Axborot manbalari
|
Axborot tarkibi
|
Ta’sis hujjatlari
|
kapital tarkibi
|
foydani taqsimlash yo‘nalishlari
|
aksionerlar tarkibi
|
korporativ mijozning ichki tarkibi
|
Buxgalteriya hisoboti
|
korxona mulki tarkibi va tuzilishi
|
korxona moliyaviy holati, to‘lovga qobilligi va moliyaviy barqarorligi
|
xususiy va qarzga olingan mablag‘lardan samarali foydalanish holati
|
debitorlik va kreditorlik majburiyatlar tarkibi, tuzilishi va nisbati
|
kreditorlar oldidagi majburiyatlarni qoplash darajasi
|
korxonaning foydaliligi
|
pul mablag‘larining oqimi
|
iqtisodiy nochorlikka tushmaslik xavf-xatarining darajasi
|
Texnik iqtisodiy asoslash, biznes reja
|
korxonaning dong‘i, shuhrati
|
korxonani rivojlantirish strategiyasi
|
tashkiliy tuzilish sifati
|
ta’minot sifati
|
aktivlar sifati
|
operatsion faoliyatning darajasi
|
texnik qurollanish darajasi
|
mahsulotlarni sotish bozorining divertsifikatsiyasi
|
jalb qilinadigan mablag‘larga talabning asoslanishi
|
Kredit byurolari
|
boshqa kreditlarning olinganligi
|
boshqa kreditlardan foydalanganlik darajasi
|
kredit tarixi
|
Boshqa banklar
|
boshqa kreditlar
|
boshqa kreditlardan foydalanganlik darajasi
|
moliyaviy aktivlari
|
Tashkilotlar, raqobatchilar
|
bozordagi obro‘si
|
bozordagi ulushi
|
raqobatdagi g‘ayratliligi
|
tarmoqdagi o‘rni
|
Xaridorlar
|
raqobatchilar o‘rtasidagi shuhrati
|
sotish hajmi
|
mahsulot sifati
|
xaridorlarni kreditlash shartlari
|
Mol yetkazib beruvchilar
|
kreditor obro‘si
|
kreditlash shartlari
|
mahsulot yetkazib berish hajmi
|
qiyosiy o‘rni
|
Boshqa manbalar (reyting agentliklari, birja ma’lumotlari va.h.k.)
|
makroiqtisodiy ma’lumotlar
|
tarmoq bo‘yicha ma’lumotlar
|
maxsus hisobotlar
|
statistik manbalar
|
7.2. Kreditga layoqatlilikning tavsifi
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarini rivojlanishida kredit munosabatlari va to‘lov qobiliyatini o‘rganish dolzarb masala hisoblanadi. Banklar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kreditga layoqatliligini baholash orqali risklarni kamaytirishga, kredit resurslarini oqilona joylashtirish orqali o‘z daromadlarini oshirishga, moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga erishadilar.
Kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlarini ikki tomonlama ko‘rib chiqish lozim:
1. Qarz oluvchi nuqtayi nazaridan kreditga layoqatlilik darajasi – kredit shartnomasini tuzish imkoniyati, olingan kreditlarni o‘z vaqtida qaytara olish qobiliyati bilan baholanadi.
2. Bank nuqtayi nazaridan, kreditga layoqatlilik darajasi korxonaga beriladigan kreditning hajmini to‘g‘ri aniqlay olish mas’uliyati bilan inobatga olinadi.34
Ma’lumki, iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarining, banklar faoliyatining tijoratlashuvi yuzaga keladi. Bu esa tomonlarning qaysi mulk shakliga asoslangan bo‘lishiga qaramasdan iqtisodiy jihatdan to‘liq mustaqil bo‘lib, o‘z xarajatlarini daromadlari bilan qoplashnishini talab etadi. Faoliyatning moliyaviy mablag‘larga tayanishi oqibatida korxonalar faoliyatini rivojlantirishning ichki imkoniyatlari doimo ham yetarli bo‘lmaydi. Shu sababli subyektlar ko‘pincha qo‘shimcha pul mablag‘lariga ehtiyoj sezadilar va bu ehtiyojlar bank kreditlari hisobidan qoplanishi mumkin. Bank kreditlari nafaqat korxona va tashkilotlarni moliyaviy ta’minlash manbasi balki ularni maqsadli, muddatli, ta’minlangan holda joylashtirish orqali o‘zining faoliyat davomiyligini ham ta’minlab berishning zaruriy sharti hisoblanadi.
Tijorat banklari faoliyatida qo‘yilgan maqsadga erishish va bergan kreditlarining samara bilan bankka qaytib kelishini ta’minlashi uchun mijozning moliyaviy holatini uning kreditni o‘z vaqtida qaytara olishi imkoniyatlarini tekshirib ko‘rishi lozim.
Kreditga layoqatlilikni baholashda banklar nafaqat mijozning o‘tgan davr ma’lumotlariga baho berishi, shu bilan birga uning kelajakdagi moliyaviy ahvolini ham bashoratlashi zarur. Moliyaviy barqarorlikni va kredit operatsiyalaridagi risk hisobini obyektiv baholash, bankka kredit resurslarini samarali boshqarish hamda foyda olish imkonini beradi.
Iqtisodiyot tarmoqlarini liberallashtirish muhim vazifa sifatida qabul qilinishi korxonalarning to‘lov qobiliyati va barqarorligini aniqlashda chet el tajribasiga asoslangan buxgalteriya hisobini yuritish zaruriyatini tug‘dirmoqda. Bunda buxgalteriya balansining yangi tahlilini yuritish asosiy o‘rinni egallaydi. Balansdagi aktiv va passivlarni qabul qilingan moddalar bo‘yicha guruhlashtirilishi, to‘lov qobiliyati va kreditga layoqatlilikni yetarli darajada chuqurroq tahlil qilish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |