Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi "davlat byudjeti"


 Byudjet xarajatlarining tarkibi va tuzilishi



Download 13,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/346
Sana22.04.2022
Hajmi13,85 Mb.
#573232
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   346
Bog'liq
Davlat byudjeti ouq 2018

 
10.2. Byudjet xarajatlarining tarkibi va tuzilishi
 
Iqtisodiy mazmun-mohiyatiga ko„ra, b
yudjet xarajatlari joriy va kapital 
xarajatlarga bo‗linadi.
Davlat byudjetining joriy xarajatlari 
markaziy va mahalliy davlat 
hokimiyati organlarining, mahalliy o‗z-o‗zini boshqarish organlarining, byudjet 
tashkilotlari va byudjetdan mablag‗ oluvchi yuridik shaxslarning joriy faoliyatini 
ta‘minlash uchun, shuningdek, davlat tomonidan byudjet tizimi byudjetlariga va 
iqtisodiyotning ayrim tarmoqlariga dotatsiya, subventsiya va subsidiya shaklidagi 
moliyaviy yordam ko‗rsatish uchun ajratiladigan pul mablag‗laridir.
Davlat byudjetining kapital xarajatlari – 
byudjet xarajatlarining innovatsiya 
va investitsiya faoliyatini mablag‗ bilan ta‘minlash maqsadlariga yo‗naltirilgan pul 
mablag‗lari bo‗lib, ular tarkibiga Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan 


106 
investitsiya loyihalari bo‗yicha yangi qurilish, kapital rekonstruktsiya va kapital 
ta‘mirlash maqsadlari uchun ishlab turgan yoki yangidan parpo qilinadigan 
korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga, shuningdek, alohida tadbirlarga 
ajratiladigan moliyaviy mablag‗lar kiradi.
Funksional tayinlanishiga (vazifa jihatidan) ko„ra
davlat byudjeti xarajatlari 
quyidagi guruhlar bo‗yicha rejalashtiriladi va moliyalashtiriladi (ularning tarkibi 
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 69-moddasi bilan belgilab 
qo‗yilgan): 
1.
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash xarajatlari. 
2.
Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa 
institutlarini davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlash xarajatlari. 
3.
Iqtisodiyot xarajatlari. 
4.
Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari. 
5.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, adliya va prokuratura 
organlarini saqlab turish xarajatlari. 
6.
Sudlarni saqlab turish xarajatlari. 
7.
Fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari. 
8.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va 
Toshkent shahri shahar byudjetining tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira 
jamg‗armalari. 
9.
Boshqa xarajatlar. 
Sanab o‗tilgan har bir guruh xarajatlar, o‗z navbatida, 
mahkamaviy va 
maqsadli belgisiga ko„ra
guruhlanadi. Mahkamaviy belgisiga ko‗ra xarajatlar 
byudjet mablag‗larini oluvchi vazirlik, davlat qo‗mitasi yoki boshqa davlat 
boshqaruv organining xarajatlariga bo‗linadi. Xarajatlar tarkibini ushbu belgiga 
ko‗ra tahlil qilishda ularning qaysi tarmoq va sohalarga yo‗naltirilayotgani haqida 
xulosa qilish mumkin bo‗ladi. Masalan, davlat byudjetidan funksional 
tayinlanishiga ko‗ra ta‘lim sohasiga ajratilgan pul mablag‗lari Oliy va o‗rta maxsus 
ta‘lim vazirligi, Xalq ta‘limi vazirligi, Maktabgacha ta‘lim vazirligi kabi 
mahkamalar tomonidan tasarruf etiladi. O‘z navbatida, har bir vazirlik, davlat 
qo‗mitasi, idorasi yoki alohida byudjet tashkilotiga ajratilgan byudjet mablag‗lari 
maqsadli belgisiga ko‗ra xarajatlarning aniq turlari bo‗yicha aniqlashtiriladi/ 
Masalan, byudjet tashkilotiga ajratilgan byudjet mablag‗lari ish haqi, kommunal 
xizmatlar haqini to‗lash, joriy ta‘mirlash, asbob-uskunalar va jihozlar, oziq-ovqat, 
dori-darmon sotib olish kabi xarajat turlari (muassasaning xarajatlar smetasiga 
kiritilgan xarajatlar turlari) bo‗yicha rejalashtiriladi va moliyalashtiriladi. 
Hududiy belgisiga ko„ra 
byudjet xarajatlari umumdavlat xarajatlariga va 
mahalliy hokimiyat organlarining xarajatlariga bo‗linadi. Umumdavlat xarajatlari 
odatda davlat byudjetining respublika byudjetidan amalga oshiriladi va davlat 
ahamiyatidagi tadbirlarni moliyalashtirishga safarbar etiladi. Mahalliy hokimiyat 
organlari esa hududiy va mahalliy ehtiyojlardan kelib chiqib, byudjet xarajatlarini 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti, Toshkent shahar va viloyatlar byudjetlari, 
shuningdek, shahar/tuman byudjetlari mablag‗laridan amalga oshiradilar. 


107 
Umuman olganda, mamlakat miqyosida davlat byudjeti xarajatlari davlat 
tomonidan olib borilayotgan islohotlarning tom ma‘nodagi ifodasini o‗zida aks 
ettiradi. Buni quyidagi ma‘lumotlardan ko‗rish mumkin.

Download 13,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish