Toshkent moliya instituti mikroiqtisodiy


byudjetga toiovlar 2) davlat byudjetining



Download 1,19 Mb.
bet225/237
Sana08.01.2022
Hajmi1,19 Mb.
#332446
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   237
Bog'liq
E I Ergashev Mikroiqtisodiyot Makroiqtisodiyot Darslik 2019 1

byudjetga toiovlar 2) davlat byudjetining

(soliqlar, ajratmalar, bojlar daromadlari

va boshqalar)

Davlat byudjetiga to‘lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar), eng avvalo, to‘lovchilaming xarajatlaridan iborat bo‘lib, ulaming daromadlaridan chegirilsada, bir vaqtning o‘zida ular davlat byudjetida davlatning daromadlari sifatida gavdalanadi. Ana shundan taqsimlash munosabatlariga kirishgan ishtirokchilar (tomonlar) o‘rtasidagi manfaatlarda ba’zi bir farqli jihatlar vujudga keladi. Davlat byudjetning daromadlarini oshirishdan manfaatdor bo‘lsa, bu narsa u yoki bu darajada to‘lovchilammg (yuridik va jismoniy shaxslaming) manfaatdorligini pasaytiradi. Davlat byudjetining daromadlari o‘zining yaxlitligi bilan farqlanadi va ular yagona maqsadga — ijtimoiy ehtiyojlami qondirishga hizmat qiladi.

Byudjet daromadlari davlatning subyektlar (xo‘jaliklar va aholi) bilan o‘zaro munosabatlarining aniq chegaralangan, aniqlangan qismini ifoda etadi. Bu munosabatlar xilma-xil bo‘lishiga qaramasdan, ular umumiy belgilarga ega va umuinlashtirilgan, abstrakt holda ishlab chiqarish (byudjet) munosabatlarining alohida elementi sifatida maydonga chiqadi. Byudjet daromadlari o‘zlarining iqtisodiy tabiatiga ko‘ra obyektiv bo‘lib, ular davlatning subyektlar (xo‘jaliklar va aholi) bilan barqaror aloqalarini ifodalaydi. Ulaming obyektiv zarurligi davlatning o‘ziga xos funksiyalarga ega bo‘lgan mavjudligi bilan belgilanadi.

Davlat byudjeti daromadlarining farqlanuvchi belgisi shundan iboratki, ular taqsimlash natijasi (byudjetga toiovlar) va yanada taqsimlash obyekti (byudjet ichidagi fondlami shakilantirish va moliyalashtirish) sifatida maydonga chiqadi. Demak, davlat byudjetining daromadlari aniq ifodalangan byudjet kategoriyasi bo‘lib, ulami shakllantirish va ulardan foydalanish taqsimlashning byudjet mexanizmi orqali amalga oshiriladi.

Davlat byudjetining xarajatlari xuddi uning daromadlari singari, ikkiyoqlama xarakterga ega. Bir tomondan, bu davlatning xarajatlari, boshqa tomondan esa — subyektlaming ixtiyoriga tushadigan qaytarilmaydigan mablag1 lar bo‘lib, ulaming daromadlariga aylanadi va ular tomonidan turli maqsadlarga mo‘ljallangan tegishli fondlami shakllantirishda foydalaniladi. Ana shu ikkiyoqlama xarakter davlat byudjeti xarajatlarining yakuniy emas, halki taqsimlash jarayonlarining oraliq bosqichi ekanhgidan dalolat beradi. Bu yerda byudjet fondlarining egasi — davlat va pul mablag‘larini oluvchilar — subyektlar o‘rtasida yangi taqsimlash munosabatlari paydo boMadi. Daromadlar singari, davlat byudjetining xarajatlari ham obyektiv iqtisodiy kategoriyadir. U kategoriya sifatida byudjetli taqsimlash munosabatlarining ma’lum bir yakuniy qismini abstrakt holda umumlashtiradi. Ulaming moddiylashuvi byudjetdan subyektiarga pul mablagMarining teskari oqimi bilan xarakterlanadi.

Shunday qilib, davlat byudjetining iqtisodiy mazmuni deganda umumdavlat pul fondini shakllantirish, mablagMami byudjetlar ichida taqsimlash va subyektlami byudjetdan moliyalashtirish natijasida vujudga keladigan, o‘zaro bogMangan taqsimlash munosabatlarining butun kompleksi tushuniladi. Davlat byudjeti ko‘p sonli va boMingan taqsimlash aktlarining majmui orqali yalpi ichki mahsulot harakatining asosiy yo‘nalishlarida namoyon boMadi. Aynan byudjet iste’mol va jamg‘arish fondlarining shakllanishida, iste’mol fondining qismlarga ajralishiga, sof daromadning davlat va subyektlar o‘rtasida boMinishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi ko‘rinishida qonuniy rasmiylashtirilgan, davlat pul fondlarini yaratish va ulardan foydalanish borasidagi iqtisodiy munosabatlar majmuiga davlat byudjeti deyiladi.


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish