rasm. Faktoring bitimini tuzish va amalga oshirish mexanizmi tavsifi26
26 Gary S. Besker . Economic Theory. Izd.: Transtion Publishers, 2008. 430 p.
Shuning bilan birga, faktoring deganda, korxonalarning moliyaviy mablag‘larni jalb etish maqsadida o‘z debitorlik qarzdorligini uchinchi tomonga sotishi xam tushuniladi. Tovarlar va xizmatlarni sotishdan to‘lovlarning kelib tushishida kechikishlar yuzaga keladigan kichik korxonalarda ko‘p hollarda pul tushumi va kassa naqd pul mablag‘lari aylanmasida ma’lum oraliqda taqchilliklar yuzaga keladi. Taqchillikning sabablaridan biri shuki, tovarlar va xizmatlarni sotishdan tushum korxona hisob raqamiga kelib tushgani yo‘q, ammo korxonada ishlab chiqarishni yangi mavsumga rejalashtirish va tayyorlash uchun esa xom- ashyo va materiallar sotib olish zaruriyati yuzaga keladi.
-jadval
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini mikromoliyalashtirishning amaldagi holati tahlili27
Moliyalashtirish manbai
|
Kichik biznes subyektlari
|
Muddati
|
Kreditlash xususiyati
|
EKIH,
baravar
|
Kredit foizlari
|
Dehqon-fermer xo‘jaliklarini qo‘llab- quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishga
|
Yuridik shaxs maqomiga ega dehqon xo‘jaliklari va mikrofirmalarga, Kichik korxonalar va
fermer xo‘jaliklari
|
3 yil
3 yil
|
50 foizi naqd pul bilan 1,5 yil muddatga
faqat chorva mollari, paranda, ko‘chat, urug‘lik va em-xashakni aholidan sotib olish uchun
|
150
|
Markaziy bank moliyalash stavkasining 1/6 qismi
|
300
|
Bandlik jamg‘armasi
|
Oilaviy tadbirkorlik subyektlari
|
2 yil
|
150
|
Markaziy bank moliyalash
stavkasining ¼ qismi
|
Tijorat banklarining imtiyozli kreditlash maxsus Jamg‘armasi
|
Kichik tadbirkorlik subyektlari
|
1 yil
|
Aylanma mablag‘lar to‘ldirish uchun
|
1000
|
Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 50 foizidan ortiq
bo‘lmagan miqdorida belgilanadi.
|
Fermer xo‘jaliklariga, shuningdek yuridik shaxs bo‘lgan dehqon
xo‘jaliklariga
|
2 yilgacha
|
Aylanma mablag‘lar to‘ldirish uchun
|
Kichik tadbirkorlikning barcha subyektlariga, shu jumladan yuridik shaxs bo‘lgan fermer va dehqon
xo‘jaliklariga
|
5 yilgacha
|
Investitsiya loyihalarini mablag‘ bilan
ta’minlash uchun
|
27 O‘zR. MBB va MVning O‘zR. AVda 2007 yil 8 noyabrda 1548-2-sonli qarori.
Bu muammoni hal qilishning amaliyotda bir necha yo‘llari mavjud: mahsulot va xizmatlar savdosidan tushumning kelib tushishini nazorat etish va ta’minlash; oborot aktivlarini to‘ldirish maqsadida kreditlarni jalb etish mumkin. Mahsulot va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda turli kechikishlarga yo‘l qo‘yish yoki to‘lovlarning uzoq vaqt davomida amalga oshirilmasligi korxona hisob raqamida pul mablag‘lar taqchilligi riskini keltirib chiqarishi mumkinligini inobatga olib, hozirgi kunda turli xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan faktoring operatsiyasidan foydalanishga o‘tilmoqda. Bu operatsiya xo‘jalik subyektlarining xaridorlar uchun takliflarini qiziqarli va e’tiborli qiladi va ularni o‘ziga jalb etadi. Shuningdek, faktoring kichik korxonalarning iqtisodiy ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga olib keladi.
Tijorat banklari tadbirkorlik subyektlari faoliyatini mikromoliyalashda O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kichik biznes subyektlarini moliyaviy qo‘llab- quvvatlash doir me’yoriy hujjatlarga asosan, shuningdek, har bir xorijiy kredit yo‘nalishining kredit ajratish bo‘yicha ishlab chiqarilgan tartiblari bo‘yicha moliyalashtiradi.
Ammo amalga oshirilgan qator chora-tadbirlarga qaramasdan, bugungi kunda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini mikromoliyalashda bir qator muammolar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |