M e’yoriy usuli - xomashyo, materiallar, mehnat va ishlab chiqarish
quvvatidan foydalanishning belgilangan me’yorlari bo'yicha xarajatlarni
hisobga olishga asoslangan, u amaliyotda ko'proq qoilaniladi.
Buyurtma usuli - yakka tartibdagi va mayda turkumli ishlab
chiqarishga ega bo'lgan tashkilotlarda qo'llanadi.
Barcha xarajatlar
buyurtmaning yakunlanishiga qadar to'laligicha tugallanmagan ishlab
chiqarish deb hisoblanadi. Agar ushbu buyurtma bir xildagi mahsulot
(ish va xizmat)lar turkumidan iborat bo'Isa, mahsulot (ish va xizmat)lar
birligining tannarxi mazkur buyurtma bo'yicha xarajatlar summasini
mahsulot birliklari miqdoriga bo'lish orqali aniqlanadi.
Bosqichli usul - boshlang'ich xomashyo va materiallar ishlab
chiqarish
jarayonida bir qator bosqich, faza, pog'onalardan o'tadigan
ishlab chiqarishda qo'llanadi. Ushbu usulda avval barcha mahsulotlar
(ish va xizmat)larning tannarxi, so'ngra uning birligi tannarxi
aniqlanadi. Bunda bosqichli usul tashkilotning tarmoqqa mansubligiga
bog'liq holda ikki variantda amalga oshirilishi mumkin:
yarim tayyor
mahsulotli va yarim tayyor mahsulotsiz variantlarda.
Xarajatlarni inventar baholash usuli (savdoda). Usul tanlovi TMZlar
nomenklaturasiga va ulaming turi, ishlab chiqarish turi, uning
murakkabligi, tugallanmagan
ishlab chiqarish mavjudligi, ishlab
chiqarish jarayonining qancha davom etishiga bog'liq bo'ladi. Hisob
siyosatida tanlangan usul ochiq ko'rsatiladi.
TMZlami qayta baholash. Korxona hisob siyosatida TMZlar
qiymatini
aniqlashtirish
davriyligi
ham
ochiq
ko'rsatiladi,
bu
aniqlashtirish TMZlarni joriy qiymatiga sotishning sof qiymatiga
muvofiqlashtirish (agar sotishning sof qiymati tannarxdan past bo'lsa,
qiymatni arzonlashtirish) maqsadida amalga oshiriladi.
TMZlarni
hisobdan
chiqarishda
baholash.
Korxona
ishlab
chiqarishga hisobdan chiqariladigan tovar-moddiy
zaxiralami baholash
usulini mustaqil ravishda belgilaydi:
Xarid qilingan materiallar birligi tannarxi bo'yicha. Bu usul maxsus
loyihalar uchun mo'ljallangan buyumlarga, ular sotib olingan yoki
ishlab chiqilganligidan qat’iy nazar qo'llaniladi.
506
0 ‘rtacha tortilgan qiymat bo‘yicha (AVECO). Tovar-moddiy
zaxiralar har bir birligining qiymati
davr boshida aynan bir xil
birliklaming o ‘rtacha tortilgan qiymati va davr mobaynida xarid qilingan
yoki ishlab chiqarilgan aynan bir xil birliklaming qiymatidan kelib
chiqib aniqlanadi. TMZlar har bir birligi qiymatini AVECO usuli
bo‘yicha aniqlash davr boshidagi tovar-moddiy zaxiralar qoldigining
tannarxi va miqdori hamda ushbu davr mobaynida kelib tushgan tovar-
moddiy zaxiralaming tannarxi
va miqdoridan shakllanadigan, aynan bir
xil birliklaming umumiy tannarxini ularning umumiy miqdoriga b o iish
yo‘li bilan amalga oshiriladi. 0 ‘rtacha qiymat tashkilot tomonidan
tanlangan usulga qarab davriy yoki TMZlaming har bir yangi turkumi
kelib tushishiga ko‘ra hisoblab chiqarilishi mumkin.
Vaqt bo‘yicha birinchi xaridlar paytida TMZlar tannarxi bo‘yicha
(FIFO). TMZlaming chiqib ketayotgan birliklari
tannarxiga birinchi
navbatda xarid qilingan yoki ishlab chiqarilgan zaxiralaming qiymati
kiradi, davr oxiridagi tovar-moddiy zaxiralar qiymati esa oxirgi boclib
xarid qilingan yoki ishlab chiqarilgan zaxiralar birliklarining umumiy
qiymatidan tashkil topadi.
Tovar-moddiy zaxiralaming har bir guruhi (turi) bo‘yicha hisobot
davri mobaynida qiymatni aniqlashning bittagina usuli qoilaniladi.
Qoilanadigan usul hisob siyosatida ham aks ettirilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: