7.1.Kreditga layoqatlilik tahlilining mazmuni,
maqsadi va vazifalari
Korxonalar iqtisodiy faoliyatida albatta, qarz kapitaliga zaruriyat sezadilar. Negaki, biznesni dastlabki qadamiga tadbirkorlarda doimo ham mablag‘ yetarlicha bo‘lmaydi. Iqtisodi rivojlangan davlatlarning biznes hayotini kuzatish shuni ko‘rsatadiki, faoliyatni, biznesni 90 foizi qarz kapitali hisobiga yo‘lga qo‘yiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, korxonalar doimo aniq biznes loyihalari, rejalari asosida qarz kapitali jalb qiladilar va uni ishlatishdan naf ko‘radilar.
Korxonalarni kreditga layoqatliligini baholashni tasdiqlangan me’yoriy dalolatnomalari va nizomlariga tayangan holda har bitta biznes subyektini kreditni, qarzni qaytarib berish layoqati o‘rganilmog‘i lozim. Bu mezonlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki, Iqtisodiyot Vazirligi, Iqtisodiy nochor korxonalar bilan ishlash Qo‘mitasi va tegishli Vazirliklar tomonidan tuzib chiqiladi.
Uzoq muddatli va qisqa muddatli kreditlarning tarkiblanishi qarz munosabatlarini rasmiy jihatlariga ta’sir etmaydi. Ya’ni har ikkala holatda ham moliyaviy holat tahlili bo‘yicha bir xildagi zaruriy amallar, analitik tadbirlar amalga oshiriladi. Odatda muddatliligi bo‘yicha kreditlar va qarzlar uzoq, o‘rta va qisqa muddatga tarkiblanishi belgilangan. Lekin hisob amaliyotida ularni uzoq va qisqa muddatli guruhga tarkiblash amaliyoti joriy etilgan.
Uzoq muddatli kreditlar – uzoq muddatli aktivlarni (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital qo‘yilmalar, o‘rnatiladigan asbob-uskunalar yuzasidan, ularni sotib olish, qurish, ta’mirlash, ilmiy yangiliklar kiritish kabi yo‘nalishlarda) moliyalashtirish yuzasidan bir yildan ortiq muddatga beriladi.
Qisqa muddatli kreditlar – joriy, aylanma aktivlarni to‘ldirishga, savdo hajmini oshirishga va boshqa maqsadlarga bir yilgacha muddatga beriladi.
Korxonalarda uzoq va qisqa muddatli kreditlarni jalb etishda, aniq va puxta ishlangan biznes rejaga va investitsion loyihalarga e’tiborni qaratishi lozim. Lekin ungacha albatta, ushbu korxonaning, moliyaviy ahvoli o‘rganilmog‘i lozim.
Kredit resurslarini jalb etishda risklarni baholash masalasiga ham alohida ahamiyat qaratish zarur. Afsuski, bu borada amaliyotda tahliliy yechimlarning aniq metodologik jihatlari belgilanmagan.
Kredit arizasi bergan korxonaning moliyaviy tahlilida muhim obyekt sifatida birinchi navbatda uning to‘lov layoqati, qoplov koeffitsiyenti baholanadi.
Korxonalar tomonidan olingan kredit resurslar nafaqat korxonaning to‘lovga qobilligiga, balki uning mablag‘larini harakatchanlik (likvidlilik) darajasiga ham bog‘liq. Shu sababli‚ tahlil etishda buxgalteriya balansi ma’lumotlari asosida korxonalarning harakatchan mablag‘lari holatiga, tez va sekin pulga aylanuvchi aktivlariga, nolikvid mablag‘lar holatiga, ularning to‘lov muddati kelgan, qisqa va uzoq muddatli majburiyatlar nisbatiga, doimiy passivlarni nolikvid va likvid mablag‘larni manbalashiga baho berish talab etiladi.
So‘nggi paytlarda olingan kredit resurslarining o‘z vaqtida qaytmaslik hollariga ko‘p duch kelinmoqda. Shu sababli, korxonalarning kreditga layoqatliligini tahlil etishda moliyaviy holat tahlilida quyidagi qo‘shimcha mavzularni o‘rganish tavsiya etiladi;
korxonalarning rentabellik darajasi;
aylanma mablag‘larning holati;
o‘z mablag‘larini hajmi, ularning asosiy va aylanma kapitalidagi ishtiroki;
ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlarni o‘sish darajalari;
to‘lov muddati kelgan va o‘tib ketgan debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining holatiga;
korxonalarning pul va qimmatli qog‘ozlarining mavjudligiga va boshqa jihatlariga ahamiyat beriladi.
Korxona faoliyatining joriy va istiqboldagi rivojlanishini baholashda banklar tomonidan quyidagi muhim jihatlarga ahamiyat qaratiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |