra,
korxonaning kuzatuv kengashi tarkibiga kiradilar.
Omillar
Tashqi
Ichki
Davlatning
me’yoriy
qonunchiligini
hisobga olish:
1. Auditorlik
faoliyati
to’g’risidagi qonun
2.AFMS
Ilmiy-metodik
Korxonaning
tashkiliy
tuzilmasi
Boshqaruv
organlari
tuzilmasi
Tashqi hisobot
tayyorlash tartibi
Ichki nazorat
Kadrlar
siyosati
Javobgarlik
va
vakolatlar
taqsimoti
Korxonada
hisobga olish
tizimini
tashkil qilish
168
Amaliy faoliyatda ichki auditorlar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi
talablari, shuningdek, ta’sis hujjatlari, korxonalar bo’yicha buyruqlar va lavozim
yo’riqnomalariga amal qilishi lozim. Ichki auditni tashkil qilishga ta’sir qiluvchi
omillar quyidagi rasmda keltirilgan.
Ichki auditning samarali tizimini tashkil qilish ancha murakkab vazifa. Bu
quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
—
moliyaviy-xo’jalik tsiklining nazorat talab qiladigan tarkibiy qismlarining ulkan
miqdori (xarid, sotish, ishlab chiqarish va boshqalar);
—
auditorlarga yuqori kasbiy va axloqiy talablar (ularning malakasi kamida faoliyati
tekshirilayotgan shaxslar malakasiga mutanosib bo’lishi lozim).
Yirik va o’rta korxonalarda ichki auditni tashkil qilishga turtki sifatida
quyidagilar xizmat qiladi:
—
qonunchilik tizimi murakkablashuvi;
—
moliyaviy vaziyatlarni boshqarishga intilish;
— korxonaning o’zi va uning tuzilmaviy bo’linmalari faoliyatini boshqarish
samaradorligini oshirish;
—
resurslardan oqilona foydalanish ustidan nazorat;
—
majburiyatlarni bajarish;
—
hisob tizimini optimallashtirish.
Ichki ishlab chiqarish auditini tashkil qilish davlat tomonidan qonunchilik
asosida tartibga solinadigan masalalar sirasiga kiritilmaydi.
Bu korxonaning
o’ziga taalluqli huquq hisoblanadi. Shunga qaramay, uning faoliyati
samaradorligiga nafaqat iqtisodiy sub’ekt aktivlari saqlanganligi, balki
korxonaning ish qobiliyati ham bog’liq bo’ladi. Ichki
audit boshqaruv tizimini
takomillashtirish yo’llarini ko’rsatadi.
Dunyoda ichki auditga bo’lgan qiziqish bir qator omillar bilan asoslanadi.