X BOB. BOZOR IQTISODIYOTIGA MUXOLIF-
SOTSIALISTIK YO„NALISH MOHIYATI VA UNING
TARIXIY TADBIRI
10.1. A. Sen-Simon, SH. Fure va R. Ouen
iqtisodiy qarashlari
Fransiyada burjua inqilobidan keyin kapitalizm yanada tez
rivojlandi. Fransuz mutafakkiri Sen-Simon jamiyat oldida doimiy
ravishda ko‗ndalang bo‗lib qolgan yangi muammolarga birinchi bo‗lib
javob berishga urindi.
A.K.Sen-Simon Anri Klod de Rebrua Sen-Simon (1760-1825-
yy.) Fransiya xayoliy sotsializmining namoyandasi bo‗lib, 1789-1794-
yillardagi fransuz inqilobi bilan zamondosh edi. U aristokratlar oilasidan
bo‗lib, Sanoat sistemasi haqida‖, ―Inson haqidagi fan ocherklari‖,
―Sanoat yoki siyosiy, ma‘naviy va falsafiy mulohazalar‖, ―Yangi
xristianlik‖ va boshqa shu kabi mashhur asarlar muallifi hisoblanadi.
Sen-Simon maxsus iqtisodiy tadqiqotlarni amalga oshirmadi, balki
asosiy e‘tiborni ijtimoiy muammolarga qaratdi. U butun yaxshi jamiyat
to‗g‗risidagi umidini aql-idrokka, ma‘rifatga bog‗ladi; u insonning aql-
idrokini tarixiy jarayonning to‗la hokimi va rahbari sifatida bildi,
jamiyatni yaxshi tarzda qayta qurish yo‗llarini tashviqot qilishni esa o‗z
ta‘limoti amalga oshirilishining bosh vositasi, deb hisobladi.
Fransuz ma‘rifatparvarlaridan farq qilib, Sen-Simon ishlab
chiqarishdagi inson faoliyati, mulkchilik formalari kabi iqtisodiy
faktorlarga katta baho berdi. U ―Ilk davr‖, ―Qulchilik‖, ―O‗rta asrlar‖,
―Hozirgi davr‖ va ―Oltin asr‖larni alohida ajratib, ijtimoiy-iqtisodiy
formatsiyalarni ko‗rsatib o‗tdi. ―Hozirgi davr‖ (ya‘ni XIX asrning
ikkinchi yarmi) o‗tish davri, deb belgilanib, ―...bu davrda, deb yozadi
Sen-Simon olimlar, tadbirkorlar va ishchilardan iborat sanoatchilar
182
shakllanadi, ular qirol hukumati bilan birgalikda odil jamiyatni barpo
etishlari kerak, bu esa o‗z navbatida ―Oltin asr‖ga kirib kelishni
ta‘minlaydi.‖ Sen-Simon o‗zining tarixiy konsepsiyasidan kelib chiqib,
hozirgi davrni o‗rganib borish uchun o‗tgan davrga nazar tashlash
kerakligini aytib, ―har bir alohida olingan davr mulohazasida juda
yuzaki, hatto noto‗g‗ri qisqacha xulosalarlarni beradi, so‗nib borayotgan
o‗tmish qoldiqlari tug‗ilib kelayotgan kelajak bilan qorishtirib
yuboriladi‖, deb ko‗rsatadi. Tarixiyligiga qaramay Sen-Simonning
jamiyatning rivojlanish konsepsiyasi idealistik edi, chunki uning asosini
fan taraqqiyoti, ong va g‗oyalar ravnaqi tashkil etardi. Lekin uning
idealistik tarixiy konsepsiyasida ayrim materialistik fikrlar ham yo‗q
emas. Jumladan, Sen-Simon shaharlar, sanoat va savdoning rivojlanishi
burjuaziyaning shakllanishiga sabab bo‗lganligini, iqtisodiy holat esa,
mulkchilikka tobe bo‗lgan, o‗ziga xos ijtimoiy-tarixiy formalarni
vujudga keltirishini aytib o‗tadi
.Sen-Simonning bo‗lajak adolatli jamiyati industrial sistema, deb
nomlanib, u industrial jamiyat yirik sanoat ishlab chiqarishi bazasi
asosida rivojlanadi, sanoat -alohida reja asosida, boshqaruv esa yagona
industrial markaz orqali amalga oshiriladi, deb hisoblagan edi. Sanoat
ishlab chiqarishining taraqqiyoti va mahsulotlarni taqsimlash olimlar
tomonidan olib boriladi. Katta tajribaga ega bo‗lgan sanoat kapitalistlari
boshqaruvni tashkil qilish bilan mashg‗ul bo‗ladilar, ishchilar esa ishlab
chiqarish rejalarini bajarish uchun astoydil mehnat qilishlari zarur. Sen-
Simon yangi ijtimoiy tashkilotni vujudga keltirishda ayniqsa sanoatda
anarxiyaga (hokimiyatsizlikka) yo‗l qo‗yilmasligiga va reja asosidagi
markaziy boshqaruvga katta e‘tibor berishni taklif etadi. Sen-Simon
qarashlariga ko‗ra erkin raqobatga asoslangan ijtimoiy tuzim bu tugab
borayotgan feodalizmdan yangi ideal jamiyatga o‗tish davridagina emas,
balki inqilobiy harakatlardan xoli minch va tez sur‘atlarda ijtimoiy
tenglikka asoslangan ―industrial jamiyat‖ga o‗tish davri hamdir.
183
Adolatli
―industrial jamiyat‖ qurilishi haqidagi o‗zining
mulohazalarida u ilmu-fan va ilg‗or nazariyalarga yuqori baho berib,
bo‗lg‗usi yangiliklarni tarixiy muqarrar, deb hisoblaydi. Shu bilan bir
qatorda Sen-Simon o‗zining ―industrial jamiyat‖ida boshqa xayoliy
sotsialistlar kabi qarama-qarshi sinflarning yo‗qolib ketishi va hokimiyat
tomonidan siyosiy funksiyalarga nisbatan iqtisodiy funksiyalarga katta
e‘tibor berilishini taxmin qiladi. Lekin shuni alohida qayd etish zarurki,
xayoliy sotsializmning boshqa barcha vakillaridan farq qilib, Sen-Simon
sotsializmda xususiy mulkchilik bo‗lishini inkor etmaydi, balki aynan
xususiy mulkchilik va undan foydalanishni tartibga soladigan qonun
zarurligini ko‗rsatib o‗tadi. Shuningdek, olim o‗z qarashlarida
anarxiyaga insonlarga ziyon yetkazuvchi boshqaruv, deb qarab uni
tanqid qiladi. U mavjud o‗zgarishlar tezlik bilan rivojlanib, davlatning
to‗liq kamolotini ta‘minlaydi, insonlar esa erishishlari mumkin bo‗lgan
tenglik va ayniqsa, mo‗l-ko‗lchilikka faqat shu ―industrial jamiyat‖
yordamida yetib boradilar, deydi. Garchi Sen-Simon yangi ijtimoiy
tuzumning haddan tashqari mujmal manzarasini tasvirlagan, shu
jamiyatga borishning noto‗g‗ri yo‗lini ko‗rsatgan bo‗lsa ham uning ba‘zi
taxminlari katta kelajakka molik edi. U proletariatning nazariyotchisi
emas edi va shu sababli uning tarixiy rolini tushunmadi. Ayni vaqtda u
ishchilar ahvolining naqadar og‗irligini ko‗rdi. ―Mening maqsadim,-deb
yozgan edi u, -Yevropadagina emas, butun dunyoda ham shu sinfning
qismatini yengillashtirishdan iborat‖. U davlatni ―odamlarni boshqarish
quroli‖dan ishlab chiqarishni tashkil etish, fan va san‘at taraqqiyotini
ta‘minlash, ya‘ni ―narsalarni boshqarish quroli‖ga aylantirish, tartib,
osoyishtalikni nazorat qilishni esa jamoatchilikka topshirish kerak,
degan g‗oyani ilgari surdi. Sen-Simonning yangi industrial sistemasi
sotsialistik jamiyat emas edi, chunki unda xususiy mulkchilik, kapital
jamg‗arish, bankirlar va tadbirkorlar sinflari hali mavjud edi. Bu esa o‗z
navbatida, umumxalq mehnatiga asoslangan rejali keng ishlab
chiqarishni inkor etadi. Sen-Simon asarlarining asosi kapitalizmni tanqid
184
qilishdan iborat. U ishlab chiqarish va taqsimotdagi anarxiyani, raqobat,
xalq ommasining qashshoqlashuvi va ishchilarning ayanchli ahvolda
ekanligini kapitalizmning illati, deb hisoblaydi.
Olim ishchilar, kapitalistlar va savdogarlarni bir sinf vakillari, deb
ularni industriallar, deb atadi. Feodal jamiyatining hokim sinflari
bo‗lgan dvoryanlar, ruhoniylar va boshqa amaldorlarni esa befoyda,
keraksiz sinflar, deb hisobladi. Shuni aytish kerakki, Sen-Simon
kapitalizmni ilmiy ravishda tanqid qilmadi. U burjua jamiyati
bo‗ysunishi zarur bo‗lgan iqtisodiy qonunlarni e‘tibordan chetda
qoldirdi.Sen-Simon ta‘limotlarini tashviqot qilishda uning shogirdlari
O.Rodrig, V.Anfonten va O.Bazarlar katta rol o‗ynadilar. Ular «Sen-
Simon ta‘limoti» kitobini nashr qildirib, uning nazariy qarashlarini
boyitdilar. lekin bu olimlar ham burjua jamiyatining asosiy sinflari va
ular o‗rtasidagi sinfiy kurash mohiyatini to‗liq tushunmadilar, natijada
XIX asrning 30-yillariga kelib, Sen-Simon maktabi tor doiraga aylandi
va tarqalib ketdi.
Fransuz xayoliy sotsializmining yana bir yirik namoyandasi
Do'stlaringiz bilan baham: |