Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan sharoitlarni bundan buyon ham erkinlashtirish, ularga katta iqtisodiy erkinlik berish kabi muhim masalalar shu kunning dolzarb muammosiga aylangan. Bu muammo yechimi bir tomondan, korxonalarning mustaqilligini yuqori darajada kengaytirish va ularning o‘z faoliyati natijasi uchun mas’uliyatini oshirishdan iborat bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ularning yuqori tashkilotlar, turli nazorat organlarining aralashuvini cheklash zarurligini taqozo etmoqda.
Davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni tartibga solishda talab etiladigan yangi zamonaviy texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Globallashuv jarayoni va elektron aloqalar tizimining taraqqiyoti nafaqat moddiy resurslarning va shu bilan birga informatsion axborot resurslari harakati xarajatlarining ham keskin kamayishiga olib keldi. Zamonaviy axborot tizimlari va axborot kommunikatsiya texnologiyalari tizimi imkoniyatlaridan kichik korxonalarni boshqarishda samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda davlat tashkilotlari bilan xususiy tadbirkorlar o‘rtasidagi aloqalarda zamonaviy texnik aloqa vositalaridan, masalan, internetdan foydalanish samaraliroq hisoblanadi. Bu hokimiyatning ijrochi organlarida ortiqcha navbat kutishlarni va turli byurokratik to‘siqlarni va shu bilan birga korruptsiyani oldini olish imkoniyatini yaratadi. Internetning rivojlanishi davlat tenderlarining ochiqligi va resurslar taqsimotining shaffofligini ta’minlaydi. Bu boradagi maqsadlarga erishish korxonalarida samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilinishiga bevosita bog‘liqdir. Darhaqiqat, korxona menejmenti samaradorligini oshirish uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘lidan dadil borayotgan mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun zarur shartdir. Ayniqsa, globallashuv jarayonining hozirgi sharoitida jahon bozoriga chiqish korxona menejmentining
korxonalarida mavjud resurslardan samarali foydalanish, resurslar unumdorligini muntazam oshirib borish kabi imkoniyatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir.
Boshqarishni samarali tashkil etishning asosiy omillaridan biri axborot ta’minoti va uni qayta ishlashdir. Biznes faoliyatini yetarli va aniq axborotlarsiz amalga oshirish mumkin emas. Bu axborotlar biznes uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar, xabarlar majmuasidan iborat bo‘ladi. Axborot ishlab chiqaruvchilar, tovarni sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasidagi aloqa shaklidir. Ishbilarmonlar asosan turli xil axborotlar statistik, moliyaviy, operativ, tashkiliy, farmoyish tarzidagi axborotlar, buxgalterlik, marketing ta’minoti bo‘yicha, xodimlar bo‘yicha axborotlar bilan ishlaydilar. Axborotlar oqimi muvaffaqiyatli biznes uchun kerakli aloqalarni ta’minlaydi. Bunday aloqalar tovar ishlab chiqaruvchilar va ularning iste’molchilari, mahsulotlarni sotuvchilar va xaridorlar, turli muassasalar o‘rtasida o‘zaro aloqa qilishning eng arzon va qulay shakli bo‘lib, ishlab chiqarish samaradorligini nisbatan qisqa muddatlarda kengaytirishga xizmat qilishi mumkin. Biznes faoliyatini axborot bilan ta’minlashning asosiy vazifasi barcha turdagi ishbilarmonlarga o‘zlarini qiziqtiradigan barcha masalalarga doir ma’lumotlarni o‘z vaqtida yetkazib berishdan iboratdir.
Hozirgi kunda ko‘pgina korxonalarda axborotlar yetishmasligi va ma’lumotlarni qayta ishlash tizimining to‘g‘ri tashkil qilinmaganligi kuzatilmoqda. Axborotlar yetishmasligi tufayli korxonada qanday mahsulotni, qancha ishlab chiqarishni va ularni qayerga realizatsiya qilish imkoniyatlaridan xabardor bo‘lmaydilar. Zarur axborotni vaqtida boshqaruv tizimiga yetkazib berish, qayta ishlash va umuman, korxonalarda axborot ta’minotining to‘liq ishlashi samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilinishiga zamin yaratadi. Bu esa korxonalarning menejment samaradorligini oshirib, korxonaning moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarining yuqori bo‘lishiga erishiladi.
Hozirgi sharoitda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivolantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri, bu uning serharakat va faol qismi – kichik tadbirkorlik subyektlarini axborot-tahliliy ma’lumotlar bilan o‘z vaqtida sifatli ta’minlashni tubdan yaxshilashdir. Bugungi kunda kichik tadbirkorlik
sohasida yirik xo‘jalik yurituvchi tuzilmalardan farqli o‘laroq, muntazam ravishda axborotning yetishmasligi yaqqol sezilmoqda. Kichik tadbirkorlik subyektlari uchun asosan, atrofdagi iqtisodiy va raqobat muhiti haqidagi axborotlar, iqtisod va uni boshqarish sohasida yuzaga keladigan bilimlar, iqtisodiy ko‘rsatkichlar, ishlab chiqarish, buxgalterlik hisoboti to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, ushbu sohani o‘rganish natijasida yaratiladigan ilmiy ma’lumotlar alohida ahamiyatga egadir. Makroiqtisodiy jarayonlar, tovarlar va kapitalning harakatlanishi, bozorning holati va yo‘nalishi, mehnat bozori harakati, ishlab chiqarish va iste’molchining hatti harakatlari tadbirkor uchun eng foydali iqtisodiy ma’lumot hisoblanadi. Bunday turdagi axborotlarning turkumlarga ajratish imkoniyati yo‘q. Lekin turli manbalarda statistik, ishlab chiqarish va tijorat, bank, mehnat bozori, konyunktura, birja haqidagi, shuningdek, soliqlar, narxlar va tariflar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ilmiy-iqtisodiy, me’yoriy va hokazo axborot turlariga ajratiladi.
Zamonaviy axborot tizimlari iqtisodiy axborotni an’anaviy tarzda kichik biznes subyektlariga kitoblar, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari to‘g‘risidagi hisobotlar ko‘rinishida, davriy va davomiy nashrlar, shuningdek, ma’lumotlar ombori va banklari ko‘rinishida elektron shakllarda ham yetkazilishi mumkin.
Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari faoliyatini samarali tashkil etish va to‘lovla layoqatlilik darajasini oshirish hamda “Inqirozga qarshi choralar” dasturida belgilangan asosiy vazifalardan biri bo‘lgan soliqlarni rag‘batlantiruvchi funksiyasini amaliyotda ishlashini ta’minlash va bu orqali esa korxonalarni investitsion faoliyatini kengaytirishga erishish uchun, bugungi kunda mol-mulk solig‘ini takomillashtirish orqali, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tasarrufida bo‘lgan mol-mulklardan samarali va oqilona foydalanish imkoniyatini yaratish mumkin. Amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiq, umumiy tartibda soliq to‘lovchi kichik korxonalar mol-mulk solig‘ini to‘lovchilar bo‘lib hisoblanadilar. Mol-mulk solig‘ining obyekti bo‘lib esa korxona mol - mulkining o‘rtacha yillik qoldiq qiymati, belgilangan muddatlarda tugallanmagan qurilish va belgilangan muddatlarda o‘rnatilmagan asbob-uskunalar hisoblanadi. Mazkur obyekt barcha
mulkchilik shaklidagi korxonalar uchun bir xilda hamda soliq stavkasi 2015yil uchun 5 foiz miqdorida amal qiladi. Bizningcha, bugungi kunda amaldagi mol- mulk solig‘ini hisoblash amaliyotini takomillashtirish va mol-mulkdan samarali foydalanishga undovchi vosita sifatida foydalanish lozim. Jumladan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar balansida bo‘lgan asosiy vositalarni mol-mulk solig‘iga tortishda ularni ishlab chiqarish jarayonidagi bevosita ishtirokidan kelib chiqib, aktiv va passiv asosiy vositalarga ajratgan holda soliq stavkalarini belgilash amaliyotini tadbiq etish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kundagi mavjud binolardan ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etayotgan binolardan ma’muriy binolar ko‘pligini inobatga olib, ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi aktiv asosiy vositalarga, ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmayotgan passiv asosiy vositalarga nisbatan kamroq stavkada soliq belgilanishi lozim.
Bizningcha, xarajatlarni kamaytirishda jahon amaliyotida keng qo‘llanilib kelinayotgan autsorsing xizmatlaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Autsorsing tushunchasi (inglizcha out – tashqi, source - manba yoki resurs) korxona moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini boshqarishning ayrim funksiyalarini ushbu sohaga ixtisoslashgan tashqi boshqaruvga shartnoma asosida berish demakdir. Autsorsing – boshqa pudratchiga korxonaning ba’zi biznes funksiyalarini yoki biznes jarayoning bir qismini ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun berish va uning nisbatan arzon ishchi kuchidan foydalanishi hisobiga ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini kamaytirishga qaratilgan tadbir hisoblanadi. Autsorsing strategiyasining xususiy tarzda qo‘llanilishi xizmat ko‘rsatish bahosi va sifatining oshishiga, shuningdek, xarajatlarning pasayishiga olib keladi. O‘zbekistondagi kichik biznes korxonalarida foyda shakllanishiga ta’sir etuvchi risklarni boshqarish va kamaytirish jarayonida autsorsingning qo‘llanilishi, ya’ni mazkur xizmat turining keng joriy etilishi korxonalar faoliyatida samaradorlikni oshirishga, korxonada shakllanayotgan foydaga risklar ta’siri va mazkur faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar qisqarishiga imkoniyat yaratadi. Qaysi boshqaruv funksiyalarini yoki bajariladigan ishlarni tashqi
ixtisoslashgan tashkilotlarga berish, avvalo, korxona xo‘jalik faoliyatining turi va hajmiga bog‘liqdir. Autsorsing xizmatlarini ko‘rsatuvchi provayderni tanlashda asosiy e’tibor faqat xarajatlarni kamaytirishga emas, balki xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga ham qaratilishi zarurdir. Autsorsing o‘tgan asrning oxirlarida xalqaro amaliyotda keng tarqala boshladi. Autsorsing biznesining imkoniyatlarini kengaytirish, uni rivojlantirish vositasi bo‘lib, barcha sohalarga jadal kirib kelmoqda. Xo‘jalik yurituvchi subyekt rivojlanishining barcha bosqichlarida korxona rahbariyati uchun o‘z xodimlari tomonidan bajariladigan funksiyalarni tahlil qilib borish zarur va foydalidir. Ayniqsa, u kichik biznes subyektlari uchun raqobat bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lishini ta’minlasa, yirik korxonalar uchun esa boshqaruvning tashkiliy tuzilmalari faoliyatini sog‘lomlashtirish, soddalashtirish va xarajatlarni pasaytirish usulidir. Chunki autsorsing korxona xarajatlarini kamaytirish imkoniyatlarini yaratuvchi universal qurol sifatida amaliyotda o‘z tasdig‘ini topmoqda. Xalqaro tajribada, kompaniyalarning autsorsing xizmatidan foydalanishi keng tus olmoqda. Masalan, xo‘jalik subyektlarida buxgalteriya hisobi funksiyasini yuritish Yevropa mamlakatlarining o‘rta va kichik kompaniyalarida 86 foizi, AQShda – 92 foizi, Isroil davlatida esa 96 foizi autsoring xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlarga berilgan. Xizmatlar bozorida bajaridigan vazifalariga ko‘ra autsorsing bir necha toifaga bo‘linadi. Bular: huquqiy xizmatlar autsorsingi; transport xizmatlari autsorsingi; marketing autsorsingi; buxgalteriya autsorsingi va boshqalar. Biznes sohasida har qanday xo‘jalik yurituvchi subyekt malakali huquqiy xizmatdan foydalanishga ehtiyoj sezadi. Korxonalarda tadbirkorlik faoliyati jarayonida shunday sharoitlar bo‘ladiki, unda sarf-xarajatlar evaziga tajribali huquqshunos xizmatidan foydalanish talab etiladi. Bunday xizmatdan foydalanish yirik korxonalar uchun ma’lum miqdorda xarajatlarni talab etsa (qilingan ishlarning hajmi va natijasidan qat’iy nazar huquqshunos shtati, tashkiliy- texnik jihozlar va soliqlar), kichik biznes subyektlar uchun o‘zining huquqshunos shtatiga ega bo‘lishi, so‘zsiz, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmagan xarajatdir. Chunki huquqiy tomondan hal qilinishi lozim bo‘lgan nizoli masalalar har kuni ham yuzaga kelmaydi. Bunday sharoitlarda huquqiy autsorsing
xizmatidan foydalanish ko‘p jihatdan qulay hisoblanadi. Biznes rivoji uchun malakali huquqiy xizmat nafaqat kerak, balki zarurdir. Uning ijobiy tomonlari quyidagilarda o‘z aksini topadi. Ya’ni huquqiy autsorsing xizmatlari baho jihatidan arzon va unga qilinadigan xarajatlar shtatdagi huquqshunosni saqlash uchun talab qilinadigan xarajatlardan kamroq; ushbu funksiyaning autsorsing xizmatlariga berilishi yuqori malakali huquqshunoslar tomonidan sifatli va natijali huquqiy xizmatlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi; sudning barcha instantsiyalarida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning qonuniy manfaatlarini himoya qiladi va boshqalar. Transport xizmatlari korxona moliyaviy-xo‘jalik faoliyatida ko‘p xarajatli va nisbatan qimmat xizmatlar turiga kiradi. Hozirgi kunda transportda yuk tashish yoki xizmatlar ko‘rsatish autsorsingning keng tarqalgan obyektlaridan biri hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati davomida, ayniqsa, yirik ishlab chiqarish korxonalarida xom ashyo va materiallarni olib kelish, tayyor mahsulotlarni xaridorlarga yetkazib berish va boshqalar doimo avtotransport xizmatlaridan foydalanishni talab etadi. Agar korxona o‘z transportiga ega bo‘lishi va unga qilinadigan xarajatlarni trasport tashkiloti ko‘rsatgan xizmat uchun belgilangan bahosi taqqoslansa, transport autsorsingining afzallik tomonlari yaqqol ko‘rinadi. Bu esa, o‘z navbatida, korxona moliyaviy xarajatlarining qisqarishiga olib keladi.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish yo‘lini tanlagan har qaday mutaxassis o‘zi boshqarishi kerak bo‘lgan kichik korxonaning moliyaviy resurslarini buxgalteriya hisobi, statistika hamda tezkor axborotlar asosida nazorat qilishi hamda uni tahlil etish bilan bog‘liq qator moliyaviy masalalarni hal qila olishi kerak. Har bir kichik biznes subyektining rahbari ham buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish uchun yetarli bilimga ega bo‘lavermasligi mumkin, chunki ular turli soha vakillaridir. Natijada, buxgalteriya hisobini yuritishdagi kichik bir xatolikka yo‘l qo‘yilishi soliqlarni hisoblab chiqish va to‘lovlarda noaniqliklarga olib keladi yoki boshlang‘ich xujjatda yo‘l qo‘yilgan xato moliyaviy hisobotda ham o‘z aksini topadi. Autsorsing xizmati respublikamiz amaliyoti uchun nisbatan yangi tushuncha bo‘lib, uni hayotga tadbiq etish yordamida kichik biznes vakillari
o‘z faoliyatini rivojlantirish uchun axborot qidirish, yig‘ish va uni qayta ishlashga ortiqcha vaqt sarf qilishdan, hujjatlarning takrorlanishi va noaniq ma’lumotlarni taqdim etishdan ozod bo‘ladi.
Agar rivojlangan davlatlarda amalga oshiriladigan import operatsiyalari xarajatlari hajmini solishtiradigan bo‘lsak, bugungi kunda ular yuqoriligicha qolmoqda. Misol uchun 9-jadval ma’lumotlarida eksport import operatsiyalarni amalga oshirish xarajatlari tahlili keltirilgan.
9 - jadval Eksport import operatsiyalarni amalga oshirish xarajatlari tahlili33
Do'stlaringiz bilan baham: |