Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti tijorat banklari foizsiz daromadlarini oshirish


jamiyatlariga qilingan investitsiyalar bo`yicha



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/15
Sana30.12.2021
Hajmi0,56 Mb.
#90579
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
tijorat banklari foizsiz daromadlarini oshirish yollari

jamiyatlariga qilingan investitsiyalar bo`yicha 

 

  Investitsiyalardan olingan foyda va dividendlar 



 

  Boshqa foizsiz daromadlar 



 

 

Bankning asosiy vositalaridan ijarasidan 



 

Boshqa ko`chmas mulklarga qilingan investitsiyalar bo`yicha 

 

Hisobdan chiqarilgan mablag`larning qaytarilishi 



 

Bank asosiy vositalari va ko`chmas mulklarini sotish bo`yicha 

 

Boshqa foizsiz daromadlar



4

Agar  biz  asosiy  e’tiborni  tijorat  banklarining  daromadiga  qaratadigan 



bo‘lsak, u holda shuni alohida ta’kidlash lozimki, ularning daromadlari olingan 

barcha foizlar, komission yig‘imlar va dividendlardan tashkil topadi. 

Tijorat  banklarining  daromadlari  va  ularning  iqtisodiy  mazmuni  to‘g‘risida 

fikr  bildirilayotgan  paytda  bank  faoliyatining  va  shu  joydagi  mehnatning 

xarakterli  xususiyatlari  ham  nazardan  chetda  qolmasligi  kerak.  Tijorat  banklari 

o‘zlarining faoliyatlari davomida xizmatlar ko‘rinishidagi mahsulot yaratadilar va 

shu  mahsulotni  yaratuvchi  xizmatlar  juda  ham  xilma-xil  xarakterga  egadir. 

Birinchidan,  ana  shunday  xizmatlardan  biri  vositachilik  xizmatlari  deb  ataladiki, 

ular  huquqiy  va  jismoniy  shaxslarning  mablag‘larini  saqlash,  hisob-kitoblarni 

amalga  oshirish,  kredit  berish  va  hokazolar  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  xizmatlardir. 

Ikkinchidan,  ma’lum  darajada  daromadli  (samarali)  xizmatlarni  tijorat  banklari 

ko‘rsatib,  ularga  lizing  operatsiyalari,  shartnoma  asosida  qtisodiy  ekspertiza, 

                                                           

4

 Sh. Abdullayeva Bank ishi Toshkent 2003 y 




xo‘jalik  faoliyatining  tahlili,  maslahatlar  berish  va  boshqalar  kiradiki,  ularni, 

bizning fikrimizcha, ilmiy-texnikaviy mahsulotlarga tenglashtirish mumkin. 

Rivojlangan  xorijiy  bank  amaliyotiga  nazar  solsak,  u  holda  hozirgi 

sharoitda  ularning  daromadlari  ko‘pincha  kreditlarni  berish  orqali  olinadigan 

foizlar  hisobidan  shakllanayotganligining  guvohi  bo‘lamiz.  Xuddi  shu  holatda n  

bo‘lsa kerak, juda ko‘p iqtisodiy adabiyotlarda olingan foizlar tijorat banklarining 

daromadlari  sifatida  talqin  qilinayotir.  Bizning  fikrimizcha,  bank  daromadlarini 

bu  tarzda  talqin  etish  o‘zining  etarli  asosiga  ega  emasdir,  chunki,  berilgan 

kreditlar  uchun  olingan  foizlar  kreditlar  bo‘yicha  daromad  hisoblanadi  va  foiz 

berilgan kreditning daromadliligini aniqlab beradi. 

Bank aktiv operatsiyalarining eng asosiysi bo‘lgan bu faoliyatdan olingan - 

«daromad  jalb  qilingan  resurslar  hisobidan  berilgan  kreditlar  bo‘yicha  olingan 

foizlar  bilan  jalb  qilingan  resurslar  bo‘yicha  bank  tomonidan  to‘langan  foizlar 

o‘rtasidagi  farqdan  iborat»dir.  SHu  bilan  birgalikda,  aslida  bu  erda  mana  shu 

operatsiyalar  hissasiga  to‘g‘ri  keladigan,  bank  tomonidan  amalga  oshiriladigan 

moddiy xarajatlarni ham hisobga olish kerakdir. 

