Tahlilning ahamiyati, maqsadi va vazifalari
Qishloq xo'jaligi manilakatimiz xalq xo'jaligi tarmoqlari orasida eng muhim o'rinni egallaydi. U mamlakat aholisi uchun hech bir narsa bilan almashtirib bo’lmaydigan oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishning asosiy manbaidir. O'zbekiston milliy iqtisodiyotining rivojlanishi ham ko'p jihatdan qishloq xo'jaligining taraqqiyotiga bog'liqdir. Shuning uchun manilakatimiz Prezidenti va hukumati qishloq xo'jaligini rivojlantirishga alohida e’tibor berib kelmoqda. Qishloq xo'jaligi o'zida o'simlikchilik va chorvachilikni mujassamlashtirgan tarmoqdir. O'simlikchilik va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko'paytirish va ularning samaradorligini oshirish — aholining oziq-ovqat mahsulotlariga va sanoatning xomashyoga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishda, hamda davlat zahiralarini tashkil qilishda muhim manba bo'lib xizrnat qiladi. Shuning uchun o'simlikchilik va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko'paytirish imkoniyatlarini izlab topish va ularni ishlab chiqarish faoliyatiga jalb qilish choralarini ko'rish tahlilning asosiy maqsadi bo'lib hisoblanadi. Tahlil o'z maqsadiga quyidagi vazifalarni bajarish orqali erishadi: 1) o'simlikchilik va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish rejasining bajarilishi va uning o'zgarishiga baho berish; 2) o'simlikchilik va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish dinaniikasi va uning o'zgarishining sabablarini omilli tahlil qilish; 3) hosildorlik va mahsuldorlik ko'rsatkichlari darajasi o'zgarishining sababini omilli tahlil etish; 4) ishlab chiqarish strukturasi o'zgarishining ishlab chiqarish miqdori (hajmi)ning o'zgarishiga ta’sirining tahlilini amalga oshirish; 5) o'simlikchilik va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini ko'paytirish imkoniyatlarini aniqlash va hayotga tatbiq etish bo'yicha takliflar berish. 29 Shuning uchun talaba va fermer tahlil qilish hamda mavjud imkoniyatlarni aniqlash yo‘llarini (usullarini) bilib olishi zarur. Shu nuqtayi nazardan ushbu bo‘limda o'simlikchilik va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish ahvolining tahlili bayon qilinadi
Ekin maydoni strukturasi (tarkibiy tuzilishi) ning o'zgarishi deganda ekin maydoni to'plamidagi ay rim ekinlar yoki ekin navlari maydoni salmog'ining oshishi va boshqa bir ekin maydoni yoki ekin navi salmog'ining kamayishi natijasida yuzaga keladigan o'zgarish tushuniladi, ya’ni hisobot yilida bazis yiliga (yoki rejaga) nisbatan ekin maydonlari to'plami ichida sodir bo'lgan hissaviy nisbiy o'zgarish tushuniladi. Tahlil jarayonida ekin maydoni strukturasining o’zgarishini aniqlash va uning ishlab chiqarilgan yalpi hosil miqdorining o'zgarishiga ta’sirini hisoblash orqali xulosa chiqarish kerak. Buni paxta misolida ko'rib chiqamiz. Agar paxta maydoniga faqat bir seleksion nav ekilgan bo'lsa, unda yalpi hosil o'zgarishiga ekin maydoni strukturasi o'zgarishining ta’siri bo'lmaydi. Agar paxta maydoniga ikki va undan ko'p seleksion paxta navi ekilgan bo'lsa, yalpi hosilning o'zgarishiga boshqa omillar bilan bir qatorda paxta ekin maydoni strukturasining o'zgarishi ham albatta ta’sir qiladi. M azkur qoida nafaqat paxtaga, balki barcha ekin turlariga ham tegishlidir. Jami paxta maydoniga nisbatan yuqori hosilli seleksion nav maydoni salmog'i oshgan bo'lsa, ijobiy, agar kamaygan bo'lsa, salbiy ta’sir qiladi. Paxta maydoni strukturasining o'zgarishi o'rtacha hosildorlik darajasining o'zgarishiga ham, yalpi hosil miqdorining o'zgarishiga ham ta’sir qiladi. Ushbu omilning ta’sirini «Zanjirli bog'lanish» usulidan foydalanib, aniqlash zarur. Buning uchun oldin quyidagi ikki shartli yalpi hosil ko'rsatkichi aniqlab olinishi kerak: 1) hisobot yilidagi (yoki haqiqiy) jam i ekin maydoni, bazis yilidagi (yoki rejadagi) har bir ekin maydoni salmog'i va bazis yilidagi (yoki rejadagi) har bir ekin hosildorligi asosida hisoblanib aniqlangan yalpi hosil ( 1-shartli yalpi hosil): У(1 Щ - н е с 0- н 0у, 2) hisobot yilidagi (yoki haqiqiy) jam i ekin maydoni, hisobot yilidagi (yoki haqiqiy) har bir ekin maydoni salmog'i va bazis yilidagi (yoki rejadagi) har bir ekin hosildorligi asosida hisoblanib aniqlangan yalpi hosil (2-shartli yalpi hosil): I ( Z Щ-НЕС^Н,), 33 bu yerda: У./А-/, - hisobot yilidagi jam i ekin maydoni (jami paxta maydoni, jam i boshoqli ekinlar maydoni va h.k.); HEC 0- bazis yilida ekin maydon to'plamiga kiruvchi har bir ekin maydonining salmog'i (koeffitsiyent hisobida); НЕС - hisobot yilida (haqiqiy) ekin maydoni to'plamiga kiruvchi har bir ekin maydonining salmog'i; H — bazis yilidagi har bir ekinning hosildorligi. Ushbu shartli yalpi hosil ko'rsatkichlarini solishtirish orqali mazkur omilning yalpi hosilning o'zgarishiga ta’siri aniqlanadi. Buning uchun 2-shartli yalpi hosil ko'rsatkichidan 1-shartli yalpi hosil ko'rsatkichini chegirib tashlash kerak: [ШУМ, ■ HEC\ • //0)] - [KZ./M, ■ HEC0 ■ //„)]=±дс. Endi, ekin maydoni strukturasi o'zgarishining paxta yalpi hosilining o'zgarishiga ta’sirining tahlilini amalda ko'rib chiqamiz. Buning uchun 5-jadval ma’lumotlaridan foydalanamiz Mahsuldorlik chorvachilikning eng asosiy sifat ko'rsatkichi bo'lib hisoblanadi. U qancha yuqori bo'lsa, ishlab chiqarish hajmi va uning samaradorligi shuncha yuqori bo'ladi, ya’ni u oshgan sayin sut. go'sht, jun kabi mahsulotlarning miqdori ko'payib, tannarxi pasayib, foydasi va rentabelligi oshib boradi, oqibatda fermer xo'jaligi iqtisodiy jihatdan mustahkam xo'jalikka aylanadi. Shuning uchun chorva mollari mahsuldorligi darajasini uzluksiz ravishda o'rganib va mavjud imkoniyatni aniqlab, ularni hayotgajalb etish zarur. Mahsuldorlik ko'p omillar ta’siri ostida shakllanadi va o'zgaradi. Chorva mollarining o'rtacha mahsuldorligiga ta’sir qiluvchi omillar ikki guruhga boiinib o'rganiladi. Bular quyidagilardir: 1) chorva mollari soni bo'yicha strukturasining o'zgarishi; 2) o'rtacha ko'rsatkichni shakllantiruvchi miqdorlarning o'zgarishi. Biz sut mahsuldorligi misolida o'rtacha mahsuldorlikning tahliliga to'xtalamiz. Yuqorida qayd qilinganidek, o'rtacha sut mahsuldorligi hisobot yilida bazis yiliga nisbatan 2,4 s ga oshgan. Bu o'zgarish quyidagi ikki guruh omillar ta’sirida paydo bo'lgan: 40 1 ) podadagi ona mollar tarkibiy tu z ilish n in g (strukturasining) o'zgarishi; 2) har bir guruhdagi ona m ollar (sigir, g ‘unajinlar) m ahsuldorligining o'zgarishi. Bu omillarning 0‘rtacha sut m ahsuldorligining o'zgarishiga ta’sirini «Zanjirli bog'lanish» usulidan foydalanib aniqlaymiz. Buning uchun, avvalo, quyidagi o 'rtacha m ahsuldorlik ko‘rsatkichlarini aniqlab olish zarur: , 1 ( 1 S0 ■ C0 • P0) _ (50 • 0,8 • 22.5) + (50 • 0,2 • 20,0) _ 1 100 _ L 1 S 0 50 50 ’ l ( L S t-C0-P0) _ (70- 0.8 -22,5)+(70'0.2-20.0) _ 1540 _ IL ! S t 70 70 ’ n l l ( l S v Cr P0 ) _ (70-0,74-22,5) + (70-0.26-20,0) _ 1530 _ 2 ] g . 1 5, 70 70 S(X5't-Ci-P1) _ (70-0.74-25,3) + (70-0,26-21,0) _ 1694 _ 0/) IV' S5, 70 70 M a z k u r bog'lanish ko'rsatkichlarini solishtirish orqali om illar ta’siri aniqlanadi. M a ’lumki, m ahsuldorlik darajasining o‘zgarishiga m ollar sonining o'zgarishi ta’sir qilmaydi, u la rn in g o'zgarishi faqat m a h su lo t m iqdorining o'zgarishiga ta’sir qiladi. Bu fikrni II v a I-bog'lanish ko'rsatkichlari orasidagi nolga teng farq ham isbotlab turibdi. Demak. o'rtacha mahsuldorlikning o'zgarishiga yuqorida ko'rsatilgan ikki g u ru h om illarining ta’siri II, III v a IV bog'lanish ko'rsatkichlarini bir-biriga qiyoslash orqali aniqlanadi. III bog'lanish ko'rsatkichidan II bog'lanish ko'rsatkichini chegirib tashlash orqali, o'rtacha sut mahsuldorligining o'zgarishiga ona mollar strukturasi o'zgarishining ta’siri aniqlanadi: Е(Е-У|-С|-Ро) _ Е(Х£|-С0-/д) _ 1530 _ 1540 _ 9 1 og _ 99 = —fl 14 s 15, IS, 70 70 ’ Demak, ona mollar tarkibidagi sigirlar soni salmog'ining 6% kamayishi natijasida sut mahsuldorligi 0,14 s ga kamaygan, natijada yalpi sut miqdori shu omil hisobiga 10 s kam aygan (-0 ,1 4 -7 0 bosh). IV bog'lanish ko'rsatkichidan 11 I-bog'lanish ko'rsatkichini chegirib tashlash orqali, o'rtacha sut mahsuldorligining o'zgarishiga har bir guruhga kiruvchi ona m ollar m ahsuldorligi o'zg arish in in g ta’siri aniqlanadi: K l S i - C f P , ) _ K I S ^ C , - P 0) _ 1694 _ 1530 _ 2 4 , 2 - 21,86 = +2,34 s . 70 70 Demak, har bir guruhdagi ona mollar mahsuldorligi darajasining o'zgarishi natijasida o'rtacha sut mahsuldorligi darajasi 2,34 s ga oshgan. Shu jum ladan, sigirlar mahsuldorligi 22,5 s dan 25,3 s ga, g'unajinlar mahsuldorligi 20 s dan 21 s ga yetgan, natijada shu ikki turdagi m ahsuldorlik ta ’siri ostida o 'rta ch a mahsuldorlik 2,34 s ga oshgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |