Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

P.J.Prudon g„oyalari 
 
Fransuz publitsisti, mayda ishlab chiqarish nazariyotchisi Per Jozef 
Prudon  (1809-1865)  kambag‗al  kosib  oilasida  tug‗ilgan.  Moddiy 
jihatdan  nochorligi  sababli  kollejdagi  o‗qishni  tugatmagan,  sherik 
hamkorining  mablag‗i  hisobiga  kichik  bir  bosmaxonani  ishlatib,  zo‗r 
berib  o‗z  ma‘lumotini  oshirish  bilan  shug‗ullangan.  Ilmu-fanni 
o‗rganishni avvalo, muhtojlikdan qutulish usuli, deb bilgan.  
P.Prudon  1838-yilda  Bezanson  akademiyasi  tomonidan  kam 
ta‘minlangan  yosh  olimlarga  ajratilgan  uch  yillik  stipendiyani  olib 
Parijga  ko‗chib  o‗tdi.  Parijda  u  J.B.Sey,  S.Sismondi,  T.Maltus,  K.Sen-


173 
Simon,  Sh.Fure  va  boshqa  iqtisodchi  olimlar  asarlari  bilan  yaqindan 
tanishdi.  1840-yilda  P.Prudonning  «Mulkchilik  nima?»  nomli  mashhur 
asari  e‘lon  qilindi.  Ushbu  asarda  kapitalizmni  tanqid  bosh  mavzu 
bo‗lsada, hali olimning amaliy dasturi bayon qilinmagan edi. 1846-yilda 
P.Prudonning  «Iqtisodiy  ziddiyatlar  tizimi  yoki  qoshshoqlik  falsafasi» 
nomli  yana  bir  asari  e‘lon  qilindi.  Asarda  olim  kapitalizmni  isloh 
qilishning  amaliy  dasturini  ishlab  chiqishga,  siyosiy  kurashning 
behudaligini  asoslashga  urindi.  1848-yilda  nashrdan  chiqqan  «Ijtimoiy 
masalalarning  hal  etilishi»  nomli  yangi  asarida  olim  har  qanday 
inqilobiy chiqishlarni keskin qoralaydi.  
P.  J.  Prudon  Xalq  banklari  konsepsiyasini  e‘lon  qilib,  xalqni 
ijtimoiy  islohotlarga  chorlaydi.  P.Prudon  siyosiy  iqtisodni  «aql-
zakovatning abadiy qonunlari» to‗g‗risidagi fan, deb biladi. P.Prudon va 
S.Sismondi  nazariy  qarashlarida  biz  juda  yaqinlik  va  o‗xshashlik 
hollarini  uchratishimiz  mumkin.  Ayniqsa,  ularning  uslubiyotlarida  bu 
holat quyidagicha aks etadi:  
Birinchidan,  iqtisodiyotda  cheksiz  erkin  raqobatni  inkor  etib, 
boshqarish mumkin bo‗lgan raqobatni topib tashkil etish.  
Ikkinchidan,  xo‗jalik  hayotini  tahlil  qilish  jaranida  iqtisodiy 
ko‗rsatkich va manbalarni asosiy, deb hisoblamasdan, balki mehribonlik, 
axloq,  ijtimoiy  adolat,  etika  va  boshqa  kategoriyalarni,  shuningdek, 
inson  hayotining  eng  oliy  ne‘mati  tenglik  va  tinchlikni  asosiy,  deb 
hisoblash.  
Uchinchidan,  ko‗p  yillar  davomida  yaratilgan  ilmiy  asarlarda 
iqtisodiy  hodisalarga  nemis  faylasufi  Gegel  dialektikasi  asosiy  uslub 
qilib olinib, unga alohida e‘tibor berildi.  
P.Prudon  o‗zining  mayda  ishlab  chiqarish  manfaatlaridan  kelib 
chiqqan  islohotchilik  konsepsiyasini  maydonga  tashlar  ekan,  juda  ko‗p 
masalalar xususidagi fikrlarni bayon etadi. Mehnat taqsimoti, tovarning 
xususiyati,  ish  haqi,  mulkchilik,  daromad  va  takror  ishlab  chiqarish 
kabilarni ilmiy izohlashga harakat qiladi. P.Prudon o‗zining eng muhim 
asarlaridan  biri  -  «Iqtisodiy  ziddiyatlar  tizimi....»  da  avvalgi  mehnat 
taqsimotini  tahlil  qiladi.  Mehnat  taqsimoti  bir  tomondan  boylikning 
ko‗payishiga 
imkon 
bersa, 
ikkinchi 
tomondan 
qashshoqlikka, 


174 
kambag‗allikka  olib  boradi.  P.Prudonning  mulohazalariga  qaraganda, 
mehnat  taqsimotining  naf  keltiradigan  xususiyatlarini  saqlab  qolish  va 
zararli xususiyatlarini tugatish kerak. Metodologiya jihatidan bu o‗rinda 
ijtimoiy  jarayonlar  dialektikasining  ilmiy  tahlilida  tarixdan  tashqari 
yondashuv  sezilib  turadi.  Prudon  tovarning  xususiyatini  ham  mana 
shunday  pozitsiyalardan  turib  «tadqiq»  qiladi.  Uning  fikricha 
qiymatning  abadiy  g‗oyasi  mavjud,  bu  g‗oya  iste‘mol  qiymati  talab  va 
kamchilik bilan, ayirboshlash qiymati esa taklif va mo‗l-ko‗lchilik bilan 
belgilanadi.  Talab  bilan  taklif  o‗rtasidagi  kurashda  tovarning  qiymati 
yoki narxi belgilanishini ta‘kidlaydi. 
U ish haqining harakati qonuniyatlarini ham oddiy va g‗ayriilmiy 
pozisiyalardan  turib  bayon  etadi.  Prudon  ishchilarning  ish  haqini 
oshirish uchun kurashiga qarshi chiqadi, chunki bu narsa narx-navoning 
yoppasiga  ko‗tarilishiga  yoki  muhtojlikning  kuchayishiga  olib  borar 
emish. 
P.Prudon  yollanma  ishchini  ekspluatatsiya  qilish  mexanizmini 
tushuna olmaydi. U kapital bilan mahsulotni aynan bir narsa, deb talqin 
etib,  butun  kapitalning  harakatini  uning  protsent  keltiradigan  qismi 
harakatidan iborat, deb talqin etadi. Ssuda kapitalining harakatini Prudon 
qarz  beruvchi  bilan  qarz  oluvchi  o‗rtasidagi  bitim,  deb  hisobladi. 
Prudonning  nazariy  sistemasida  protsent  mehnatni  ekspluatatsiya 
qilishning  asosiy  shakli  tarzida  namoyon  bo‗ladi.  Shu  bilan  birga  u 
protsent  bilan  yollanma  ishchini  ekspluatatsiya  qilish  mexanizmi 
o‗rtasidagi o‗zaro aloqani tushunmaydi.  
P.Prudon  o‗zining  «belgilangan  qiymat»  nazariyasini  butun 
iqtisodiy  bilimi  negizi,  deb  hisobladi.  Bunda  klassik  maktabdan  o‗zib 
ketish 
pinhona 
istagigina 
emas, 
shu 
bilan 
birga 
ijtimoiy 
o‗zgartirishlarning yo‗llarini belgilash istagi ham namoyon bo‗ldi. Tovar 
ishlab  chiqarishini  Prudon  insoniy  ozodlikning  va  har  bir  kishi  shaxsiy 
mustaqilligining  cho‗qqisi,  deb  biladi,  mayda  burjua  nazariyotchisi 
bo‗lgan  Prudon  bozor  mexanizmining  ba‘zi  bir  salbiy  jihatlarini: 
mollarning  qalashib  ketishini,  nomunosiblikni,  xonavayron  bo‗lish  va 
shu  kabilarni  tan  oladi.  Prudon  asosiy  iqtisodiy  ziddiyatlarni 
«qiymat»ning  ichki  ziddiyatlaridan:  iste‘mol  va  ayirboshlash  qiymati 


175 
g‗oyalaridan  iborat,  deb  biladi.  «Belgilangan  yoki  sun‘iy»  qiymat 
murosaga  keltiruvchi  timsol  bo‗lib  ko‗rinadi.  Bunday  qiymat 
ayirboshlashda  vujudga  keladi.  U  tovarning  ijtimoiy  boylik  tarkibiga 
bemalol kirib borishini bildiradi. 
Binobarin  tovar  ishlab  chiqarishining  hamma  qiyinchiliklarini 
bartaraf  qilish  uchun  har  bir  tovarga  yo  belgilangan  qiymat  qo‗yib 
qo‗yish,  yoki  uning  bozorda  sotilishiga  kafolat  berish,  tovar  bilan  pul 
o‗rtasidagi  ziddiyatni  tugatish  zarur.  Prudon  tilla  bilan  kumushni 
«belgilangan» qiymatga ega bo‗lgan dastlabki tovarlar, deb ataydi.  
P.Prudon  daromad  to‗g‗risidagi  nazariyani  siyosiy  iqtisodda 
daromadning  asosiy  manbayi  deb  qabul  qilingan  mehnat,  kapital  va 
yerning  mazmunini  ko‗rib  chiqishdan  boshlaydi.  Uning  fikricha  ishlab 
chiqarish  jarayonining  o‗zi  har  uchala  elementning  ishga  tushurilishi 
natijasida yuz beradi. Lekin yer yoki kapital egasi o‗zi hech narsa ishlab 
chiqarmasdan o‗z daromadini olishini va ayni vaqtda ishchi o‗z mehnati 
natijasida hosil bo‗lgan daromadining faqat kichkina bir qismini ish haqi 
sifatida  olishni  adolatsizlik,  deb  baholaydi.  P.Prudonning  takror  ishlab 
chiqarish  nazariyasi  uning  daromadlar  to‗g‗risidagi  fikrlari  asosida 
rivojlantiriladi.  
Takror 
ishlab 
chiqarish 
jarayoni, 
olimning 
fikricha 
hamjamiyatdagi  ishlab  chiqarish  va  iste‘molning  muvozanati  asosida 
bo‗ladi.  Lekin  amaliyotda  mulkchilarning  ishlamay  qo‗yganligi  bu 
prinsipning  buzilishiga  va  natijada  J.B.Sey  ko‗rsatib  o‗tgan  «iqtisodiy 
qonunning» ham buzilishiga olib kelmoqda.  
P.  Prudon  ijtimoiy  masalalarni  hal  qilishi  zarur  bo‗lgan 
kapitalizmni  isloh  qilish  loyihalarini  o‗zining  ko‗pgina  asarlarida  e‘lon 
qiladi.  Ushbu  asarlarda  ijtimoiy  adolat  konsepsiyasini  asoslash  bilan 
birga  inqilobiy  chiqishlar  haqidagi  har  qanday  fikrni  inkor  etadi. 
Olimning  islohotchilik  g‗oyalarining  ayrimlari  S.Sismondi  qarashlariga 
o‗xshash bo‗lib, ular quyidagilarda o‗z aksini topdi: 
 •  «uchinchi  shaxslar»  ya‘ni  dehqonlar,  hunarmandlar  va  mayda 
kustar  ishlab  chiqaruvchilarning  jamiyatdagi  o‗rniga  rahimdillik  bilan 
xayrixohlik bildirish; 


176 
• «mayda mulkchilik va mayda ishlab chiqarishni» iqtisodiyotdagi 
yetakchilik  o‗rnini  e‘tirof  etish  bilan  ularning  shart-sharoitlari, 
ta‘limotlarida to‗liq tenglikka erishish;  
•  ijtimoiy  adolat  tamoyillariga  mos  ravishda  jamiyat 
manfaatlaridan  kelib  chiqib  ishlab  chiqarish  ishtirokchilariga  teng 
daromad berish;  
•  kapital  va  daromadlar  bir  kishi  qo‗li  ostida  konsentratsiya 
qilinishiga va ayniqsa, mehnatni ekspluatatsiya qilishga yo‗l qo‗ymaslik. 
Bundan tashqari faqat P.Prudon islohotchiligiga xos quyidagi g‗oyalarni 
alohida ajratib ko‗rsatishimiz mumkin:  
• pulning (muomalada) haraktini bekor qilib, uning o‗rniga ishchi 
pullarni muomalaga kiritish;  
• foizni yo‗q qilish hisobiga foizsiz kreditlarni tashkil qilish;  
• xalq banklarini tashkil etish;  
•  islohotlar  amalga  oshirish  jarayonining  xotimasi  sifatida 
hukumatni bekor qilish. 
Islohotchilik konsepsiyalarida P.Prudon Xalq bankiga katta umid 
bog‗laydi. Uning banki sotsialist-rikardochilar taklif qilgan banklardan 3 
xil o‗ziga xoslik bilan farq qilar edi:  
Birinchidan,  undagi  metall  pullar  dastlabki  bonlar  chiqarilishi 
sababli  pulga  va  tijorat  voqealariga  almashtirish  yo‗li  bilan  sekin-asta 
muomaladan chiqarilar edi.  
Ikkinchidan,  foizni  birdaniga  yo‗q  qilmasdan,  balki  yuqori  qayd 
qilingan  bosqichni  amalga  oshirishni  2%dan  eng  kam  daraja-0,25%ga 
tushirish hamda sotilmagan tovarlarga oldindan ssuda berilishi.  
Uchinchidan  Xalq  banki  kapitalni  o‗ziga  jalb  qilmay,  balki 
aksincha kapital bilan yuzaga keladi.  
P.Prudonning hukumatni bekor qilish g‗oyasi islohotlarni amalga 
oshirish davrida sinflarning umumlashuvi va yagona mehnatkashlar, o‗z 
mehnatining  haqiqiy  haqini  oladigan  sinfning  yuzaga  kelishi  o‗z 
navbatida,  hukumat  faoliyatini  keraksiz  qilib  qo‗yadi  (anarxizm 
g‗oyasi).  
Prudon  kapitalizmni  isloh  qilish  loyihasida  mayda  tovar  ishlab 
chiqaruvchining o‗z moli sotilishiga kafolat olish, mayda do‗kondorning 


177 
foizsiz  kredit  olish  to‗g‗risidagi  asriy  orzusini,  burjua  ziyolisining 
kapitalizm  sharoitida  mutlaq  mehnat  erkinligi,  qiymat  qonuni  asosida 
tenglik  imkoniyati  to‗g‗risidagi  xomxayollarini  ifodalagan  edi. 
Prudonning  «sotsializm»i  tovar  bilan  pul  o‗rtasidagi  aloqani 
soxtalashtirishga  asoslangan.  Shu  loyihaning  muallifi  xususiy  ishlab 
chiqarishni  tovarni  saqlab  qolishga,  ammo  pulni  ayirboshlashni, 
ayirboshlash qiymatini bekor qilishga intilgan edi. 
Prudon va prudonizm o‗z davrida ishchilar harakatiga jiddiy xatar 
solganligi  sababli  proletar  ta‘limotining  asoschilari  Prudonning  mayda 
ishlab  chiqarish  reformizmiga  (islohotchiligiga)  qarshi  murosasiz 
kurashdilar. Uni proletariatga dushman va revolyutsion harakatga xalaqit 
beruvchi bir oqim, deb fosh qildilar. Bu kurashni K.Marks XIX asrning 
40-yillari  o‗rtalaridayoq  «Falsafa  qashshoqligi»  asarini  tayyorlashdan 
boshladi  va  marksizm  rivojining  keyingi  davrlarida  ham  shu  kurash 
davom etdi.  
Prudon  falsafada  Gegeldan,  siyosiy  iqtisodda  esa  A.Smit  bilan 
D.Rikardodan  yuqori  ko‗tarila  olmadi.  Uning  ijtimoiy  dasturlarida 
mafkuraviy  yo‗nalishni  fosh  qilishda  alohida  vazifalar  kelib  chiqdi. 
Prudonizm  mayda  ishlab  chiqarish  muhitiga  va  uning  puch  xayollariga 
tayanib, uzluksiz ravishda o‗zgarib boruvchi sharoitlarga moslashaverdi. 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish