Boshlang‘ich sinflarda ertak janriga oid bo‘lgan asarlar tahlilini amalga oshirish usullari jo‘rayeva Mua’zam Sharipovna, Namangan viloyati Chust tumanidagi 66-umumiy o‘rta maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi



Download 21,5 Kb.
bet1/2
Sana10.02.2022
Hajmi21,5 Kb.
#440696
  1   2
Bog'liq
Jo\'rayeva Muazzam Namangan


BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ERTAK JANRIGA OID BO‘LGAN ASARLAR TAHLILINI AMALGA OSHIRISH USULLARI

Jo‘rayeva Mua’zam Sharipovna, Namangan viloyati


Chust tumanidagi 66-umumiy o‘rta maktab
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

Bugungi kunda badiiy asarni shunchaki ifodali o‘qish, uni qayta hikoya qilib berish, undagi qahramonlarga munosabatni bildirishning o‘zi kitobxonda yozuvchi va badiiy asar haqidagi to‘liq taassurotni hosil qila olmaydi. Har bir kitobxon muayyan badiiy asar bilan tanishar ekan, eng avvalo, e’tiborni ushbu asarning badiiy til xususiyatlariga, yozuvchining mahoratiga, qahramonlarning ruhiyatiga qarata olishi, eng muhimi esa, asar bilan tanishgach, o‘ziga xos takrorlanmas estetik zavqni his eta olishi kerak.


Buning uchun esa har bir kitobxon yoshligidan boshlab badiiy asar mutolaasining sehrli olamiga kira olishi, unga kirish yo‘llarini o‘rganishi lozim bo‘ladi. Badiiy asarning haqiqiy sehri va jilosini ochib berish vazifasini bajarishda umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘rni beqiyosdir.
Adabiy asarning yozilgan hamda tekshirilayotgan vaqtdagi badiiy va hayotiy mantig‘i hamda estetik jozibasini anglashga yo‘naltirilgan intellektual-hissiy faoliyat badiiy tahlildir.
Badiiy asarni tahlil qilishning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilgan har qanday tahlil o‘quvchining adabiy ta’lim jarayonida, badiiy asarni o‘qib-o‘zlashtirishda, badiiyatga daxldor nazariy ma’lumot va tushunchalarni shakllantirishda, shu asnoda ma’naviy barkamol shaxslarni tarbiyalashda, o‘quvchilar qalbida badiiyatga, nafosatga, ezgulikka muhabbat uyg‘otishda, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishda birlamchi vazifani bajaradi.
Badiiy tahlilning shu kabi sifatlarini inobatga olgan holda 3-sinf “O‘qish kitobi” darsligidagi Oydinnisoning “Qor parcha” nomli ertagining badiiy tahlili bo‘yicha bir nechta tavsiyalarni bermoqchimiz.
Ushbu ertakning badiiy tahlilini olib borishda turli xil interfaol metodlardan foydalanish mumkin.
Eng avvalo, ertak matnining birinchi qismi, keyingi darsda esa ikkinchi qismi ifodali o‘qiladi. Har bir qism tugagandan so‘ng “Tugallanmagan hikoya” usulidan foydalanish mumkin. Ushbu usulda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan birgalikda ertakni ifodali o‘qir ekan, uning eng qiziqarli joyida o‘qishni to‘xtatadi. O‘quvchida “Endi nima bo‘ladi?” degan savol tug‘iladi. Agar kitobxonda shu va shu kabi savollar uyg‘onsa, demak, hikoyaning davomini bilishga qiziqish mavjud. Shu o‘rinda o‘qituvchi o‘quvchilarga “Qahramonning bunday yo‘l tutishiga nima yoki kimlar sabab bo‘ldi?”, “Voqealar rivoji qanday bo‘lishi kutilmoqda?” deya savollar bilan murojaat qiladi.
Bundan tashqari, o‘qituvchi ertakning turli xil tugallanmasini o‘quvchilarga taqdim etishi mumkin. O‘quvchilar guruh sifatida o‘zlari uchun ma’qul kelgan variantni tanlaydilar va o‘z tanlovlarini himoya qilishga yoki izohlashga harakat qiladilar. Ushbu usul orqali o‘quvchilardagi mantiqiy mushohada qilish, ijodiy tafakkur hamda o‘z fikrlarini ifoda etish ko‘nikmalari rivojlantirib borish mumkin.
Shuningdek, badiiy asarning tahlilida o‘quvchining eng nozik qalb torlariga yetib borgan, uni ta’sirlantirgan o‘rinlarda o‘xshatish, topib aytilgan jumlalar, so‘z sehridan hayratlar, umuman olganda, betakror jumlalarga e’tiborni qaratish maqsadida “Nodir tashbehlar” usulidan ham foydalanish mumkin. Masalan, yuqoridagi ertak matni tarkibidan quyidagi parchani alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.
Yoz – bu … nur fasli. Ona yer quyosh nuriga cho‘miladi. Gullar ochiladi, rang-barang kapalaklar ularga qo‘nib o‘ynaydi. Laylaklar janubdan qaytib, shoxlarimga in quradi. Tuxumidan polaponlar chiqadi. Eh, ularni bir ko‘rganingda!”
Ushbu parchaning nima uchun tanlab olinganligi, undagi so‘zlarning jilosi hamda qo‘llanilish o‘rinlari haqida tushuncha berilib, ertak matni tarkibidan yana shunday parchani topish so‘raladi.
Bu – qaynoq yurakli shoir bolaning kafti edi. Qorparcha erib, uning vujudiga singib ketdi. Bu vujudda to‘rt fasl birday yashardi. Qorparcha orzu qilganiday, to‘rt fasl go‘zalligidan bahramand bo‘ldi. So‘ng shoirning ko‘zlaridan quvonch yoshi bo‘lib sizib chiqdi-da, osmonga bug‘lanib ketdi…”
Shu va shu kabi parchalarning haqiqiy badiiy jilosini ochib berish uchun esa alohida savollar bilan murojaat qilish mumkin. Masalan,


  1. Download 21,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish