Mamlakat- lar
|
Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan choralar
|
Germaniya
|
Asosan kichik va o‘rta biznes korxonalarini kreditlashga ixtisoslashgan IKB Deutsche Industriebankning moliyaviy inqirozdan ko‘rgan zararini qoplash maqsadida davlat tomonidan 10 mlrd. evro, KfW davlat banki va tijorat banklari tomonidan 3,5 mlrd. evro miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatildi.
KfW davlat banki orqali kichik va o‘rta biznesga, shuningdek, yangi avtomobillarni harid qilish chog‘ida soliq imtiyozi berish, infratuzilma va qurilish loyihalarini
moliyalashtirishga 50 mlrd. evro ajratildi.
|
Ispaniya
|
Kichik va o‘rta biznesga kreditlar bo‘yicha umumiy so‘mmasi 3,4 mlrd. dollarni tashkil etuvchi Kafolatlar Dasturi qabul qilindi. Ispaniya hukumati kichik va o‘rta tadbirkorlarning aylanma mablag‘lar bilan to‘ldirish uchun 140 mlrd. for.miqdorida imtiyozli (yillik 11% stavkada) kredit ajratishni e’lon qildi. Bir tadbirkor uchun beriladigan kreditning yuqori miqdori - 200 mln. for.ga teng bo‘ldi.
|
Italiya
|
Kichik va o‘rta biznesni, infratuzilma va banklarning likvidligini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, inqiroz sharoitida oilalarga yordam ko‘rsatish maqsadida 80 mlrd. evro qiymatidagi dastur qabul qilindi.
|
Chexiya
|
Milliy iqtisodiyotni rag‘batlantirishga qaratilgan 2,44 mlrd.evro qiymatidagi dastur soliqlarni pasaytirish, infratuzilma va ekologiyaga investitsiyalar kiritish, shuningdek, avtomobil ishlab chiqaruvchilar va kichik biznesga kreditlar berishni nazarda tutadi.
|
Norvegiya
|
Umumiy qiymati 20 mlrd. kron (3 mlrd. doll.)dan iborat dasturning 500 mln. doll. biznesga soliq imtiyozlari berishga, yana 1,5 mlrd. doll. - infratuzilma va mintaqaviy rivojlanishga, qolgan qismi yo‘l qurilishi, energiya ta’minoti texnologiyasini rivojlantirish va tatbiq etishga yo‘naltirilgan.
|
Buyuk Britaniya
|
Kichik kompaniyalar, past xaq to‘lanuvchi xodimlar va uy xo‘jaliklariga yordam berish uchun soliq imtiyozlari va sarflarini o‘z ichiga olgan 20 mlrd. funt sterling qiymatidagi chora-tadbirlar majmui ishlab chiqilgan.
|
Janubiy
Koreya
|
Inqirozidan zarar ko‘rgan kichik va o‘rta kompaniyalarga 37 mlrd. doll. hajmida kredit
kafolatlari berish to‘g‘risidagi reja ma’qullandi (2009 yil 11 fevral).
|
Yaponiya
|
Yaponiya hukumati iqtisodiyotdagi ahvolni barqarorlashtirish uchun qiymati 54 mlrd. doll. bo‘lgan yangi dasturni qabul qilgan. Ushbu mablag‘ kichik biznesga kredit berish hamda ishdan bo‘shatilganlarga nafaqa uchun mo‘ljallangan. Hukumat 2009 yil 27 yanvarda barcha ishlovchi yaponlarning 70% ini qamrab olgan kichik va o‘rta biznesni
qo‘llab-quvvatlash uchun 16,7 mlrd. doll. ajratishga qaror qildi.
|
Xitoy
|
Kichik va o‘rta biznes uchun soliqlar pasaytirildi va tijorat banklari tomonidan kredit berishdagi cheklovlar bekor qilindi.
|