Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

 
10.4. K.Marksning renta nazariyasi 
 
K.Marks  renta  to‗g‗risida  nazariya  yaratdi.  Uningcha,  renta  yerga 
bo‗lgan  mulkchilikni  amalga  oshirish  shaklidir.  Yer  maydoni 
cheklanganligi,  uning  yer  egalari  qo‗lida  bo‗lganligi  sababli  qishloq 
xo‗jaligi  mahsulotlarini  ishlab  chiqarish  bahosi  o‗rtacha  yerdagi  ishlab 
chiqarish  xarajatlariga  qarab  emas,  balki  eng  yomon  yerdagi  ishlab 
chiqarish  xarajatlariga  qarab  belgilanadi.  Bu  baho  bilan  yaxshi  yerdagi 
(yoki  eng  yaxshi  sharoitdagi)  ishlab  chiqarish  bahosi  o‗rtasidagi  farq 
differensial rentani bildiradi. K.Marks differensial rentani tahlil qilib, bu 
renta  ayrim  yer  maydonlarining  hosildorligi  yerga  sarf  qilingan  kapital 
miqdori  bir-biridan  farq  qilganda  hosil  bo‗lishini  ko‗rsatib  berdi. 


195 
Differensial renta ikki shaklda – differensial renta I va differensial renta 
II  shaklida  mavjud  bo‗ladi.  Ijtimoiy  ishlab  chiqarish  bahosini 
belgilovchi eng yomon yerdagi  mahsulotlarning ishlab chiqarish bahosi 
bilan  eng  yaxshi  va  o‗rtacha  yerdagi  mahsulotlarning  individual  ishlab 
chiqarish  bahosi  o‗rtasidagi  tafovut  differensial  yer  renta  I  ning  negizi 
hisoblanadi.  Yerga  qo‗shimcha  ishlov  berish  evaziga  olinadigan  renta 
differensial renta II ni tashkil etadi. 
K.Marks differensial renta bilan birga absolyut rentaning ham amal 
qilishini ko‗rsatib beradi. U absolyut rentaning paydo bo‗lishini qishloq 
xo‗jaligida  kapital  uzviy  tuzilishining  ancha  past  bo‗lishi  va  yerga 
bo‗lgan  xususiy  mulkchilik  bilan  bog‗lab  tushuntiradi.  Birinchi  omil 
tufayli, uning fikricha qishloq xo‗jaligi mahsuloti qimmati uning «ishlab 
chiqarish bahosidan» hamisha ustun bo‗ladi ikkinchi omil ta‘sir kuchiga 
ko‗ra esa foyda me‘yorini o‗rtacha darajaga keltiruvchi «kapital oqimi» 
mexanizmi  qishloq  xo‗jaligida  amal  qilishi  mumkin  emas.  Binobarin, 
qishloq  xo‗jaligi  mahsulotlarining  o‗z  ishlab  chiqarish  baholaridan 
(qo‗shimcha  qiymatning  o‗rtacha  foydadan)  ortiqchasi  kapitalistlar 
o‗rtasida taqsimlanmaydi (sanoatdagi kabi), balki dehqonchilikda qoladi 
va  yer  egalari  tomonidan  absolyut  renta  shaklida  o‗zlashtiriladi. 
M.Blaugning  yozishicha,  markscha  absolyut  renta  nazariyasi  uning 
qo‗shimcha  qimmat  nazariyasi  doirasidan  tashqarida,  qimmatning 
(qiymatning)  bahoga  aylanish  zarurligi  kelib  chiqqan  sharoitda  hech 
qanday kuchga ega emas. 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish