Tahlil fanining shakllanishi, tashkil topishi va rivojlanishi
Kishilik jamiyatining paydo bo'lishi bilan uning a’zolarining ongi o'sib, rivojlanib, taraqqiy etib borgan, oqibatda uning barcha tom onlarida sodir bo'lgan va bo'layotgan hodisa va jarayonlar hamda ularning natijalarini kuzatish va o'rganish asosida borliq to'g'risida turli fikrlar va qarashlar yuzaga kelgan va rivojlana boshlagan. Bular esa, o'z navbatida, ishlab chiqarish jarayonining kengayishi va uning natijalarini o'sishiga hamda ular bo'yicha hisob ishlarini olib borishga sabab bo'lgan. Xullas, bu fikr va qarashlarning shakllanishi hamda rivojlanib borishi turli yo'nalishdagi fanlarning paydo bo'lishiga olib kelgan. Shunday fanlardan biri iqtisodiy tahlil fani hisoblanadi. Iqtisodiy tahlil fani «Buxgalteriya hisobi» va «Statistika» fanlari negizida yuzaga kelgan. Bu fanning paydo bo'lishiga, shakllanishiga va takomillashi7 shiga olib keluvchi omillar, jamiyatda yuzaga kelgan .obyektiv shart-sharoitiar hisoblanadi. XV-XVII asrlarda ishlab chiqarish jamiyatning barcha sohalarida keng ko'lamda rivojlana boshlagan. Bu esa o‘z navbatida hisob ishlarini ham yuritishni taqozo etgan, ya’ni ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan moddiy va mehnat resurslari sarfini hamda uning natijalarini qayd qilish uchun hisob ishini olib borishga ehtiyoj tug'ilgan, natijada hisob-kitob ishlari yuritila boshlagan. Ishlab chiqarishning yanada rivojlanib. kengayib va taraqqiy etib borishi mavjud imkoniyatlarni aniqlab, xo'jalik faoliyatiga jalb etishni talab qilgan. Ammo ushbu muammoni ha! qilishda hisob ma’lumotlari yetarli bo'lmasdan qolgan. Bu esa obyektiv holatda tahlilning paydo bo'lishiga sabab boMgan. Buxgalteriya hisobi fanining paydo bo'lganligiga taxminan 500 yildan, iqtisodiy tahlilning vujudga kelganligiga esa 100 yildan ortiqroq vaqt o‘tdi. Demak, iqtisodiy tahlil ham eskidan shakllangan fanlardan biridir. Buxgalteriya hisobi bo'yicha birinchi asar XV asrda paydo bo'lgan. Ushbu fikrni professor M. Q. Pardayevning «Iqtisodiy tahlil nazariyasi» darsligida keltirilgan ma’lumotlar asosida bayon qildik. Buxgalteriya hisobi bo'yicha yaratilgan birinchi asar Vendrikt Katrul’inning 1458-yilda «Savdo va xususiy savdogar» nomi bilan nashr qilingan kitobi hisoblanadi. Ana o'sha yildan boshlab, buxgalteriya hisobining yaratiIganligi e’tiborga olinsa, uning yoshi 500 yildan oshgan hisoblanadi. Buxgalteriya hisobiga bag'ishlangan asarlar Evropa mamlakatlarida (Gollandiya, Angliya, Fransiya kabi mamlakatlarda) XVI—XVII asrlarda keng ko'lamda yaratila boshlagan. Rossiyada esa XIX asrda paydo bo'lgan. Rossiyada buxgalteriya hisobiga bag'ishlangan birinchi asar bo'lib, V. S. Nemchinov tomonidan 1840-yilda nashr qilingan ikki qismdan iborat bo'lgan «Hisob fani» kitobi hisoblanadi. Bu ma’lumot ham professor M. Q. Pardayevning yuqorida nomi zikr etilgan darsligi asosida bayon qilindi. Shundan keyin buxgalteriya hisobiga bag'ishlangan kitoblar safi Rossiyada kengayib borgan. Tahlilning elementlari XVIII asr oxirlarida hisob m a'lum otlari asosida paydo bo'la boshlagan. Tahlil elem entlari Rossiyada 1880-yildan boshlab chiqa boshlagan «Schetovodstvo» jurnali sahifalaridan o'rin olgan m aqolalarda aks ettirila boshlagan. Ushbu maqolalar asosan buxgalteriya balansining tahliliga bag'ishlangan. Natijada iqtisodiy tahlil faniga asos solingan. M azkur fan ilk m arta «Balarisshunoslik» fani tariqasida paydo bo'lgan. Iqtisodiy tahlil hozirgi shakllangan fan shakliga kelgunga qadar bir qancha evolutsion yo'lni bosib o'tgan. U balansshunoslik, balans tahlili, hisob tahlili, balans va tahlil, iqtisodiy tahlil shakllarida paydo bo'lgan. 8 Bu fan 1940-yillarga kelib, «Xo'jalik faoliyatini tahlil qilish» fani sifatida to‘liq shakllangan va oliy o'quv yurtlarida mustaqil fan tariqasida o'qitila boshlandi. Keyinroq «buxgalteriya hisobi va xo'jalik faoliyatining tahlili» mutaxassisligi bo'yicha kadrlar tayyorlana boshlangan, mustaqillikka erishiganidan keyin respublikamizda iqtisodiy tahlil mutaxassisligi bo'yicha magistrlar tayyorlanmoqda. XX asrning 50-60-yillaridan boshlab, tahlil fanining iqtisodiyot tarnioqlariga mos holda bir qancha turlari vujudga keldi. Bularga sanoat korxonalari faoliyatining tahlili, qishloq xo'jalik korxonalari faoliyatining tahlili, savdo korxonalari faoliyatining tahlili hamda boshqa sohalar korxonalari faoliyatining tahlili kabilarni misol qilib ko'rsatish m um kin. O'tgan asrning 80-yillaridan boshlab iqtisodiy tahlil fanining nazariyasini yaratish bo'yicha ijodiy ishlar olib borildi va natijada u fan shaklida tashkil topdi. Ushbu fan nazariyasini birinchi bo'lib Moskvalik olimlar М. Г. Bakanov va A. D. Sheremet 1987-yilda «Teoriya ekonomicheskogo analiza» nomi bilan yaratishgan. Shundan keyin bu fan Ukrainalik, Belorussiyalik va O'zbekistonlik olimlar tomonidan ham darslik sifatida yaratildi. Mazkur fan MDH davlatlari oliy o'quv yurtlarida mustaqil fan sifatida o'rganib kelinmoqda. O'zbekistonda iqtisodiy tahlil fanining tashkil topishida va shakllanishida Samarqandlik va Toshkentlik olimlarning xizmati kattadir. Shunday olimlar qarotida I. T. Abdukarimov, Y. Abdullayev, A. V. Vahobov, A. T. Ibrohimov, M. Q. Pardayev, A. A. Abdiyev, N. F. Ishonqulov kabilarni ko'rsatish mumkin. Bu olimlarning darslik va o'quv qo'llanmalari oliy o'quv yurtlari talabalari uchun iqtisodiy tahlil fani bo'yicha asosiy o'quv quroli bo'lib qo'llanilib kelinmoqda. Yaratilgan o'quv adabiyotlari orasida A. V. Vahobov, A. T. Ibrohimov, N. F. Ishonqulov tomonidan «M oliyaviy va boshqaruv tahlili» darsligi alohida o'rinni egallaydi, chunki u «Ta’lim to'g'risida» va «K adrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida»gi qonunlar talablariga to'liq mos holda tayyorlangan. Samarqandlik olimlardan iqtisodiy tahlil fani bo'yicha o'quv qo'llanma va darsliklar yaratishda professor I. T. Abdukarimov va professor M. Q. Pardayevning xizmati kattadir. Professor M. Q. Pardayev tomonidan yaratilgan «Iqtisodiy tahlil nazariyasi» darsligi hozirgi paytda O'zbekistondagi oliy o'quv yurtlarining «Iqtisodiyot», «Buxgalteriya hisobi va audit» yo'nalishlari talabalari uchun asosiy o'quv adabiyoti sifatida foydalanib kelinmoqda.
Tahlil yunoncha - «analisis» so'zidan olingan bo'lib, ajratish, bo'laklash, parchalash kabi ma’nolarni anglatadi. To'liqroq qilib aytganda, u makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyotda sodir bo'lgan va bo'layotgan hodisa va jarayonlarni bo'laklarga, qismlarga bo'lib va ajratib o'rganishni bildiradi. 10 Qism va bo‘laklarga ajratishda hodisa va jarayonlarning urnumiylik, birlik va bog‘liqlik xususiyatlari saqlanib qolishi kerak. Korxona faoliyatini maqsadli, tezkor, joriy va istiqbolli o‘rganish asosida uning holatiga har taraflama baho berish tahlilning asosiy mazmunini tashkil etadi. Iqtisodiy tahlil ham har qanday fan kabi o'zining predmetiga va metodiga egadir. Iqtisodiy tahlil fanining predm eti bo'lib, xo‘jalik faoliyatida obyektiv va subyektiv omillar ta’siri ostida sodir boigan va bo‘layotgan ijtimoiyiqtisodiy jarayonlar va ularning natijalari hisoblanadi. Masalan, ishlab chiqarilgan paxta, g‘alla, sabzavot kabi mahsulotlar miqdorining o'zgarishi, ularning tannarxi yoki ularni sotishdan ko‘rilgan foyda va boshqa shular kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlilning predmetiga misol bo‘la oladi. Boshqacha avtganda. shular va shularga o'xshash ta'minot, ishlab chiqarish, tijorat va moliyaviy faoliyatda sodir bo'lgan jarayonlarning natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni, ularning o'zgarishiga obyektiv va subyektiv omillar ta’sirini o'rganish hamda mavjud imkoniyatlarni aniqlash korxonalar faoliyatining tahlili fanining predmetidir. Iqtisodiy tahlilning predmetida omillar muhim o‘rinni tutadi, chunki xo'jalik faoliyatida sodir bo'lgan va bo'layotgan iqtisodiy jarayonlar o‘z-o‘zidan sodir bo'lmaydi, yuzaga kelmaydi, balki ular qandaydir obyektiv va subyektiv omillar ta’siri ostida paydo boiadi. Obyektiv va subyektiv omillar ta’sirini boshqa fanlar o'rganmaydi, bularning ta’siri faqat iqtisodiy tahlil fanida o'rganiladi, shuning uchun ham ular iqtisodiy tahlil predmetining asosini tashkil qiladi. Shu bois ham iqtisodiy tahlil fani predmetining negizida obyektiv (tashqi) va subyektiv (ichki) omillarni o'rganish lozimligi qayd qilinishi bejiz emas. Har qanday fan kabi tahlil fani ham o'z obyektiga ega. Obyekt ushbu fanning predmeti qayerlarda mujassamlanganligini va amalga oshishini ko'rsatadi. Tahlil fanining obyektiga qishloq xo'jalik korxonalari, ya’ni shirkat, fermer va boshqa xo'jaliklarni misol qilib ko'rsatish mumkin. Makon va zamonning qanday bo'lishidan qat’iy nazar, fanning predmeti o'zgarmasdan qoladi, obyekti o'zgarib turishi mumkin. Masalan, paxta ishlab chiqarish dinamikasining o'zgarishini olaylik. Bu ko'rsatkich tahlilning predmeti bo'lib hisoblanadi. Paxta ishlab chiqarish qaysi davrda sodir bo'lmasin, qaysi xo'jalikda ishlab chiqarilmasin, xo'jaliklarning turi va shaklidan qat’iy nazar, paxta o'zgarmasdan paxtaligicha qoladi. Shunga o'xshash barcha mahsulotlar va ular bilan bog'liq bo'lgan ko'rsatkichlar ham xuddi shunday. Demak, ushbu ko'rsatkichlar tahlilning predmeti sifatida o'zgarmasdan qoladi. Paxta va boshqa mahsulotlar ilgari sovxoz va kolxozlarda ishlab chiqarilgan bo'lsa, hozirgi davrda ular o'rniga kelgan, ham shaklan, ham mazmunan o'zgargan shirkat, fermer, dehqon xo'jaliklarida ishlab chiqarilmoqda. Ular ham, bular ham tahlilning obyektidir. Demak, tahlil obyekti makon va zamon bo'yicha o'zgarib turishi mumkin ekan. Shuning ham tahlil predmeti va obyektini bir-biridan farqlash zarur. Endi, hurmatli talaba, o‘zingiz tahlilning predmeti va obyektini quyidagi ma’lumotlardan foydalanib va mustaqil fikrlab, aniqlang va tasvirlang, chunki bularni yaxshi o'zlashtirish fanning mazmunini yaxshi o'zlashtirish uchun imkoniyat yaratadi. Masalan, hisobot va bazis yillarida tumanning fermer xo'jaliklarida paxta, g'alla va boshqa mahsulotlar, qorako'lchilik shirkat xo'jaliklarida jun, go'sht, qorako'lteri va boshqa mahsulotlar yetishtirilgan, ularni ishlab chiqarish uchun ma’lum hajmdagi moddiy va pul mablag'lari sarflangan. Shu ma’lumotlardan qaysi ko'rsatkichlar iqtisodiy tahlilning predmetini, qaysilari uning obyektini ifodalaydi. Shularni aniqlang, mazmunini bayon qiling
Do'stlaringiz bilan baham: |