Toshkent moliya instituti moliyaviy menejment


Tadbirkorlik faoliyatini tashkiliy-iqtisodiy rivojlantirishning



Download 97,12 Kb.
bet16/25
Sana26.02.2022
Hajmi97,12 Kb.
#465893
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Bog'liq
humoyun bmi-конвертирован

Tadbirkorlik faoliyatini tashkiliy-iqtisodiy rivojlantirishning xorij

tajribasi

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rivojlantirishning xorij tajribasini tadqiq etish hamda ijobiy tajribalarni O‘zbekistonda qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlangan mamlakatlarda kichik biznes subyektlari faoliyati davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Masalan, Portugaliyada kichik korxonalarni rivojlanishiga kapital qo‘yish davlat tomonidan rag‘batlantiriladi. Fransiyada kichik korxonalarning faoliyati davlat tomonidan soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berish orqali qo‘llab - quvvatlanmoqda. Germaniyada esa kichik korxonalar faoliyati subsidiya berish, xizmatlar bo‘yicha dotatsiyalar berish, imtiyozli kredit va moliyaviy yordam ko‘rsatish bilan rag‘batlantiriladi. AQShda kichik biznes subyektlariga soliqlar solishda imtiyozlar berilgan, ayniqsa, meros uchun soliq to‘lash, korxonani ro‘yxatga olish bo‘yicha va moliyaviy, texnik yo‘nalishlar bo‘yicha davlat kichik korxonalarga yengilliklar bergan28.


Yaponiyada kichik korxonalarga davlat tomonidan moliyaviy yordam va imtiyozli kreditlar berish bilan birga texnika, texnologiya, kadrlar, axborotlar bo‘yicha amaliy yordam beriladi va qo‘llab - quvvatlanadi.
Polshada kichik korxonalarda yakka mulkchilik shakli saqlanib qolgan, hukumat kichik biznesni imtiyozli kreditlar berish yordamida rivojlantirishga harakat qilmoqda. Arab mamlakatlari, Eron va Turkiya kabi mamlakatlarida esa kichik va individual xususiy mulkchilik shaklidagi kichik korxonalar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda29.
Har qanday bozor tizimida bandlik muammosini hal qilishda kichik biznes imkoniyatlari alohida e’tiborga loyiqdir. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda uning hissasida barcha band bo‘lgan ishlovchilarning 50-60 foizi va yangi ishchi



28 Cambell Mc.Connel, Stanley Brul, Seam Brul. Economics: Princinle, Problems and Policies. Izd.: Megran Mill series in Economics, 2014. 327 p
29 William M. Pride Robert J .Hughes. Bizness Jannary 1, Izd.Cendade Learning, 2011.238 p.
o‘rinlarining 70-80 foizi to‘g‘ri keladi. Kichik biznesning bandlik muammosini hal qilishdagi yuksak ahamiyati yuqorida keltirilgan jadvaldan ham ko‘rinadi. Uning tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarda ishlovchilarning yarmidan ko‘pi kichik korxonalarda ishlaydi. Bir qator mamlakatlarda bu ko‘rsatkich ancha yuqoridir. Jumladan, Yaponiyada kichik korxonalar yaponlarning 3/4 qismini ish bilan ta’minlaydi. Kichik korxonaning katta miqdorda ishchi o‘rinlarini yaratish xususiyati aholisi va mehnat resurslari yuqori sur’atlarda o‘sayotgan bizning mamlakatimiz uchun ham birinchi darajali ahamiyatga ega.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish yo‘lini tanlagan har qaday mutaxassis o‘zi boshqarishi kerak bo‘lgan kichik korxonaning moliyaviy resurslarini buxgalteriya hisobi, statistika hamda tezkor axborotlar asosida nazorat qilishi hamda uni tahlil etish bilan bog‘liq qator moliyaviy masalalarni hal qila olishi kerak.
7-jadval ma’lumotlarida jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi jarayonida rivojlangan mamlakatlarda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar tavsifi keltirilgan. Ko‘rinib turibdiki, barcha rivojlangan mamlakatlar mazkur subyektlar faoliyatini rivojlantirishdan bir xilda manfaatdordirlar.
Foydalanilayotgan ko‘rsatkichlarning xususiyatlaridan kelib chiqib, kichik korxonalarni aniqlash mezonini belgilash mumkin. Ya’ni miqdoriy, sifati bo‘yicha va aralash mezonlardir. Miqdoriy yondashuvga asoslanib kichik korxonalarni aniqlashda band bo‘lganlar soni, sotuv xajmi (oborot), aktivlarning balans qiymati kabi mezonlardan ko‘proq foydalaniladi.
Miqdoriy aniqlashning asosiy afzalligi shundan iboratki, mazkur mezondan foydalanish qulay hisoblanadi. Bunday yondashuvning kamchiligi absolyutlik, u yoki bu ko‘rsatkichni tanlashda va uning chegaralarini aniqlashda nazariy asosning mavjud emasligi, shu sababli ularni solishtirma tahlilda qo‘llashda foydalanish qiyindir.

  1. Download 97,12 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish