Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 2 .2 .  T .V eb len   g ‘o y a la r i



Download 7,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/174
Sana19.08.2021
Hajmi7,3 Mb.
#151370
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   174
Bog'liq
АРМ Tashmatov Sh H Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Darslik 2019

1 2 .2 .  T .V eb len   g ‘o y a la r i
T.Veblen 
iqtisodiy  jarayonlami  shakllangan  an’analar  sifatida 
tahlil  etadi.  Ana  shunday  an’anaviy  harakatlantiruvchi  kuchlar  qatoriga 
ota-onalar  his-tuyg‘usi,  usta  instinkti,  ya’ni  yaxshi  ishlashga  intilish, 
ilmga chanqoqlik,  sof qiziquvchanlik kiritiladi.  Uning  fikricha  dastlabki 
instinkt  aw al  oilaga  g‘amxo‘rlikda  namoyon  bo‘ladi,  keyinchalik  esa 
jamiyat  va  butun  insoniyatga  bo‘lgan  g‘amxo‘rlikka  aylanib  boradi. 
Darvinizm  (biologik)  g‘oyalari  iqtisodiyotga  tatbiq  etiladi.  Veblen 
«Bekorchi  sinflar  nazariyasi» 
(«Teoriya  prazdnogo  klassa»)  kitobida 
quyidagilami  yozadi:  «Jamiyatdagi  odamning  hayoti  boshqa  turdagi 
hayot  kabi  mavjudlik  uchun  kurashdir  va  demak,  tanlanish  va 
moslashish jarayonini  aks  ettiradi.  Jamiyat  strukturasining  evolyutsiyasi
228


institutlaming  tabiiy  tanlanish jarayonidir».  Darvinning  tabiiy  tanlanish 
ta’limoti  ijtimoiy  hodisalarga  mexanik  ravishda  ko‘chiriladi.  Insonning 
ongli  harakatiga  yetarlicha  baho  bermasdan,  odamlaming  yurish-turishi 
g‘ayriixtiyoriy 
saboqlar, 
instinkt, 
fe’l-atvor  va 
odatlar 
orqali 
tushuntiriladi.  Jamiyat  rivoji  biologik  qonuniyatlar  bilan  bir  xil,  deb 
qaraladi,  proletariatnig  sinfiy  kurashi  inkor qilinadi,  markscha  inqilobga 
darvinistik evolyutsionizm qarama-qarshi qo‘yiladi.
Veblen  zamonaviy  industrial  texnokratik  konsepsiyalar  asoschisi 
bo‘lib  hisoblanadi.  Industriya  olamiga  alohida  e’tibor  beriladi  va  unga 
barcha  ishlab  chiqaruvchilar  va  birinchi  navbatda,  muhandislar  va 
ishchilar  kiritiladi.  Industriya  olami  mehnat  unumdorligini  o‘stirish, 
ishlab  chiqarish jarayonini  yaxshilash  va  samaradorlikni  oshirishni  bosh 
maqsad  qilib  qo‘yadi.  Unga  moddiy  ishlab  chiqarish  sotsial  formadan 
butunlay  ajratib  qo‘yiladi.  Ishlab  chiqarish  asosan texnik  ko‘rsatkichlar, 
masalan,  texnik  asos  darajasi,  malaka,  bilim  va  boshqalar  bilan 
xarakterlanadi. 
Biznes 
olami, 
deganda 

moliyachilar, 
trest 
tashkilotchilari  va  tadbirkorlami  tushundi.  Uningcha  biznes  imkoni 
boricha  yuqori  foyda  uchun  intiladi  va  shu  sababli  uni  beayov  tanqid 
qiladi,  chunki  turli  moliyaviy  va  kredit  nayranglari,  turli  aksiyadorlik 
jamiyatlari  tizimi tufayli  sanoat  unga to‘la bo‘ysundirilgan.  Shu  sababli 
u  sanoatni  biznes  ta’siridan  «ozod»  qilish  kerak,  deydi.  «Industriya»  va 
«biznes» nazariyasida ishlab chiqarish jarayonida moddiy mazmun bilan 
uning  sotsial-iqtisodiy  shakli  o ‘rtasida  bog‘lanish  yo‘q.  Veblen 
industriya  va  biznes  orasida  keskin  qarama-qarshilik  bor,  deb  xato 
qiladi, ana shular kapitalizm  illatlarining sababchisi qilib ko‘rsatiladi.
Insonlaming  iqtisodiy  rag‘bati  avvalo,  qarindoshlik  his-tuyg‘usi, 
bilim  va  bajarilayotgan  ishning  yuqori  sifatiga  instinktiv  intilishdir 
(A.Smit - foyda ketidan quvish).
Bekorchi  sinflar  to‘g ‘risida  fikr  yuritilib,  ularga  «biznes  olami 
odatlari»  to‘g‘risidagi  o‘ziga  xos  xususiyatlar  ko‘rsatiladi.  Ular  uchun 
tovarlarga  alohida  baho  belgilanadi  va  ular  talab  qonunlaridan
229


boshqacha bo‘lishi mumkin,  deyiladi.  Buni  «Veblen effekti»  deb  ataladi 
(bu  fikrda jon  bor,  boy  mamlakatlarda  boylar  uchun  alohida  do‘konlar 
mavjud).
Veblen  nazariyasi  jamiyat  sotsial  strukturasi  to‘g‘risida  noto‘g‘ri 
tushuncha  hosil  qiladi,  jamiyat  sinflarga  ajratilmaydi,  ishchilar  va 
muhandislar  yagona  sanoatchilar  guruhiga  kiritiladi,  sinfiy  kurash 
tushunchasi esa umuman yo‘q.
Mavjud tizimni o ‘zgartirish to‘g ‘risida gapirib, bu masalani Veblen 
ilmiy-texnika  inqilobini  kuchaytirish,  hokimiyatni  texnik  intelligensiya 
qo‘liga  berish  bilan  hal  etishni  taklif  qiladi.  Buning  uchun  barcha 
injener-texnik  xodimlar  umumiy  ish  tashlashlari  kerak,  shunda 
tadbirkorlar ulaming shartlariga ko‘nishga majbur bo‘ladilar.  Kapitalizm 
transformatsiyasi  «texniklar  kengashi»  vositasida  bajariladi,  hozirgi 
zamon jamiyatida intelligensiyaning roli birinchi o ‘ringa qo'yiladi, ya’ni 
biznes olamini  injiner- texnik intellegensiya yenga oladi.
Sanoat  mutaxassislari  yagona  sinf sifatida  qaraladi  va  bu  sinfning 
asosiy  maqsadi  texnikadan  foydalanishni  takomillashtirishdir.  Demak, 
Veblen yangi jamiyatni  «texnokratik» ko‘z bilan ko‘radi va kapitalizmni 
saqlab qolish yo‘lini taklif etadi.

Download 7,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish