Asosiy faoliyat natijasi ko‘rsatkichlari
|
Satri
|
O‘tgan yil
|
Hisobot yili
|
Farqi (+,-)
|
O‘sishi, %
|
Mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan sof tushum
|
010
|
3 362 225 550
|
5 180 801 340
|
1 818 575 790
|
154.0
|
Sotilgan mahsulot (ish va xizmat)larning tannarxi
|
020
|
2 474 622 038
|
3 191 287 162
|
716 665 124
|
128.9
|
Mahsulot (ish va xizmat)larni sotishning yalpi foydasi (zarari) (satr.010-020)
|
030
|
887 603 512
|
1 989 514 178
|
1 131 910 666
|
224.2
|
Davr xarajatlari, jami (satr 050+060+ 070+ 080), shu jumladan:
|
040
|
568 302 199
|
752 744 444
|
184 442 245
|
132.3
|
Boshqa operatsion xarajatlar
|
070
|
135 306 333
|
178 630 359
|
43 324 026
|
132.0
|
Hisobot davrining soliq solinadigan foydadan kelgusida chegiriladigan xarajatlari
|
080
|
-
|
-
|
-
|
-
|
Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari
|
090
|
-
|
-
|
-
|
-
|
Asosiy faoliyatning foydasi (zarari) (satr 030-040+090)
|
100
|
454 607 646
|
1 415 400 093
|
960 792 447
|
3.12
|
Korxonada mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan sof tushum summasi o‘tgan yilga nisbatan 1 818 575 790 ming so‘mga, foizda 54 %ga ortgan. Sotilgan mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish tannarxi o‘tgan yilga nisbatan 716 665 124 ming so‘mga foizda 28.9 %ga ortgan. Mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan yalpi foyda summasi o‘tgan yilga nisbatan 1 131 910 666 ming so‘mga foizda 2.2 baravarga ortgan. Davr xarajatlari, operatsion xarajatlarning ham o‘sishi kuzatilgan. Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari kuzatilmagan. Asosiy faoliyatning natijasi o‘tgan yilga nisbatan 960 792 447 ming so‘mga yoki 3.12 baravarga ortganligini ijobiy baholash mumkin.
9.5. Marjinal foyda tahlili
Biznesni boshqaruv qarorlarini asoslashda marjinal tahlil muhim rol o‘ynaydi. Marjinal foyda tahlilida o‘zaro aloqadorlikka ega bo‘lgan iqtisodiy ko‘rsatkichlarning uchta guruhini tarkiblash mumkin. Bu ko‘rsatkichlar ishlab chiqarish (sotish) hajmi, xarajatlar (o‘zgaruvchan va o‘zgarmas) va foyda ko‘rsatkichlaridir.
Mazkur usul ko‘pincha zararsizlik tahlili deb yuritiladi. Ushbu usul amerika olimlari tomonidan 1930-yillarda ishlab chiqilgan. Uning g‘oyaviy muallifi asli kasbi injener bo‘lgan Uolter Rautenshtrax hisoblanadi. Uslubiyot negizida, mahsulot ishlab chiqarish hajmiga muvofiqlikda o‘zgarib turuvchi va o‘zgarmas xarajatlarning tarkiblanishi turadi58.
Korxonaning marjinal daromadi – sotishdan tushumdan o‘zgaruvchan xarajatlarni chegirish asosida aniqlanadi. Mahsulot birligidan marjinal daromad ushbu mahsulotning bahosi bilan unga ketgan o‘zgaruvchan xarajatlarning farqiga teng. Baho tarkibida esa faqat o‘zgaruvchan xarajatlar emas, balki doimiy xarajatlar va foyda summasi ham aks etadi.
Marjinal tahlilning asosiy jihatlari quyidagilar bilan xarakterlanadi:
- zararsiz ishlash hajmini aniqlash;
- korxonaning xavfsiz (zararsiz) ishlash doirasini belgilash;
- foydaning ko‘zlangan hajmida mahsulot ishlab chiqarish hajmini belgilab olish;
- marjinal daromadlikka erishishda doimiy xarajatlarning kritik darajasini aniqlash;
- belgilangan topshiriqlarni uddalashda doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar ta’sirida mahsulot bahosining kritik darajasini belgilab olish.
Marjinal daromadning odatda uchta tur ko‘rsatkichi hisob-kitob qilinadi59:
Do'stlaringiz bilan baham: |