3. Aholi daromadlariga davlat ijtimoiy siyosatining ta’siri.
Aholing daromadlariga davlatning olib borayotkan ijtimoiy siyosati to’g’ridan to’g’ri tasir qiladi. Chunki ijtimoiy siyosatning o’zi aholining turmush tarsi yashash sharoiti bilan uzviy bog’liqdir. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar Strategiyasi”4 ning 4 bo’limida ijtimoiy sohani rivojlantirish rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari bo’limning birinchi bandida shunday deyiladi:
Aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish, kam ta’minlangan oilalar sonini va aholining daromadlari bo‘yicha farqlanish darajasini yanada kamaytirish;
Budjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflatsiya sur’atlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish;
Yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo, o‘rta maxsus va oliy o‘quv muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, mehnat bozori mutanosibligini va infratuzilmasi rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish;
Mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini to‘liq amalga oshirish uchun sharoitlar yaratish, ish kuchi sifatini yaxshilash, ishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish.
Aholi daromadlari deganda o’zi ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklida olinadigan daromadlarni, qimmatli qog’ozlar, ko’chmas mulk, qishloq xo’jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko’rsatishdan kelib tushadigan daromadlarni o’z ichiga oladi.
2-rasm. O’zbekiston Respublikasini yanda rivojlantirish bo’yicha Harakatlar Strategiyasi
Shunday ekan aholining daromadlari turlari mavjud. Bular, natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo’jaliklarining o’z iste‘mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo’ladi. Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo’lgan va real daromad tushunchalaridan foydalanadi.
Nominal daromad - aholi tomonidan ma‘lum vaqt oralig’ida olingan daromadlarning pul ko’rinishidagi miqdori hisoblanadi.
Ixtiyorida bo’lgan daromad - shaxsiy iste‘mol va jamg’arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo’lgan daromad. Bu daromad nominal daromaddan soliqlar va majburiy to’lov summasidan kam bo’ladi.
Real daromad – narx darajasi o’zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo’lgan tovar va xizmatlar miqdorini ko’rsatadi, ya‘ni daromadnig xarid quvvati bildiradi.
Aholinig nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanadi va ular quyidagilar hisoblanadi.
1. Ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad;
2. Davlat yordam dasturlari bo’yicha to’lov va imtiyozlar shaklidagi pul tushumlari;
3. Moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari.
Aholi nominal daromadlari - bu ish haqi, pensiya ta‘minoti, davlat sug’urtasi bo’yicha tulovlar; shaxsiy qurilishiga va matlubot jamiyati a‘zolariga bank ssudalari; jamg’arma bankiga qo’yilmalar bo’yicha foizlar; aktsiya, obligatsiya bahosining ko’payishidan olinadigan daromad va zayom bo’yicha tulovlar; lotereya bo’yicha yutuqlar; tovarlarni kreditga sotib olish natijasida tashkil topadigan, vaqtincha bo’sh mablag’lar, har xil turdagi kompensatsiya to’lovlari va h.k.
Aholi turmush darajasi tushunchasiga ularning hayot kechirish uchun zarur bo’lgan moddiy va ma‘naviy ne‘matlar bilan ta‘minlanishi hamda kishilar ehtiyojining bu ne‘matlari bilan qondirilishi darajasi sifatida aniqlash mumkin. Aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko’rsatkichlari tizimi o’z ichiga qo’yidagi guruhlarni oladi:
Tug’ilish va o’lish darajasi hamda boshqa demografik ko’rsatkichlar.
Hayot kechirishning sanitar-gigiena jihatidan sharoitlari.
Oziq-ovqat tovarlarni iste‘mol qilish.
Turar joy sharoitlari.
Ma‘lumot va madaniyat.
Mehnat qilish va bandlik sharoitlari.
Aholining daromadlari va xarajatlari.
Hayot kechirish qiymati va iste‘mol narxlari.
Transport vositalari.
Dam olishni tashkil etish
Ijtisoiy ta‘минот
Inson erkinligi.
Turmush darajasini mamlakat darajasida (butun aholi uchun) va tabaqalashgan mikrodarajasida (aholinig alohida guruhi uchun) qarab chiqish mumkin.
Birinchidan, yondashuv turli mamlakatlarda aholining turmush darajasining aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichi bo’yicha aniqlab, qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi.
Aholi guruxlari bo’yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini taqqoslash iste‘mol byudjeti asosida amalga oshiriladi. Iste‘molchi byudjetlarinig bir qator turlari mavjud bo’ladi: o’rtacha oila byudjeti, yuqori darajada ta‘minlangan byudjet, minimal darajada moddiy ta‘minlanganlar byudjeti, nafaqaxo’rlar va aholi boshqa ijtimoiy guruhlari byudjeti shular jumlasidandir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida o’rtacha daromad “o’rtacha sinf” deb ataladigan tabaqalar daromadlari bo’yicha aniqlanadi. Bunday gurux iste‘mol savati to’plamiga uy, avtomashina, dal hovli, zamonaviy uy jihozlari, sayr qilish va bolalar o’qitishi imkoniyati, qimmatli qog’ozlar va zebu ziynat buyumlari kiradi. Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori ta‘minlangan yoki “boy” qatlaminig mavjud bo’lishini taqazo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovar va xizmatlar xarid qilishga layoqatli bo’lgan juda oz miqdori kiradi.
Faravonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining bundan past darajasida ishchi kuchini takror hosil qilishni ta‘minlab bo’lmaydi. Bu daraja moddiy ta‘minlanganlik minimumi yoki kun kechirish darajasi (qishloqning boshlanishi) sifatida chiqadi. Turmush darajasi kishilarning turmush tarzi bilan uzviy bog’liq.
Turmush tarzi - bu kishilar (jamiyat, ijtimoiy qatlam, shaxs)ning milliy va jahon hamjamiyatidagi hayot faoliyati hamda usullarini aks ettiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya, turmush tarzi inson hayot faoliyatining turli jihatlarini qamrab oladi, ya‘ni:
Mehnat, uni tashkil etishning ijtimoiy shakllari.
Turmush va bo’sh vaqtdan foydalanish shakllari;
Siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtiroq etish;
Moddiy va manaviy ehtiyojlarini qondirish shakllari;
Kishilarning kundalik hayotidagi hulq-atvori me‘yorlari va qoidalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |