Karl Rodbertusning iqtisodiy g„oyalari
Karl Iogann Rodbertus-Yagesov (1805-
1875) Germaniyada, Shimoliy Greyfsvoldda 1805-
yilda
tug‗ildi.
Gettingem
va
Berlin
universitetlarida
huquqdan
tahsil
olib,
shu
mutaxassislik bo‗yicha ma‘lum vaqt ishladi.
Burjua
demokratik
revolyutsiyasi
yillarida
parlament a‘zosi, keyinchalik vazir (ministr)
lavozimlarida faoliyat ko‗rsatdi. K.Rodbertus
Germaniya mayda burjua iqtisodiy ta‘limoti vakili
Karl Iogann Rodbertus-
Yagesov (1805-1875y.)
178
bo‗lib, Sen-Simon va sotsialist-rikardochilar g‗oyalari ta‘sirida edi. U
utopik sotsializm va konservativ reformizm g‗oyalari asosida o‗zining
konsepsiyasini yaratdi.
1842-yilda K.Rodbertus «Davlat-xo‗jalik tizimimizni bilish
yo‗lida» deb nomlangan kitobini nashrdan chiqardi. Uning asarlari
«sotsial xatlar» shaklida yozilgan. U aynan shu kitobida qo‗shimcha
qiymat nazariyasini ko‗rsatib o‗tdi. U o‗z fikrlarini yakunlab, shunday
deb yozadi: «Agar ishlab chiqarish qancha yuqori bo‗lsa, ishchining
yashashi uchun zarur vositalardan tashqari ko‗pgina iste‘mol
buyumlarini yaratishi mumkin. Bu chegirtma yerga xususiy mulkchilik
va kapital mavjud sharoitda renta holiga aylanadi va kishilar tomonidan
mehnatsiz o‗zlashtiriladi. Boshqacha qilib aytganda, renta olishning
asosiy usuli yerga xususiy mulkchilik va kapitaldir» K.Rodbertusning
nazariyasi va qisqacha xulosalariga yuqori baho berish mumkin, chunki
u A.Smit va D.Rikardo iqtisodiy ta‘limotlari bilan yaqindan tanish va bu
ta‘limotlarni chuqur ilmiy tahlil qilgan edi.
Shuningdek, olim o‗z xatlarining birida qo‗shimcha qiymat va
uning vujudga kelishini Marksdan oldinroq ko‗rsatganligini va aniq qilib
tushuntirganligini yozadi. Bu bilan u o‗zining qo‗shimcha qiymat
nazariyasidan Marks ijodiy foydalanganligini va hatto «o‗g‗irlab»
o‗ziniki qilganligini isbotlamoqchi bo‗ladi. Shuni aytish zarurki, Marks
ta‘limotiga nisbatan aytilgan bu tanqidlar Marksning o‗ziga ham ma‘lum
edi. Marksning vafotidan keyin nemis kateder-sotsialistlari bu masalani
yana qayta ko‗tardilar. Ularning asosiy maqsadlari Marks ta‘limotini
kuchsizlantirish va uning ta‘sir doirasini kamaytirish edi. O‗z davrida
F.Engels bu fikrlar uydirma ekanligini va Rikardoning qiymat
nazariyasidan so‗lrikardochilar sotsialistik qisqacha xulosalarlar uchun
K.Rodbertusdan
oldinroq
ko‗rsatib
foydalanganliklarini
aytdi.
Shuningdek, u K.Rodbertus qo‗shimcha qiymatning foyda va yer
rentasiga aylanish qonunini, kapitalistik sinflar o‗rtasida qo‗shimcha
qiymatning taqsimlanishi, qonunni to‗liq tushunmay, faqat renta
nazariyasi bilan cheklanib qolganligini ham ko‗rsatib o‗tdi.
Haqiqatdan ham foyda va yer rentasini ishchilarga haq
to‗lamaslik samarasi, deb hisoblash bu hali qo‗shimcha qiymatning
179
ilmiy nazariyasini yaratish, degan gap emas edi. Ingliz sotsialist-
rikardochilar bu masalada K.Rodbertusdan ancha ilgarilab ketdilar.
K.Rodbertusning iqtisodiy g‗oyalari yuqorida qayd etilgan asosiy
asaridan tashqari, katta jildni tashkil etgan to‗rtta «ijtimoiy xati»da
bayon etilgan. Unda u qiymatning mehnat nazariyasini sodda
ko‗rinishda tahlil qildi. Qiymat ijtimoiy zaruriy mehnat bilan
aniqlanmasdan, balki barcha mehnat xarajatlari bilan aniqlanib, bu
o‗rinda bir xil mehnat xarajatlari har qanday ishlab chiqarishdan qat‘iy
nazar bir xil qiymat hosil qiladi deb ko‗rsatiladi. Bundan tashqari
mehnat doimo qiymat vujudga keltirishi alohida ta‘kidlanadi. F.Engels
«Falsafa
qashshoqligi»
asarining
so‗zboshisida
K.Rodbertus
qarashlaridagi bu holatni keskin tanqid qilib, o‗zining qiymat
nazariyasida mehnatning ijtimoiy zaruriy xarakterini inkor etadi, deb
yozadi.
K.Rodbertusning fikricha mehnat qiymat o‗lchovi sifatida oltin va
kumushdan yuqori turadi, chunki u ish kunini o‗zgarmas o‗lchov, deb
hisoblaydi. Bu o‗rinda «mehnat kunlari» ham izohlanadi. Lekin olim
xayoliy fikrlarga berilib, kapitalistik tovar xo‗jaligi sharoitida pulning
zaruriyatini to‗g‗ri tushuntirib bera olmadi. K.Rodbertus o‗zining
taqsimot nazariyasida klassik maktab vakillari yo‗l qo‗ygan xatolarni
takrorlaydi. Taqsimot nazariyasi quyidagi tartibda tahlil qilinadi va uch
bosqichdan iborat bo‗ladi. Birinchi bosqichda K.Rodbertus ijtimoiy
(milliy) mahsulotni ish haqi va rentaga bo‗linishini ko‗rib chiqadi.
Ikkinchi bosqichda u rentani kapital va yer rentasiga bo‗lishga o‗tadi. Va
nihoyat, uchinchi bosqichda K.Rodbertus barcha foyda va yer
rentasining kapitalist va yer egalari o‗rtasidagi taqsimotini ko‗rib
chiqadi. K.Rodbertus ijodiy faoliyatining so‗nggi yillari qiymatning
mehnat nazariyasidan uzoqlashib mayda ishlab chiqaruvchilar
manfaatlariga mos tushuvchi jamiyatni qayta qurish loyihalarini e‘lon
qilish bilan bog‗liq bo‗ladi. Kapitalizmni Rodbertuschasiga isloh qilish
sinfiy kurashsiz evolyutsion yo‗l bilan amalga oshirishni ko‗zda tutar
edi. Bu yo‗l keyingi islohotchilik yo‗nalishidagi nazariy maktab
tomonidan qo‗llaniladi. Bu olimning asarlari rus tilida to‗la chop etilgan.
180
Do'stlaringiz bilan baham: |