Tijorat banklarining faoliyatiga  diqqat  bilan  nazar  soladigan  bo‘lsak,  «bank 

pul  mablag‘larini  mijozlarga  joylashtirishdan  olingan  foizlar  bank  faoliyatidan 

olingan  daromadlar»ga  mos tushishini aniqlashimiz  mumkin. SHu bilan birgalikda 

«barcha  operatsiyalar  bo‘yicha  "tijorat  bankining  daromadi  pul  mablag‘lari 

tushumi bilan o‘sha operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan moddiy 

xarajatlar  o‘rtasidagi  farqdan  iborat»  ekanligi  ham  esdan  chiqmasligi  lozim. 

Ma’lumki,  «tijorat  banklari  hisob-kitob  operatsiyalarini,  hisob-kassa  xizmatini 

ko‘rsatish  va  fond  operatsiyalari  bo‘yicha  ham  ma’lum  daromadga  ega 

bo‘ladi»lar.  Bizning  nazarimizda,  ushbu  operatsiyalar  bo‘yicha  tijorat 

banklarining  daromadlari  komission  mukofotlari  (yirimlar,  to‘lovlar)  va  moddiy 

xarajatlar o‘rtasidagi farqdan iborat bo‘lishi, shubhasiz. 

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  tijorat  banklari  o‘z  mablag‘larini  qimmatli 

qog‘ozlarga joylashtirishdan olingan dividentlar ko‘rinishida ham daromadga ega 

bo‘lishlari mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki, tijorat banklarining daromadi ular 




foydasidan farqli qlaroq murakkab tabiatga egadir. Aslida esa tijorat banklarining 

daromadi  bank  ixtiyoriga  kelgan  tushum  bilan  moddiy  xarajatlar  o‘rtasidagi 

farqdan iboratdir. 

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  daromad  ko‘rsatkichining  moliyaviy 

adabiyotlarda  va  kundalik  amaliyotda  mustahkam  o‘rin  olishi  boshqa  bir 

tomondan xujalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini baholash va ragbatlantirishda 

daromad 

kursatkichi 

imkoniyatlarining 

yo‘q  bo‘lib  qolganligi  yoki 

pasayganligidan  dalolat  bermaydi.  Aksincha,  bunday  sharoitning  vujudga 

kelganligi,  bizning  fikrimizcha,  daromadning  roli  va  funksiyalari  yanada 

kuchayganligini  ko‘rsatadi.  Xuddi  shuning  uchun  ham,  bizning  nazarimizda, 

shu  kecha-kunduzning  eng  muhim  vazifalaridan  biri  daromadning  hajmiga 

ta’sir ko‘rsatuvchi barcha omillarni bilish, uni shakllantirish jarayonini oqilona 

boshqarishni  bilish  yoki  uddasidan  chiqishdan  iboratdir.  Agar  bular  tijorat 

banklari faoliyatida o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi inobatga olinadigan 

bo‘lsa,  uning  alohida  ahamiyatga  ega  ekanligi  yanada  yaqqolroq  ko‘zga 

tashlanadi. 

Avvalo,  tijorat  banklari  daromadlarining  iqtisodiy  mazmuni  to‘g‘risida 

gapiradigan bo‘lsak, ular yuqorida qayd etib o‘tganimizdek, tijorat banklarining 

turli  xil  vazifalari  zamirida  vujudga  keladi.  Tijorat  banklarining  daromadi 

ssuda  va  investitsiya  operatsiyalari  bo‘yicha,  foyda  normasiga,  kursatilgan 

xizmatlar  uchun  undiriladigan  to‘lovlar  miqdoriga,  shuningdek  aktivlarning 

miqdori va tarkibiga bog‘liqdir. 

SHuni alohida qayd etib o‘tishimiz lozimki, tijorat banklarining faoliyati 

nihoyatda  keng  qamrovli  va  xilma-xildir.  YAgona  bir  xolding  kompaniyalari 

ko‘rinishida,  tijorat  banklari  va  uning  joylardagi  filiallari  ko‘rsatadigan 

xizmatlarning  xilma-xilligiga,  mumkin  qadar  o‘z  mijozlariga  xizmat 

ko‘rsatishning qulay hamda arzon turli ko‘rsatmalar, buyruqlar sonini bir qadar 

cheklangan tartibda qullash imkoniyatlari rivojlanmoqda. 

So‘nggi  vaqtlarda  bank  ishiga  kiritilayotgan  muhim  yangiliklardan  biri 

kredit  kartochkalarini  qo‘llash,  ishbilarmonlar  firmalarga  zamonaviy  xalqaro 



andozalar  asosidagi  hisob  varaqalari  asosida  buxgalteriya  xizmatlarini 

ko‘rsatish,  faktoring  operatsiyalari,  ijarani  moliyalashtirish,  evrodollar 

bozoridagi operatsiyalarda ishtirok etish favqulodda holatlarda pul hujjatlarini 

inkassatsiyalash uchun abonent yashiklari tizimidan foydalanish va boshqalar. 

Dunyo  miqyosida  tan  olinayotgan  eng  ilg‘or  va  zamonaviy  bank 

texnologiyalarini  O‘zbekiston  bank  tizimiga  qo‘llash  bu  o‘z-o‘zidan 

banklarking daromadlarining ko‘lamini kengaytirib bormoqda. 

Tijorat  banklari  daromadining  mohiyati  va  boshqa  moliyaviy 

institutlaridan  farqlanib  turuvchi  xususiyati  -  bank  pul  resurslarini  tashkil  etib 

va  ularni  yuqori  daromadli  bank  portfellarini  yaratish  layoqati  bilan 

xususiyatlanadi. 

Tijorat banklari resurslarini tashkil qilish imkoniyatlari iqtisodiyot uchun 

muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Ular  moslashuvchan  kredit  tizimini  amalga 

oshirmoqda, qaysiki  iqtisodiyotni  barqaror rivojlanishiga  zarur  shart-sharoitlarni 

yaratib bermoqda. 

Bank  kreditlari  iqtisodiyot  uchun  nihoyatda  muhimdir,  chunki  ular 

qishloq  xo‘jaligini,  savdo  va  sanoatni  moliyalashtirishni  ta’minlaydi.  Kreditlar, 

boshqacha  qilib  aytganda  «bilvosita»  yoki  ko‘p  bosqichli  bevosita  ishlab 

chiqarish jarayonidan farqli ravishda (ishlab chiqarish tizimida)dagi erga ishlov 

berib  iste’mol  mollari  oladigan  yoki  tabiiy  resurslardan  foydalaniladigan 

tarmoqlarni rivojlantirish imkoniyatiga ega. 

Bank  kreditlaridan  foydalanish  natijasida  fermerlar,  qishloq  xo‘jaligi 

korxonalari urug‘likni, em mahsulotlarini, o‘g‘itlarni va boshqa mahsulotlarni, 

ya’ni  qishloq  xo‘jaligi  uchun  eng  zarur  xom-ashyo  va  mahsulotlarni  sotib 

olishga  imkoniyat  yaratiladi.  Bank  kreditlari  ishbilarmonlarni  xom-ashyo  va 

ishlab  chiqarish  mashinalari  sotib  olishligini  ta’minlaydi,  bu  esa  o‘sha 

mahsulot  iste’molchilari,  sanoat  va  hukumat  uchun  nihoyatda  zarur 

hisoblanadi.  Ulgurji  va  chakana  savdo  firmalari  bank  kreditlari  shakllaridan 

unumli foydalanib o‘z omborlarini to‘ldiradi va iste’molchilarga yo‘naltiradi. 



Tijorat  banklarining  transport  kompaniyalariga  ko‘rsatadigan  moliyaviy 

yordamlari natijasida qulayliklar yuzaga kelishi hamda ishlab chiqaruvchilardan 

so‘nggi  iste’molchilarga  mahsulotlarni  yuklab  jo‘natishda  ham  qulayliklar 

yuzaga keladi. Bundan tashqari ular qishloq xo‘jaligini, savdoni hamda sanoatni 

moliyalashtiradi  va  ssudalar  berish  bilan  iste’molchilar  talab-ehtiyojini 

qondirishni qulaylashtiradi. 

Tijorat  banklari  daromadi  iqtisodiy  mazmunining  yana  bir  muhim 

xususiyati — to‘lov mexanizmini ta’minlash yoki mablag‘larni ko‘chirishdir va 

bu vazifaning ahamiyati ishonchli cheklarga va kredit kartochkalariga qaraganda 

muhimlikni  ta’minlaydi,  to‘lov  manbalaridan  yuqori  samara  bilan  foydalanish 

yalpi  milliy  mahsulotga  nisbatan  moliyaviy  operatsiyalar  o‘sishiga  qaramasdan 

pul jamg‘armasining asta-sekin kamayishidan dalolat beradi. 

Pul  ko‘chirish  operatsiyalarida  sezilarli  o‘rinni  talab  qilungunga  qadar 

depozitlar  shaklidagi  pul  mablag‘lari  egallaydi,  ayniqsa  ulardan  foydalanish 

samaradorligi 

tobora 


oshib 

bormoqda. 

Bu 

hisob-kitoblarni 



ishlash 

texnologiyasining  juda  talab  darajasida  ekanligidan  dalolat  beradi,  bu  esa 

ishbilarmon  kompaniyalar  va  xususiy  shaxslarni  o‘z  mablag‘laridan  juda 

samarali foydalanishga intiltiradi, hamda jamg‘armachilarga mablag‘larni tushish 

o‘rtasidagi farqni qisqartiradi va to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishga imkon 

beradi. 


Plastik  kartochkalarini  qo‘llash  tizimini  yaratish  bo‘yicha  o‘tkazilgan 

tajribalar  ularning  kredit  kartochkalarini  qo‘llash  tizimiga  aynan  o‘xshashligini 

tasdiqladi.  Bu  bir-biriga  mos  banklarni  kompyuterlariga  kiritiladi  va  xarid 

qiluvchi hisob varag‘idan mablag‘larni sotuvchi hisob varag‘iga ko‘chiriladi. Bu 

tizimlar  bank  kassasi  avtomatlarini  ko‘plab  banklarga  o‘rnatishdan  dalolat 

beradi.  Mijozni  bu  apparatlardan  foydalanishi  bank  kredit  kartochkalariga 

bankdagi  o‘z  schyotidan  mablag‘larini  olishi  va  sarflashi  mumkin,  schyotga 

pullarni kiritish, qarzlarni qaytarish, joriy schyotda o‘z jamg‘arma schyotidagi 

mablag‘larni o‘tkazishni amalga oshiradi. 



Tijorat  banklarining  muhim  vazifalaridan  biri  —  iqtisodiyotning  barcha 

tarmoqlari  uchun,  jamg‘armalarni  to‘planishini  ta’minlash,  ularning  sotsial 

ehtiyojlari 

va 


iqtisodiyotning 

turli 


xil 

tarmoqlarida 

foydalanilishini 

ta’minlashdan iborat. 

Tijorat  banklarida  jamg‘armalar  joylashtirilganda  tula  xavfsiz  va  yuqori 

likvid  shaklda  bo‘ladi,  chunki  jamg‘arma  egasi  foiz  ko‘rinishida  o‘z 

jamg‘armasi  uchun  ma’lum  bir  summada  haq  oladi.  Jamg‘armalarning 

to‘planishi  bilan  tijorat  banklari  ular  hisobidan  mablag‘larni  ishbilarmonlarga 

ishlab  chiqarish  quvvatini  kengaytirish  uchun  va  iste’mol  mollari  va  uy-joy 

sotib oluvchi iste’molchilarga kreditga berishi mumkin. Bizning jamiyatimizda 

etarli  darajada  yuksak  daromadlilikka  erishish  uchun,  jamgarish  alohida 

ahamiyat kasb etadi. 

Rivojlangan  xorijiy  davlatlarda  bank  daromadlarining  sezilarli  qismi 

tashqi  savdo  operatsiyalarini  moliyalashtirishdan  olinadi.  Masalan,  jismoniy 

shaxslar Fransiyadan vino, Germaniyadan avtomobil, Italiyadan poyafzal yoki 

Angliyadan  Ekonomist  jurnaliga  obuna  bo‘lish  bo‘yicha  buyurtma  beradilar, 

ayrim  holatlarda  xorijiy  sotuvchining  Amerika  dollarida  to‘lovni  olishni 

istamasligi  kabi  holatlarga  duch  kelib  qolishi  mumkin.  Binobarin,  chet  el 

valyutasi (masalan, evro, funt sterling, ien)da to‘lovlarni utkazish uchun chet el 

valyutasiga  ega  bo‘lishi  zapyp.  Buning  uchun  sotib  oluvchi  tijorat  bankiga 

murojaat qiladi va chet el valyutasida zarur mablag‘ni oladi

5



 Ehtimol,  sotib  oluvchi  tomonlarning  qat’iy  bo‘lmagan  majburiyatlari 

asosida shunday shartnoma variantini tuzmasa va u ko‘proq savdo kelishuviga 

ishbilarmonlik  jihatidan  yondoshishni  afzal  ko‘radi.  Muammolarni  echimida 

tovar  akkreditivlarini sotib oluvchilarga ko‘rsatish maqsadga muvofiq bo‘ladi, 

chunki  u  bankning  xususiy  shaxs  yoki  firmaga  ma’lum  summani,  ya’ni 

akkreditiv  xatida  ko‘rsatilgan  shartlarni  bajarish  uchun  to‘lov  kafolatini 

(tratta) qabul qilish va to‘lash bo‘yicha yozma ravishdagi majburiyatnomasini 

taqdim  etadi.  Qachon  tovar  bo‘yicha  akkreditiv  ko‘rsatilsa,  sotuvchi  va  sotib 

                                                           

5

 Лаврушин О.И. Банковское дело: учебник. 2-е изд. Перераб. и доп. / – М.: Финансы и статистика, 2008 г 




oluvchi huquqlari himoyalangan: bir tomondan tovarning turi va uni jo‘natish 

shartlari  ko‘rsatilgan,  boshqa  tomondan  bank  majburiyati  tovarni  to‘lash 

uchun  sotuvchiga  kompensatsiya  qilish,  sotib  oluvchining  moliyaviy  ahvoli 

to‘g‘risida  ma’lumot  bilan  ishtirok  etish.  Hisob-kitoblar  akkreditivlar  orqali 

ko‘pchilik tashqi savdo operatsiyalarida amalga oshiriladi. 

CHunonchi,  har  bir  davlatning  fuqarosi  xorijiy  davlatlarga  sayohat 

qilishni  istashadi,  buning  uchun  tijorat  banklarining  alohida  xizmatlariga 

ehtiyoj  sezadi.  Bundan  tashqari,  ular  o‘zlari  bir  qancha  summadagi  milliy 

valyutalarini  xorijiy  valyutalarga  almashtirishni  xohlaganda,  turistlar,  pulli 

akkreditivlar  yoki  turistik  cheklarni  sotib  olishi  mumkin.  Tashqi  savdoga  va 

xorijiy  turizmga  tijorat  banklari  moliyaviy  xizmat  ko‘rsatadilar  va  ular 

davlatlar  o‘rtasida  tovar  ayirboshlashni  engillashtiradi  va  tovarlarni  arzon 

olishga  ko‘maklashadi.  Xalqaro  savdoning  o‘sishiga  qarab  tijorat  banklarini 

amalga oshirayotgan xalqaro hisob-kitoblari hajmi ham o‘sadi. 

Bundan  shu  narsani  aytish  lozimki,  yuqorida  qayd  etilgan  xalqaro  savdo 

munosabatlari  va  xalqaro  turizm  bo‘yicha  hisob-kitob  xizmati  ko‘rsatish,  bu 

nafaqat, mamlakat uchun katta miqdorda xorijiy va milliy valyutalarni tushishini 

ta’minlaydi, balki tijorat banklari uchun ham daromadliligini ta’minladi. 

Tijorat banklarining daromadlarining o‘sishi yirik material qiymatliklarni 

to‘plashga  olib  keladi,  qaysiki,  o‘z  navbatida  tijorat  banklarining  ishonchli 

operatsiyalarini o‘sishiga etakchi xizmat qiladi. 

Jismoniy  shaxslar  hayoti  davomida  o‘z  mol-mulklaridan  kamtorona 

foydalanishni  xohlashadi.  SHuning  uchun  o‘z  tasarrufidagi  mol-mulklarini 

boshqarish uchun tijorat bankiga topshiradi, o‘z navbatida tijorat banklari trast 

bo‘limlari  ushbu  mol-mulklarni  merosxo‘rlari  va  avlodlari  qiziqishiga  qarab 

o‘z qo‘lida tutib turadi va boshqaradi. Bir qancha mulkka egalik qiluvchi trast 

bo‘limlari, shuningdek kapitalni daromadli aktivlarga  investitsiya  qilish  uchun 

ham  fondlarni  boshqarish  va  ishonchlilik  shartlariga  muvofiq  daromadlarni 

taqsimlashga javob beradilar. 



Trast bo‘limlari korporatsiyalarga bir necha xizmat turlarini taqdim etadi. 

Ulardan  biri  pensiya  fondlari  mablag‘larini  boshqarish  va  foydada  o‘z  dasturi 

bilan  ishtirok  etish,  keyingi  yillarda  buning  ahamiyati  tez  oshdi.  Bu  muhim 

vazifaga  yana  shuni  qo‘shimcha  qilish  lozimki,  trast-bo‘limlari  obligatsiya 

zayomlari  bo‘yicha  agent  vazifasini  ko‘rsatadi,  egasi  yozilgan  aksiyalarga 

egalik qilish huquqini berish bo‘yicha agent, korporatsiyalar uchun aksiyalarini 

ro‘yxatga olish kabi xizmatlarini ko‘rsatadi. 

Trast  bo‘limlari  amortizatsiya  fondlarini  boshqarish  mumkin  va  aksiya, 

obligatsiyalarni 

chiqarish 

va 

sotish 


bilan 

bog‘liq  boshqa  ko‘plab 

operatsiyalarni amalga oshiradi. 

Tijorat banklari daromadning yana bir muhim xususiyati — bu foizsiz 

daromad  olishdir.  Bulardan  biri  qimmatliklarni  saqlash  operatsiyalarini 

mijozlarga taqdim etish hisoblanadi. 

Tijorat banklarining seyflarida qimmatliklarni saqlash bo‘yicha  xizmatlarni 

taqdim  etishi,  bu  qadimiy  xizmat  turlaridan  biri  bo‘lib  hisoblanadi.  Tijorat 

banklari  ochilishi  juda  qiyin  bo‘lgan,  hatto  eng  mohir  qulfbuzar  o‘g‘rilar  ham 

ocholmaydigan  seyflardan  foydalanib  uzoq;  vaqtlar  katta  e’tibor  bilan  qimmatli 

boyliklarni ishonchli saqlanishini tashkil qilmoqda. 

Qimmatliklarni banklarda saqlash ikki usulda amalga oshiriladi: 

1. Qimmatliklarni saqlash uchun seyflarga taqdim etish; 

2. Po‘lat sandiqlarda saqlash. 

Saqlash  uchun  seyflarni  mijozlarga  ijaraga  ham  berish  mumkin. 

SHartnoma  bo‘yicha  mijoz  o‘zining  qimmatliklarini  holatini  xohlagan  vaqtda 

ko‘zdan kechirishi mumkin. Tijorat banklari faqat seyf yoki yacheykani taqdim 

etadi va saqlash bilan bog‘liq xizmatlarni ta’minlaydi. Nihoyat bu juda muhim 

bank seyfga kirish yo‘lini nazorat qiladi. Bu ijaradagi seyf, nafaqat bank uchun 

kafolatni ifodalaydi, balki uning seyfga a’zolik qilishga ruxsat etadi. 




Uni amalga oshirish mijozning shaxsan tasdiqlashi bilan ta’minlanadi,  ikki 

tabaqali  qulf  va  xizmat  ko‘rsatuvchi  xodim  tomonidan  eng  e’tiborlilik  bilan 

nazorat qilinadi. 

Seyfda qimmatli qog‘ozlar quyilishi mumkin, muhrlangan hujjatlar, sug‘urta 

polislari  va  boshqa turli  xil taqdim  etilgan shaxsiy buyumlar, qaysiki uning egasi 

uchun faqat qimmatbaho bo‘lsa. Tijorat banklari seyflarida saqlanayotgan buyumlar 

qiymatini aniqlash mumkin emas. 

Hukumatning qimmatbaho medallari, oltin uzuk va taqinchoqlar. Tangalar, 

zulflar  va  xuddi  shunga  o‘xshash  qimmatli buyumlar  saqlanayotgan  seyf  onda-

sonda  ochiladi  va  qaysiki  mijozning  o‘limidan  so‘ng  notarius  ishtirokida 

ko‘rsatiladi. 

Po‘lat  sandiqlarda  saqlash  seyflarini  taqdim  etishdan  farq  qiladi, 

chunki  bu  holda  banklarni  o‘zlari  qimmatliklarni  saqlash  uchun  qabul 

qiladi  va  agent  rolini  o‘ynaydi.  Tijorat  banklari  nihoyatda  xilma-xil 

qimmatliklarni saqlash xizmatlari hech bo‘lmaganda  saqlashga  qabul  qilingan  

qimmatli    qog‘ozlar:  aksiya,  obligatsiyalarni  alohida  tayinlangan  po‘lat 

sandiqlarda saqlashni tashkil qiladi. 

Qimmatli kog‘ozlar. Bank ssudasi ta’minoti uchun berilgan kafolat  xatlarini 

qabul  qilishda  qimmatli  qog‘ozlarni  boshqarish,  trast  bo‘limlari  ishonchliligi 

bo‘yicha  amalga  oshiriladi  hamda  po‘lat  sandiqlarda  saqlanadi.  Po‘lat 

saqlagichlariga  ega  bo‘lmagan  kichik  banklarga,  o‘zining  qimmatli  qog‘ozlarini 

saqlash  uchun  yirik  banklardagi  xizmatlardan  foydalanadi,  po‘lat  sandiqlarda 

qimmatli  qog‘ozlarni  saqlash  korporatsiyalar  uchun  odatdagi  moliyaviy  va 

nomoliyaviy amaliyotdir. 

Ushbu  turdagi  bank  xizmatlari  ham  bank  daromadlari  tarkibida  kichik 

salmoqqa ega bo‘lsada, nafaqat, mijozlarning qimmatliklarini bexavotir saqlashga, 

ularni  qimmatliklardan  mahrum  bo‘lib  qolish  xavfidan  himoya  qilishga,  balki 

ushbu  tur  xizmatlardan  ham  daromad  olib,  bank  daromad  bazasini 

mustahkamlashga imkon yaratadi. 



Biz  ushbularni  bayon  qilib,  tijorat  banklari  daromadlarining  iktisodiy 

mazmuni,  ya’ni  banklarning  qaysi  iqtisodiy  jarayonlaridan  daromadlar 

shakllanishi,  ushbu  daromadlarni  yuzaga  kelish  mexanizmi,  ya’ni  banklar 

mijozlarga  qanday  vazifalarni  bajarib,  o‘z  daromad  bazasini  shakllantirishga, 

tijorat  banklarining  asosiy  daromad  manbalarini  iqtisodiy  mazmuni,  shakl-

shamoyilini  yoritishga  harakat  qildik.  Bundan  shy  narsani  xulosa  kilib  aytish 

lozimki,  tijorat  banklari  iqtisodiyotning  muhim  tarkibiy  qismi  sifatida  xalq 

xo‘jaligi  tarmoqlariga,  ya’ni  xo‘jalik  yurituvchi  jismoniy  va  huquqiy 

shaxslarga turli-tuman bank xizmatlarini ko‘rsatib, nafaqat iqtisodiyotni izchil 

rivojlantirib  borishga,  balki  o‘z  xizmat  vazifalaridan  kelib  chiqib,  moliyaviy 

imkoniyatlarini  o‘shalardan  kelayotgan  daromadlar  evaziga  mustahkamlab 

borishga harakat qiladi. 

Aktiv  operatsiyalarning  daromadliligi  bilan  bir  qatorda  ularni  riskka 

uchrash darajasi masalasi ham muhim ahamiyatga egadir. Agar resurslar kassa 

qoldig‘i,  Markaziy  bankdagi  «Nostro»  vakillik  hisob  varag‘i  qoldig‘i, 

hukumatning qimmatli qog‘ozlariga joylashtirilsa bank aktiv operatsiyalarining 

risk  darajasini  keskin  kamaytiradi,  lekin  ularning  daromadliligiga  zarar  etishi 

mumkin. Boshqa tomondan, aktivlarni tijorat qimmatli qog‘ozlarga, kreditlarga 

va valyuta-almashuv operatsiyalariga yo‘naltirish yuqori risk darajasiga ega va 

yuqori daromad keltiradi, lekin bunday operatsiyalar ko‘lamining haddan ziyod 

kengayishi  bank  likvidliligiga  jiddiy  ziyon  etkazib  qo‘yishi  mumkin.  SHu 

boisdan 


ham 

bank 


aktivlari 

samaradorligini 

oshirishda 

risklarni 

minimallashtirish masalasini nazardan qochirmaslik birlamchi ahamiyatga ega 

bo‘lgan voqelikdir. 




 


Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish