Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi "davlat byudjeti"


-jadval Davlat byudjetining iqtisodiyotga xarajatlarining tarkibi, 2018-yil



Download 13,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/346
Sana22.04.2022
Hajmi13,85 Mb.
#573232
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   346
Bog'liq
Davlat byudjeti ouq 2018

10.3-jadval
Davlat byudjetining iqtisodiyotga xarajatlarining tarkibi, 2018-yil 
byudjet parametrlari bo„yicha
1
Ko„rsatkichlar
mlrd.s.
byudjet jami 
xarajatlariga 
nisbatan %
iqtisodiyot 
xarajatlariga 
nisbatan %
Davlat byudjeti xarajatlari 
62170,0
100
-
Iqtisodiyotga ajratilgan xarajatlar, sh.j.
6957,8
11,2
100
Suv xo‗jaligining ekspluatatsion xarajatlari
2741,8 
4,4 
39,4 
Sug‗oriladigan yerlarning meliorativ holatini 
yaxshilash fondiga maqsadli ajratmalar
528,3 
0,8 
7,6 
Hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari 
uchun qishloq xo‗jaligi mahsulotlari ishlab 
chiqaruvchi fermer xo‗jaliklarini moliyaviy 
qo‗llab-quvvatlash uchun maqsadli mablag‗lar
330,0 
0,5 
4,7 
Aholi punktlarini obodonlashtirish ishlari
1116,4 
1,8 
16,0 
Boshqa xarajatlar
2241,3 
3,6 
32,2 
 
Markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari tarkibiga 
respublika vazirliklari, davlat qo‗mitalari va idoralari buyurtmachi bo‗lgan 
markazlashtirilgan 
investitsiyalarni 
moliyalashtirish 
xarajatlari, 
jumladan: 
respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlari bo‗yicha 
investitsiya loyihalarini, davlat maqsadli dasturlarini va davlatlararo bitimlarni 
amalga oshirish; sug‗oriladigan yerlarni tiklash va yangilarini o‗zlashtirish, suv 
xo‗jaligi qurilishi hamda kichik gidroenergetikani rivojlantirish; aholi 
punktlarining muhandislik infratuzilmasini, birinchi navbatda, yakka tartibdagi 
qurilish massivlarini rivojlantirish; ta‘lim, sog‗liqni saqlash, madaniyat 
obyektlarini va ijtimoiy infratuzilmaning boshqa tarmoqlarini qurish; davlat ilmiy 
muassasalarini rivojlantirish; davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qilish 
organlari, davlat ilmiy muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantrish va 
mustahkamlash; umumdavlat tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish 
va tabiiy ofatlardan himoya qiluvchi inshootlarni qurish xarajatlari kiradi. 
Barcha davlatlarning byudjet xarajatlari tarkibida mamlakatni boshqarish, 
hukumat idoralarini saqlash bilan bog‗liq xarajatlar ko‗zda tutiladi. O‘zbekiston 
Respublikasi byudjet amaliyotida ham ushbu maqsadlarga yo‗naltiriladigan 

1
O‘zbekiston Respublikasi


Moliya vazirligining hisobot ma‘lumotlari asosida keltirildi. manba: 
www.mf.uz
 


111 
byudjet mablag‗lari tarkibiga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, adliya, 
prokuratura va sud organlari, fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlarini 
saqlash xarajatlari kiradi, bu turkum xarajatlar so‗nggi yillarda davlat byudjeti 
xarajatlarining 4,5-4,9 foizini tashkil qilib kelmoqda. 
Yuqorida keltirilgan jadvalda (10.1-jadvalga qarang) davlat byudjeti 
xarajatlari tarkibida ―Boshqa xarajatlar‖ guruhi jami byudjet xarajatlarining qariyb 
1/5 qismini tashkil qilayotganligini ko‗rish mumkin. Bunga sabab, asosan 
respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan yirik xarajatlar, jumladan: 

saylovlar va referendumlarga tayyorgarlik ko‗rish va ularni o‗tkazish 
bo‗yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiya xarajatlari, shu 
jumladan, okrug va uchastka saylov komissiyalarini, siyosiy partiyalarni 
moliyalashtirish; 

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlarda (BMT, YuNESKO va 
boshqa tashkilotlar) ishtirok etish va a‘zolik badallarini to‗lash bilan bog‗liq 
xarajatlar; 

O‘zbekiston Respublikasining davlat qarziga xizmat ko‗rsatish va davlatning 
kafolatli majburiyatlarini bajarish bilan bog‗liq xarajatlar; 

davlat buyurtmasi bo‗yicha statistika ishlariga haq to‗lash xarajatlari; 

jamoat tartibini saqlash, davlat xavfsizligi, bojxona organlarini saqlash, 
mamlakatning mudofaa qobiliyatini ta‘minlash kabi xarajatlar byudjet 
parametrlarida ―boshqa xarajatlar‖ guruhida aks ettiriladi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‗sishni ta‘minlash 
va uning sifat ko‗rsatkichlarini yaxshilash maqsadida davlat byudjeti xarajatlari 
orqali iqtisodiyotda yalpi talabni rag‗batlantirishning ilg‗or usullari hamda 
mexanizmlaridan foydalanish lozim. Bunda davlat byudjet xarajatlarini 
rejalashtirish va ijro etishning zamonaviy vositalari va ilg‗or usullarini qo‗llashga 
alohida e‘tibor qaratish orqali kelajakda davlat byudjeti xarajatlarining 
maqsadliligi va natijadorligiga erishiladi. 

Download 13,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish