Toshkent moliya instituti mikroiqtisodiy



Download 1,19 Mb.
bet216/237
Sana08.01.2022
Hajmi1,19 Mb.
#332446
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   237
Bog'liq
E I Ergashev Mikroiqtisodiyot Makroiqtisodiyot Darslik 2019 1

boshqa omillar

Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi eng muhim omillardan biri bo‘lib kutilayotgan sof foyda normasi hisoblanadi. Agar real foiz stavkasi bilan investitsiya xarajatlari miqdori o‘rtasida teskari bog‘liqlik bo‘lsa, kutilayotgan sof foyda normasi (KSFN) dinamikasi bilan investitsiya xarajatlari o‘rtasida to‘g‘ri bog‘liqlik bor.

Agarda kutilayotgan foyda me’yori foiz stavkasidan yuqori bo‘lsa, investitsiyalash foydali va aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan foyda miqdoridan yuqori bo‘lsa, investitsiyalash foydali bo‘1 may qoladi.

Misol uchun, zavodga 100000 so‘mlik yangi stanok sotib olindi. Yangi stanokni qoMlashdan zavod 10.000 so‘m sof foyda olgan bo‘lsin. Kutilayotgan sof foyda normasi quyidagicha aniqlanadi:

KSFN = 10000 / 100000 x 100 = 10%.

Investitsiya xarajatlari foyda keltirishini aniqlashda nominal foiz stavkasi emas, balki real foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavka narxlar darajasining o‘zgarishmi aks ettirib, nominal stavkadan inflyatsiya darajasi ayirmasi ko‘rinishida aniqlanadi. Masalan, nominal foiz stavkasi 16% ga teng bo‘lsa, inflyatsiya darajasi yiliga 12% ni tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4 foizini (16%-12%) tashkil etadi.

Investitsiya xarajatlari dinamikasiga ta’sir etuvchi boshqa quyidagi omillar ham kiradi:

  1. Soliqqa tortish darajasi;

  2. Ishlab chiqarish texnologiyalaridagi o‘zgarishlar;

  3. Mavjud bo‘lgan asosiy kapital miqdori;

  4. Investorlaming kutishi;

  5. Yalpi daromadlaming o‘zgarishi.

Soliqqa tortish darajasining pasayishi hamda yangi texnologiyalaming paydo bo‘lishi kutilayotgan sof foyda normasming (real foiz stavkasi o‘zgarmagan sharoitda ham) ko‘payishga olib keladi. Bu esa investitsiya xarajatlarining ortishiga turtki beradi.

YalM hajmi oshishi korxonalar foydasining ko‘payishiga olib keladi. Korxona foydasi investitsiyalaming manbai ekanligini hisobga olsak, bu holatda investitsiya xarajatlari oshadi. YalM hajmi pasayib ketganda esa, ya’ni iqtisodiy faollik pasayishi sharoitida bo‘sh turgan quwatlar mavjudligi tufayli, investitsiya xarajatlari pasayib ketadi. Ammo YalMning davriy tebranishlari, innovatsiyalami doim ham bir tekisda bo‘lmasligi, uskunalami uzoq muddat hizmat qilishi, iqtisodiy kutishdagi xavflar tufayli investitsiyalar hajmi barqaror bo‘lmaydi.

0‘zhekiston Respublikasida olib borilgan oqilona makroiqtisodiy siyosat natijasida yuzaga kelgan qulay investitsiya muhiti yaxshilandi, jumladan siyosiy va iqtisodiy barqarorliknmg ta’minlanganligi, soliq yukining pasaytirila borishi, bozor infratuzilmasining rivojlantirilishi, bank tizimining mustahkamlanishi va bank foiz stavkalarining

pasaytiriiishi, investorlarga keng imtiyoz va kafolatlar tizimining yaratilganligi mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmining o‘sishiga olib keldi.

  1. Asosiy fondlarga investitsiyalar

Investitsiya xarajatlarining eng katta qismi, ya’ni deyarli to‘rtdan uch qismi, asosiy fondlarga investitsiyalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu sarmoyalar shuni anglatadiki, investitsion tovarlar kelajakdagi ishlah chiqarish maqsadida firmalar tomonidan sotib olinadi. Bu xarajat, qisqa vaqt ichida ishlatilib yoki sotilib ketadigan zaxiralarga investitsiyalardan farqli o‘laroq, uzoq muddat foydalanadigan asosiy kapital uchun bo‘ladi. Asosiy fondlarga investitsiyalar ofis jihozlaridan tortib zavodgacha, kompyuterdan tortib kompaniya mashinasigacha barcha narsani o‘z ichiga oladi.

Asosiy fondlarga investitsiyalaming andozaviy modeli investitsiyalammg neoklassik modeli nomini olgan. Neoklassik modelda investitsion tovarlarga ega bo‘Igan firmalaming foyda va xarajatlari ko‘rib chiqiladi. Modelda investitsiyalar darajasi kapital zaxiralari bilan birgalikda kapitalning chekli mahsuli, foiz stavkasi hamda firmalarga nisbatan qoMlaniladigan soliqqa tortish qoidalariga qanday bog‘liqligi ko‘rsatiladi.

Modelni shakllantirish uchun iqtisodiyotda firmalaming ikki turi mavjud deb faraz qilamiz. Ishlab chiqaruvchi firmalar ijaraga olingan kapitaldan foydalanib tovar va hizmatlar ishlab chiqaradilar. Kapitalni ijaraga beruvchi firmalar iqtisodiyotda barcha investitsiyalami amalga oshiradilar, ular ishlab chiqarish fondlarini sotib oladilar va ulami ishlab chiqaruvchi firmalarga ijaraga beradilar. Hayotdagi iqtisodiyotda ko‘plab firmalar ikkala funksiyani ham bajaradilar, ya’ni ular tovarlar va hizmatlami ishlab chiqaradilar hamda kelgusi ishlab chiqarishga kapitalni investitsiya qiladilar. Bizning tahlilimiz nuqtayi nazaridan faoliyatning bu ikki turini ular bilan turli xil firmalar shug‘ullanadi deb faraz qilgan holda ajratish foydalidir.

Dastawal ishlab chiqaruvchi firmalami ko‘rib chiqamiz. Odatda firma foydalanadigan kapital miqdori to‘g‘risidagi qarorini quyidagi

469

tartibda qabul qiladi: kapitalning har bir qo‘shimcha birligidan olinadigan foyda va xarajatlami solishtiradi. Firma kapitalni R stavka bo‘yicha ijaraga oladi va o‘z mahsulotini R narx bo‘yicha sotadi, ishlab chiqaruvchi firma uchun kapital birligiga haqiqatdagi xarajatlar R/R ni tashkil etadi. Kapital birligidan foydalanishning haqiqiy natijasi kapitalning chekli mahsulotidir (KChM), ya’ni kapitalning qo‘shimcha birligidan foydalanish hisobiga olinadigan qo‘shimcha ishlab chiqarilgan mahsulotdir. Firma tomonidan foydalaniladigan kapital hajmi ortishi bilan uning chekli mahsuloti pasayadi: firma qanchalik ko‘proq kapitalga ega bo‘lsa, kapitalni qo‘shib borish bilan ishlab chiqarish hajmini shunchalik kam o‘sishiga erishiladi. Oldingi boblarda xulosa qilganimizdek, firma foydasini maksimallashtirish uchun kapitalning chekli mahsuloti kapitalni ijaraga olishning haqiqiy narxi darajasigacha pasaymagunga qadar, ijaraga olinadigan kapitalni oshiradi.

Yuqorida muhokama qilingan sabablar tufayli, kapitalning chekli mahsuloti kapitalga bo‘lgan talab egri chizig‘ini aniqlaydi. Kapitalga bo‘lgan talab egri chizig‘i o‘ngdan pastga egilgan, chunki kapital hajmi qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning chekli mahsuloti shunchalik kam. Har bir vaqtda iqtisodiyotdagi kapital miqdori qayd etilgan, shuning uchun taklif egri chizig‘i vertikal chiziq hisoblanadi. Kapitalni ijarasi uchun olinadigan narx talab va taklifni muvozanatlashtirish uchun o‘zgartirib turiladi.

Rasm -1

H
Kapital taklifi

Kapitalga bo'lgan talab (KBT)

К
aqiqiy ijara narxi, R/P


Kapitaimog ijara oard

Kapitalni ijarasi uchrn olinadigan narx kapitalga bo'lgan talab (kapitalning chekli mahsulotiga teng) va

k
taklifini

asosida
apital


muvozanatlashishi

o
Kapital zaxirasi, К
‘rganiiadi.


Kapital zaxiralarini kamaytiruvchi (yer qimirlashi), bandlikni oshiruvchi (jami talabni o‘sishi) yoki texnologiyalami yaxshilovchi (ilmiy topilmalar) kapital ijarasi uchun olinadigan haqiqiy narxning muvozanatli miqdorini oshiradi.


Endi ijara firmalarini ko‘rib chiqamiz. Mashinani ijaraga beruvchi kompaniyalarga o‘xshash firmalar shunchaki kapital tovarlarini sotib oladi va ijaraga beradi. Maqsadimiz ijara firmalari tomonidan hosil qilinadigan investitsiyalami tushuntirish bo‘lgani uchun, kapitalga egalik qilishning foydasi va narxini ko‘rib chiqishdan boshlaymiz.


Kapitalga egalik qilish xarajatlari murakkabroq tuzilishga ega. Firma kapital birligini ijaraga berayotgan vaqtning har bir davri mobaynida u uch xil xarajat qiladi:


  1. Firma kapital birligini sotib olib, keyin uni ijaraga berayotganda u kapitalni sotib olish uchun sarflangan mablag‘lami bank hisobiga qo‘yib olishi mumkin bo‘lgan foiz ko‘rinishidagi daromadni yo‘qotadi. Yoki, shunga o‘xshash, firma kapitalni sotib olish uchun qarz mablag‘laridan foydalandi, unda u olingan qarz bo‘yicha foizlar toiashiga to‘g‘ri keladi. Agar Rk- kapital birligini sotib olish narxi, i - nominal foiz stavkasi ho‘lsa, unda iRk - foizlar bo‘yicha xarajatlardir. E’tibor bering, agarda ijara firmasi qarz olishiga to‘g‘ri kelmasa ham, foiz stavkasi qiymati bir xil bo‘ladi: agar ijara firmasi qo‘lda naqd pul evaziga kapital birligini sotib olsa, ushbu naqd pulni bankka omonatga qo‘yib ishlab topishi mumkin bo‘lgan foizni yo‘qotadi.

  2. Firma kapitalni ijaraga berguncha, uning narxi o‘zgarishi mumkin.

Agar kapital narxi pasaygan bo‘lsa, unda firma uning aktivlari qiymati pasayganligi tufayli zarar ko'rishi mumkin. Agar kapital narxi oshayotgan bo‘Isa, unda firma aktivlari qiymati ko‘tarilishi sababli yutadi. Bu yutuq yoki zaraming miqdori
-ARkga teng (bu yerda minus belgisi qo‘yilyapti, chunki foydani emas xarajatlami hisoblayapmiz).


  1. Kapital ijaraga berilganda, u eskiradi va qiymatini yo‘qotadi. Bu amortizatsiya deb ataladi. Agar 8-amortizatsiya me’yori, ya’ni eskirish natijasida muayyan davr davomida qiymatning yo‘qotilgan qismi bo‘lsa, unda amortizatsiya miqdorining puldagi ifodasi 5Rkbo‘ladi.

Shunday qilib, bir davr mobaynida kapital birligini ijaraga berish bo‘yicha umumiy xarajatlar quyidagini tashkil etadi:


Kapital birligiga xarajatlar = iR
k
-AR
k
+5R
k
= R
k
(i-AR
k/Rk+8)

Kapital birligiga xarajatlar kapital birligi narxiga, foiz stavkasiga, kapital narxni nisbiy o‘zgarishiga va ainortizatsiya me’yoriga bog‘liq.

Misol uchun, mashinani ijara beruvchi kompaniya kapital xarajatini ko‘rib chiqaylik. Kompaniya har bir mashinani $10000 dan oladi va boshqa firmalarga ijaraga beradi. Kompaniyaning yiliga 10% foiz stavkasi bor, shunday ekan foiz stavkasi qiymati iPK kompaniya tasarrufidagi har bir mashina uchun $1000. Mashinalar narxi yiliga 6%ga oshmoqda, shunday qilib, amortizatsiyani hisoblainaganda, firma yiliga $600 kapital foyda ДРК oladi. Mashinalaming amortizatsiyasi sababli yiliga 20% qiymatini yo‘qotadi, shunday ekan amortizatsiya 8PK sababli yo‘qotishlar yiliga $2000. Shuning uchun, kompaniyaning kapital birligiga xarajati:

Kapital birligiga xarajati = $1000-$600+$2000= $2400.

Mashinani ijara beruvchi kompaniya uchun mashinani saqlab turish qiymati yiliga $2400ga teng.

  1. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan investitsion siyosat

Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalar joriy davrda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 60 719,2 mlrd so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,1 %ni tashkil etdi. Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tahlil qilinganda, joriy davrda o‘zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalaming katta qismi jalb etilgan mablagiar hisobiga to‘g‘ri keldi — 34 057,3 mlrd so‘m yoki jami o‘zlashtirilgan investitsiyalaming 56%i, korxona va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan esa 26 673,5 mlrd so‘m yoki jami o‘zlashtirilgan investitsiyalammg 44 %i o‘zlashtirildi.

Jalb etilgan mablag‘lar tarkibida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va boshqa kafolatlanmagan xorijiy investitsiya va kreditlammg ulushi katta bo‘ldi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri va boshqa kafolatlanmagan xorijiy investitsiya va kreditlammg joriy davrda o‘zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar jami hajmida 20,4 %ni, jalb etilgan mablag‘lar hisobidan o‘zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida esa 36,4 %ni tashkil etdi.

Asosiy kapitalga investitsiyalammg markazlashganlik darajasidan kelib chiqib tahlil qiladigan bo‘lsak, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 14 975,1 mlrd so‘m yoki jami o‘zlashtirilgan mvestitsiyalaming 25%mi hamda markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 45 744, 2 mlrd so‘m yoki jami o‘zlashtirilgan investitsiyalaming 75%i o‘zlashtirildi.

Markazlashgan moliyalashtirish manbalarining eng katta qismi — 35%ini Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobiga to‘g‘ri keldi. Shunmgdek, 0‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy investitsiya va kreditiar 26%ni, Respublika byudjeti 22%ni, Davlat maqsadli jamg‘armalari 16%ni va Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi l%ni tashkil etdi.

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari asosan iqtisodiyotning tog‘-kon sanoatida amalga oshirilmoqda. Bunday investitsiya loyihalariga Sho‘rtangaz kimyo majmuasida tozalangan metan asosida smtetik suyultirilgan yoqilg‘i ishlab chiqarishini tashkil etish, gazni desulfurizatsiyalovchi 3 ta yangi blok qurilishi, Yoshlik 1 metall konini o‘zlashtirish, qurilish sohasi uchun eng asosiy qurilish materiali hisoblangan sement zavodining qurilishi, ammiak va karbamid ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqa investitsiya loyihalarini sanab o‘tish mumkin.

Qarshi-Termiz, Pop-Qo‘qon-Andijon temir yo‘l liniyalarini elektrlashtirish, 450 MVt quvvatga ega ikkita bug‘gaz qurilmasidan iborat umumiy quvvati 900 MVt bo‘lgan yangi issiqlik elektrostansiyasi qurilishi, Polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish kompleksining qurilishi, A-373 “Toshkent-0‘sh” magistralining “Qamchiq” dovoni orqali o‘tadigan 116-190 kmda joylashgan tog‘lik hududlarida 58 km uzunlikdagi avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish, yerusti raqamli uzatish tarmog‘ini rivojlantirish kabi yirik investitsiya loyihalari 0‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan amalga oshirilmoqda.

Markazlashmagan moliyalashtirish manbalarining 39%ini korxona va tashkilotlaming o‘z mablag‘lari tashkil etadi. Bu korxona va tash- kilotlaming asosiy qismi o‘z faoliyatlarini kengaytirish hamda texnik va texnologik qayta qurollantirish maqsadidagi investitsiyalarini avvalambor o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirishlari bilan bogiiq.

Shuningdek, neft va gaz qazib chiqarish uchun imkoniyati bor bar­cha hududlarda ( Ustyurt, Buxoro-Xiva, Xisor, Surhondaryo va boshqa hududlarda) qidiruv burg‘ulash ishlarining olib borilishi, gazni desul- furizatsiyalovchi 3 ta yangi blok qurilishi, Sho‘rtangaz kimyo kom- pleksi ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish, Gazli gaz konlarini kompleks ishlab chiqarishga tayyorlash va boshqa ko‘plab gaz-kimyo sanoatini rivojlantirish va kengaytirishga yo‘naltirilgan investitsiyalar ham boshqa moliyalashtirish manbalari bilan korxona va tash- kilotlammg o‘z mablag‘lari ishtirokida amalga oshirilmoqda.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar hiso­bidan o‘zlashtirilayotgan investitsiyalar hajmi tobora ortib bormoqda. Joriy davrda ushbu moliyalashtirish manbai hisobidan investitsiyalar jami markazlashmagan moliyalashtirish manbalarining 27%ini tashkil etdi. Bunda quyidagi yirik investitsiya loyihalarining ulushi katta: Kandim konlar guruhmi ishlab chiqarishga tayyorlash va gazni qayta ishlash zavodini qurish ishlari (1 bosqich), Xisor va Ustyurt investitsiya bloki hududida uglevodorod konlarida qazib chiqarishni yo‘lga qo‘yish, Qarshi tumanida tekstil kompleksini tashkil etish (2 bosqich), uyali aloqa tizimini kengaytirish, milliy uyali aloqa operatori tarmog‘mi shakllantirish va boshqa investitsiya loyihalari.

Hududlar kesimida Toshkent shahri hamon yetakchilik qilayotgan bo‘lsada, Buxoro Surxondaryo va Qasqadaryo viloyatlaridagi investitsion faollik natijasida yuqori o‘sish sur’atlari qayd etilib, mos ravishda ulaming Respublikadagi ulushi oshib hormoqda.

Buxoro viloyatida Respublikadagi eng yirik investitsiya loyihasi - Kandim konlar guruhini ishlab chiqarishga tayyorlash va gazni qayta ishlash zavodirri qurish ishlari amalga oshirilayotgan bo‘lsa, Surxondaryo viloyatida sement zavodi qurilishi, Qarshi-Termiz temir yo‘li liniyasini elektrlashtirish, Qashqadaryo viloyatida esa Xisor investitsiya bloki hududida uglevodorod konlarida qazib chiqarishni yo‘lga qo‘yish, sintetik suyultirilgan yoqilg‘i ishlab chiqarishini taskil etish kabi yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Asosiy kapitalga investitsiyalaming texnologik tarkibida qurilish montaj ishlari bo‘yicha 36 598,2 mlrd so‘m o‘zlashtirilgan boisa, mashina, uskuna va inventarlarga investitsiyalar 19 161,8 mlrd so‘m va boshqa xarajatlarga 4 959,2 mlrd so‘m o‘zlashtirildi. Qurilish-montaj ishlariga investitsiyalar joriy yil boshidan biroz ko‘payish kuzatildi. Bu iqtisodiyotda, ayniqsa asosiy tarmoqlarda, xususan tog‘-kon sanoatida yaratilayotgan yangi yirik ishlab chiqarish quvvatlariga investitsiyalar bilan bog‘liq.

Asosiy kapitalga investitsiyalaming iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek tog‘-kon sanoati yetakchilik qilmoqda. Ushbu tarmoqda jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 12 405,3 mlrd so‘m yoki jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalaming 20,4 %i o‘zlashtirilgan. Shundan 10 895,0 mlrd so‘m yoki jami investitsiyalaming 17,9%i tabiiy gaz qazib chiqarish uchun yo‘naltirilgan.

Turar-joy qurilishiga investitsiyalar aholini namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan va arzonlashtirilgan uy-joylar qurilishi bo‘yicha davlat dasturlarinirig amalga oshirilishi hamda aholi tomonidan yakka tartibdagi turar-joylar qurilishi hajmlari bilan bogiiq.

Ishlab chiqarish sanoatiga investitsiyalar hajmi 8 746,8 mlrd so‘mni va jami mvestitsiyalardagi ulushi 14,4%ni tashkil etdi. Ishlab chiqarish sanoati tarkibida eng ko‘p investitsiya o‘zlashtirilgan 3 faoliyat turi quyidagilar: metallurgiya sanoati 1 305,6 mlrd so‘m (jami asosiy kapitalga investitsiyalardagi ulushi 2,2%), oziq-ovqat, ichimlik, tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishi 1.265,4 mlrd so‘m (2,1%), tekstil mahsulotlari ishlab chiqarishi 1 177,7 mlrd so‘m (1,9%).

Joriy davrda 16 309,0 mlrd so‘m yoki asosiy kapitalga investitsiya­lammg 26,9%i xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan amalga oshirildi.

Joriy yil boshidan oladigan bo‘lsak, yilning yanvar-sentyabr oylarida xorijiy investitsiya va kreditlammg o‘sish sur’ati bir oz pasaygan bo‘lsada, yil oxiriga kelib yuqori sur’atlarda o‘sish kuzatildi. Bu alhatta yuqorida sanab o‘tilgan Buxoro viloyatidagi Kandim konlar guruhini ishlab chiqarishga tayyorlash va gazni qayta ishlash zavodini qurish ishlari bo‘yicha investitsiyalammg o‘zlashtirilishi bilan bevosita bog‘liq.

Shuningdek, 0‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy in­vestitsiya va kreditlar hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyi- halari: Angren erkin iqtisodiy zonasida qishloq xo‘jaligi va avtomobil shinalarini konveyr usulida ishlab chiqarishni tashkil etish, kimyo sanoatida azot kislotasini ishlab chiqarishni tashkil etish, Buxoro va Samarqand viloyatlarida kanalizatsiya tizimini tozalash mshootlarini rekonstmksiya qilish, Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimini yaxshilash, hududiy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish (2 va 3 bosqich), Toshkent shahri ko‘chalarini yoritish tizimida energiya tejovchi texnologiyalami joriy etish kabi loyi- halar amalga oshirilmoqda.

Hududlar kesimida asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlaming o‘zlashtirilishida Respublikaning 3 ta hududi Buxoro viloyati, Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyati Respublika bo‘yicha jami xorijiy investitsiya va kreditlaming 76% ini qamrab olgan. Bu yuqorida sanab o‘tilgan yirik investitsiya loyihalarini aynan shu hududlarda amalga oshirilayotganligi bilan izohlanadi.

Joriy davrda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalaming yakuniy natijasi sifatida bir qator ishlab chiqarish quvvatlari va ijtimoiy soha obyektlari ishga tushirildi.

Neft va gaz sohasida bir necha ekspluatatsiya uchun burg‘ulangan gaz qudug‘i, ko‘plab quduqni ishlab chiqarishga tayyorlash, avtomobil

vositalariga gaz ballonlarini o‘matish va hizmat ko‘rsatish markazi, yiliga 8 ming tonna polimer mahsuloti ishlab chiqaruvchi obyekt, yiliga

  1. mlrd metr kub gazni deflyurizatsiya qiluvchi yangi 3 blok, yiliga 2,5 ming tonna plastik idishlar ishlab chiqaruvchi zavod va boshqa ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi.

Energetika sohasida 53,9 km uzunlikdagi 0,4-6-10 кВ elektr uzatish liniyasi yangi qurilgan bo‘lsa, 495,8 km 0,4-6-10 кВ elektr uzatish liniyasi rekonstruksiya qilindi. Shunungdek, 1,2,3 sonli gidrogeneratorlaming ishchi g‘ildiraklarini almashtirish bilan Chorvoq GES gidrogeneratorlarini modemizatsiya qilish kabilar amalga oshirildi.

Masalan, Tog‘-kon sanoati 57% Ishlab chiqarish sanoati 13% Axborot va aloqa 10% Tashish va saqlash 9% Sog‘hqni saqlash 3% Elektr, gaz bilan ta’minlash 2% Suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya 2% boshqalar.

Asosiy kapitalga investitsiyalaming iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida yuqorida ta'kidlab o‘tilganidek tog‘-kon sanoati yetakchilik qilmoqda. Ushbu tar-moqda jami moliyalashtirish manbalari hi-sobidan 12 405,3 mlrd.so‘m yoki jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar-ning 20,4 %i o‘zlashtirilgan. Shundan 10 895,0 mlrd.so‘m yoki jami investitsiya-lammg 17,9%i tabiiy gaz qazib chiqarish uchun yo‘naltirilgan.

Turar joy qurilishiga investitsiyalar aholini namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan va arzonlashtirilgan uy-joylar qurilishi bo‘yicha davlat dasturlari-ning amalga oshirirlishi hamda aholi tomonidan yakka tartibdagi turar-joylar qurilishi hajmlari bilan bog‘liq.

Ishlab chiqarish sanoatiga investitsiyalar hajmi 8 746,8 mlrd.so‘mni va jami investitsiyalardagi ulushi 14,4%ni tashkil etdi. Ishlab chiqarish sanoati tarkibida eng ko‘p investitsiya o‘zlashtirilgan 3 faoliyat turi quyidagilar: metallurgiya sanoati 1 305,6 mlrd.so‘m (jami asosiy kapitalga investitsiya-lardagi ulushi 2,2%), oziq-ovqat, ichimlik, tamaki mahsulotlari ishlah chiqarishi 1.265,4 mlrd.so‘m (2,1%), tekstil mahsulotlari ishlab chiqarishi 1 177,7 mlrd.so‘m (1,9%).

Joriy davrda 16 309,0 mlrd so‘m yoki asosiy kapitalga investitsiya- laming 26,9%i xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan amalga oshirildi.

Joriy yil boshidan oladigan bo‘lsak, yilning yanvar-sentabr oylarida xorijiy investitsiya va kreditlaming o‘sish surati bir oz pasaygan bo‘lsada, yil ohiriga kelib yuqori suratlarda o‘sish kuzatildi. Bu albatta yuqorida sanab o‘tilgan Buxoro viloyatidagi Kandim konlar guruhini ishlab chiqarishga tay-yorlash va gazni qayta ishlash zavodini qurish ishlari bo‘yicha mvestitsiyalaming o‘zlashtirilishi bilan bevosita bog‘liq.

Shuningdek, 0‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy in­vestitsiya va kreditlar hisobidan amalga oshirilayotga investitsiya loyi­halari: Angren erkin iqtisodiy zonasida qishloq xo‘jaligi va avtomobil shinalarini konveyr usulida ishlab chiqarishni tashkil etish, kimyo sanoatida azot kislotasini ishlab chiqarishni tashkil etish, Buxoro va Samarqand viloyatlarida kanalizatsiya tizimini tozalash inshootlarini rekonstruksiya qilish, Buxoro viloyatining Olot va Qorakoi tumanlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimini yaxshilash, hududiy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish (2 va 3 bosqich), Toshkent shahri ko‘chalarini yoritish tizimida energiya tejovchi texnologiyalami joriy etish kabi loyi- halar amalga oshirilmoqda.

Hududlar kesimida asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar- ning o‘zlashtirilishida Respublikaning 3 ta hududi Buxoro viloyati, Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyati Respublika bo‘yicha jami xori­jiy investitsiya va kreditlaming 76%ini qamrab olgan. Bu yuqorida sanab o‘tilgan yirik investitsiya loyihalarini aynan shu hududlarda amalga oshirilayotganligi bilan izohlanadi.

Joriy davrda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalaming yakuniy natijasi sifatida bir qator ishlab chiqarish quwatlari va ijtimoiy soha obyektlari ishga tushirildi.

Neft va gaz sohasida bir necha ekspluatatsiya uchun burg‘ulangan gaz qudug‘i, ko‘plab quduqni ishlab chiqarishga tayyorlash, avtomohil vositalariga gaz ballonlarini o‘matish va hizmat ko‘rsatish markazi, yiliga 8 ming tonna polimer mahsuloti ishlab chiqaruvchi obyekt, yiliga

  1. mlrd metr kub gazni deflyurizatsiya qiluvchi yangi 3 blok, yiliga 2,5

ming tonna plastik idishlar ishlab chiqaruvchi zavod va boshqa ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi.

Energetika sohasida 53,9 km uzunlikdagi 0,4-6-10 кВ elektr uzatish liniyasi yangi qurilgan bo‘lsa, 495,8 km 0,4-6-10 кВ elektr uzatish liniyasi rekonstruksiya qilindi. Shunungdek, 1,2,3 sonli gidrogeneratorlaming ishchi g‘ildiraklarini almashtirish bilan Chorvoq GES gidrogeneratorlarini modemizatsiya qilish kabilar amalga oshirildi.

Shu bilan birga, sekundiga 3,5 kub metr suv tortish quvvatiga ega “Raish-Xakent-2” nasos stansiyasi rekonstruksiyasi, 597 uyali aloqa bazaviy stansiyalari, 131 ta paxta xomashyosini o‘zaro hisob-kitob qilish va monitoringini yurgazish markazlari, 2 ta tezyurar yo‘lovchi tashuvchi Talgo-250 elektropoyezdlarini sotib olish, yiliga 65 ming tonna ruxlangan yoritish ustunlari va yo‘l to‘siqlari ishlab chiqamvchi zavod, ko‘plab yog‘moy ishlab chiqaruvchi sexlami modemizatsiya qilish va texnik qayta qurollantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kompleks ishlab chiqarish, qayta ishlash saqlash va yetkazib berish obyekti va boshqa turli sohalarda yangi obyektlar ishga tushirildi.

Ijtimoiy sohada joriy davrda jami 11293,2 ming kv.m, shu jumladan qishloq joylarda 7825,4 ming kv.m turar-joylar ishga tushirildi. Ulardan namunaviy loyihalar asosida qurilgan turar-joylar 1663,8 ming kv.m ni tashkil etdi.

Sog‘liqni saqlash sohasiga oid obyektlar bo‘yicha 4208 o‘rinli kasalhonalar, shu jumladan qishloq joylarda 235 o‘rin, 7655 qatnovga mo‘ljallangan poliklinikalar (qishloq vrachlik punktlarini qo‘shgan holda), shu jumladan qishloq joylarda 3675 qatnovli poliklinikalar ishga tushirildi.

Ta’lim sohasida 94465 o‘quvchi o‘rinli umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablar yangi qurilib, rekonstruksiya qilingan bo‘lsa, 152 umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablar kapital ta’mirdan chiqarildi. Shuningdek, 180 o‘quvchi o‘miga ega kasb-hunar kollejlari va 28 ta bolalar sporti obyektlari ishga tushirildi.

Turar-joylaming asosan qishloq joylarda qurilayotganligi namu­naviy loyihalar asosida qurilayotgan yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi

bo‘yicha olib borilayotgan davlat dasturlarining bajarilishi hamda aholining o‘zi uchun yakka tartibda qurayotgan uylari bilan bog‘liq.

Nazorat savollari:



l.Investitsiyaning yurtimiz iqtisodiyotidagi ahamiyatini tushuntiring.

  1. Asosiy fondlarga investitsiyalar neoklassik modelida firmalar qanday shart ostida kapital zaxirasini oshirishni daromadli deb biladi?

  2. Foiz stavkasi oshishi nima uchun uy-joyga investitsiyalami kamaytirishini tushuntirib bering.

  3. Firmalar nima uchun zaxira saqlashining to‘rtta sababini keltiring.

5.Investitsiya va iste’mol o‘rtasidagi bog‘liqlikni izohlang?

  1. Mamlakatimizga har yili qancha investitsiya jalb qilinadi (2017)?

  2. Zaxiralarga investitsiyalar haqida nimalar bilasiz?

  3. Akselerator modeli?

  4. Avtonom investitsiyalami mohiyatini tushuntirib bering.

lO.Investitsiyalar dinamikasi ahamiyati nimada?

  1. BOB. BANK TIZIMI. PUL-KREDIT SIYOSATI

  1. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi vazifalari

Bank” tushunchasi qadimiy fransuzcha bang va banca so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, “sarrof kursisi, do‘koni” degan ma’noni anglatadi. Bunday tusbuncha tarixchilaming taxminan 2000 yil muqaddam faoliyat ko‘rsatgan bankirlar haqidagi ma’lumotlarida ham mavjud.

Moliya bozoridagi operatsiyalar moliya muassasalari vositasida amalga oshiriladi. Bunday muassasalarga turli xil banklar, biijalar, depozitariylar, sug‘urta kompaniyalari, investitsiya fondlari, agentliklar va h.k.lar kiradi.

Pul munosabatlarining rivojlanishi banklami yuzaga keltirgan. Bank iqtisodiyot ishtirokchllarining pul yuzasidan bo'lgan aloqalariga hizmat qiluvchi institut (muassasa)dir. Pul bilan bog‘liq hizmatlami ko‘rsatuvchi tashkilotlar ko‘p, ammo ulaming markazida banklar turadi. 0‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunida, bank nima, degan savolga quyidagicha javob topish mumkin:

Bank - tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir.

0‘zbekistondagi bank tizimi 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, aksiyadorlik-tijorat banklari va xususiy banklardan iboratdir. 2005-yil 1-iyul holatiga ko‘ra 0‘zbekiston Respublikasi bank tizimi 29 tijorat bankini o‘z ichiga oldi.

Banklar pul olamini harakatga keltiruvchi motor - yurak, pul bilan boiadigan hisob-kitoblami amalga oshiradi. Hamma pul to‘lovlari (transfertlar) banklar orqali o‘tadi. Banklar quyidagi ishlami amalga oshiradi:

  • pul va qimmatli buyumlami omonatga olib, saqlab beradi;

  • pul bilan bo‘ladigan hisob-kitob operatsiyalarini, xususan, pul to‘lash ishlarini bajaradi;

  • chet el valyutasini sotadi va sotib oladi;

  • o‘z qo‘lidagi pulni qaytarish, foizliHk va muddatlilik sharti bilan unga (muhtojlarga) qarz (ssuda)ga beradi, ya’ni, kredit bilan shug‘ullanadi;

  • o‘z puliga aksiya sotib olib, uni boshqa sohaga joylashtiradi;

  • biznes yuzasidan maslahat beradi va hokazo.

Bank ishi pul olamida bo‘ladigan biznesdir. Bank biznesi foyda topish maqsadida yuritiladi.

Markaziy bankning monopollik mavqei uning mamlakatdagi pul va pirovard natijada iqtisodiy barqarorlik uchun alohida javobgar ekanligi bilan chambarchas bog‘liq.

0‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankming bosh maqsadi va asosiy vazifalari quyidagilar:

Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashdan iborat.

Asosiy vazifalari:

  • Monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish;

  • 0‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblaming samarali tizimini tashkil etish va ta’minlash;

  • Banklar, kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini litsenziyalash hamda tartibga solish, banklar, kredit uyushmalari, garovxonalami nazorat qilish, qimmatbaho qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash;

  • O‘zbekiston Respublikasmmg rasmiy oltin valyuta rezervlarini, shu jumladan kelishuv bo‘yicha hukumat rezervlarini saqlash va tasarruf etish;

Davlat byudjeti kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etishdan iboratdir”*.

Tijorat banklari Markaziy bankda o‘z qisqa muddatii va o‘rta muddatii majburiyatlaridan muayyan foiz hajmida eng kam zaxira deb yuritiladigan foizsiz omonatlami saqlashga majbur.

' Узбекистон Республикасининг “Узбекистон Республикаси Марказий Банки тугрисида”ги Конуни, 3-модда, 1995 йил. 21 декабрь / Узбекистон банк тизимини ислох килиш ва эркинланггириш буйича конунчилик хужжатлари туплами. Т.: Узбекистон, 2003., 8 - б.

Markaziy bank banklar faoliyatini nazorat qilishda o‘zining mintaqaviy boMinmalari orqali kredit muassasalaridan majburiy ravishda axborot, oylik hisobot va yillik yakuniy balans ma’lumotlarini taqdim etish asosida qatnashadi.

Kredit muassasalarining bo‘ysunishiga qarab bank qonunchiligi hamda kredit tizimining pastdan yuqoriga tomon tarkibiy tuzilishiga muvofiq tarzda bank tizimini ikki asosiy: bir bosqichli va ikki bosqichli turga ajratish mumkin.

Bir bosqichli bank tizimi doirasida barcha kredit muassasalari, jumladan, Markaziy bank ham, yagona hosqichda turadi hamda mijozlarga kredit - hisob hizmati ko‘rsatishda bir xil vazifalami bajaradi.

Ikki bosqichli tizimda banklar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar bo‘yiga (vertikal) va eniga (gorizontal) yo‘nalishlarida tuzilishiga asoslanadi. Vertikal - rahbarlik qiluvchi, boshqaruvchi markaz hisoblangan Markaziy bank bilan quyi bo‘g‘inlar - tijorat va ixtisoslashgan banklar o‘rtasidagi bo‘ysunish munosabatlari, gorizontal- turli quyi bo‘g‘inlar o‘rtasidagi teng huquqli sheriklik munosabatlari tushuniladi.

  1. Pul-kredit siyosatining maqsadlari, vositalari va ko‘rinishlari.

Pul-kredit siyosati deganda, to‘liq bandlik sharoitida yalpi milliy mahsulotni ishlab chiqarishga inflyatsiyaning ta’sirini kamaytirish yoki bartaraf etish maqsadida muomaladagi pul miqdorini o‘zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi. Pul kredit siyosati davlat tomonidan belgilanadi va uni Markaziy Bank amalga oshiradi. Uning yordamida har qanday davlat mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vazifasini hayotga tatbiq etadi.

Pul kredit siyosatini amalga oshirishning pirovard maqsadlari iqtisodiy o‘sish, to‘liq bandlikni, baholaming hamda to‘lov balansining barqarorligirri ta’minlashdan iborat.

Bu maqsadlarga erishish uchun milliy valyutani muomaladagi pul massasi, foiz stavkasi va milliy valyuta almashinuv kursining optimal kattaliklarini ta’minlab turish zarur bo‘ladi. Bu vazifalami amalga oshirish uchun Markaziy Bank qator vazifalardan foydalanadi.

Pul-kredit siyosatining uchta asosiy vositasi ajratib ko‘rsatiladi:

  1. Hisob stavkasi;

  2. Majburiy zaxiralar normasi;

  3. Ochiq bozordagi operatsiyalar.

Markaziy bank ular yordamida pul yoki asosan bank depozitlari ko‘rinishidagi pul massasiga yoki foiz stavkasiga ta’sir o‘tkazadi, taklifini o‘zgartiradi va shular orqali pul-kredit muomalasini tartibga solib turadi.

Pul-kredit siyosatini yuritish vositalaridan biri - majburiy bank zaxira me’yorini o‘zgartirish siyosatidir. Majburiy zaxiralar - bu, kredit maqsadlari uchun ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir qismidir. Zaxira normasi ikki asosiy funksiyani bajaradi: bank likvidligini joriy tartibga solish uchun sharoit yaratadi va kredit emissiyasini cheklaydi. Markaziy bank tijorat banklari Markaziy bankda ushlab turishga majbur bo‘lgan zaxiralaming eng quyi normasini o‘matadi va shu vosita yordamida ular kreditlash qobiliyatiga, imkoniyatiga ta’sir etadi. Bu me’yor qanchalik yuqori bo‘lsa, ortiqcha zaxiralar shunchalik kam va tijorat banklarining kredit berish yo‘li bilan “pullami barpo etish” qobiliyati past bo‘ladi. Ilk majburiy zaxira normalari AQShda 1865-yilda joriy qilingan edi. Agar Markaziy bank majburiy bank zaxirasini kamaytirsa, ortiqcha bank zaxiralari ortadi, bu esa pul takllfming multiplikatsion ortishiga olib keladi. Masalan, ushbu me’yor 25 % bo‘lsa, unda bankka qo‘yllgan 800 so‘mdan 200 so‘m majburiy bank me’yorini tashkil etadi. Bunda bank faqat 600 so‘mni qarzga berishi mumkin bo‘ladi. Endi faraz qilaylik, me’yor 10 % ga tushiriladi, unda bank 720 so‘mni qarzga berish imkoniyatiga ega bo‘ladi va boshlang‘lch pul taklifini 720 so‘mga oshiradi.

Majburiy bank zaxirasi me’yorini ko‘tarish yordamida pul taklifini kamaytiradi. Zero, bu banklaming ortiqcha bank zaxiralari qisqarishiga olib keladi. Pul-kredit siyosatini o‘tkazishda bu vosita butun bank tizimining asoslariga ta’sir etadi. Turli mamlakatlarda qoTlanllayotgan majburiy zaxira normalari turlichadir, Janubiy Koreyada bu norma -100 foiz bo‘lgan bo‘lsa, Italiyada -25 foizni, Yaponiyada bor yo‘g‘i -2.5 foizni tashkil etadi.


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish