Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

Iqtisodiy  sikllar.  K.Marks  tugallangan,  yaxlit  iqtisodiy  sikllar 
nazariyasini  yaratgan  emas.  Uningcha,  inqirozlar  bu  «kapitalizmning 
asosiy  ziddiyatlarining»  namoyon  bo‗lishidir.  Xo‗jalikdagi  anarxiya 
ishlab  chiqarish  strukturasi  bilan  iste‘mol  strukturasi  doimo  mos 


198 
kelmasligini keltirib chiqaradi. Rivojlanishning siklli xarakterda bo‗lishi, 
ortiqcha  ishlab  chiqarish  inqirozining  muqarrarligi  kapitalistik 
iqtisodiyotga  xos  xislatdir.  Markscha  iqtisodiy  sikllar  nazariyasi  uning 
kapital  jamg‗arilishi  tahlili  asosida  ko‗rilgan.  Siklli  jarayon,  K.Marks 
bo‗yicha yuksalishdan boshlanadi. Yuksalish davrida mehnatga bo‗lgan 
talab  (jamg‗arish  sababli)  uning  taklifidan  oshib  ketadi;  ishsizlik 
tugatiladi  va  ishchi  kuchining  nisbatan  yetishmasligi  ish  haqining 
oshishiga  olib  keladi;  natijada  foyda  kamayadi  va  jamg‗arish 
sekinlashadi. Kapital jamg‗arilishi me‘yorining pasayishi yalpi talabning 
kamayishiga  va  shunga  muvofiq  bozor  konyunkturasining  pasayishiga 
olib  keladi.  Bunday  inqirozli  vaziyatda  kapital  qimmati  qadrsizlanadi, 
ishsizlik  esa  qaytadan  ko‗payadi  va  u  ish  haqining  pasayishini  keltirib 
chiqaradi.  Bu  hol  ishlab  chiqarishning  foydaliligini  qayta  tiklaydi, 
jamg‗arishni qaytadan boshlash uchun sharoit yaratib beradi; inqiroz bir 
vaqtning  o‗zida  ham  buzadi,  ham  tuzatadi.  Inqirozlar  «hamma  vaqt 
mavjud  ziddiyatlarning  faqat  vaqtincha  zo‗rma-zo‗raki  hal  qilinishidan, 
zo‗rma-zo‗raki  portlashlardan  iborat  bo‗lib,  ular  buzilgan  muvozanatni 
bir  lahzada  tiklaydi».  Inqiroz  siklni  tugallaydi  va  yangi  navbatdagi  sikl 
boshlanadi.  Bu  sikl  davri  mobaynida  innovatsiya  va  yangi  ish  joylarini 
tashkil  etish  bilan  birga  iqtisodiyot  tarkibini  qayta  qurish,  jamg‗arish 
jarayonida  foyda  me‘yorining  pasayish  tendensiyasi  va  kapital 
qimmatining  qadrsizlanishi,  ishsizlar  armiyasining  ko‗payishi  va  ish 
haqining  pasayishi  qaytadan  kelib  chiqquncha  va  inqirozli  vaziyat 
yuzaga kelguncha davom etadi. 
K.Marks  Sey  qonunini  tanqid  qiladi.  Bu  qonunga  muvofiq 
tovarlar  taklifi  avtomatik  tarzda  o‗ziga  talabni  keltirib  chiqaradi 
Boshqacha  aytganda,  tovarlarni  sotishdan  tushgan  daromad  ularni 
sotib  olish  uchun  xarajatga  aylanadi.  K  Marks  tovarlarni  sotish  (T-P) 
va  sotib  olish  (P-T)  aktlari  makon  va  zamonda  mos  tushmasligini 
ko‗rsatib  berdi  (tovar  qiymati  pulda  saqlanadi).  «Hech  kim  zudlik 
bilan sotib olishga majbur emas, chunki uning o‗zi nimanidir sotgan». 


199 
Demak,  yalpi  xarajatlar  yalpi  daromadlardan  kam  bo‗lganda  ortiqcha 
ishlab  chiqarish  inqirozi  mumkinligi  kelib  chiqadi,  ya‘ni  siklli 
rivojlanishga olib keladi. 
K.Marksning  ko‗rsatib  berishicha  iqtisodiy  sikllarning  moddiy 
asosi  kapitalning  vaqti-vaqti  bilan  yangilanib  turishi  zarurligi 
hisoblanadi  (har  5-10  yilda).  Bunda  texnika  taraqqiyoti  asosiy 
kapitalning  ma‘naviy  eskirishi  natijasida  yangilanib  turish  muddatini 
qisqartirishi 
mumkin. 
Texnik 
kashfiyotlar 
va 
innovatsiyalar 
davriyligining  xo‗jalik  jarayoniga  bo‗lgan  ta‘siri  tahlili  sikllar 
nazariyasining keyingi rivojlanishiga katta ta‘sir ko‗rsatdi. 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish