Moliyaviy tahlilda o‘rganiladigan ko‘rsatkichlar tizimi
1.
|
Daromadlar
|
Mahsulot sotishdan sof tushum
|
1.1.
|
|
Boshqa operatsion daromadlar
|
1.2.
|
|
Moliyaviy faoliyatdan daromadlar
|
1.3.
|
|
Favqulodda daromadlar
|
2.
|
Xarajatlar
|
Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish tannarxi
|
2.1.
|
|
Davr xarajatlari
|
2.2.
|
|
Moliyaviy xarajatlar
|
2.3.
|
|
Favqulodda xarajatlar
|
3.
|
Foyda va zararlar
|
Yalpi foyda (zarar)
|
3.1.
|
|
Asosiy faoliyat foydasi (zarari)
|
3.2.
|
|
Umumxo‘jalik faoliyatining foydasi (zarari)
|
3.3.
|
|
Moliyaviy faoliyat foyda (zarar)
|
3.4.
|
|
Umumxo‘jalik faoliyatining foydasi (zarari)
|
3.5.
|
|
Favqulodda foyda (zarar)
|
3.6.
|
|
Soliq to‘loviga qadar foyda (zarar)
|
4.
|
Rentabellik ko‘rsatkichlari
|
Sotuv rentabelligi
|
4.1.
|
|
Xarajat rentabelligi
|
4.2.
|
|
Kapital rentabelligi
|
4.3.
|
|
Aktivlar rentabelligi
|
4.4.
|
|
Asosiy vositalar rentabelligi
|
Tahlilda moliyaviy natijalar (daromad va xarajatlar), foyda va zararlar, rentabellik ko‘rsatkichlarini joriy va o‘tgan yil ko‘rsatkichlari tahlil usullarida retrospektiv tarzda o‘rganiladi, o‘zgarish sabablari va omillari baholanadi.
Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarida ko‘pgina tadbirkorlik subyektlari moliyaviy natijalar tahlili yuzasidan quyidagi jihatlarni ochib berishlari lozim54:
(a) moliyaviy natijalarni shakllantirgan asosiy omillar va ta’sirlar;
(b) xo‘jalik yurituvchi subyektining faoliyatini moliyalashtirish manbalari va u tomonidan ko‘zlangan majburiyatlarning kapitalga nisbati koeffitsiyenti;
(d) xo‘jalik yurituvchi subyektining (MHXSlarga muvofiq) moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotda tan olinmagan resurslari.55
Moliyaviy natijalar tahlilida o‘rganiladigan ko‘rsatkichlar tizimi va ularning tahlili
№
|
Ko‘rsatkichlar
|
O‘tgan yil
|
Hisobot yili
|
Farqi (+,-)
|
O‘sishi, %
|
1.
|
Daromadlar (mln so‘m):
|
3 631 337 630
|
5 687 590 502
|
2 056 252 872
|
156.6
|
|
Mahsulot sotishdan sof tushum
|
3 362 225 550
|
5 180 801 340
|
1 818 575 790
|
154.0
|
|
Boshqa operatsion daromadlar
|
0
|
0
|
0
|
0
|
|
Moliyaviy faoliyatdan daromadlar
|
269 112 080
|
506 789 162
|
237 677 082
|
188.0
|
|
Favqulodda daromadlar
|
0
|
0
|
0
|
0
|
2.
|
Xarajatlar (mln so‘m):
|
3 337 277 870
|
4 956 117 015
|
1 618 939 145
|
148.5
|
|
Sotilgan mahsulot (ish va xizmat)lar ishlab chiqarish tannarxi
|
2 474 622 038
|
3 191 287 162
|
716 665 124
|
128.9
|
|
Davr xarajatlari
|
568 302 199
|
752 744 444
|
184 442 245
|
132.3
|
|
Boshqa operatsion xarajatlar
|
135 306 333
|
178 630 359
|
43 324 026
|
132.0
|
|
Moliyaviy xarajatlar
|
159 047 300
|
833 455 050
|
674 407 750
|
523.9
|
|
Favqulodda xarajatlar
|
0
|
0
|
0
|
0
|
3.
|
Foyda va zararlar (mln so‘m):
|
|
|
|
|
|
Mahsulot (ish va xizmat)larni sotishning yalpi foydasi
|
887 603 512
|
1 989 514 178
|
1 131 910 666
|
224.2
|
|
Asosiy faoliyat foydasi (zarari)
|
454 607 646
|
1 415 400 093
|
960 792 447
|
3.12
|
|
Daromad (foyda) solig‘ini to‘lagunga qadar foyda
|
564 672 426
|
1 088 734 205
|
524 061 779
|
193.0
|
|
Daromad solig‘i
|
16 304 363
|
30 730 577
|
14 426 214
|
188.4
|
|
Foydadan boshqa soliqlar va yig‘imlar
|
40 674 456
|
83 965 344
|
43 290 888
|
206.0
|
|
Sof foyda
|
507 693 607
|
974 038 284
|
466 344 677
|
192.1
|
4.
|
Rentabellik ko‘rsatkichlar, %
|
|
|
|
|
|
Sotuv rentabelligi
|
26.3
|
38.3
|
12.0
|
145.6
|
|
Xarajat rentabelligi
|
35.8
|
62.3
|
26.5
|
174.0
|
|
Kapital rentabelligi
|
6.5
|
9.6
|
3.1
|
147.6
|
|
Aktivlar rentabelligi
|
3.8
|
4.0
|
0.2
|
105.2
|
Korxonada daromad solig‘ini to‘lagunga qadar bo‘lgan foyda summasi o‘tgan yilga nisbatan 93 foizga yoki 524 061 779 ming so‘mga ortgan. Sof foyda summasi mos ravishda o‘tgan yilga nisbatan 92.1 foizga qiymatda 466 344 677 ming so‘mga o‘sgan. Rentabellikning tanlangan va tahlil qilingan turlari bo‘yicha holatni ham ijobiy baholash mumkin. Jumladan sotuv rentabelligi o‘tgan yilga nisbatan 12 foizga, xarajatlar rentabelligi o‘tgan yilga nisbatan 26.5 foizga, kapital rentabelligi 3.1 foizga, aktivlar rentabelligi 0.2 foizga ortgan.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning buxgalteriya balansi
(2016-2017 yy.)
Ko‘rsatkichlar nomi
|
2017 yil
|
2016 yil
|
O‘zgarishi (+;-)
|
O‘sishi, %
|
Aktiv
|
|
|
|
|
1. Uzoq muddatli aktivlar
|
12 593 199 960
|
10 219 731 945
|
2 373 468 015
|
123.2
|
2. Joriy aktivlar
|
11 683 693 105
|
2 978 372 713
|
8 705 320 392
|
392.3
|
Balans aktivi bo‘yicha jami
|
24 276 893 065
|
13 198 104 658
|
11 078 788 407
|
183.9
|
Passiv
|
|
|
|
|
1. O‘z mablag‘lari manbalari
|
10 124 233 076
|
7 745 794 466
|
2 378 438 610
|
130.7
|
2. Majburiyatlar
|
14 152 659 989
|
5 452 310 192
|
8 700 349 797
|
259.7
|
Balans passivi bo‘yicha jami
|
24 276 893 065
|
13 198 104 658
|
11 078 788 407
|
183.9
|
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti (2016-2017 yy.)
Ko‘rsatkichlar nomi
|
2017 yil
|
2016 yil
|
O‘zgarishi (+;-)
|
O‘sishi, %
|
Mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan sof tushum
|
5 180 801 340
|
3 362 225 550
|
1 818 575 790
|
154
|
Sotilgan mahsulot (ish va xizmat)larning tannarxi
|
3 191 287 162
|
2 474 622 038
|
716 665 124
|
128.9
|
Mahsulot (ish va xizmat)larni sotishning yalpi foydasi
|
1 989 514 178
|
887 603 512
|
1 101 910 666
|
224.2
|
Davr xarajatlari
|
752 744 444
|
568 302 199
|
184 442 245
|
132.3
|
Boshqa operatsion xarajatlar
|
178 630 359
|
135 306 333
|
43 324 026
|
131.8
|
Asosiy faoliyatning foydasi
|
1 415 400 093
|
454 607 646
|
960 792 447
|
311.6
|
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar
|
833 455 050
|
159 047 300
|
674 407 750
|
523.8
|
Moliyaviy faoliyatning daromadlari
|
506 789 162
|
269 112 080
|
237 677 082
|
188.1
|
Daromad (foyda) solig‘ini to‘lagunga qadar foyda
|
1 088 734 205
|
564 672 426
|
524 061 779
|
192.9
|
Favquloddagi foyda va zararlar
|
0
|
0
|
0
|
0
|
Daromad (foyda) solig‘i
|
30 730 577
|
16 304 363
|
14 426 214
|
187.5
|
Foydadan boshqa soliqlar va yig‘imlar
|
83 965 344
|
40 674 456
|
43 290 888
|
207.5
|
Hisobot davrining sof foydasi
|
974 038 284
|
507 693 607
|
466 344 677
|
192.1
|
9.4. Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy va asosiy bo‘lmagan faoliyatidan olingan daromadlari tahlili
Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyati turi keng qo‘llaniladigan va ahamiyatli ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Korxonalarga soliq solish tartiblari, ularning stavkalari, qator imtiyozlar va periferensiyalar ushbu faoliyat turidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Amaldagi me’yoriy huquqiy hujjatlar talabiga muvofiq asosiy faoliyat turini belgilash tartiblariga quyidagicha amal qilinadi:
- Agar asosiy faoliyat turini belgilashda olingan tushumning yoki qo‘shilgan qiymat solig‘i summasining salmog‘iga bosh omil sifatida qaraladi. Eng yuqori tushum olib kelgan, yoki eng yuqori qo‘shilgan qiymat solig‘ini aniqlangan faoliyat turi deb belgilanadi.
- Statistika organlari korxonalarning asosiy faoliyat turini belgilashda ular tomonidan topshiriladigan statistik hisobot manbalariga tayanadilar. Bunda ham asosiy faoliyat turi statistika organi tomonidan korxona ishtirokisiz, mustaqil, sotishdan olingan sof tushum hajmiga qarab belgilanadi.
Ba’zi hollarda bir yilda bir marta, boshqalarida esa uni har chorakda belgilash talab etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksida asosiy va birgalikdagi faoliyat turlariga quyidagicha ta’rif beriladi:
Asosiy faoliyat turi — yuridik shaxsning hisobot davri yakunlari bo‘yicha umumiy realizatsiya qilish hajmidagi sof tushum ulushi ustunlik qiladigan faoliyatdir.
Birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot — birgalikdagi faoliyat natijasi bo‘lgan tovar (ish va xizmat)lardir.56
Asosiy faoliyatdan olingan daromadlar tahlilida joriy davrda mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan sof tushumning hajmi, sotilgan mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish tannarxi, davr xarajatlari, operatsion daromadlar va xarajatlarning tahlili amaldagi “Mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablari bo‘yicha amalga oshiriladi. Shu sababli yuqoridagi tarkibdan bir muncha farq qiladi.
Asosiy faoliyatning moliyaviy natijasini aniqlashda asosiy va asosiy bo‘lmagan faoliyat turlarini tarkiblash bir mazmunda qaralmaydi. Asosiy faoliyat sifatida mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan eng yuqori tushumga ega qator tarkiblansa, qolgan barcha sotishlar asosiy bo‘lmagan faoliyat sifatida tarkiblanadi. Lekin ularning barchasi moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda asosiy faoliyat natijasi (hisobotning 100-satri) sifatida qayd etiladi.
Asosiy faoliyatning moliyaviy natijasi mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishning yalpi foydasi (zarari) (moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning 030-satr), davr xarajatlari (040-satr), asosiy faoliyatning boshqa daromadlari (090-satr)dan iborat bo‘ladi.
Demak, xulosa qilishimiz mumkinki, asosiy faoliyat korxona faoliyatining (ishlab chiqarish, savdo, umumiy ovqatlanish, ijara va h.k.) xususiyatlaridan kelib chiqqan holda faoliyatlar, soliqqa tortish, imtiyoz va periferensiyalardan kelib chiqib belgilanishi mumkin.
Tushumni tan olishda realizatsiya qilishning mazmunini ham aniq tushunib olish lozim.
Realizatsiya qilish deganda — sotish, ayirboshlash, beg‘araz berish maqsadida tovarlarni jo‘natish (topshirish), ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek, garovga qo‘yilgan tovarlarga bo‘lgan mulk huquqini garovga qo‘yuvchi tomonidan garovga oluvchiga topshirish nazarda tutiladi. Hisobvaraq-fakturalar, ishlar bajarilganligi yoki xizmatlar ko‘rsatilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomalar, tovarlar jo‘natilganligini (topshirilganligini), ishlar bajarilganligini, xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi kvitansiyalar, cheklar va boshqa hujjatlar realizatsiya qilganlikni tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi57.
Asosiy faoliyat natijasi va uning tahlili
Do'stlaringiz bilan baham: |