Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliyaviy tahlil



Download 6,96 Mb.
bet200/296
Sana28.05.2022
Hajmi6,96 Mb.
#613541
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   296
Bog'liq
Moliyaviy tahlil darslik

Jami xarajatlar




3 394 256 689

5 070 812 936

1 676 556 247

149.4

Korxonada jami xarajatlar o‘tgan yilda 3 394 256 689 ming so‘mni, joriy yilda 5 070 812 936 ming so‘mni tashkil qilgan. O‘tgan yilga nisbatan mutlaq o‘zgarishi 1 676 556 247 ming so‘mni, o‘sish darajasi 149.4 foizni tashkil etgan.


Xarajatlar tarkibi bo‘yicha eng yuqori o‘zgarish moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar qatoriga to‘g‘ri kelgan. Ushbu tarkib xarajatlar o‘tgan yilga nisbatan 5.23 baravarga ortgan. Shuningdek‚ soliqlar to‘lovi bo‘yicha xarajatlar ham 188.4 foizga, boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar 2.06 baravarga ortgan.
Davr xarajatlari va boshqa operatsion xarajatlar o‘sishi 132 foizni, mahsulot tannarxini o‘sishi 128.9 foizni tashkil qilgan.


9.8. Xarajatlarni baholash va tahlil qilish yo‘llari. Xarajatlar o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar va ularni hisoblash yo‘llari


Ishlab chiqarish xarajatlarini baholash moliyaviy hisobotlarning muhim tamoyillaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish xarajatlarini baholashda albatta ularning tuzilishi va tabiatini bilish talab etiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari “Xarajatlar tarkibi” to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq quyidagi xarajat elementlari bo‘yicha tarkiblanadi:


- ishlab chiqarish xarakteridagi bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
- ishlab chiqarish xarakteridagi bevosita va bilvosita mehnat haqi xarajatlari va ajratmalari;
- ishlab chiqarishda bevosita va bilvosita qatnashayotgan asosiy va nomoddiy aktivlarni eskirish xarajatlari;
- ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar.
Ularni baholanishi tarkib bo‘yicha bir-biridan keskin farq qiladi. Masalan; mehnat haqini baholanishi hisoblangan mehnat haqi va ajratmalar summasidan yoki mehnat haqi va ajratmalar yuzasidan tan olingan majburiyatlar summasidan kelib chiqib baholanadi.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiya, eskirish qiymatlari belgilangan, qat’iy, normalar asosida hisob-kitob qilingan qiymat bilan baholanadi61.
Asosiy aktivlar va nomoddiy aktivlar ularning to‘liq boshlang‘ich qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. Asosiy aktivlar va nomoddiy aktivlar qiymatini hisobdan chiqarish ularning qiymati to‘liq to‘langunga yoki obyekt safdan chiqib ketgunga qadar bo‘lgan eskirishini (amortizatsiyani) hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Amortizatsiya ajratmalari obyekt foydalanishga topshirilganidan keyingi oydan boshlab amalga oshiriladi. Yerning qiymati amortizatsiya qilinmaydi.
Moliyaviy qo‘yilmalar buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq hisobga olinadi.
Majburiyatlar taraflarning kelishuviga binoan pulda o‘lchov bilan aks ettiriladi.
Sud qarori bo‘yicha yuzaga kelgan majburiyatlar tegishli summada aks ettiriladi.
Potensial majburiyatlar dastlabki haqiqiy bahosi bo‘yicha aks ettiriladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiruvchi moddiy xarajatlarni baholanishi asosiy vositalarni yoki nomoddiy aktivlarni eskirishi, mehnat haqi va ajratmalar baholanishidan keskin farq qiladi.
Aylanma aktivlarni baholash quyidagi ikki bahoning eng pasti bo‘yicha balans tuzilayotgan sanadagi haqiqiy tannarxi bo‘yicha (sotib olish narxi yoki ishlab chiqarish tannarxi) yoki bozor bahosi bo‘yicha (sof sotish qiymati) amalga oshiriladi.
Moddiy resurslar tarkibiga kiruvchi va ishlab chiqarish xarajatlarida asosiy element hisoblangan zaxiralarni baholanishini buxgalteriya hisobini milliy standartlari bo‘yicha quyidagi turlari tarkiblanadi:

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish