Toshkent moliya instituti mikroiqtisodiy



Download 1,19 Mb.
bet40/237
Sana08.01.2022
Hajmi1,19 Mb.
#332446
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   237
Bog'liq
E I Ergashev Mikroiqtisodiyot Makroiqtisodiyot Darslik 2019 1

(a) Narkotikni taqiqlash



kamayada

1. Narkotikka qars&i o'qitish narkotikka talabni kamaytiradi



kamayadi



Narkotikni taqiqlash takiif hajmini St dan S2 ga kamaytiradi (a). Agar narkotikka bo'lgan talab noelastik bo'lsa, narkotikdan foydalanish kamayishiga qaramasdan unga toianadigan to‘lov hajmi ortadi. Aksincha, narkotikka qarshi o'qitish narkotikka bolgan talabni Dj dan E>2 ga kamaytiradi (b). Biroq bunda narx va miqdor ham kamayib, undan foydalanuvchilar tomonidan to‘lanadigan to‘iovlami kamaytiradi

Narkotikdan itoqonuniy

ftwdabinbhm

kama>tii i*h«a qaratilgan

(b) Narkotikka qarshi o‘qitisb


Agar talab elastik bo‘lmasa, giyohvand moddalar bozoridagi umumiy daromad ko‘tariladi. Chunki giyohvand moddalardan foydalanishga nisbatan narx ancha ko‘tarilgan bo‘ladi. Bu esa giyohvandlar to‘laydigan umumiy pul miqdorini oshiradi. Giyohvandlar o‘zlarining ehtiyojini qondirish maqsadida o‘g‘irlik qilishga ham to‘g‘ri keladi, ularga avvalgidan ham ko‘proq pul zarur bo‘ladi. Demak, giyohvand moddalami to‘xtatish siyosati unga doir jmoyatlar sonini oshiradi.

Bu siyosatning salbiy ta’siri sababli bir necha mutaxassislar muqobil yechimmi topishga bahslashmoqdalar. Giyohvand moddalar taklifmi qisqartirgandan ko‘ra, siyosatchilari giyohvand moddalar haqida ta’lim berish orqali ularga bo‘lgan talabni qisqartirishga harakat

qilishlari mumkin. Muvaffaqiyatli ta’limning ta’siri 9-rasmda ko‘rsatilgan.

Talab egri chizig‘i chapga D, dan D2 ga surilgan. Natijada muvozanat miqdori Qi dan Q2 ga va muvozanat narx esa P, dan P2 ga tushgan. Umumiy daromad ham pasaygan. Shunday qilib, giyohvand moddalar kirishini to‘xtatishdan farqli o‘laroq, ta’lim ham ulardan foydalanishni, ham ularga doir jinoyatlar sonini kamaytirishni ta’minlaydi.

Giyohvand moddalami to‘xtatish tarafdorlari siyosatning uzoq muddatii ta’siri qisqa muddatliligidan ko‘ra farqli deb hisoblaydi, chunki talab elastikligi vaqtga bog‘liq. Talab qisqa muddatda elastik boimasligi mumkin, chunki og‘uga o‘rganib qolganlarga narxning ko‘tarilishi ta’sir etmaydi. Lekin vaqt o'tgan sari talab elastik bo‘lib boraveradi, chunki yuqori narx yoshlar orasida hu moddalami sinab ko‘rishdan qaytaradi va vaqt o‘tgan sayin faqatgma sanoqli giyohvandlar qoladi. Bunday holatda, giyohvand moddalami to‘xtatish siyosati qisqa muddatda ularga doir jinoyatlar sonini oshiradi, uzoq muddatda esa kamaytiradi.

Nazorat savollari



  1. Talabning narx elastikligi va daromadlar elastikligiga ta’rif bering.

  2. Bo‘limda muhokama qilingan talabning narx elastikligini 4 omilini ro‘yxatini tuzing va tushuntirib bering.

  3. Elastiklikni hisoblashdagi o‘rta metodining afzalligi nimada?

  4. Agar elastiklik 1 dan yuqori bo‘lsa, talab elastikmi yoki yo‘qmi? Agar elastiklik 0 ga teng bo‘lsa, talab butunlay elastikmi yoki yo‘qmi?

  5. Talab-taklif diagrammasida muvozanat narx, muvozanat miqdor va ishlab chiqaruvchilaming umumiy daromadini ko‘rsating.

  6. Agar talab elastik bo‘lsa, narxning oshishi umumiy daromadning qanday o‘zgarishiga olib keladi? Tushuntiring.

  7. Daromad elastikligi 0 dan kichik bo‘lgan tovami nima deb ataymiz?

  8. Taklifning narx elastikligi qanday hisoblanadi? Nimalar hisoblanishini tushuntiring.

  9. Pikasso asarlari taklifining narx elastikligi qanday?

  10. Taklifning narx elastikligi qisqa muddatda yoki uzoq muddatda har doim yuqorimi? Nega?

  11. Qanday qilib elastiklik giyohvand moddalami to‘xtatish ulaming taklifmi kamaytirishini, lekin ularga doir jinoyatlami ko‘paytirishini tushuntirib bering?

  • BOB. NARX USTIDAN NAZORAT VA BOZOR FAOLIYATI

  1. Maksimal va minimal narxlar

Bozor muvozanatini ta’minlashda iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligidan foydalanish orqali, ya’ni narxlami davlat tomonidan nazorat qilish maqsadida maksimal va minimal narxlami belgilashni ko‘zda tutadi.

Davlat bozordagi narxlami nazorat qilish orqali bozor mexanizmmi tartibga solishga harakat qiladi. Bunda davlat ikkita maqsadni ko‘zlaydi: ishlab chiqamvchilami qo‘llab-quvvatlash yoki iste’molchilami qo‘llab- quvvatlash. Iste’molchilami narx tomondan qo‘llah-quwatlashda davlat qonuniy asosda ba’zi tovarlarga muvozanat darajasidan pastroq narxlami qayd etgan holda eng yuqori narxni o‘matadi. Bunda sotuvchilar ushbu qayd etilgan narxdan yuqori narxda sotishlari taqiqlanganligi e’lon qilinadi. Narx muvozanat narxidan past o‘matilganda, bozorda tovar taqchilligi yuzaga keladi. Erkin bozor sharoitida bu taqchillik tezda yo‘qoladi, biroq narxlar qayd etilgan sharoitda, bozor mexanizmi ishlamaydi va bozorda barqaror taqchillik paydo bo‘ladi. Bu narx chegarasining ijobiy tomoni, muvozanat narxida xarid qila olmagan iste’molchilarda bu tovarlami sotib olish imkoniyatining tug‘ilishidir. Biroq, uning salbiy tomonlari ko‘proq: -ushbu tovami ishlab chiqarish hajmining qisqarishi;

-ehtiyojlaming kamroq qismi qondirilishi;

-bozorda taqchil tovarlarga navbatning ortib ketishi, hattoki bu navbatda turganlarga ham u yetmasligi mumkin;

-“qora bozor”ning paydo bo'lishi va boshqalar.

Davlat ba’zida ishlab chiqamvchilami qo‘llab-quvvatlash maqsadida narxlaming quyi chegarasini qonuniy ravishda o‘matadi. Agar bu chegara muvozanatli narxdan yuqori bo‘lsa, bozorda barqaror

tovar ortiqchaligi paydo bo‘ladi. Demak, davlatning bozor mexanizmiga muvozanat narxidan yuqori darajadagi narxlami o‘matish yo‘Ii bilan aralashuvi ham yo‘qotishlarga olib keladi va oqibatda u ham samarasiz hisoblanadi.

Davlat bozor mexanizmini tartibga solishda soliqlar va dotatsiyalami ham qo‘llaydi. Bu aralashuv ham bozor mexanizmini amal qilishini samaradorligi pasayishiga va sof yo‘qotishlar paydo bo‘lishiga olib keladi.

Ba’zi vaqtlarda bozor narxi davlat tomonidan o‘matiladi. Agar o‘matilgan narx r muvozanat narxidan Rc kichik bo‘lsa P< /' (/; - muvozanat narx) va narxni undan yuqori belgilasb taqiqlansa, bunday narxlar maksimal narxlar, aksincha o‘matilgan narx p muvozanat narxidan Rc katta ho‘Isa, P> P(Re- muvozanat narx) va narxni undan pastroq belgilash taqiqlansa bunday narxlar minimal narxlar deb yuritiladi.

M
5.1-rasm. Narx maksimal bo‘lganda mahsulot tanqisligi.
aksimal narx ba’zi bir mahsulotlarga aholini ushbu mahsulot bilan ma’lum darajada ta’minlash maqsadida, minimal narx esa mahsulot ishlab chiqaruvchilami himoya qilish uchun davlat tomonidan o‘matiladi.






Talab va takiif nazariyasiga ko‘ra, maksimal narxning o‘matilishi mahsulot tanqisligiga olib keladi.

Maksimal narx o‘matilganda bir qator ishlab chiqaruvchilar (xarajatlarini maksimal narxda qoplay olmagani uchun) bozordan siqib chiqariladi va ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot hajmi Q
c
dan q gacha kamayadi. Tovami sotib olishni davom ettirayotgan iste’molchilar tovami past narxda sotib oladilar va ulaming iste’mol ortiqchaligi oshadi.

Minimal narxning o‘matilishi, ortiqcha mahsulotning vujudga kelishiga olib keladi yoki mahsulotlar sotilmasdan omborlarda to‘planib qolishiga olib keladi. Bu vaziyat 18-rasmda keltirilgan, ortiqcha mahsulot hajmi o'
:
-
q"ga teng. Agar davlat mahsulotni minimal narxdan past narxda sotishga mxsat bermasa, bu yerda ham norasmiy bozor vujudga keladi.







  1. rasm. Narx minimal ho‘lganda mahsulot otiqchaligi.

Grafikdagi e nuqta ortiqcha mahsulotni norasmiy ravishda muvozanat narxdan past narxda (/. narxda) sotilishi mumkin bo‘lgan vaziyatni ko‘rsatadi.

Shunday qilib, talab va takiif modeli orqali bozor narxlarini o'zgartirishning oqibatlarini chuqur tahlil qilish mumkin.

Faraz qilaylik, tovarga davlat tomonidan maksimal narx p* o‘matildi deylik, ya’ni p'
c(p? muvozanatli narx).

Ushbu oshgan ortiqchahk grafikda qo‘sh shtrixlangan A to‘rtburchak yuzi bilan ifodalangan. Lekin bir qator iste’molchilar tovar hajmi qisqargani uchun uni sotib ololmaydilar. Ulaming iste’mol ortiqchaligining qisqarganligi shtrixlangan V uchburchak yuziga teng. Demak, iste’molchi ortiqchaligining sof o‘zgarishini quyidagicha aniqlash mumkin:

Лист. = A- B, (1)

bu yerda, Диет - iste’molchi ortiqchaligining sof o‘zgarishi.

Rasmdan ko‘rinib turibdiki, a> в bo‘lgani uchun sof iste’molchi ortiqchaligi musbat Дист >о.

Endi ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini qaraymiz. Bozorda qolib ishlab chiqarishni davom ettirayotgan ishlab chiqaruvchilar bozor narxidan past narxda Q hajmda mahsulot ishlab chiqaradi. Ishlab chiqaruvchilar grafikda ko‘rsatilgan A to‘rtburchak yuziga teng boMgan iste’molchi ortiqchaligini yo‘qotadilar. Bozordan siqib chiqarilgan ishlab chiqaruvchilar tomonidan yo‘qotilgan ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi esa S uchburchak yuzi bilan ifodalangan.







  1. rasm. Narx davlat tomonidan nazorat qilinganda iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining grafikdagi tasviri

Demak, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining umumiy o‘zgarishi teng:

i\vd4 = -A-C, (2)



bu yerda, Ai/ch - ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining sof o‘zgarishi.

Maksimal narx o‘matilganda asosiy yo‘qotishlar ishlab chiqaruvchllar zimmasiga to‘g‘ri keladi.

  1. Narxning bozor faoliyatiga ta’siri

Narxning bozor daromadiga qanday ta’siri borligini ko‘rib chiqish uchun muzqaymoq bozorini tahtll qilamiz. Agar muzqaymoq erkin raqobatbardosh bozorda sotilsa, muzqaymoqning narxi talab va taklif muvozanatiga ta’sir ko‘rsatadi. Muvozanatli narxda xaridorlar sotib olishni xohlayotgan muzqaymoqning miqdori sotuvchilar sotishni xohlayotgan miqdorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri teng bo‘ladi. Aniqroq qilib aytsak, har bir muzqaymoq uchun narx 3$ga teng bo‘lsin.

Barcha ham ushbu erkin bozor vaziyatidan quvonmaydi. Misol uchun har kuni bir dona muzqaymoq iste’mol qilish uchun 3$ katta narx ekanligidan noliyotgan iste’molchilar, shu bilan bir qatorda 3$ raqobatli bozorda eng minimum narx bo‘lib, bu ularga juda ham kam foyda keltirayotganidan noliydigan muzqaymoq ishlab chiqaruvchilar bo‘ladilar. Ulaming har ikkalasi ham hukumatga bu borada kerakli qaromi berishi uchun qonun ishlab chiqarishni talab etib murojaat etadi.

Albatta xaridorlar har doim barcha mahsulot uchun eng kam haqini to‘lashni xohlasalar, sotuvchilar esa buning uchun eng yuqori haqni olishni xohlaydilar. Bu ikki guruhning xohishlari bir-biriga qarama- qarshi. Agar muzqaymoq iste’molchilari o‘zlarining talablarida mustahkam tursalar, hukumat ular uchun muzqaymoqning sotilishida narxning eng maksimal chegarasini belgilab berishi mumkin. Narxni ko‘rsatilgan chegaradan oshirish mumkin emas. Qonuniylashtirilgan maksimal narx esa maksimal narx deb nomlanadi. Bunga qarshi ravishda muzqaymoq ishlab chiqaruvchilar harakatchan bo‘lsa, hukumat narxga nisbatan minimum narxni belgilab beradi va narx ushbu chegaradan tushib ketishi mumkm emas. Qonuniylashtirilgan minimal narx esa minimal narx deb nomlanadi.

Agar hukumat muzqaymoq iste’molchilami narxdan noroziligi ta’siri bilan muzqaymoq uchun eng yuqori narxni belgilab bersa, ikki xil natija kelib chiqishi mumkin. Birinchi rasmda, hukumat har bir muzqaymoq uchun 4$ belgilaydi. Bu vaziyatda talab va taklifni muvozanatda ushlab turuvchi narx chegaradan pastda bo‘lgani uchun narx yo ‘q bolib ketmayapti. Bozor tabiiy ravishda iqtisodiyotni muvozanatga olib borib qo‘yadi va narxning yuqori darajasi sotilgan mahsulot miqdoriga yoki uning narxiga ta’sir etmaydi.

1



Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish