Toshkent moliya instituti “Moliyaviy tahlil” fanidan kurs ishi



Download 391,42 Kb.
bet3/13
Sana14.06.2022
Hajmi391,42 Kb.
#668634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 5427059411812095817

Kurs ishi vazifalari:

  • korxonaning mulkiy salohiyati;

  • korxonaning aktivlari tarkibining optimalligi;

  • korxonaning manbalarining manbalari;

  • to'lov qobiliyati;

  • tovar aylanmasi ko'rsatkichlari;

  • moliyaviy barqarorlik;

  • korxonaning rentabelligi va moliyaviy natijalari.

Kurs ishining obyekti sifatida moliyaviy tahlilda qo’llaniladigan usullarni amalda tatbiq etish tanlab olindi.
Kurs ishining predmeti xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini, uning samaradorligi va natijaviyligini ko‘rsatkichlar tizimida, uzviylik va aloqadorlikda, omillarga bog‘liq ravishda turli axborot manbalaridan foydalangan holda davriy o‘rganish vaqtida qo’llaniladigan usullarni o’rganishdan iborat.
Kurs ishining qisqacha tavsifi. Kurs ishi tarkibi kirish, uchta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.



  1. Mоliyaviy tahlilining predmeti, vazifalari va tamoyillari

Iqtisodiyotni globallashuvi, integratsion jarayonlar, innovatsion jadallik va kuchli raqobat muhitidagi talablar hisob-kitoblarga oid fanlar tizimini ham zamonaviy biznes qoidalariga mos tarzda takomillashtirishni talab etmoqda. Negaki, manfaatlar ustuni sifatida tan olingan bozor modeli avvalo aniq hisob-kitoblar algoritmini, ularni baholashni va chuqur tahliliy yechimlarni talab etadi.1
Xo‘jalik subyektlari faoliyatini o‘rganish va tahlil etish orqali ularning samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish va uni o‘stirish imkoniyatlarini baholashda, korxona ishlab chiqarish, tijorat va moliya faoliyatidan moliyaviy resurslarning kirimiga va ulardan moliyaviy holatni o‘stirishda foydalanish darajalariga, raqobatdoshlik, moliyaviy natijalarni kutilishini prognozlash va iqtisodiy rentabellikni xo‘jalik faoliyatining real imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda oshirishning yo‘llarini belgilashga, moliyaviy resurslardan yanada samarali foydalanishning chora-tadbirlarini belgilashga ahamiyat qaratiladi.
Moliyaviy raqobatdoshlikka va to‘g‘ri moliyaviy siyosatni yuritishga korxona foydasini maksimallashtirish, kapital tarkibini optimallashtirish va uning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, mulkdorlar (qatnashchilar, ta’sischilar), investorlar va kreditorlar uchun moliyaviy holatning jozibadorligini oshirish, korxona boshqaruvi yuzasidan samarali mexanizmni shakllantirish, shuningdek, moliyaviy resurslarni jalb etishda bozor mexanizmining barcha imkoniyatlaridan foydalanish orqaligina erishish mumkin.
O‘z navbatida, iqtisodiyot sub’ektlari faoliyatidagi erkinlik, natijaga egalik, rivojlanish va taraqqiyotning yangicha mazmuni boshqaruvning butun bir tizimini ham takomillashtirishni talab etmoqda.
Bugungi kunda korxonalar oldida juda keng imkoniyatlar ochilmoqda. Nafaqat xo‘jalik yurituvchi subyektlar jamoasi, mulk egalari, investorlar balki butun bir davlatlar va jamoatchilik tizimi ham boshqaruvdagi o‘zgarish va rivojlanishdan manfaatdordirlar.
Zamonaviy boshqaruvni2:

  • yaqin va uzoq davriylikni qamrab olgan – rejalashtirish;

  • mulk egalari va maqsadli foydalanuvchilarni moliyaviy va boshqa axborotlar bilan ta’minlovchi – buxgalteriya hisobi;

  • axborotlarni chuqur qayta ishlash, faoliyatga ob’ektiv baho berish, iqtisodiy va moliyaviy imkoniyatlarni aniqlash orqali tezkor, joriy va istiqboldagi boshqaruv strategiyasini belgilab beruvchi – iqtisodiy tahlil;

  • faoliyatni yo‘lga qo‘yish va maqsadli boshqarishning aniq yechimlari va natijaviyligini ta’minlovchi, innovatsion va aqlli iqtisodni ta’minlashga imkon beruvchi – ilmiy faoliyatdan;

  • faoliyat samaradorligi va natijaviyligidan kelib chiqqan holda munosabatlarni muvofiqlashtirishning muhim mezoni bo‘lgan – mehnatni munosib rag‘batlantirishdan;

  • va boshqa (ijtimoiy, ekologik, texnikaviy, tashkiliy)jihatlarni qamrab olgan – murakkab tizim deb qarash lozim.

Globallashuv sharoitida zamonaviy rahbar samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish mezonlarini bilishi, o‘z faoliyat sohasidagi muammoni hal etishga tizimli yondashishi, tanqidiy tahlil, ishlab chiqarishni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish masalalariga e’tibor qaratishi talab etiladi.
Subyektlar qabul qiladigan iqtisodiy qarorlarda pul mablag‘larini ko‘paytirish, ularning ko‘payish vaqtini aniq hisob-kitob qilish va natijaga erishishga umid qilishdagi qobiliyatini baholash muhim masala hisoblanadi.
Bu borada tahlil:

  • xo‘jalik subyektlariga ichki va tashqi ta’sir birliklarini hisobga olgan holda faoliyatning tizimli tahlilini amalga oshirishga;

  • xo‘jalik subyektlarining joriy va istiqboldagi ko‘zlangan maqsadlariga erishish yuzasidan mavjud imkoniyatlarini aniqlashga;

  • xo‘jalik subyektining rivojlanish tendensiyalari dinamikasiga baho berishga;

  • xo‘jalik subyektini kelgusida yanada rivojlantirish, mavjud imkoniyatlarini ishga solishning iqtisodiy, moliyaviy manbalarni izlab topish va amalga oshirishga yordam beradi.

Tahlil – boshqaruv faoliyatining sifatini oshirish va samaradorligini ta’minlashning muhim dastagi sifatida boshqaruv qarorlarini qabul qilishning barcha bosqichlarida ishtirok etadi.
Tahlilning zamonaviy shaklida aniq vazifalarni hal etishda yuksak professionallik, iqtisodiy-matematik modellar, axborot texnologiyalari, murakkab analitik yechimlarga tayanish lozim.
O‘z navbatida tahlil:

  • boshqaruv jarayonini takomillashtirishga;

  • boshqaruv samaradorligini oshirishga;

  • boshqaruv sifatini ta’minlashga;

  • raqobatbardoshliknioshirishga imkon beradi.

Zamonaviy boshqaruvda tahlil – ilmlar va bilimlar tarmog‘ining ham muhim
bo‘g‘ini sifatida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish, yo‘qotishlarning oldini olish va zararsiz ishlash, iqtisodiy va moliyaviy holatni yaxshilash, tahlikalarga bardoshlikni oshirishningham muhim dastagi sifatida qaraladi.
Hozirgi vaqtda tahlil rivojlanishning yangi bir bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Bu borada tahlilning tubdan yangi nazariyasi, uslubiyoti, amaliyoti shakllanish jarayoni kechmoqda. O‘zbekiston va xorijlik olimlar tomonidan tahlilning boshqaruvda operativlikni ta’minlashga imkon beruvchi, joriy va istiqboldagi rivojlanishni belgilab beruvchi, iqtisodiy va moliyaviy axborotlar oqimining shakliga (moliyaviy, boshqaruv) mos tushuvchi, kommunikatsiya texnologiyalar, matematik modellar, statistik metodlarga asoslangan shaklini yo‘lga qo‘yishga harakatlar qilinmoqda.3
Tahlil fanning predmeti – turli mulkchilik shaklidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini, uning samaradorligi va natijaviyligini ko‘rsatkichlar tizimida, uzviylik va aloqadorlikda, omillarga bog‘liq ravishda turli axborot manbalaridan foydalangan holda davriy o‘rganishga aytiladi.
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyati:

  • ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot (ish, xizmatlar)hajmining, quvvatlardan foydalanish darajasining, resurslar naqdligi va ulardan samarali foydalanishning, xodimlarning tarkibi va mehnat unumining, mahsulot tannarxining, foyda hajmi varentabellik darajasining, moliyaviy holatning murakkab tuzilmasidir;

  • tashkil topishdan likvidatsion jarayongacha bo‘lgan davrda korxonani iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishning resurslar bazasini shakllantirish va ulardan foydalanishning maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatidir;

  • xo‘jalik yurituvchi subyekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslar, uning moliyaviy tuzilmasi, likvidligi, to‘lovga qobiliyati, ishlayotgan muhit o‘zgarishlariga munosabat bildira olishidagi keng qamrovli faoliyatidir.

Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatni tahlil etishda faoliyat samaradorligi va natijaviyligiga ta’sir etuvchi omillarga alohida ahamiyat qaratiladi. Ularni obyektiv va subyektiv omillarga tarkiblash mumkin.
Subyektiv (ichki) omillar deyilganda korxonalarning amaliy faoliyati bevosita bog‘liqlikda yuqori samaradorlikka va natijaviylikka erishish mumkin bo‘lgan omillar kiradi. Bunday ta’sir birliklariga mehnatni to‘g‘ri tashkil etish, rag‘batlantirish, moddiy resurslardan tejab foydalanish, xarajatlarni iqtisod qilish, quvvatlardan foydalanish, to‘lovlar intizomiga rioya qilishning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan jihatlari kiradi.
Obyektiv (tashqi) omillar deyilganda, korxona faoliyatiga mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan omillar tushuniladi, ya’ni davlat siyosatining o‘zgarib turishi, bozordagi talab-taklifning o‘zgarishi, inflyasiya va hakozo jihatlar.
Fanning predmeti bilan bir qatorda uning ob’ektiga ham alohida ahamiyat qaratiladi. Tahlil fanining ob’ekti turli mulkchilik shaklidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ularning tarkibiy bo‘g‘inlari (bo‘lim, sex, brigadalar) faoliyati, iqtisodiy natijalari, mulkiy-moliyaviy holati, ishlab chiqarish, ta’minot, sotish, moliyaviy faoliyati hisoblanadi.
Moliyaviy tahlil oldiga qo‘yiladigan asosiy vazifalari:

  • xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning yaqin va uzoq davriylikdagi reja, prognoz ko‘rsatkichlarini (ilmiy, iqtisodiy jihatdan) asoslash;

  • reja va prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishiga, natijaga erishish yuzasidan ularning ta’sirchanligiga baho berish;

  • xo‘jalik yurituvchi sub’ekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslarga, ularning samaradorligiga baho berish;

  • faoliyatning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga, erishilgan natijalariga baho berish;

  • xo‘jalik yurituvchi sub’ektning pul mablag‘larini ko‘paytirish, ularning ko‘payish vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga erishishga umid qilishdagi qobiliyatini baholash;

  • xo‘jalik yurituvchi sub’ektning likvidligi, to‘lovga qobiliyati, ishlayotgan muhit o‘zgarishlariga munosabat bildira olishini moliyaviy holatga ta’sirini baholash.

  • iqtisodiy natijaviylikni o‘stirish, faoliyatning tijorat hisobdorligi, daromadlarni orttirish va moliyaviy holatni yaxshilash yuzasidan ichki imkoniyatlarini aniqlash va ularni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini belgilash;

  • belgilangan chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshirishdan iborat.

1-jadval
Tahlil tamoyillari4




Download 391,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish