10.4. K.Marksning Ijtimoiy formatsiyalar nazariyasi
K.Marksning asosiy ilmiy yutuqlaridan biri shundan iboratki, u
ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, ularni tashkil etuvchi elementlar,
formatsiyalarning almashuv sabablari to‗g‗risida ta‘limot yaratdi. U uch
yirik (ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani) ijtimoiy taraqqiyot bosqichini
ko‗rsatib berdi.
1. Arxaik (birlamchi) formatsiya: sinfiy jamiyatgacha bo‗lgan
jamoa.
2. Iqtisodiy (ikkilamchi) formatsiya: sinfiy jamiyat; xususiy
mulkchilikka asoslangan antik, feodal va kapitalistik ishlab chiqarish
usuli.
3. Kommunistik formatsiya: kishining kishi tomonidan zulm va
ekspluatatsiya qilinishi muammosini hal qiluvchi sinfsiz jamiyat.
K.Marks ta‘limotiga ko‗ra bir formatsiyadan ikkinchisiga o‗tish
ijtimoiy inqilob orqali amalga oshadi, ya‘ni «kapitalizm qobig‗I
202
portlaydi», eski ishlab chiqarish munosabatlari yemirilib, ijtimoiy
tizimning yangi iqtisodiy bazisi shakllanadi.
Agar industrial jamiyatning dastlabki bosqichlarida kapitalistik
munosabatlar iqtisodiy o‗sishni rag‗batlantirsa, keyinchalik bu
munosabatlar iqtisodiy o‗sishning «kishaniga» aylanadi, zamon talabiga
javob bera olmaydi. Uning nazariyasiga ko‗ra kapitalizm halokatga yuz
tutadi. Chunki u o‗zining ichki ziddiyatlarini yechishga qodir emas.
Uningcha kapitalizm o‗rniga dolzarb muammolarni yecha
oladigan, sanoat sivilizatsiyasi yutuqlaridan unumli foydalanish
imkonini beradigan yangi, ancha takomillashgan jamiyat kelishi kerak.
K.Marks ortiqcha ishlab chiqarish, ishsizlik va kambag‗allikni stixiyali
bozor iqtisodiyotining muqarrar hamrohi hisoblagan bo‗lsa, kelajakda
bo‗ladigan ancha takomillashgan iqtisodiyot esa, ijtimoiylik asosida
tashkil etilgan bo‗lishi, yagona reja bo‗yicha ishlashi kerak. Uning
tasdiqlashicha, bunday jamiyatda «oldindan ongli tarzda tuzilgan reja
bo‗yicha ijtimoiy ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun imkon
tug‗iladi».
Shu narsani qayd qilib o‗tish kerakki, kapitalizmning muqarrar
halokati to‗g‗risidagi K.Marks dalillarida asosiy narsa jamiyatdagi
sinflar o‗rtasida daromadlar taqsimotining bozor tamoyili buzilganligida
emas, balki bu tizimning to‗la ish bilan bandlikni ta‘minlay olmasligi,
mustamlakadagi ekspluatatsiyaga va urishlarga bo‗lgan moyilligi
hisoblanadi. U sotsializm va kommunizmni ijtimoiy jihatdan ideal
hisobladi, ularni noantagonistik kommunistik jamiyatning fazalari deb
atadi. K.Marks nazariyasiga binoan kommunizm – ishlab chiqarish
vositalari bir butun umumxalq mulki hisoblangan, jamiyatning barcha
a‘zolari ijtimoiy jihatdan batamom teng bo‗lgan sinfsiz tuzumdir.
Ammo K.Marksning sinfsiz jamiyat ideallari tantanasiga bo‗lgan
qat‘iy ishonchi eng avvalo, klassik iqtisodiy maktabning sinflar
nazariyasiga asoslanadi. U o‗zini klassiklarning davomchisi hisoblagan
holda haqiqatan ham iqtisodiy o‗sish muammosi bilan, xususan,
farovonlik va daromadlarning o‗sishi hamda daromadlarning mehnat,
kapital va yer egalari o‗rtasida, ya‘ni sinflar o‗rtasida taqsimlanish
203
muammosi bilan shug‗ullandi. Lekin uning sinflar nazariyasidagi
markaziy g‗oya sinfiy kurash hisoblanadi. «Hozirga qadar o‗tgan
hamma jamiyatlar tarixi, deb yozadi K.Marks, – sinflar kurashi tarixidir.
Hur va qul, patritsiy va plebey, pomeshchik va krepostnoy, usta va xalfa,
qisqasi, zolim va mazlum o‗rtasida doim antagonizm bo‗lib keldi; ular
har doim goh yashirin, goh ochiq bir-biriga qarshi kurash olib bordi. Bu
kurash har safar butun jamiyatni inqilob asosda boshqatdan qurish bilan
yoxud kurashuvchi sinflarning umumiy halokati bilan tugadi».
Marksning fikricha o‗zining kuchayib borayotgan ziddiyatlari bilan
kapitalistik jamiyat ham bundan mustasno emas: turmush darajasi
muttasil pasayib borayotgan sanoat ishchilari sinfi kapitalizm
«go‗rkoviga» aylanib boradi. K.Marksning bashorati to‗g‗ri
chiqmaganligini hayotning o‗zi ko‗rsatdi. Kapitalizm yangi real hayotga
moslasha bildi va ancha yuqori iqtisodiy o‗sishni ta‘minlay oldi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, J.S.Mill va K.Marks ijodi
U.Pettidan boshlangan klassik iqtisodiy maktabning yakunlanganligini
bildiradi. Mazkur maktabning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:
1. Inson faqat o‗z foydasiga, o‗z ahvolini yaxshilashga intiluvchi
kishi sifatida ko‗riladi.
2. Iqtisodiy bitimda ishtirok etuvchi barcha tomonlar qonun oldida
ham, shuningdek, uzoqni ko‗zlab ish yuritishda ham erkin va barobar.
3. Har bir iqtisodiy subyekt har qanday bozordagi baho, foyda, ish
haqi va renta to‗g‗risida to‗liq ma‘lumotga ega.
4. Bozor resurslarning to‗la harakatini ta‘minlaydi: mehnat va
kapital bir zumda kerakli joyga oqib o‗tishi mumkin.
5. Ish haqi bo‗yicha ishchilar sonining elastikligi birdan kam emas.
Boshqacha qilib aytganda, ish haqining har qanday oshishi ishchi kuchi
sonining ko‗payishiga olib keladi, ish haqining har qanday kamayishi
esa ishchi kuchi sonining kamayishiga olib keladi.
6. Kapitalistning birdan bir maqsadi kapitaldan keladigan foydani
maksimallashtirish hisoblanadi.
7. Mehnat bozorida pullik ish haqi mutlaq moslashuvchan bo‗ladi
(uning miqdori faqat talab va taklif nisbati bilan aniqlanadi).
204
8. Boylikni ko‗paytirishning asosiy omili kapital jamg‗arilishi
hisoblanadi.
9. Raqobat takomillashgan bo‗lishi, iqtisodiyot esa davlatning
haddan tashqari aralashuvidan erkin bo‗lmog‗I kerak. Bunday sharoitda
«ko‗rinmas qo‗l» resurslarning optimal taqsimlanishini ta‘minlaydi.
10. Kapitalizm o‗rniga dolzarb muammolarni yechib berishga,
sanoat sivilizatsiyasi yutuqlarini eng yaxshi shaklda realizatsiya qilishga
imon beruvchi jamiyat keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |