Toshkent moliya instituti mustaqil ish



Download 37,71 Kb.
bet1/3
Sana20.07.2022
Hajmi37,71 Kb.
#826812
  1   2   3
Bog'liq
Moliyaviy taxlil




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Korxonaning moliyaviy barqarorligi bilan bog'liq koeffitsiyentlari va ularning tahlili


Bajardi: MM 54 - 2 Guruh talabasi Abdurahmonov Muzaffar
Qabul qildi: _____________________

Toshkent-2021

Mavzu: Korxonaning moliyaviy barqarorligi bilan bog'liq koeffitsiyentlari va ularning tahlili


Reja:




  • Iqtisodiy tahlilni tashkil etish bosqichlari va uning natijalarini rasmiylashtirish

  • Tahlilning ahamiyati, maqsadi va vazifalari




    • Tahlil fanining shakllanishi, tashkil topishi va rivojlanishi




  • Iqtisodiy tahlilni tashkil etish bosqichlari va uning natijalarini rasmiylashtirish



Korxonalar xo'jalik faoliyatining iqtisodiy tahlili quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: 1) tahlil obyekti va predmetini tanlash va rejasini (dasturini) tuzish; 2) tahlil uchun zarur bo'lgan hisobot materiallarini у ig'ish; 3) ma’lumotlarni tanlash, qayta ishlash va taqqoslash holatiga keltirish; 4) ko'rsatkichlarni taqqoslash, tahlil qilish, natijalarini baholash, o'zgarish sabablarini aniqlash va omillar ta’sirini hisoblash; 5) tahlil natijalarini umumlashtirish, xulosa va takliflar berish. Tahlilning obyekti va predmetini tanlash va rejasini tuzish bosqichi xo'jalik nomi, tahlil mavzusi, o'tkazish muddatlari, ijrochilari, tahlil vazifalarini qamrab oladi. Tahlilning ikkinchi bosqichi tahlil uchun zarur bo'lgan ma’lumotlarni yig'ish, ularni o'zaro bog'liqligini, haqqoniyligini tekshirib ko'rish jarayonlarini o'z ichiga oladi. Tahlilning uchinchi bosqichida ko'rsatkichlarni tanlash, qayta ishlash, ular orasidagi bog'liqlikni belgilash, tahliliy jadvallar tuzish, ma’lumotlar bazasini taqqoslash holatiga keltirish vazifasi bajariladi. Tahlilning to'rtinchi bosqichida ko'rsatkichlarni taqqoslash va tahlil qilish asosida xo'jalikning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatiga baho beriladi. Biznes rejaning bajarilishi o'rganiladi. Qo'rsatkichlar dinamikasi tahlil etiladi. Erishilgan natijalar, ularning o'zgarish sabablari, omillarning ta’sir etish doiralari hajmi tahlil qilinadi. Tahlilning yakuniy bosqichida tahlilning natijalari umumlashtirilgan holda rasmiylashtiriladi, taklif va tavsiyalar beriladi. Tahlil yakuni qisqa, lo'nda, tushunarli tarzda bayonnoma, ma’lumotnoma shaklida ifoda etiladi. Tahlil natijalarini rasmiylashtirish tahlilning muhim yakuniy bosqichi bo'lib hisoblanadi. Ushbu bosqichda tahlil natijalari umumlashtirilgan holda rasmiylashtiriladi. Tahlil natijalarini umumlashtirishda o'zaro ta’sir va uslubiy ketma-ketlik asosida korxona biznes-rejasining bajarilishi, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslari hamda tadbirkorlik faoliyatidan foydalanish darajasiga 19 baho beriladi. Xo'jalik faoliyatida yo‘l qo'yilgan kamchiliklar va ularning sabablari, ichki imkoniyatlar va ulardan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida foydalanish bo'yicha taklif va tavsiyalar beriladi. Umumlashgan tahliliy ma’lumotlar korxona faoliyatini rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, istiqbolIi reja topshiriqlarini belgilashning zaruriy asosi sifatida alohida bayonnoma va izohlar tarzidagi qisqa, lo'nda va tushunarli qilib yoritilishi lozim. Bayonnoma ma’Iumotlarining haqqoniyligi ko'p jihatdan hisob-kitob ishlarining hamda iqtisodiy tahlilning qay darajada yo'lga qo'yilganligiga va tahlil etuvchining kasbiy mahoratiga bog'liqdir. Odatda, korxona faoliyatining natijasi yuzasidan umumiy xulosa - tavsifnoma mazkur korxona ma'sul xodimlari tomonidan tuziladi va tahlil natijalari yuzasidan tuzilgan barcha axborotlar, yozma xulosalar jamlanib, korxona rahbariga, mulkdorlarga topshiriladi. Rahbar tahlil natijasiga asosan boshqaruv qarorlarini qabul qiladi. Xulosada barcha erishilgan yutuqlar bilan birga yo'l qo'yilgan kamchiliklar, ularning sabablari va qanday oqibatlarga olib kelganligi ko'rsatiladi. Ayniqsa, yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar uchun kimlar aybdor ekanligi ochiq-oydin ko'rsatilishi lozim, chunki bu tadbir kelajakda mazkur shaxs va boshqa ma’sul shaxslarning kamchilikka yo'l qo'ymasligini ta’minlaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida marketing faoliyatini o'rganish katta ahamiyatga ega. Shu nuqtayi nazardan, avvalo, bozor munosabatlari, bozor iqtisodiyoti, marketing, talab va taklif tushunchalarining qisqacha mazmunini o'zlashtirib olish zarur. Bozor munosabatlari deganda sotuvchi bilan xaridor o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar tushuniladi. Oldi-sotdi xususida tovar va pul egalari o'rtasida shunday iqtisodiy munosabatlar yuzaga keladiki, ularning aniq ijro etuvchilari bo'lib korxona va tashkilotlar hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti deganda tovar, pul munosabatlariga asoslangan va ularga xos iqtisodiy qonunlar asosida boshqariladigan iqtisod tushuniladi. Shunday qonunlar tarkibiga «Talab va taklif qonuni» va «Pul muomalasi qonuni» kiradi. Bu qonunlar bozor munosabatlari jarayonida amal qiladi. Bozorda talab oshsa, bahoni ham oshiradilar, agar talab pasaysa, bahoni ham tushiradilar. Xullas, bozor munosabatlari bozor iqtisodiyoti tushunchasi bilan chambarchas bog'langan bo'lib, uning bag'rida o'z ifodasini topadi. 22 Marketing hizmati qancha yaxshi yo'lga qo'yilsa, ishlab chiqarish shuncha samarali tashkil qilinadi va foyda shuncha ko‘payadi. Marketing deganda nima tushuniladi? Marketing deganda bozor holatini chuqur o'rganish asosida tovar ishlab chiqarishni va uni sotishni samarali tashkil etish hamda foyda topishga qaratilgan faoliyat tushuniladi. Marketing orqali moddiy ne’matlar va xizmatlarga boMgan talab va taklif o'rganiladi. Talab deganda nima tushuniladi? Talab - to'lovga qodir ehtiyojdir. Xaridorlarning moddiy ne’matlar va xizmatlarga bo'lgan ehtiyoji bozorda namoyon bo'ladi. Ushbu ehtiyojni ular to'liq qondira olishi ham mumkin, qondira olmasligi ham mumkin. Agar puli yetarli bo'lsa, ularga bo'lgan ehtiyojini to'liq qondira oladi, agar puli kam bo'lsa, faqat bir qismini qondira oladi. Ehtiyojning qondirilgan qismini, ya’ni ehtiyojning pul bilan ta’minlangan qismini talab deb tushunish kerak. Demak, talab - bozorda moddiy nematlar va xizmatlarga nisbatan namoyon bo'lgan ehtiyojning pul bilan ta’minlangan qismidir. Taklif deganda nima tushuniladi? Taklif deganda ishlab chiqaruvchining bozorga sotish uchun taklif etadigan ne’matlari va xizmatlari hajmi tushuniladi. Talab va taklif qonuni - bozor iqtisodiyotining obyektiv qonunidir. Talab qonuni baho bilan talab o'rtasidagi bog'liqlikni ifodalaydi. Baho pasayishi talab hajmining o'sishiga, bahoning oshishi esa talab hajmining kamayishiga olib keladi. Ana shu bog'liqlik talab qonunining mazmunini ifodalaydi. Baho bilan taklif orasidagi bog'liqlikni taklif qonuni ifodalaydi. Narxning o'sishi taklif hajmining o'sishiga. uning pasayishi taklif hajmining qisqarishiga olib keladi. Ushbu bog'liqlik taklif qonuni deyiladi. Qishloq xo'jalik mahsulotlariga bo'lgan talab va taklifni marketing orqali o'rganish katta ahamiyatga ega, chunki u orqali qanday mahsulotlarni ishlab chiqarish va har biridan qancha ishlab chiqarish zarurligi belgilanadi, bu esa korxona iqtisodiyotini mu’tadil rivojlanib borishiga va foyda bilan faoliyat ko'rsatishiga sababchi bo'ladi. Talab va taklifni o'rganishning asosiy maqsadi bo'lib, qishloq xo'jalik mahsulotlariga bo'lgan bozordagi ehtiyojni pul mablag'lari bilan ta’minlash darajasini oshirish hamda xaridorgir qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini ko'paytirish va ularning sifatini oshirish hamda mo'may foyda ko'rish imkoniyatlarni ko'rsatish hisoblanadi. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda talabni tahlil etishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat


  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish