Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Kalandarova moliyaviy tahlil



Download 6,96 Mb.
bet189/296
Sana28.05.2022
Hajmi6,96 Mb.
#613541
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   296
Bog'liq
Moliyaviy tahlil darslik

Mavzuning maqsadi – moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimini, ularning «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot»da ifodalanishini, har bir ko‘rsatkichning aniqlanish yo‘llarini, moliyaviy natijalarning umumlashgan ko‘rsatkichlari tahlilini yoritishdan iborat.
Tahlil jarayonida ushbu bog‘liqlikning murakkab tizimi o‘rganiladi. Bu uning vazifasini to‘g‘ri belgilab olishni taqozo qiladi. Korxonaning moliyaviy natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish vazifalari quyidagilardan iborat:

  • moliyaviy natijalarni ifodalovchi barcha ko‘rsatkichlarning to‘g‘ri aniqlanganligini tekshirish;

  • moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlarning hisobot davridagi o‘zgarishiga baho berish;

  • moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlarning har biriga ta’sir qiluvchi omillarni belgilash va ularni ta’sirini baholash;

  • moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlarning bir-biriga bog‘liqligini, aloqadorligini, ularni sof foyda o‘zgarishiga ta’sirini baholash;

  • moliyaviy natijaviylik ko‘rsatkichlarini mulkiy holat va samaradorlik bilan bog‘liq jihatlarini baholash;

  • rentabellik ko‘rsatkichlariga baho berish va uning o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil etish;

  • foyda va rentabellikni oshirishning ichki imkoniyatlarini axtarib topish va chora-tadbirlarini belgilash.

«Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot» (OKUD bo‘yicha 2-shakl) tahlilning asosiy axborot manbasi hisoblanadi. Shu bilan birga, tahlil jarayonida korxonaning «Buxgalteriya balansi» (1-shakl), «Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot» (4-shakl), «Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot» (5-shakl), «Moliyaviy-iqtisodiy holat bo‘yicha ma’lumotnoma» (2b shaklga 1 ilova) kabi hisobotlari, ma’lumotlari va hisob-kitoblari qo‘llaniladi.


9.2. Umumiy moliyaviy natijalar, ularning tarkibi, tuzilishi va ko‘rsatkichlarining bir-biri bilan bog‘liqligi


Xo‘jalik subyektlarining hisobot davridagi sof daromadi yoki zarari quyidagi elementlar asosida aniqlanadi:



  • xo‘jalik umumiy faoliyatidan olingan daromad yoki ko‘rilgan zarar;

  • favqulodda daromad (zarar);

  • daromad solig‘i to‘langunga qadar umumiy moliyaviy natija (foyda yoki zarar);

  • sof foyda.

Yalpi daromad xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy va asosiy bo‘lmagan faoliyatidan olingan daromadlarni o‘z ichiga oladi. Asosiy faoliyatdan daromad mahsulot, ishlar, xizmatlar, tovar-moddiy zaxiralar, boshqa aktivlarni sotishdan, shuningdek’ mukofotlar, foizlar va dividendlar, gonorarlar va xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan rentadan olinishi mumkin.52
Xo‘jalik yurituvchi subyekt asosiy bo‘lmagan faoliyat natijasida oladigan daromadlari daromadni aniqlashga mos keladigan moddalarni o‘z ichiga oladi.
Birjada muomalada bo‘ladigan qimmatli qog‘ozlarni qayta baholash va boshqalar asosiy bo‘lmagan faoliyat natijasida paydo bo‘ladigan daromadlarga kiradi. Bunday daromadlar iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda ular haqidagi axborot foydali bo‘lganligi sababli alohida qayd etiladi.
Soliqqa tortiladigan daromad (zarar) soliq qonunchiligiga muvofiq belgilangan hisobot davridagi daromad (zarar) summasini ifoda etadi.
Moliyaviy natijalar – xo‘jalik yurituvchi subyektning foyda yoki zarar shaklida ifodalangan faoliyatining pirovard iqtisodiy yakunidir.53
Daromadlar va xarajatlar moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni taqdim etish maqsadida faoliyat turlarini chegaralash yo‘li bilan ko‘rsatilishi mumkin.
Daromadlar va xarajatlarning xo‘jalik yurituvchi subyektning ish natijalarini ko‘rsatish imkoniyatini beradi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, omonat egalarining xususiy sarmoyaga ulushlari daromad hisoblanmaydi, xususiy sarmoyaning egalari o‘rtasida taqsimlanishi esa xarajat hisoblanmaydi.
Moliyaviy natijalarni moliyaviy hisobotda aks ettirish masalasi eng muhim masala hisoblanadi. Bunda quyidagi talablarga amal qilinadi:
- aktivlarning ko‘payishi va majburiyatlarning kamayishi bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lg‘usi iqtisodiy foydaning o‘lchangan ko‘payishi paydo bo‘lganda daromad moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks etadi. Daromadlarni tan olish aktivlarning ko‘payishi va majburiyatlarning kamayishini aks ettirish bilan bir vaqtda yuzaga kelishi lozim;
- xarajat aktivlarning kamayishi va majburiyatlarning ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lg‘usi iqtisodiy foydaning o‘lchangan kamayishi paydo bo‘lganda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks etadi. Xarajatlarni tan olish majburiyatlardagi ko‘payish yoki aktivlarning kamayishini aks ettirish bilan bir vaqtda yuzaga kelishi lozim.
Xarajatlarni belgilash mulkni, ishlab chiqarishni boshqarish hamda mahsulot sotish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va zararlar bilan bog‘liq. Ular odatda pul mablag‘lari, moddiy zaxiralar, inshootlar, uskunalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishi yoki ulardan foydalanish, ishlatish shaklida bo‘lishi mumkin.
Zararlar ham iqtisodiy foydaning kamayganligini bildiradi va o‘z tabiatiga ko‘ra boshqa xarajatlardan farq qilmaydi. Zararlar boshqa aktivlarni sotishda yoki tabiiy ofatlar natijasida ham yuzaga kelishi mumkin.



1

Sotishdan tushgan yalpi moliyaviy natija (Yamn)

=


Mahsulot (ish, xizmat)ni sotishdan kelgan sof tushum (St)

-


Sotilgan mahsulot (ish, xizmat) tannarxi (Tn)




2

Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining moliyaviy natijasi (Mfmn)

=

YaMN

-

Davr xarajatlari (Dx)

+

Boshqa operatsion daromadlar (Bd)




3

Moliyaviy faoliyat natijasi (Mfn)

=

Moliyaviy faoliyatdan kelgan daromadlar (Mfd)

-

Moliyaviy faoliyatga ketgan xarajatlar (Mfx)



















4

Tasodifiy (favqulodda) foyda yoki zarar (Tf) (Tz)

=

Tasodifiy (favqulodda) daromad (Td)

-

Tasodifiy (favqulodda) xarajat (Tx)




5

Soliq to‘langunga qadar bo‘lgan umumiy moliyaviy natija foyda (Yaf)

=


Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining moliyaviy natijasi (Mfmn)

+


Mfn


+


Tf





6

Sof foyda (Sf)

=

Soliq to‘langunga qadar umumiy moliyaviy natija foyda (Yaf)

-

Soliqlar va ajratmalar (S)




7

Taqsimlanmagan foyda (Tmf)

=

Sof foyda (Sf)

-

Dividendlar (Dv)


Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish