Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 Talab va taklif muvozanati, vaqt omili



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

 
11.4. Talab va taklif muvozanati, vaqt omili 
 
 
A.  Marshall  talab  va  taklif  qonunini  va  shunga  muvofiq  bahoni 
tahlil  qilishga  alohida  e‘tibor  qaratdi.  U  tahlilni  talabdan  boshladi: 
«Sotilishi  ko‗zda  tutilgan  tovar  miqdori  qancha  ko‗p  bo‗lsa,  unga 
qo‗yiladigan baho shuncha past bo‗lishi kerak, negaki u o‗z xaridorlarini 
topa  olsin...  Baho  pasayganda  talab  qilinadigan  tovarlar  miqdori 
ko‗payadi,  baho  oshganda  esa  –  kamayadi.  Bunda  bahoning  pasayishi 
bilan  talabning  oshishi  o‗rtasida  qat‘iy  o‗rnatilgan  bir  xil  nisbat 
bo‗lmaydi». 
 


217 
 
O‗z  mohiyatiga  ko‗ra  A.Marshall  me‘yorli  foydaliliklar  tengligi 
qonuniga asoslangan holda foydalilik funksiyasidan talab egri chizig‗ini 
keltirib  chiqargan  birinchi  iqtisodchi  hisoblanadi.  U  quyidagi 
ko‗rinishda aks ettiriladi: 
MU
x
/P
x
=MU
y
/P
y
=…MU
e

 
bunda  MU
x
  –  x  tovarning  me‘yorli  foydaliligi,  P
x
  –  o‗sha 
tovarning  bahosi,  MU
e
  –  pulning  me‘yorli  foydaliligi.  Bu  qonunni 
uch  xil  ekvivalentli  shaklda  ifodalash  mumkin.  Iste‘molchi  o‗z 
ehtiyojini  qondirishni  maksimallashtiradi,  agar  u  1)  xarid  qilingan 
barcha  tovarlarning  me‘yorli  foydaliliklarini  tenglashtirsa;  2) 
iste‘mol  qilinadigan  har  bir  juft  tovarning  me‘yorli  foydaliliklari 
nisbatini  va  baholar  nisbatini  tenglashtirsa;  3)  muayyan  bozor 
narxida  sotib  olingan  har  bir  tovarni  pul  qiymatining  me‘yoriy 
foydaliligini tenglashtirsa.  
Iste‘molchi muvozanatga erishdi, R
x
 bahosi esa pasaymoqda, deb 
faraz  qilaylik.  Unda  MU
x
>P
x
MU
e
  va  muvozanatni  qaytadan  tiklash 
uchun  MU
x
  miqdorini  kamaytirish  maqsadida  x  tovarni  ko‗proq  sotib 
olish  kerak  bo‗ladi.  Haqiqatan  ham  tovarning  bahosi  pasaysa, 
iste‘molchi  uni  sotib  olishni  ko‗paytiradi,  negaki  bunday  tovarning 
bahosi  pasayganda  iste‘molchi  bir  so‗mga  har  qanday  boshqa  tovarga 
qaraganda  ushbu  x  tovardan  ko‗proq  foydalilik  oladi.  X  tovarning 
xaridi  ko‗paygan  sari  me‘yorli  foydalilikning  pasayishi  MU

pasayishini  kafolatlaydi.  Demak,  iste‘molchi  o‗zining  cheklangan 
daromadlari  va  joriy  narx  doirasida  o‗z  ehtiyojini  doimo  maksimal 
darajada  qondirishga  intilgan  sharoitda  talab  egri  chizig‗ining  teskari 
nishabligi kelib chiqadi. 
Bu  dalil-isbotlar  shu  narsani  ko‗zda  tutadiki,  x  tovarning  narxi 
pasayishi  natijasida  individning  daromadi  ko‗paymaydi,  buning 
natijasida MU
x
ning miqdori uyg‗unlashish jarayoni davomida doimiyligi 
saqlanib  qoladi.  Lekin  individ  o‗zining  barcha  xarajatlarining  me‘yorli 
foydaliligini  yana  tenglashtirishi  bilanoq,  uning  real  daromadi  oshadi. 
Bu saqlanayotgan pul mablag‗larining me‘yorli foydaliligini pasaytiradi 
va  shu  bilan  barcha  tovarlarning,  jumladan  x  tovarning  ham  xaridining 
ko‗payishga olib keladi. Bunda daromad samarasi ijobiy hisoblanadi va 


218 
biz  x  ga  teskari  nishabli  talab  egri  chizig‗iga  va  daromadga  bog‗liq 
bo‗lgan ijobiy talabga ega bo‗lamiz.  
Bundan  tashqari  bu  yerda  foydalilik  funksiyalarining  additivligi
22
 
taqozo  etiladi:  individ  sotib  olayotgan  har  bir  tovarning  foydaliligi 
boshqa  tovarlarning  foydaliligiga  bog‗liq  bo‗lmaydi.  Haqiqatda  esa 
ularning  o‗rtasida  bog‗liqlik  amal  qilishi  mumkin,  bunday  bog‗liqlik 
natijasida U – miqdori ko‗payganda MU
x
 ko‗payadi yoki kamayadi. Bu 
tahlilni yana ham murakkablashtiradi. 
Agar  yuqorida  aytilganlarni  grafik  ko‗rinishida  ifodalasak,  unda 
koordinatlarda  (baho,  tovar  miqdori)  Marshall  «kresti»  kelib  chiqadi: 
pastga yo‗naltirilgan D talab egri chizig‗i bilan yuqoriga yo‗naltirilgan S 
taklif  egri  chizig‗ining  kesishishi  (11.2-chizma.).  D  egri  chizig‗i 
iste‘molchi  uchun  mazkur  tovarning  me‘yorli  foydaliligining  pasayish 
qonunini  ifodalasa,  S  egri  chizig‗i  me‘yorli  xarajatlarning  oshib 
borishini  ifodalaydi.  Ularning  kesishgan  nuqtasi  muvozanat  bahoni 
bildiradi va ushbu baho xaridorlar sotib olishni, sotuvchilar esa sotishni 
xohlaydigan  tovar  miqdorini  aniqlab  beradi.  Bu  ikki  miqdor  faqat 
muvozanat baho paytida bir-biriga to‗g‗ri keladi. Agar taklif bahosi talab 
bahosi bilan tenglashsa, muvozanat baho vujudga keladi. Chizmadagi P
1
 
–  muvozanat  baho.  Ushbu  bahoda  sotuvchilar  bir  xil  Q
1
  miqdordagi 
tovarni sotishni xohlaydilar, xaridorlar esa sotib olishni.   

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish