233
qabul qilindi va amaliyotga tatbiq etildi. Ularga ko‗ra, qishloq hududlarida
joylashgan qishloq vrachlik punktlari (QVP) va qishloq vrachlik ambulatoriyalari
(QVA)
qayta tashkil qilindi, ularni moliyalashtirish makaziy tuman shifoxonasi
tarkibidan chiqarilib, bevosita viloyatlar sog‗liqni saqlash boshqarmalariga
o‗tkazildi, birlamchi tibbiyot-sanitariya yordamini ko‗rsatish (BTSYoK)
muassasalariga yuridik shaxs maqomi berildi, ular xarajatlarini rejalashtirish va
moliyalashtirishda ularga biriktirilgan aholi soni, har bir aholi birligi uchun
o‗rnatilgan xarajat me‘yorlari
va aholining yoshi, jinsi, aholi zichligi va boshqa
ko‗rsatkichlarga ko‗ra o‗rnatiladigan tuzatuvchi koeffitsientlarni qo‗llash
tartiblariga o‗tildi. Bu tartiblar tajriba tariqasida avval bir necha viloyatda, so‗ngra
esa butun mamlakat bo‗yicha BTSYoK muassasalari xarajatlarini rejalashtirish
jarayoniga tatbiq etildi va bir kishi hisobiga xarajatlar normatividan kelib chiqib
moliyalashtirish sharoitlariga bosqichma-bosqich o‗tkazildi.
BTSYO qishloq muassasalari byudjetini hisobot davridagi sanitariya-
epidemiologiya
nazorati
xizmati
xarajatlari,
kapital
qo‗yilmalar
va
markazlashtirilgan tadbirlar xarajatlarini istisno etgan holda viloyat sog‗liqni
saqlash umumiy byudjetiga bo‗lish yo‗li bilan aniqlanadi.
Bunda alohida olingan BTSYOK muassasasini moliyalashtirishning yillik
hajmi tuzatish koeffitsientlaridan (jins-yosh tarkibi va aholi zichligi) foydalanilgan
holda bir kishi hisobiga xarjatlarning bazaviy normativi va BTSYO muassasasiga
biriktirilgan aholi soni hisobidan kelib chiqib belgilanadi. Har bir keyingi
rejalashtiriladigan yilga bir kishiga xarajatlarning bazaviy
normativi belgilangan
tartibda aniqlanadigan indeksatsiya koeffitsientlari hisobga olingan holda hisoblab
chiqiladi. Qoraqalpog‗iston Respublikasi Moliya vazirligi va Sog‗liqni saqlash
vazirligi, viloyat hokimliklari moliya boshqarmalari va sog‗liqni saqlash
boshqarmalari BTSYO qishloq muassasalari byudjetlarini hisoblab chiqadi va
ularni xarajatlar guruhiga bo‗lmasdan bitta summa bilan BTSYo muassasalariga
etkazadi. BTSYO qishloq muassasalari belgilangan tartibda moliya organlarida
ro‗yxatdan o‗tkaziladigan xarajatlar smetasi, shtat jadvalini ajratilgan byudjet
doirasida mustaqil ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‗zbekiston
Respublikasida
sog‗liqni saqlash tizimini isloh kilish davlat dasturi to‗g‗risida"gi 1998-yil 10-
noyabrdagi PF-2107-son Farmoniga va O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1999-yil 5-martdagi ―Farg‗ona viloyatida sog‗liqni saqlashning
boshlang‗ich bo‗g‗inini isloh kilish loyihasini amalga oshirish to‗g‗risida‖gi 100-
son qaroriga muvofiq, ―Salomatlik-1‖ loyihasini amalga oshirish doirasida Xalqaro
tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida Farg‗ona, Sirdaryo, Navoiy viloyatlarida
hamda Qoraqalpog‗iston Respublikasi va Xorazm viloyatining uchta tumanida
qishloq vrachlik punktlarini, qishloq vrachlik ambulatoriyalari va feldsher-
akusherlik punktlari komplekslarini bir kishi hisobiga xarajatlar normatividan kelib
chiqib moliyalashtirish mexanizmi joriy etilgan.
Sog‗liqni saqlash sohasida islohotlarni
yanada chuqurlashtirish, barcha
BTSYOKning qishloq muassasalarida moliyalashtirishning yangi mexanizmini
yoyish va uni BTSYO ayrim shahar muassasalarida eksperiment sifatida joriy
234
etish, shuningdek, ―Salomatlik-2‖ va ―Ayollar va bolalar sog‗ligini
mustahkamlash‖ dasturlari doirasida boshlang‗ich tibbiy-sanitariya yordami
muassasalarini boshqarishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining
2005-yil
28-sentyabrda
O‗zbekiston
Respublikasi
―Sog‗liqni
saqlash
muassasalarini moliyalashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish
to‗g‗risida‖gi 217-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan BTSYO qishloq
muassasalarini Qoraqalpog‗iston Respublikasi va Xorazm viloyatida – 2005-yil 1-
oktyabrdan boshlab, Andijon, Buxoro, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida –
2006-yil 1-yanvardan boshlab, Jizzax,
Kashkadaryo, Samarqand va Toshkent
viloyatlarida – 2007-yil 1-yanvardan boshlab bir kishi hisobiga xarajatlar
normatividan kelib chiqib moliyalashtirish sharoitlariga bosqichma-bosqich
o‗tkazish nazarda tutildi.
Shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda
―Ayollar va bolalar sog‗ligini mustahkamlash" loyihasi bo‗yicha O‗zbekiston
Respublikasi bilan OTB o‗rtasidagi qarz bitimiga muvofiq, tuman (shahar)
sog‗liqni saqlash turg‗un muassasalarini
bir to„liq davolangan holat
hisobidan
kelib chiqib moliyalashtirishga o‗tkazishga doir takliflar
ishlab chiqildi va bu
takliflar doirasida turg‗un davolash muassasalarining xarajatlarini rejalashtirishda
muassasaning koykalar soni, shtatlar soni kabi ko‗rsatkichlari asosida
rejalashtirishdek eski usullaridan har bir to‗liq davolangan holat bo‗yicha
rejalashtirish va moliyalashtirish tartiblariga o‗tildi.
Bugungi kunda davlat byudjetining sog‗liqni saqlash xarajatlari amaldagi
byudjet tasnifining ―Sog‗liqni saqlash‖ bo‗limi bo‗yicha muassasalar va
tadbirlarning quyidagi guruhlariga ko‗ra rejalashtiriladi va moliyalashtiriladi
1
:
Do'stlaringiz bilan baham: