Inflyatsiya - bu yalpi tovar va hizmatlaming narxini ko‘payishidir. Inflyatsiya makroiqtisodiy beqarorlikni eng murakkab aspekti bo‘hb uni tartibga solish iqtisodiy muammo hisoblanadi.
Inflyatsiya (lotincha inflatio - shishish, bo‘rtish, taranglashish) ~ ma’lum davr mobaynida mamlakatda baholar o‘rtacha (umumiy) darajasining barqaror o‘sishi, pulnmg xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi. Inflyatsiya bozor iqtisodiyotining asosiy izdan chiqamvchi omillari jumlasiga kiradi, uning sur’ati qanchalik yuqori bo‘lsa, iqtisodiyotga xavfli ta’siri shunchalik katta bo‘ladi. Ayniqsa bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga o‘tayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaning iqtisodiyotga ta’siri ancha xavfli. Chunki, bu davr narxlaming erkinlashuvi va shunga muvofiq ulaming umumiy darajasi keskin oshib ketishi bilan bog‘liq.
Ammo inflyatsiya davrida barcha tovarlammg baholari ham oshavermaydi: ayrimlariniki harqaror bo‘lib tursa, ba’zilariniki esa tushishi mumkin.
“Inflyatsiya” atamasi Ilk bor Shimolly Amerikada 1861-1865- yillardagi Fuqarolar urushi davrida qo‘llanlldi. Inflyatsiyaning atamasi muomaladagi qog‘oz pul massasining tovarlaming real takhflga nisbatan haddan ziyod ko‘payib ketishi holatini izohlagan. Ammo inflyatsiyaning bunday tavsifi mukammal emas va uning sabablarini ochib bermaydi. Umuman olganda inflyatsiya pul muomalasi qonunlarining buzilishi shakli sifatida makroiqtisodiy muvozanatning buzilishini, talab va takiif nomutanosibligini anglatadi.
Keynschiar maktabi namoyandalari bunday nomutanosiblikning sababi to‘liq bandlik sharoitida talabning haddan ziyod bo‘lisKida deb bilishadi. Shu sababli ular ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi past bo‘lsa byudjet taqchilligi va qo‘shimcha pul chiqarish yo‘li bilan xarid qobiliyatini, boshqacha aytganda yalpi talabni ko‘paytirish inflyatsiyaga olib kelmaydi deb hisoblashishadi.
Neoklassik yondashuv tarafdorlari inflyatsiyaning manbai ishlab chiqarishning haddan ziyod o‘sishida, ishlab chiqarish xarajatlarining ko‘payishida deb bilishadi. Demak keynschilar inflyatsiyaga talab tomonidan, neoklassiklar esa taklif tomonidan yondashishadi.
Agar iqtisodiyotda tovarlar va hizmatlar massasi yalpi talabga nisbatan sekinroq o‘ssa, yoki yalpi talab ko‘paygani holda o‘zgarmasdan torsa, bu nomutanosiblik baholar darajasining ko‘tarilishi orqali bartaraf etiladi. Oqibatda pul birligining xarid qobiliyati pasayadi va milliy iqtisodiyotning qo‘shimcha pul massasiga ehtiyoji paydo boMadi.
Inflyatsiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi, balki butun takror ishlab chiqarish mexanizmining kasali, makroiqtisodiy buzilishlar natijasidir. Baholaming o‘sishi, pul birligi xarid qobiliyatining pasayishidan tashqari inflyatsiya namoyon boMishining quyidagi uch belgisi ham bor. Bular: valyuta kurslarining o‘zgarishi;
kredit berish shartlarining qimmatlashuv va muddatlarining qisqarishi tomon o‘zgarishi;
kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste’mol savati bahosining o‘sishi.
Inflyatsiya baho indekslari - deflyator va iste’mol narxlar indeksi yordamida aniqlanadi.
Baholar o‘rtacha (umumiy) darajasining nisbiy o‘zgarishi inflyatsiya darajasi (baholarning o‘sish sur’ati) deb ataladi. Makroiqtisodiy modellarda inflyatsiya darajasi quyidagicha ifodalanishi mumkin: