Toshkent davlat iqtisodiyot unversiteti Xalqaro turizm fakulteti TU-52 guruh talabasi SHeraliyev Omadbekning Inson resurslarini boshqarish fanidan Oraliq nazorat ishi Fan o’qtuvchisi:KARIMOV.A Mavzu: Mehnat bozori, mehnot bozori strukturasi va undagi muammolar ,Q’ozoqiston misolida Reja - Mehnat bozori
- Mehnat bozori strukturasi va undagi muammolar
- Qozog’iston misolida
Mehnat bozori Mehnat bozori — ish kuchi oldi sotdi qilinadigan bozor. Mehnat bozorining ishtirokchilari ishga yollovchilar, ishga yollanuvchilar va ular oʻrtasidagi turli vositachilar hisoblanadi. Turli vositachi firmalar, tashkilotlar va agentliklar Mehnat bozorining infratuzilmasini tashkil etadi. Mehnat bozori” tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni va uni tarkibiy qismlarining sistematik tadqiqoti mazkur bozorni o‘tish davrida bajariladigan asosiy vazifalarni ham aniqlashga imkon beradi: -ishchi kuchiga talab va taklifning hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantirish; -bozor uslubida xo‘jalik yuritishning iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy mexanizmlari yordamida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solish; -mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga bevosita ta’sir ko‘rsatish; -ishsizlarni ish topishga va ularning malakasi va raqobat qobiliyatlarini oshirishga undash va raxbarlantirish; -ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirishga undash va mehnat taqsimotini takomillashtirish Mehnat bozorining samarali amal qilishi uchun, 1) ishlab chiqarish vosita-lariga ega bo‘lib, uning yordamida ishlab chiqarishni tashkil qilish yoki uni kengaytirish, 2)ishlab chiqarish vositalariga ega bo‘lmagan va ish bilan band bo‘lmagan kishilarning mavjudligi zarur. 2)Mehnat bozori strukturasi va undagi muammolar Bozorlar orasida mehnat bozori alohida o’rin tutadi. Bozor iqtisodiyotining ajralmas va muhim tarkibiy qismi — Mehnat bozoridir. Aynan mehnat bozori orqali g’oyat muhim milliy resurs bo’lgan mehnat mintaqalar, tarmoqlar, firmalar va kasblar bo’yicha taqsimlanadi. Shu bozorda uning bahosi ham belgilanadi. Mazkur bozorning asosiy unsurlari, 1 bu talab 2 taklif, 3 ishchi kuchi qiymati va uning bahosi 4 raqobat hisoblanadi.
Mehnat bozori turli xil vazifalarni bajaradi
U mehnat munosabatlari suby ektining iqtisodiy manfaatlarini kelishish vositasi, ijtimoiy takror ishlab chiqarish muvofiqligini shakllantirish va o’zgarish mexanizmining organik qismi bo’libhisoblanadi
O’zbekiston hududini iqtisodiy rayonlarga ajratish bo’yicha yagona yondashuv mavjud emas. Ayrim iqtisodchi-olimlar fikricha, respublikani 6 ta iqtisodiy rayonga ajratish maqsadga muvofiq:
1. Toshkent (Toshkent shahri va Toshkent viloyati);
2. Farg’ona (Farg’ona, Andijon va Namangan viloyatlari);
3. Zarafshon (Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlari);
4. Mirzacho’l (Sirdaryo va Jizzax viloyatlari);
5. Janubiy (Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari);
6. Quyi Amudaryo (Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyati).
O’zbekistonda iqtisodiy rayonlashtirishning quyidagi tasnifi ko’proq qo’llanilmoqda:
1. Toshkent iqtisodiy rayoni;
2. Jizzax-Sirdaryo iqtisodiy rayoni;
3. Farg’ona iqtisodiy rayoni;
4. Samarqand-Qashqadaryo iqtisodiy rayoni;
5. Buxoro-Navoiy iqtisodiy rayoni;
6. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni;
7. Surxondaryo iqtisodiy rayoni.
3)Qozog’iston misolida
Qozog'istonda mehnat bozori ichki va tashqi omillar ta'sirida shakllanadi, bu uning rivojlanishiga sezilarli darajada to'sqinlik qiladi, zamonaviy jahon tendentsiyalari bilan nomutanosiblikni saqlaydi. Masalan, ishsiz fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish sohasida hal etilmagan muammolar ko‘p
Pandemiya davrida kuzatilgan vaziyat shundan dalolat beradiki, aprel oyida ICRIAP matbuot xizmati ma'lumotlariga ko'ra, ishsizlik nafaqasini olish uchun 2,5 milliondan ortiq ariza topshirilgan.
2020 yilda esa dunyo faqat turg'unlikda qolib ketdi.
Bu davr Qozogʻiston mehnat bozori uchun ogʻir kechdi, koʻplab korxonalar oʻz faoliyatini toʻxtatib qoʻydi, baʼzilari esa blokirovkadan qutula olmadi. Sanoat ishlab chiqarishi, qurilish va xizmat ko‘rsatish sohasi holatini tavsiflovchi ishbilarmonlik faolligi indeksi 2020-yilning ikkinchi choragi boshida 2017-yil aprelidan buyon rekord darajadagi 37,2 punktga tushdi.
Qozog'iston mehnat bozorining tuzilishi biroz nomutanosibdir. Ish bilan band aholi soni 3,5 million kishi boʻlib, ulardan 31 foizi taʼlimda, 19 foizi sanoatda, 13 foizi sogʻliqni saqlashda, 12 foizi davlat boshqaruvida, 7 foizi transportda, 6 foizi savdoda, 5 foizi qurilishda, 3 foizi mehnat qiladi. moliyada %. Ya’ni, aholining 75 foizi ta’lim, sanoat, sog‘liqni saqlash va davlat boshqaruvida band bo‘lib, bu iqtisodiyot tarkibiga to‘g‘ri kelmaydi
Hozirda mehnat bozorida faol ish qidirayotganlarning qariyb 56 foizi oliy ma'lumotga ega. Biroq, Atameken NCE ma'lumotlariga ko'ra, ish beruvchilar oliy ta'lim sifatidan atigi 32% qoniqish hosil qiladi.
Bundan tashqari, IT-talantlarni rivojlantirish uchun BCPD negizida QWANT innovatsion dasturlash maktabi ishga tushirildi. Hozirda maktabda 400 dan ortiq kishi IT-xizmatlar bozorining raqobatbardosh sohalarida: mijoz va server dasturlari, bulutli hisoblashlar, blokcheyn, operatsion tizimlar, maʼlumotlar bazalari boʻyicha oʻqitiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |