Toshkent moliya instituti moliyaviy menejment


Davlatlar Eksport operatsiya- sini malga oshirish uchun talab etiladigan xujjatlar soni



Download 97,12 Kb.
bet21/25
Sana26.02.2022
Hajmi97,12 Kb.
#465893
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
humoyun bmi-конвертирован

Davlatlar

Eksport operatsiya- sini malga oshirish uchun talab etiladigan xujjatlar soni

Eksport operatsiyasi- ni amalga oshirish muddati (kun)

Eksport operatsiyasi- ni amalga oshirish qiymati
(bir konteyner uchun AQSh.dollari)

Import operatsiya- sini amalga oshirish uchun talab etiladigan xujjatlar soni

Import operatsiyasi- ni amalga oshirish muddati (kun)

Import operatsiyasi- ni amalga oshirish qiymati (birkonteyner uchun AQSh
dollari)

O‘zbekiston

7

71

3100

11

92

4600

Rossiya

8

36

1850

13

36

1850

Braziliya

8

12

1540

7

16

1440

Italiya

4

20

1231

4

18

1231

Ispaniya

6

9

1221

8

10

1221

Gretsiya

5

20

1153

6

25

1265

AQSh

4

6

1050

5

5

1315

Bangladesh

6

25

970

8

29

1375

Hindiston

8

17

945

9

20

960

Xitoy

7

21

500

5

24

545




9-jadval ma’lumotlariga e’tibor beradigan bo‘lsak, import operatsiyasini amalga oshirish uchun talab etiladigan xujjatlar soni O‘zbekistonda 11 tani tashkil etib, import operatsiyasini amalga oshirish muddati boshqa davlatlarga nisbatan ancha ko‘p ya’ni 92 kunni tashkil etib, Import operatsiyasini amalga oshirish qiymati bir konteyner uchun 4600 AQSh.dollarini tashkil etmoqda. Shuningdek, eksport operatsiyasini amalga oshirish uchun talab etiladigan xujjatlar soni 7 tasi,


33 Cost of doing business, 2015 ma’lumotlari asosida tuzilgan.
eksport operatsiyasini amalga oshirish muddati 71 kunni, eksport operatsiyasini amalga oshirish qiymati bir konteyner uchun 3100 AQSh. dollarini tashkil etmoqda.
Bugungi kunda faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlari oldida yuzaga kelayotgan muammolardan biri bu ularga nisbatan amal qilayotgan soliqqa tortish tartiblarining (soddalashtirilgan va umumbelgilangan soliqqa tortish tartiblari) ular faoliyatiga bir xilda ta’sir doiraga ega emasligidir. Aksariyat hollarda umumbelgilangan davlat soliqlari va yig‘imlari o‘rniga yagona soliq to‘lovini to‘lash tartibi o‘rnatilgan soddalashtirilgan soliqqa tortish tartibida kichik korxonalar zimmasidagi soliq yuki darajasi, umumbelgilangan soliqqa tortish tartibiga nisbatan ancha past darajada bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, umumbelgilangan soliqqa tortish tartibida faoliyat yuritayotgan hamda yalpi tushumda qo‘shilgan qiymat hajmi yuqori bo‘lgan kichik korxonalar zimmasidagi soliq yuki darajasi yuqori bo‘lib qolmoqda. Bu holat esa albatta kichik korxonalar uchun tengsiz raqobat muhitini shakllantirishga zamin yaratmoqda.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida, faoliyat yuritayotgan kichik korxonalarni soliqqa tortish tizimini takomillashtirish lozim. Jumladan, agar korxona kelgusida ishlab chiqariladigan maxsulotni eksport qilsa, qayta ishlab berish uchun berilgan xom ashyo materiallar qayta ishlash bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar QQSdan ozod qilish lozim. Bugungi kunda O‘zbekiston respublikasi Soliq kodeksiga binoan, qayta ishlab berish uchun berilgan xom ashyo materiallar qayta ishlash va ishlov berish xizmatlari to‘liq QQS tortiladi. Bundan tashqari, agar ishlab chiqarilgan maxsulot ishlab chiqarish siklidan keyin bir yil davomida eksport qilinsa, mazkur maxsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan qayta ishlab berish uchun berilgan xom ashyo materiallar import qilishda bojxona to‘lovlaridan to‘liq ozod qilish lozim. Mazkur tadbir korxona xarajatlarini asossiz ravishda o‘sishini oldini olish bilan bir qatorda, aylanma mablag‘lari hajmining oshishiga olib keladi.
Bundan tashqari korxona kelgusida import qilinayotgan asbob uskunani ehtiyot qismlarini import qilish jarayonida bojxona to‘lovlaridan ozod bo‘lishi
uchun, asbob uskunani sotib olish shartnomasida olinishi mumkin bo‘lgan ehtiyot qismlarini ko‘rsatishi lozim hisoblanadi. Ammo korxonalar har doim ham ularga bir necha yillardan so‘ng kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan ehtiyot qismlarini to‘g‘ri bashorat qila olmasliklari mumkin. Ehtiyot qismlarining o‘rtacha bojxona to‘lovlari 10%ni tashkil etsa, ularga nisbatan QQS 20%ni tashkil etadi. Albatta bu to‘lovlar ehtiyot qismlarining narxini oshishiga hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxining asossiz o‘sishiga olib kelishi mumkin.
Tadbirkorlik faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolardan biri bu mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqilgan tayyor mahsulotlarni tashqi va ichki bozorlarda realizatsiyasini to‘liq yo‘lga qo‘yilmaganligidir. Bizningcha, tadbirkorlik subyektlari tomonidan qo‘shimcha ravishda maxsus loyihalarni amalga oshirish hamda bu borada rivojlangan davlatlar tajribalaridan samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, Hindistonda mahalliy korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni jahon bozorida realizatsiya qilish, xorijiy davlatlarda maxsus ko‘rgazma va namoyishlarni amalga oshirish, eksporter korxonalarga amaliy yordam berish hamda davlatlarda maxsus marketing tadqiqotlarini amalga oshirib, o‘z xulosalarini mahalliy korxonalarga taqdim etish maqsadida hindiston kooperativ uyushmasi tomonidan maxsus Central Cottage Industries Imporium tashkil etilgan.
Bizningcha kelajakda tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan kichik korxonalarni rivojlantirish strategiyasi quyidagi omillarni inobatga olgan holda amalga oshirilishi lozim:

  1. Korxonalar xarajatlarini quyidagilar hisobiga qisqartirish:

  • resurs va energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanish; ishlab chiqarish quvvatlarini optimallashtirish bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish;

  • ishlab chiqarish fondidan chiqarish, ishlab chiqarishni yer maydonlari ijarasi arzonroq joy va hududlarga ko‘chirish, ko‘chmas mulkdan samaraliroq foydalanish);

  • ishlab turgan uskunalarni zamonaviylashtirish (ishlab chiqarish darajasi va sifatini oshirish).

  1. Mahsulot turlarini ko‘paytirishni rag‘batlantirish va keyinchalik, mavjud innovatsion infratuzilma bilan samaraliroq munosabatlarni o‘rnatish hisobiga, yangi texnologiyalar bozoriga olib chiqish. Bunda viloyatlarda modellashtirish markazlarini tashkil etish orqali, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish uchun mahsulotlari dizayn va konstruktsiyalash ishlarida eng yangi texnologik yo‘nalishlardan keng foydalanishni ta’minlash lozim. Ularning asosiy maqsadi korxonalarini resurslar bilan ta’minlash, kiyim-kechaklarni dizayni va konstruktsiyalash sohasida yangi texnologik yo‘nalishlarni targ‘ib qilish bo‘yicha xarakatlarini birlashtirish lozim.

  2. Mehnat samaradorligini oshirish. Mehnat samaradorligini oshirish mexanizmlaridan quyidagilarni qo‘llash tavsiya etiladi:

  • biznes jarayonlarni optimallashtirish yoki qayta tashkil qilish, sohaga tegishli bo‘lmagan funksiyalarni ajratish;

  • xodimlar sonini optimallashtirish, funksiyalar takrorlanishini bartaraf etish (qayta tashkil etish);

  • xodimlar malakasini va vaqt birligi ichida mahsulot ishlab chiqarish me’yorlarini oshirish (kadrlar siyosati, me’yorlashtirish);

  • jarayonlarni avtamatlashtirish darajasining oshirish;

  • uskuna va qurilmalarni yangi texnik asosga o‘tkazish.

  1. Subkontraktatsiya va autsorsing tizimni rivojlantirishdagi kichik va xususiy korxonalar uchun eng dolzarb muammolardan biri ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar uchun xaridor topish hisoblanadi. Yirik kompaniyalar o‘z ishlab chiqarish jarayonlarining bir qismini nisbatan kichik korxonalarga berishini ko‘zada tutuvchi subkontrakttsiya va autsorsing tizimi mazkur masalaning samarali echimi bo‘lishi mumkin. Ayrim xollarda sohaga tegishli bo‘lmagan biznes jarayonlarni yangi tashkil etilgan sho‘’ba korxonalariga – ona tuzilma tomonidan kafolatlangan talabga ega bo‘lgan kichik korxonalarga ajratib berish ham mumkin. Autsorsing tizimining takomillashuvi yirik kompaniyalar xarajatlarini kamaytirib, kichik va xususiy korxonalarning raqobatbardosh mahsulotlariga bo‘lgan talabini

oshirib, iqtisodiyotning umumiy samaradorligini oshiradi.

  1. Korxonalar marketing faoliyatini faollashtirish ularni quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanishini ko‘zda tutadi: marketing faoliyatini boshqarishda innovatsiyalar va ilg‘or tajribalarni joriy qilish; pozitiv tashqi axborot muhitini va iste’molchilar bilan ishonchli munosabatlarni shakllantirish; ommaviy axborot vositalaridan, shu hisobda elektron vositalardan foydalanib hudud korxonalarining o‘z mahsulotini reklama qilishi va ilgari surishi; brendingni va brend darajasiga mos ilgari surish dasturlarining rivojlantirish.

  2. Mahalliy mahsulotlarni savdo tarmoqlari orqali ilgari surishga ko‘maklashish. Mahalliy mahsulotni viloyatlardagi iste’molchilar bozoriga chiqishini soddalashtirish maqsadida savdo firmalari va tikuvchilik hamda poyafzal ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.




Download 97,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish