Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


M u h o k a m a   u c h u n   sa v o lla r



Download 7,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/174
Sana19.08.2021
Hajmi7,3 Mb.
#151370
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   174
Bog'liq
АРМ Tashmatov Sh H Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Darslik 2019

M u h o k a m a   u c h u n   sa v o lla r
1. Institutsionalizm paydo bo‘lishining shart-sharoitlari?
2.  Institutsionalizmning  mohiyati  va  o‘rganish  metodologiyasi 
nimalardan iborat?
3. Uning asosiy oqimlari va mafkurachilari kimlar?
4. Institutlar, deganda nimalar ko‘zda tutiladi?
5.  T.Veblenning  asosiy  asaridagi  g‘oyalar,  «Veblen  effekti»  nimani 
anglatadi?
6.  J.Kommonsning  asosiy  g ‘oyalari,  hukumatni  isloh  qilish 
islohotlari mohiyati nimadan iborat?
237


XIII  BOB.  JO N   MEYNARD  KEYNS  TA’LIMOTI  VA 
NEOKEYNSCHILIK
1 3 .1 .  J .M .K e y n s n in g   iq t is o d iy   t a ’lim o t i
XX  asming  birinchi  yarmida  iqtisodiy  inqirozlaming  damba-dam 
takrorlanishi  tufayli  ko‘pgina  «kapitalizmni  tartibga  solishga»  oid 
iqtisodiy  g ‘oyalar  soni  ko‘paydi.  Ingliz  iqtisodchisi 
Jon  Meynard 
Keyns 
(1884-1946)  ana  shunday  yo‘nalishning  yorqin  tarafdori  bo‘lib 
shuhrat  qozondi.  1909-yilda  «Indeks  uslubi»  iqtisodiy  maqolasi,  1913- 
yilda  uning  birinchi  asari  - 
«Pul  muomalasi  va  Hindiston  moliyasi» 
kitobi  chop  etildi.  1919-yilda 
«Versal  tinchlik  shartnomasining 
iqtisodiy  oqibatlari» 
nashr  etilishi  bilan  u  iqtisodchi  sifatida 
ko‘pchilikka  tanildi.  Bu  asarida  u  shartnomaga  nisbatan  bir  qancha 
tanqidiy  fikrlar bildirgan  edi.  Keyns  20-30-yillarda iqtisodiyotga  oid  bir 
nechta  kitoblar  yozdi  («Ehtimollik  to‘g ‘risidagi  risola»  (1921),  «Pul 
islohoti  to‘g‘risida  risola»  (1923),  «Mister  Cherchelning  iqtisodiy 
oqibatlari»  (1925),  «Erkin  tadbirkorlikning  intihosi»  (1926),  «Pul 
to‘g‘risidagi  risola»  (1930)  va  boshqalar),  ammo  unga  mashhurlik 
keltirgan  bosh  asari  - 
«Ish  bilan  bandlik,  foiz  va  pulning  umumiy 
nazariyasi» 
(1936)  kitobidir.  1940-yilda 
«Urush  xarajatlarini  qanday 
qoplash  mumkin» 
degan  kitobi  ham  nashr  etildi.  Bu  asarlardagi  bosh 
masala  kapitalizmni  oqlash,  uning  inqirozlarsiz  rivojini  ta’minlashning 
abadiyligini  isbotlashga urinishdan iborat edi. Uning yaratgan nazariyasi 
iqtisodiyot ta’limotlari  tarixida  alohida  o ‘rin  egallaydi  va  bu  o ‘ziga  xos 
inqilob  bo‘lib, hozirgi  davrda ham ahamiyatlidir.  Keyns asosiy  asarining 
boshidayoq klassik maktabga qarshi ekanligini bayon etdi.
Keyns  ta’limotining  asosiy  va  yangi  g‘oyasi  shuki,  bozor  iqtisodiy 
munosabatlari  tizimi  mukammal  va  o‘z-o‘zini  avtomatik  ravishda 
tartibga  sola  olmaydi.  Shu  sababli  maksimal  darajada  bandlikni  va
238


iqtisodiy  o ‘sishni  faqat  davlatning  iqtisodiyotga  faol  aralashuvi 
ta’minlay  oladi.  Bu  ish  davrida  amaliy  iqtisodiyotdagi  konkret  ahvol 
bilan chambarchas bogiiq edi.  Yetakchi  olimlaming ta’kidlashicha (J.K. 
Gelbreyt,  M.Blaug)  firmalar,  monopoliya va oligopoliyalar  faoliyatidagi 
tengsizlik  nisbatan kichik  doiradagi  odamlaming  faoliyati  bilan  bog‘liq, 
bu  tengsizlik  prinsipida  davlatning  aralashuvi  bilan  tuzatilishi  mumkin 
edi.
Aslida  u  iqtisodchi  Alfred  Marshallning  -  Kembridj  maktabining 
davomchisidir, 
ammo 
yondashuv 
boshqacha. 
Asosiy 
nazariy 
muammolar  qiymat,  kapital,  ish  haqi  va  boshqalar  bo‘yicha  asoslanadi. 
A.Marshall  psixologik  omillaming  ustunligiga  ishonadi  va  qiymatning 
mehnat  nazariyasini,  qo‘shimcha  qiymatni  inkor  etadi,  uni  ishlab 
chiqarish  omillari  konsepsiyasi  bilan  almashtiradi.  Keyns  kapitalizm 
bozor  iqtisodiy  illatlarini  to‘g‘rilash  uchun davlatning  iqtisodiyotga  faol 
aralashuvi  tarafdori  bo‘lib  chiqdi.  Vaholanki,  avvalgi  olimlar  (klassik 
maktab)  buni  inkor  etganlar  va  inqirozni  tasodifiy  voqea,  deb 
hisoblaganlar.  Avvalgi  tadqiqotchilardan  farqli  ravishda  «samarali 
talab»ni,  ya’ni  iste’mol  va  jam g‘arishni  birinchi  o ‘ringa  qo‘yadi. 
Yuqorida qarab  chiqilgan  iqtisodiy ta’limotlardan biri  - merkantilizimda 
davlatning iqtisodiyot (siyosat)ga aralashuvi  talab  etiladi,  proteksionizm 
iqtisodiy  siyosati  shuni  talab  etadi.  J.M.Keyns  u  yaratgan  konsepsiyaga 
merkantilistlaming ta’sirini  imkor etmaydi.  Ikkala ta’limotdagi  umumiy 
g‘oyalar quyidagilardan iborat:
Mamlakatda  pul  massasini  ko‘paytirish  uchun  intilish  (pulning 
qadrini  biroz  pasaytirish)  va  shunga  muvofiq  ssuda  foizini  kamaytirish 
va  ishlab  chiqarishga  investitsiyalami  qo‘yishni  rag‘batlantirish  vositasi 
sifatida,  baho  (narx-navo)lar  oshuvini  qo‘llash  (savdo  va  ishlab 
chiqarishni  rag‘batlantirish  usuli  sifatida),  pulning  yetishmasligi 
ishsizlik  sababi,  deb  tan  olinishi.  Iqtisodiy  siyosatning  milliy  (davlat) 
xarakteriga  ega  ekanligi  tushuniladi.  U  tadqiqotning  makroiqtisodiy 
uslubini,  ya’ni  makroiqtisodiy  ko‘rsatkichlar  bo‘lgan  milliy  daromad  va
239


jam g‘armalar  o‘rtasidagi  bog‘lanish  va  nisbatlami  tadqiq  qilish 
g ‘oyasini  ilgari  surdi.  Bu tadqiqot usuli  o‘z davrida fiziokratlar (F.Kene, 
A.Tyurgo)  K.Marks  tomonidan  qo‘llanilgan  Keynsgacha  mikroiqtisodiy 
yondashuv,  ya’ni  alohida  xo‘jalik  obyektlari 
boMgan  firmalar 
iqtisodiyotini  tahlil  etish  rasm  boMgan  edi.  Firmaning  rivoji  millat, 
mamlakat  ravnaqi  bilan  bir,  deb  qaralar  edi.  Asosiy  e’tibor  umumiy 
iqtisodiyotga  emas,  balki  firmaga  qaratilgan  edi.  Keyns  ta’limoti 
iqtisodiy  siyosat  bilan  chambarchas  bogMiq.  Agar  Marks  kapitalistik 
tizimning  yemirilishini  bashorat  qilgan  boMsa,  Keyns  kapitalizm 
muhandisi  sifatida  uni  ta’mirlash  yoMini  aniqlab  berdi.  Davlat 
tomonidan  rag‘batlantiraladigan  talab  «samarali  talab»  konsepsiyasi 
ilgari suriladi.

Download 7,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish