Toshkent moliya instituti mikroiqtisodiy


XXVI BOB. DAVLAT BYUDJETI. BYUDJET SOLIQ SIYOSATI



Download 1,19 Mb.
bet224/237
Sana08.01.2022
Hajmi1,19 Mb.
#332446
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   237
Bog'liq
E I Ergashev Mikroiqtisodiyot Makroiqtisodiyot Darslik 2019 1

XXVI BOB. DAVLAT BYUDJETI. BYUDJET SOLIQ SIYOSATI

  1. Davlat byudjetining mohiyati, funksiyalari va ahamiyati

Hozirgi sharoitda davlat byudjeti ijtimoiy (ishlab chiqarish) munosabatlarining bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratllgan yalpi ichki mahsulot (milliy daromad)ning nisbatan kattagina qismini to‘plash va uni jamiyat taraqqiyotining turli sohalarini (iqtisodiyot, maorif, sog‘liqni saqlash, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, boshqaruv, mudofaa va boshqalar) rivojlanishiga yo‘naltirish imkonini beradigan muhim taqsimlash vositasidir.

Mohiyatiga ko‘ra davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, shunga mos ravishda moliya tizimiga doir barcha xususiyatlarga ega va unga tegishll bo‘lgan barcha funksiyalami bajaradi. Bir vaqtning o‘zida, davlat byudjeti faqat o‘ziga xos bo‘lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular o‘z navbatida, davlat byudjetmi moliya tizimining boshqa bo‘linmalaridan ajratib turadi va unda markaziy o‘rinni egallashga imkon beradi. Uning ana shunday xususiyatlaridan biri bevosita davlatga tegishli ekanligidir. Haqiqatdan ham har bir mamlakatda davlat barcha moliyaviy munosabatlammg tashkilotchisi bo‘lsa-da, uning bu xislati, ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslari asosiy taqsimlovchi sifatidagi roli faqat byudjetda katta kuch bilan namoyon boMadi. Yagonalik va yuqori darajada markazlashuv davlat byudjetining muhim xususiyatlaridandir. Davlat byudjetiga xos xususiyatlar mablag‘lar bilan byudjet siyosatini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi.

Davlat byudjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning qo‘shilishini tushunmoq kerak:

  1. davlat miqyosida yalpi ichki mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar;

  2. davlatning asosiy moliyaviy rejasi. Yalpi ichki mahsulotni taqsimlashning moliyaviy vositasi sifatida davlat byudjeti boshqa xususiyatlarga ham ega.

Yalpi ichki mahsulotning davlat byudjeti orqali taqsimlanishi ma’lum darajada, almashuvdan ajralgan holda sodir bo‘ladi. Qiymatning davlat byudjeti orqali harakatlanishi moddiy mahsulotning harakatidan to‘liq uziladi va sof qiymat xarakterini kasb etadi. Faqat davlat byudjetidan tashqarida, byudjet resurslari sarflanayotganda taqsimlash va almashuv operatsiyalarining qayta qo‘shilib ketishi sodir bo‘ladi. Davlat byudjetining mohiyatini ochib berishda u orqali amalga oshiriladigan taqsimlash jarayonlarining mazmunini ко‘rib chiqish alohida ahamiyat kasb etadi.

Yalpi ichki mahsulotni davlat byudjeti orqali taqsimlash bir vaqtning o'zida, o‘zaro bog‘langan va ma’lum darajada mustaqil bo‘lgan uch bosqichga egadir: 1) umumdavlat pul fondini shakllantirish (byudjet daromadlari); 2) hududiy va ma'lum maqsadlarga mo‘ljallangan ko‘p sonli byudjet fondlarini yaratish; 3) byudjet fondidan foydalanish (byudjet xarajatlari).

Davlat byudjeti orqali yalpi ichki mahsulotni taqsimlashning bu bosqichlari bir vaqtning o‘zida va uzluksiz sodir bo‘lsada, bu ulaming nisbatan alohidaligini ham inkor etmaydi. Bu bosqichlami bo‘lish va ulami alohida-alohida ko‘rib chiqish orqali byudjetli taqsimlashning xarakteri, shakli va metodlari to‘g‘risida osonroq va aniqroq tasavvur hosil qilish mumkin. Birinchi bosqichda yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli pul mablag‘larining bir qismi davlatning qo‘lida to‘planishi sodir bo'ladi. Ana shu asosda mablag‘lami oluvchi sifatida davlat bilan mablag‘lami to‘lovchilar o‘rtasida byudjet munosabatlari vujudga keladi. Bu munosabatlar, asosan, majburiylik (imperativlik) xarakteriga egadir. Bu bosqichdagi taqsimlash jarayonlarining xarakterli xususiyati shundaki, byudjetga tushuvchi mablag‘lar ajratib olingan bo‘lib, ular qat’iy chegaralanmagan. Ulaming barchasi hozircha yagona maqsadga

  • umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan. Davlat pul fondmmg alohidaligiga aniq maqsadlarga mo‘ljallangan fondlami kristallizatsiya qilish boshlanganda barham beriladi.

Byudjet fondini shakllantirishda ikki xil tushunchadan foydalaniladi:


  1. Download 1,19 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish