Toshkent moliya instituti mikroiqtisodiy


(1-jadval) O‘zbekiston Respublikasida Majburiy rezervlar me’yorlari



Download 1,19 Mb.
bet217/237
Sana08.01.2022
Hajmi1,19 Mb.
#332446
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   237
Bog'liq
E I Ergashev Mikroiqtisodiyot Makroiqtisodiyot Darslik 2019 1

(1-jadval)

O‘zbekiston Respublikasida Majburiy rezervlar me’yorlari

Majburiyat turi

Muddati

Majburiy rezerv normativlari

(2018-yil I-iy undan boshlab kuchga kiradi)

Yuridik shaxslammg milliy valyutadagi depozitlari

2 yildan ortiq

0%

1 yildan 2 yilgacha

7%

boshqa

majburiyatlar

14%

Yuridik shaxslammg chet el valyutadagi

depozitlari

2 yildan ortiq

0%

1 yildan 2 yilgacha

8%

boshqa

majburiyatlar

16%

Jismoniy shaxslammg milliy valyutadagi depozitlari

2 yildan ortiq

0%

1 yildan 2 yilgacha

2%

boshqa

majburiyatlar

4%

Jismoniy shaxslaming chet el valyutadagi depozitlari

2 yildan ortiq

0%

1 yildan 2 yilgacha

3%

boshqa

majburiyatlar

6%


Keyingi yillardagi bunday pasayish pul multiplikator miqdorining kattalashishiga va albatta iqtisodiyotda pul taklifining ko‘payishiga olib keladi. Tijorat banklari ortiqcha rezervlarining ko‘payishi ulaming aktiv operatsiyalarini ko‘paytiradi va bu iqtisodiyotning real sektori rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Pul kredit siyosati vositalari alhatta alohida-alohida ishlatilishi shart emas. Aksincha ko‘pincha bir necha vosita birdaniga qo‘llanilishi, ya’ni kompleks siyosat o‘tkazish amaliyotda tez-tez uchrab turadi.

Xo‘sh, pul-kredit siyosatining oqibatlari qanday? Davlat tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit siyosati YalM, bandlik va baholar darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Faraz qilaylik, iqtisodiyotda ishlab chiqarish qisqarmoqda va ishsizlar soni ortib bormoqda. Bunday sharoitda davlat Markaziy bank orqali pul taklifini biz yuqorida ko‘rib chiqqan vositalar yordamida oshirishga harakat qiladi. Natijada pul taklifi o‘sadi, foiz stavkasi esa kamayadi. Bu esa investitsiyalarga bo‘lgan talabni oshiradi va o‘z navbatida, YalM miqdorining ko‘payishiga olib keladi. Bu bilan davlat ma’lum davrda o‘z maqsadiga erishadi, ishlab chiqarishning orqaga ketishi to‘xtaydi, ishsizlar soni kamayadi, jamiyatning daromadlari esa oshadi.

Pul-kredit siyosatining oqibati to‘g‘risida gapirganda, bu siyosatning qisqa muddatii va uzoq muddatii oqibatlarini farqlash kerak. Agarda qisqa muddatii davrda davlat pul taklifirri oshirilishi natijasida YalM miqdori o‘sishini rag‘batlantirilgan hamda ma’lum darajada samaradorlikka erishilgan bo‘lsa, uzoq muddatii davrda bu choralaming samaradorligi pasayishi mumkin.

  1. Ochiq bozordagi operatsiyalar va hisoh stavkasi

Ochiq bozordagi operatsiyalar - Markaziy bank tomonidan davlat obligatsiyalarini (qimmatli qog‘ozlami) tijorat banklari va aholidan sotib olish va ularga sotish bo‘yicha operatsiyalardir. Markaziy bank tijorat banklaridan yoki aholidan bu qimmatli qog‘ozlami sotib olar ekan, tijorat banklari zaxiralarini sotib olingan obligatsiyalar miqdori hajmida ko‘paytiradi. Bu zaxiralar pul bazasiga kiradi, ya’ni yuqori quvvatli

pullar boiganligi uchun pul taklifi multiplikativ ko‘payadi. Markaziy bank tijorat banklari va aholiga obligitsiyalami sotish bilan zaxiralami hamda tijorat banklarining kredit berish qobiliyatini kengaytiradi. Bu holda pul taklifi qisqaradi.

Hozirda hamma mamlakatlarda pul miqdorini tartibga solishda ochiq bozordagi operatsiyalami, ya’ni davlat qimmatli qog‘ozlarini takiif qilish usulidan keng foydalanilmoqda. Ushbu operatsiyalami Markaziy bank asosan nufuzi katta banklar guruhi bilan birgalikda amalga oshiradi.

Pul bozorida muomalada pul miqdori ortiqchaligi mavjud deb faraz qilamiz. Tabiiyki, Markaziy bank ortiqcha pul massasini kamaytirishga harakat qiladi. Buning uchun, o‘zida mavjud boigan o‘zinmg qimmatli qog‘ozlarini u ochiq bozorda afioli va banklarga takiif etadi, ular esa uni xarid qila boshlaydilar. Davlat qimmatli qog‘ozlarini (sotish yoki xarid qilish yoii bilan) taklifi oshib borgan sari, unga boigan baho pasayadi, o‘z navbatida, unga boigan foiz (ya’ni, qimmatli qog‘ozlami sotib olganlarga foiz shaklida to'lanadigan haq) oshadi, bu esa unga boigan talabni oshiradi. Banklar va aholi qimmatli qog‘ozlami ko‘proq xarid qila boshlaydi, pirovard natijada banklaming zaxiralari qisqaradi, o‘z navbatida, bu hoi pul taklifming bank multiplikatoriga teng nisbatda qisqarishiga, shuningdek, bank zaxirasi va pul taklifming ortishiga olib keladi. 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki ham pul kredit siyosatini yuritishda bu vositaning rolini keskin oshirishni maqsad qilib olgan.

Pul - kredit siyosatini amalga oshirishning muhim vositalardan biri

  • bu, hisob stavkasi siyosatidir. Hisob stavkasi yoki qayta moliyalash stavkasi deb Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan ssudaning foiz stavkasi tushuniladi. Bu ssudalami tijorat banklari ayrim ko‘zda tutilmagan zarurat tugilganda va moliyaviy ahvoli mustahkam boigan hollardagina oladilar. Hisob stavkasining pasayishi bilan tijorat banklarida Markaziy bankdan qo‘shimcha zaxiralami olish imkoniyatlari kengayadi. 0‘z navbatida, bu tijorat banklarining zaxiralardan yangi kreditlar berish bilan pul taklifini ko‘paytiradi. Yana shunday hollar mavjudki, Markaziy bank hisob stavkasini ko‘tara borib, tijorat banklari tomonidan qo‘shimcha zaxiralami olish yo‘lidagi to‘siqlami biroz ko‘targanday bo‘ladi va kreditlar berish bo‘yicha ulaming faoliyatini pasaytiradi, shu yo‘l bilan pul taklifmi cheklaydi. Agar ushbu stavka past bo‘lsa, unda tijorat banklari ko‘proq kredit olishga harakat qiladilar. Natijada banklaming ortiqcha zaxiralari ortib boradi va muomaladagi pul massasi miqdorining oshib borishiga olib keladi. Agarda hisob stavkasi miqdori yuqori bo‘lsa, unda banklar kamroq kredit olishga, olganlarini esa qaytarib berishga harakat qiladilar, pirovard natijada ortiqcha bank zaxiralari qisqaradi, muomaladagi pul miqdori kamayadi.

2018-yil 25-sentyabrdan boshlab qayta moliyalash stavkasi 16 % etib belgilandi.


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish