Toshkent moliya instituti mikroiqtisodiy


IS - LM modelining mohiyati va AD-AS modeli bilan



Download 1,19 Mb.
bet232/237
Sana08.01.2022
Hajmi1,19 Mb.
#332446
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   237
Bog'liq
E I Ergashev Mikroiqtisodiyot Makroiqtisodiyot Darslik 2019 1

IS - LM modelining mohiyati va AD-AS modeli bilan

bog‘liqligi

Tovar va pul bozorida umumiy muvozanatga erishish shartlari va makroiqtisodiy siyosat tadbirlarining bu ikki bozorga ta’sirini umumlashtirib tadqiq qilish IS - LM modeli yordamida bajariladi.

IS-LM modeli birinchi marta 1937-yilda J.Xiks tomonidan keynsning makroiqtisodiy konsepsiyasini izohlash uchun takiif etildi hamda 1949- yilda A. Xansenning “Monetar nazariya va fiskal siyosat” nomli kitobi nashr qilinganidan so‘ng keng yoyildi. Shu sababli bu model Xiks modeli yoki Xiks-Xansen modeli deb ham yuritiladi. IS - LM modeli qisqa muddatli davrga ham tovarlar ham pul bozorida birgalikda muvozanat o‘matilishi mexanizmini xarakterlaydi. Bunda tovarlar bozori deganda ham iste’mol ham investitsion tovarlar bozori tushuniladi. Garchand iste’mol va investitsion tovarlarga talab turli omillar bilan belgilansada IS - LM modelida ular bir butun deb qaraladi. Pul bozori deganda xazina veksellari va tijorat qog‘ozlari ko‘rinishidagi qisqa muddatli kredit vositalarini oldi-sotdi mexanizmi tushuniladi. Bu bozomi obligatsiyalar bozoridan farqlash zarur. Pulning obligatsiyalarda ifodalangan nisbiy bahosi obligatsiyalar bo‘yicha foiz stavkasidir.

IS - LM modeli (mvestitsiyalar-jamg‘armalar, likvidlilikni afzal ko‘rish - pul) - yalpi talab funksiyasini belgilovchi iqtisodiy omillami aniqlash imkonini beruvchi tovar-pul muvozanati modeli”*. AD-AS modelida tovar va pul bozorlarining aloqasi e’tiborga olingan edi. Ya’ni tovarlar va hizmatlar baholarining ko‘tarilishi pulga bo‘Igan talabni oshirishi bu esa o‘z navbatida foiz stavkasining ko‘tarilishiga olib kelishi, oqibatda investitsiya xarajatlari va umuman yalpi xarajatlar kamayishi AD-AS modelida ko‘zda tulilgan edi. IS-LM modeli AD-AS modelini

Агапова Т А.Серегина С.Ф. Макроэкономика.Учебник-7-е изд.перераб. и доп.-М.:Издательство “Дело и сервис”, 2005 с.191.

qisqa muddatii davrga aniqlashtiradi va bu modelda har ikkala bozor yagona makroiqtisodiy tizimning sektorlari sifatida namoyon bo‘ladi. Model bu sektorlarda tarkib topgan sharoitlarga bog‘liq tarzda foiz stavkasi R bilan daromad darajasi Y ning muvozanatli darajasini belgilaydi.

Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ishlab chiqarish hajmlari va narxlar darajalarinmg tebranishlarini hamda ular o‘zgarishining oqibatlarini o‘rganish uchun asosiy model bo‘lib hisoblanadi va boshqa bir qancha modellar AD-AS modelining xususiy holi hisoblanadi. AD­AS modeli yordamida davlat iqtisodiy siyosatining turli variantlari tasvirlab berilishi mumkin.

Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli yalpi talab - yalpi taklif modelini qisqa muddatii makroiqtisodiy siyosat maqsadlarida aniqlashtirgan bo‘lib, uning xususiy holi hisoblanadi. Yalpi talab va yalpi taklif modelidan farqli o‘laroq bu modelda narxlar darajasi va ish haqi o‘zgarmas miqdorlar hisoblanadi. Ayni shu sababga ko‘ra tovar moddiy zaxiralarining o‘sishi qisqa muddatda makroiqtisodiy muvozanatga erishishni belgilovchi omil bo‘ladi.

Ishlab chiqarishning kamayishi natijasida mumkin bo‘lgan yo‘qotishlaming oldini olish uchun jami talabni tartibga solib turadigan faol davlat siyosati zarur. Shuning uchun ham Keynsning iqtisodiy nazariyasini ko‘p hollarda jami talab nazariyasi deb yuritiladi. Jami talab komponentlari, ayniqsa investitsiyalaming o‘zgarishi makroiqtisodiy beqarorlik sabablaridan biridir.

Narxlaming muvozanatli darajasi deganda shunday narx darajasi tushuniladiki, unda yalpi talab va taklif hajmi bir-biriga mos kelishi yoki teng bo‘lishi kerak.

IS egri chizig‘i bozordagi tovar va hizmatlar muvozanatini aks ettiradi, LM esa bozorda real pul qoldiqlar muvozanatini aks ettiradi, buning natijasida, qachonki narx darajasi belgilangandagina IS-LM birgalikda foiz stavkasi va milliy daromad qisqa vaqt ichida ishga tushirilishini aniqlaydi. 0‘z navbatida IS-LM modehning 2 muhim masalalarini tahlil qilish zarur.

Birinchidan, milliy daromadning potensial o‘zgarishlar sababini ko‘rib chiqmoq lozim. Biz milliy daromad o‘zgarishi salohiyati sabablarini nazada tutgan holda IS-LM modelining qanday ekzogen o‘zgaruvchan holatlari (davlat xaridi, soliqlar va pul ta’minoti) berilganda narx darajasining endogen o‘zgaruvchan (foiz stavkasi va milliy daromad) ta’sirini ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek, tovarlar bozorida (IS egri chizigM) va pul bozori (LM egri chizigM) bo‘yicha turli qisqa muddatlik foiz stavkasini va milliy daromadga qanday ta’sir qilishini ko‘rib chiqish kerak.

Ikkmchidan, IS-LM modelining jami talab va jami taklif modeli bilan moslashishini ko‘rib chiqish zarur. Shu jumladan, biz IS-LM modelining jami talab yigMndisini va o‘mini tushuntirish nazariyasini ta’minlab beramiz. Bu yerda biz o‘z taxminlarimizni susaytirishimiz va belgilangan narxlar darajasini va IS-LM modelidagi narxlari darajasini va milliy daromad o‘rtasidagi salbiy munosabatni nazarda tutgan holda ko‘rsatishimiz kerak. Model bizga yana jami talabning qanday yonalishda kengayishini aytib berishi mumkin.




  1. Download 1,19 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish