Tijorat banklari sof foydasi to‘g‘risida solishtirma
MA’LUMOT
12
(mln.so‘m)
№
Bank nomi
01.01.2013
yil holatiga
01.01.2014
yil holatiga
Yil boshiga
nisbatan
Jami
foydada-
gi ulushi
(+;-)
%
1
Xalq banki
49 316
86 393
37 077
75,18%
15,37%
2
Asaka bank
47 869
65 330
17 461
36,48%
11,62%
3
Ipoteka bank
39 888
46 484
6 596
16,54%
8,27%
4
Milliy bank
36 338
42 033
5 695
15,67%
7,48%
5
O‘zsanoatqurilish bank
31 839
43 360
11 521
36,19%
7,71%
6
Aziya Alyans bank
25 532
38 883
13 351
52,29%
6,92%
7
Xamkor bank
24 557
33 029
8 472
34,50%
5,88%
8
Trastbank
19 218
23 503
4 285
22,30%
4,18%
9
Agrobank
18 680
8 053
-10 627
-56,89%
1,43%
10 Ipak Yo‘li bank
18 296
22 523
4 227
23,10%
4,01%
11 Qishloq qurilish bank
15 102
21 871
6 769
44,82%
3,89%
12 Aloqabank
14 700
17 770
3 070
20,88%
3,16%
13 O‘zKDB bank
11 525
28 534
17 009
147,59%
5,08%
14 RBS NB UZBEKSITAN
8 428
-
0
0,00%
0,00%
15 Turon bank
8 019
21 504
13 485
168,16%
3,83%
16 Savdogar bank
7 509
11 211
3 702
49,29%
1,99%
17 Invest Finans Bank
7 209
12 065
4 856
67,36%
2,15%
18 Davr bank
6 456
9 053
2 597
40,23%
1,61%
19 Hi-tech bank
6 172
521
-5 651
-91,56%
0,09%
20 Kapital bank
4 485
14 016
9 531
212,50%
2,49%
21 UT bank
3 688
4 577
889
24,09%
0,81%
22 Turkiston bank
3 035
2 290
-745
-24,53%
0,41%
23 Orient-finans bank
2 211
6 601
4 390
198,54%
1,17%
24 Mikrokredit bank
1 561
543
-1 018
-65,19%
0,10%
25 Universalbank
431
1059,3
628
145,78%
0,19%
26 Samarqand bank
367
-
0
0,00%
0,00%
27 Saderat bank
289
535,2
246
85,19%
0,10%
28 Ravnaq bank
190
344,9
155
81,53%
0,06%
29 Kredit standart bank
179
-
0
0,00%
0,00%
30 Amirbank
61
5,6
-55
-90,82%
0,00%
Jami
413 150
562 091
148 941
36,05%
100,00%
Yuqoridagi
jadval
ma’lumotlari orqali shuni ko‘rish mumkinki,
respublikamiz tijorat banklari qatorida Asaka bank, Xalq banki va Ipoteka
12
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari hisobot ma’lumotlari-2013y.
banklarining 2013 yil yakunlari bo‘yicha sof foydasi miqdori boshqa banklarga
qaraganda yuqori bo‘lgan. YA’ni, 2013 yil yakunlari bo‘yicha Asaka bankning sof
foydasi miqdori qariyb 65,3 mlrd.so‘mdan oshgan bo‘lsa, uning jami banklarning
sof foydasidagi ulushi 11,62 foizni tashkil etgan. Xalq bankning sof foydasi
miqdori 86,4 mlrd.so‘mdan ortiq bo‘lib, uning jami banklarning sof foydasidagi
ulushi 15,37 foizni tashkil etgan. Ipoteka bankning esa sof foydasi miqdori 46,5
mlrd.so‘mdan ortiq bo‘lib, uning jami banklarning sof foydasidagi ulushi 8,27
foizni tashkil etgan.
Ravnaq bank, Saderat bank, va Amir banklarning 2012 yildagi sof foydasi
miqdori boshqa banklarga qaraganda kam bo‘lib, ularning jami tijorat banklarining
sof foydasidagi ulushi 0,26 foizni tashkil etgan.
Hozirgi kunda tijorat banklarining foydasi quyidagi yo‘nalishlarda
foydalanilmoqda: ta’sischilar o‘rtasida taqsimlanayapti; aksiyadorlarga dividend
sifatida berilayapti; byudjetga to‘lovlar amalga oshirilayapti; bank xodimlari
o‘rtasida taqsimlanayapti; bank kapitali miqdori oshirilayapti (kapitalizatsiya
qilinayapti); bankning maxsus va umumiy zaxira fondlari yaratilayapti.
3. Tijorat banklari foizsiz daromadlarini oshirish yo‘llari
Moliyaviy inqiroz sharoitida Hukumatimiz tomonidan amalga oshirilgan
islohotlar natijasida tijorat banklarining kapitali va mijozlardan jalb qilingan
depozitlar hajmining barqaror o‘sishi ta`minlandi. Iqtisodiyotning bazaviy
tarmoqlarida
tarkibiy
o‘zgartirish,
samarali
investitsiya
loyihalarini
moliyalashtirish, kichik biznes va tadbirkorlikni kreditlashni qo‘llab –
quvvatlashda banklarning rolini oshirilmoqda.
Foizsiz daromadlarini boshqarish bank xizmatlarini, mijozlarni to’g’ri
tanlash va bu xizmatlarning narxi va ta’riflarini belgilash bilan aniqlanadi.
Tijorat banklarining daromadi investitsiya operatsiyalari bo’yicha foyda
miqdori, vositachilik to’lovlarining hajmi, shuningdek aktivlar summasi va
tarkibiga bog’liq. Jami daromadlarning muhim manbalaridan biri - bu bank
tomonidan beriladigan kreditlardir. Operatsiya daromadlarining 100 % bo’lishiga
intilish, o’sish sur’ati esa bir me’yorda saqlanishi kerak.
Respublikamiz tijorat banklari aktivlarining daromadliligini oshirish bilan
bog‘liq bir qator muammolar mavjud. Bizning fikrimizcha, ulardan asosiylari
sifatida quyidagi muammolarni ko‘rsatish mumkin:
Respublikamiz
tijorat
banklarining
aktivlari
tarkibida
daromad
keltirmaydigan va daromadlilik darajasi past bo‘lgan aktivlarni, ya`ni kassali
aktivlarni, bino va inshootlarni sezilarli darajada yuqori salmoqqa ega ekanligi
muammosi.
Hozirgi davrda O‘zbekistonda bank nazorati bo‘yicha tijorat banklari
moliyaviy holatini tahlil qilishning o‘ziga xos tizimi tashkil qilingan. Shuningdek,
tijorat banklari Markaziy bankka har oy faoliyatining ko‘p sohalarini o‘z ichiga
olgan ma’lumotlar, balans hisoboti, iqtisodiy normativlar hisob-kitobi, foyda va
zararlar hisobotlarini taqdim etadilar. Ushbu jarayonda tijorat banklarining aktiv
operatsiyalardan oladigan daromadlarini oshirishning samarali tizimini vujudga
keltirish, pul muomalasi va kredit sohasida yuzaga keladigan holatlarning
iqtisodiyotning boshqa sohalariga nisbatan salbiy ta’sirini oldini olish chora-
tadbirlarini ishlab chiqish katta ahamiyatga egadir. Chunki tijorat banklari xo‘jalik
sub’ektlarining joriy va investitsiya xarajatlarini moliyalashtirishning asosiy,
birlamchi manbalaridan biridir. Buning uchun esa, banklarning daromadlilik
mohiyatini chuqur anglab etish va mahalliy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda
undan foydalanish masalalarini atroflicha tahlil qilish zarurdir.
Bank faoliyatining u yoki bu sohalarini o‘rganishga oid maqolalari,
chiqishlari ko‘p uchraydi. Bu, albatta, ijobiy hol. Lekin, shuni alohida ta’kidlash
lozimki, tijorat banklari foizsiz daromadlar mustaqil tadqiq predmeti sifatida
kompleks o‘rganilmagan. Bu holat tijorat banklari moliyasini boshqarishda zaif,
nuqsonli jihatlarning hanuz talaygina qismi hozirgi kunda o‘z echimini
kutayotganligini tasdiqlaydi. Tijorat banklari foizsiz daromadlarini oshirish,
ularning barqarorligini ta’minlash imkoniyatlarini qidirib topish muammosining
nazariy uslubiy asoslarini takomillashtirish nafaqat tijorat banklari faoliyatini
tartibga solishga oid davlat dasturining ishlab chiqilishida, balki shu bilan birga
bank amaliyoti uchun kundalik operativ harakat dasturlarini yaratishda ham muhim
ahamiyatga egadir.
Hozirgi vaqtda respublikamiz tijorat banklari aktivlarining tarkibida
salmog‘iga ko‘ra ikkinchi o‘rinni kassali aktivlar egallaydi, uchinchi o‘rinni esa,
asosiy vositalarga qilingan quyilmalar egallaydi. Holbuki, asosiy vositalar daromad
keltirmaydigan aktiv hisoblanadi, kassali aktivlarning daromadlilik darajasi esa,
juda pastdir. Rivojlangan industrial mamlakatlarning bank amaliyotida esa, tijorat
banklari aktivlarining tarkibida salmog‘iga ko‘ra birinchi o‘rinni kreditlar, ikkinchi
o‘rinni qimmatli qog‘ozlar shaklidagi aktivlar, uchinchi o‘rinni esa, kassali aktivlar
egallaydi. Qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar daromadlilik darajasiga
ko‘ra kreditlardan keyingi aktiv hisoblanadi. Bundan tashqari, ular banklarning
likvidliligini ta`minlashda muhim rol o‘ynaydi. SHu boisdan ham, ko‘plab xorijiy
banklarda aktivlarning daromadlilik darajasini yuqori ekanligi kuzatiladi.
Respublikamiz tijorat banklari aktivlarining daromadlilik darajasiga salbiy
ta`sir qiluvchi majburiy zahira talablarining yuqoriligi.
2005 yilning oktyabr oyidan boshlab respublikamiz tijorat banklarining
milliy valyutadagi barcha depozitlari (jismoniy shaxslarning omonatlari bundan
mustasno)dan 15 foiz va xorijiy valyutadagi mablag‘lar bo‘yicha 8 foiz miqdorida
majburiy zahira ajratmasi olish joriy qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
Banki tomonidan 2004 yil 31 dekabr №28|5-sonli Nizomiga asosan majburiy
ajratma zaxirasi 15 foiz qilib belgilandi.2009 yilda esa yana tabaqalashtirish
kiritilgan bo’lsada, Bu nisbatan yuqori stavka bo‘lib tijorat banklarining kreditlash
imkoniyatiga va likvidliligiga sezilarli darajada salbiy ta`sir ko‘rsatadi. Masalan,
Yaponiyada majburiy zahira stavkasi 0,1 foizdan 0,125 foizgacha qilib
belgilangan. Bu ko‘rsatkich Buyuk Britaniyada -0,45 foizni, AQSHda -3-12 foizni,
evroxududga kiruvchi Evropa mamlakatlarida esa, 2 foizni tashkil qiladi.
Rivojlangan xorijiy davlatlar bank amaliyotida majburiy zahira stavkalari
depozitlarning muddati va summasiga bog‘liq ravishda tabaqalashtirilgan.
Depozitning summasi qanchalik katta bo‘lib muddati qanchalik qisqa bo‘lsa,
majburiy zahira stavkasi shunchalik yuqori belgilanadi. Natijada muddatli va
jamg‘arma depozitlariga nisbatan past stavkalar qo‘llaniladi. Bu esa, tijorat
banklariga mazkur depozitlarga nisbatan qulay foiz stavkalari belgilash imkonini
beradi, natijada banklarning muddatli va jamg‘arma depozitlari shaklidagi
resurslari ko‘payadi.
Respublikamiz tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan amalga
oshiriladigan operatsiyalarini rivojlanmaganligi. Tahlil natijalaridan ma`lum
bo‘ldiki, respublikamiz tijorat banklarining milliy va xalqaro fond birjalaridagi
faoliyati sustligicha qolmoqda. Bu holat banklarning foizsiz daromalarini tahlil
qilish jarayonida yaqqol namoyon bo‘ldi. Holbuki, rivojlangan xorijiy davlatlar
bank amaliyotida qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalar banklarning
ssudalardan keyingi ikkinchi asosiy faoliyat turi hisoblanadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki
tomonidan 2000 yil 25 martdagi 5/21-sonli Nizomga muvofiq banklar tomonidan
muomalaga chiqariladigan qimmatli qog‘oz depozit sertifikatidan majburiy
zaxiraga ajratma qilish bo‘yicha imtiyoz berilgan edi. Lekin Markaziy Banki
tomonidan 2004 yil 31 dekabr №28/5-sonli Nizomiga asosan majburiy ajratma
zaxirasi 15 foiz qilib belgilandi va tijorat banklari tomonidan muomalaga
chiqariladigan qimmatli qog‘oz depozit sertifikati bo‘yicha imtiyoz bekor qilindi.
Bu esa banklarni qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalarini keskin
kamayishiga olib keldi va o‘z navbatida bu tijorat banklarining resurs bazasining
shakllanishiga ham salbiy ta`sir qildi.
Mamlakatimiz tijorat banklarining aktivlarni boshqarishda moliyaviy
instrumentlarni
qo‘llagan holda amalga oshiriladigan operatsiyalarining
samaradorligini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolardan biri Respublikamiz
bank amaliyotida bir qator aktivlarni boshqarishda moliyaviy instrumentlarning,
shu jumladan, diskont, forfeyting operatsiyalari kabi operatsiyalarni mavjud
emasligi hisoblanadi.
Mamlakatimiz bank amaliyotida diskont operatsiyalarining mavjud emasligi
tijorat banklari aktivlarining daromadliligini oshirishga sezilarli darajada salbiy
ta’sir ko‘rsatadi. Chunki, diskont operatsiyalari banklarga sezilarli darajada yuqori
bo‘lgan foizli daromadlar olish imkonini beradi. Bundan tashqari, diskont
operatsiyalari tijorat banklari aktivlarining daromadliligiga ziyon etkazmagan
holda, banklarning likvidliligini oshirish imkoniyatini yuzaga keltiradi. Bunday
imkoniyat tijorat banklarining balansidagi trattalarni Markaziy bankda qayta
hisobga olish yo‘li bilan yuzaga keltiriladi. Demak, Respublikamiz bank
amaliyotida diskont operatsiyalarining mavjud emasligi tijorat banklarining
likvidliligini ta’minlash va aktivlarining daromadliligini oshirishga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Respublikamiz
bank
amaliyotida
forfeyting
operatsiyalarini
rivojlanmaganligining birlamchi sababi — mamlakatda tijorat veksellari
muomalasining to‘xtatib qo‘yilganligidir. CHunki, forfeytingda mol etkazib
beruvchining banki tijorat veksellarini regress huquqisiz hisobga oladi. Buning
ma’nosi shuki, emitent bankrot bo‘lib qolgan taqdirda bank mol etkazib beruvchiga
to‘lov yuzasidan da’vo qilish huquqidan mahrum bo‘ladi.
Tijorat banklari valyuta operatsiyalarining daromadlilik darajasining past
ekanligi.
Amalga oshirilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekiston
Respublikasi tijorat banklari tomonidan amalga oshirilayotgan valyuta
operatsiyalarining 99 foizi spot operatsiyalaridan iboratdir. Spot operatsiyalarining
daromadlilik darajasini tahlil qilish natijalari shuni ko‘rsatdiki, ularning
daromadlilik darajasi nisbatan sezilarli darajada pastligicha qolmoqda. Buning
asosiy sabablari sifatida quyidagilarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin:
- milliy valyuta-so‘mning xalqaro va regional valyuta bozorlarida baholovchi
valyuta vazifasini o‘tay olmayotganligi spot operatsiyalari hajmini oshirishga
jiddiy to‘sqinlik qilmoqda;
- respublikamiz tijorat banklarining ochiq valyuta pozitsiyalari miqdorini
qisqartirish imkoniyatlarining cheklanganligi;
Foydalilik bankning o‘z mablag‘larini ko‘paytirishning eng ishonchli manbai
bo‘lib, bu mablag‘lar bank faoliyatidan ko‘riladigan zararlarni qoplashga
sarflanishi mumkin. Bundan tashqari bankning rentabellik darajasi asossiz ravishda
ancha yuqori bo‘lmasligi lozim, chunki yuqori darajadagi rentabellik katta zararlar
xatari bilan birga keladi. Eng yaxshi boshqariladigan bank o‘z xarajatlarini qat’iy
nazorat qila olishi va kredit layoqatli qarz oluvchilarni to‘g‘ri tanlay olish evaziga
o‘rtachadan yuqoriroq rentabellikka erisha oladi. YUqori foyda oluvchi bank
odatda, ehtiyotkor bank allaqachon voz kechgan amaliyotlarni o‘tkazish orqali
bunday foydaga erishgan bank bo‘lib, bunday bankni moliyaviy barqaror deb
bo‘lmaydi. Tijorat banki moliyaviy barqarorligini ta’minlovchi asosiy yo‘l bu bank
amaliyotini xatarsiz va samarali o‘tkazishdir.
Har bir bank amaliyotini samarali amalga oshirish bilan birga likvidlikni,
aktiv va passivlarni samarali boshqarish, ularning harakatini qaytarilish muddati va
summasiga ko‘ra bir-biriga muvofiqlashtirish, shuningdek spred – ular o‘rtasidagi
farqni boshqarishni yuqori darajaga ko‘tarishga ham bankning moliyaviy
beqarorligining kelib chiqishini bartaraf etuvchi asosiy omil sifatida qarash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |