1 2 .5 . I j t im o iy - in s t it u t s io n a l y o 'n a lis h e v o ly u t s iy a s i
Yuqorida institutsional yo‘nalishning asosiy g ‘oyalari va dasturi
ko‘rib chiqilgan edi. Hozirgi davrda ham bu yo‘nalish g ‘oyalari
dolzarbligicha qolmoqda. Taniqli iqtisodchining iborasi bilan aytganda
«Veblen kostyumi yaxshi xizmat qilmoqda va u deyarli eskirmagan». Bu
yo‘nalishning otasi Veblen tomonidan ilgari surilgan ta ’limotda hozirgi
zamon jamiyatini qayta qurish, transformatsiya masalalari nihoyatda
muhim o‘rinni egallaydi. Ulaming fikricha ilmiy-texnika taraqqiyoti
tufayli jamiyatdagi
sotsial
qarama-qarshiliklar yo‘qolib
boradi.
Jamiyatning konfliktlarsiz evolyutsiyasi, uning industrial jamiyatdan
postindustrial, superindustrial yoki
«neoindustrial»,
informatsion
jamiyat sari rivoji ro‘y beradi.
Texnik-iqtisodiy
omillami
mutlaqlashtirish
tufayli
yangi
konvergensiya nazariyasini ilgari surish imkoni yaratildi (J.K.Gelbreyt,
P. Sorokin - AQSH, Raymond Aron - Fransiya, Yan Tinbergen -
Niderlandiya). «Industrial», «postindustrial» jamiyat nazariyasi ikki
sotsialistik
va
kapitalistik tizimni
yagona tizimga keltimvchi
«konvergensiya» nazariyalari yangilik emas. Masalan, XIX asr oxirida
nemis iqtisodchisi (yuqorida berilgan) V.Zombart «Hozirgi zamon
kapitalizmi» asarida plyuralizm, ya’ni turli sotsial tizimlami -
kapitalistik,
sotsialistik,
mayda
ishlab chiqaruvchilami
yagona
plyuralistik jamiyatga birlashtirish g‘oyasini aytgan edi.
J.K.Gelbreyt asarlarida bu fikrlar to ‘laroq ifodasini topgan. Unda
ikkala tizimda ro‘y berayotgan umumiy o‘zgarishlar qayd etiladi
235
(rejalashtirishdan foydalanish, davlat va korporatsiya o ‘rtasidagi
farqlaming yo‘qolib borishi, tashqi muhitni o ‘rganish, fan va ta’limning
mehnat taqsimoti o‘sishida asosiy omil ekanligi va boshqalar). Asta-
sekin kapitalizmning «yomon» tomonlari sotsializmning «yaxshi»
xususiyatlari bilan chirmashib ketishi kerakligi aytiladi, «kapitalizm
transformatsiyasi» ro‘y berishi bashorat qilinadi.
J.K.Gelbreytning
asosiy asarlari quyidagilardir:
«Mo‘l-ko‘lchilik
jamiyati»
(1958),
«Yangi industrial jamiyat»
(1967),
«Iqtisodiy
nazariyalar va jamiyat maqsadlari»
(1973),
«Pullar»
(1975),
«Ishonchsizlik asri»
(1977). Bundan tashqari olim ko‘pgina maqola va
intervyular muallifi.
Superindustrial jamiyat to‘g‘risidagi g‘oyalar amerikalik futurolog
Tofflerrimg
«Uchinchi to‘lqin»
kitobida bayon etiladi. Unda «yangi
sivilizatsiya» davri vujudga keladi, deyilgan. Keyingi paytlarda
neoinstitutsionalizm
nazariyalari
ham
paydo
bo‘lmoqda.
Bu
nazariyalarda texnik omillami mutlaqlashtirishdan chekiniladi va asosiy
e’tibor insonga, sotsial muammolarga qaratiladi. Shunday yo‘l bilan
mulk huquqi (Ronald Kluz - AQSh), jamoat tanlovi (Jeyms Byukenen -
AQSh) va boshqa nazariyalar vujudga keldi. Bu qarashlar natijasida
rivojlangan mamlakatlaming iqtisodiy siyosati ham o‘zgarmoqda, bu
siyosat tobora kapitalizmni ijtimoiy tomonga burish sari bormoqda.
Hozirgi davr institutsionalizmining asosiy g‘oyasi shuki, inson
postindustrial jamiyatning asosiy iqtisodiy omili, asosiy resursi sifatida
qaraladi va yangi jamiyat shaxsni har tomonlama rivojlantirish uchun
o ‘z siyosatini qayta ko‘rib chiqishi kerak bo‘ladi, XXI asr esa «inson
asri» deb e’lon qilinadi.
Iqtisodiy evolyutsiya jarayonini tadqiq qiluvchi
iqtisodiy-
globalistlar shu qoidaga amal qiladilarki, evolyutsiya turli iqtisodlaming
o ‘zaro yagona iqtisodga aylanishi emas, balki turli tizimlarga
aylanishidir. Bu oqibatda yangi industrializatsiyani ta’minlaydi, bunda
inson bosh, hal qiluvchi o‘rinni egallaydi.
236
Do'stlaringiz bilan baham: |