Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti tijorat banklari foizsiz daromadlarini oshirish


  Tijorat banklarining foizsiz daromadlari hisobi va ularning tahlili



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/15
Sana30.12.2021
Hajmi0,56 Mb.
#90579
TuriReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
tijorat banklari foizsiz daromadlarini oshirish yollari

2.  Tijorat banklarining foizsiz daromadlari hisobi va ularning tahlili 

Hozirgi kunda bank daromadlarilarini buxgalteriya hisobida tan olish masalasi 

o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Bank daromadlarilarini hisobga olishda tan olish 

mezonlarining bajarilishi va buxgalteriya hisobining izchillik, ishonchlilik, aniqlik, 

to‘liqlik  va  o‘z  vaqtidalilik  tamoyillari  bilan  birga  «extiyotkorlik»,  «hisobot 

davrida 


daromadlar 

bilan 


xarajatlarning 

muvofiqligi», 

«axamiyatlilik» 

tamoyillaridan foydalansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. 

Foizsiz daromadlar “Foyda va zararlar to`g`risida”gi hisobotning “Xizmatlar 

va vositachilik uchun olingan daromadlar” satridan boshlaydi. Bu satrda bankning 

O`zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  va  boshqa  banklarga  ko`rsatilgan 

xizmatlar  uchun,  akkreditivlar  va  akseptlar  bo`yicha,  overdraft  bo`yicha 

ko`rsatilgan  xizmatlardan  vositachilik  haqi  va  to`lovlar  ko`rinishida  hisoblangan 

daromadlar,  kredit  majburiyatlari  bo`yicha,  menejment  bo`yicha,  mahalliy  va 

xorijiy  to`lovlar  bo`yicha,  inkasso  operatsiyalari  bo`yicha  ko`rsatilgan 

xizmatlardan daromadlar va vositachilik va xizmatlar uchun to`lovlar ko`rinishida 

boshqa daromadlar aks ettirilishi lozim.  

 

Qaram xo`jalik jamiyatlari va qo`shma korxonalar foydasi”-  ushbu satrda 



qaram xo`jalik jamiyatlari va qo`shma korxonalar investitsiyalarining sotilishi yoki 

chiqib  ketishi  natijasida  olingan  foyda,  shuningdek  qaram  xo`jalik  jamiyatlari  va 

qo`shma korxonalar sof foydasidagi bankning ulushi aks ettrilishi lozim. 

 

Savdo operatsiyalaridan olingan foyda”  bunda ma`lum turdagi aktivlarni 



sotish yoki boshqacha chiqib ketishi hisobiga olinadigan foyda hisobga olinadi. 

 

Valyuta  operatsiyalaridan  olingan  foyda”  valyutani  sotish,  sotib  olish  va 



valyuta  bilan  amalga  oshiriladigan  boshqa  operatsiyalardan  olinadigan  foydani 

o`zida aks ettiradi. Bu satrda 

 

45401 “SPOT” bitimi bo`yicha xorijiy valyutalardagi foyda



  45405  Hosilaviy  instrumentlar  bilan  tuzilgan  bitimlar  bo`yicha  xorijiy 

valyutalardan foyda; 

  45409 Valyuta transaksiyalari bo`yicha foyda. 




Hisobvaraqlar qoldiqlari yig`indisi hisobga olinadi. 

 

Dividendlar  ko`rinishidagi  daromadlar”-  ushbu  satrda  xususiy  kapitalga 



qilingan investitsiya bo`yicha olingan dividendlar aks ettiriladi. 

 

Investitsiyalardan  olingan  foyda”- bu  satr  bankning  qimmatli  qog`ozlarga 



qilingan  investitsiyalaridan  olingan  daromadlarni  o`zida  aks  ettiradi.  Quyidagi 

hisobvaraqlarning qoldiqlari bu satrni tashkil qilishi lozim: 

  45801  Obligatsiya  va  boshqa  qarz  vositalariga  qilingan  investitsiyalarni 



sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda

  45803 Sotishga mo`ljallangan qimmatli  qog`ozlarni sotish yoki dispozitsiya 



qilishdan olingan  foyda; 

  45805  So`ndirish  muddatigacha  saqlanadigan  qimmatli  qog`ozlarni  sotish 



yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda. 

 

Sof  pul  moddalari  bo`yicha  foyda”-  ushbu  satrda  inflyatsiya  ta`sirini 



hisobga  olish  uchun  hisobot  moddalarini  qayta  hisoblash  natijasi  aks  ettiriladi. 

 

Boshqa  operatsion  daromadlar”-  ushbu  satrga  yuqoridagi  satrlarga 



kiritilmagan  daromadlar  kiritiladi.  Hozirgi  kunda  mamlakatimiz  tijorat 

banklarining ko`pchilik qismida aynan foizsiz daromadlarning ulushi deyarli foizli 

daromadlarning  ulushiga  teng.  Bu  banklarning  asosiy  faoliyat  turi  hisoblanadigan 

operatsiyalardan kam daromad olayotganligini anglatadi. Ushbu satr: 

  45901 Bankning asosiy vositalari ijarasidan olingan daromadlar; 



  45905  Bankning  boshqa  ko`chmas  mulkka  qilingan  investitsiyalardan 

olingan daromadlar; 

  45909  Bankning  asosiy  vositalarini  sotish  yoki  dispozitsiya  qilishdan 



olingan foyda; 

  45913  Bankning  boshqa  xususiy  mulklarini  sotish  yoki  dispozitsiya 



qilishdan olingan daromadlar; 

  45921 Hisobdan chiqarilgan mablag`larining qaytarilishi; 



  45994 boshqa foizsiz daromadlar hisobvaraqlar qoldiqlarini o`zida aks 




 ettiradi

6



Tijorat  banklari  foizsiz  daromadlari  tarkibida  yuqori  ulushga  ega  bo‘lgan 

vositachilik  haqi  va  ko‘rsatilgan  xizmatlar  uchun  to‘lovlarni  hisobga  olishda  ular 

avvalambor tan olinadi va shundan so‘ng daromadlar hisobvarag‘iga o‘tkaziladi: 

Debet  16401  –  «Hisoblangan  vositachilik  haqi  va  ko‘rsatilgan  xizmatlar 

uchun to‘lovlar»; 

Kredit  45249  –  «Mahalliy  to‘lovlar  bo‘yicha  vositachilik  xizmatlari  uchun 

olingan daromadlar». 

Hisoblangan daromad undirilganda esa: 

Debet Mijozning hisobvarag‘i; 

Kredit  16401  –  «Hisoblangan  vositachilik  haqi  va  ko‘rsatilgan  xizmatlar 

uchun to‘lovlar». 

Xozirgi  kunda  ko‘pchilik  tijorat  banklarida  foizsiz  daromadlarni  undirishda 

mijozning 

hisobvarag‘ida 

mablag‘ 

bo‘lsa 


to‘g‘ridan–to‘g‘ri 

daromad 


hisobvarag‘iga kirim qilinayapti, ya’ni: 

Debet Mijozning hisobvarag‘i; 

Kredit  45249  –  «Mahalliy  to‘lovlar  bo‘yicha  vositachilik  xizmatlari  uchun 

olingan daromadlar». 

Agar  mijozning  hisobvarag‘ida  mablag‘  bo‘lmasa  yuqorida  keltirilgan 

buxgalteriya  o‘tkazmasi  orqali  daromad  hisobga  olinib,  mablag‘  kelib  tushishi 

bilan undirib olinyapti. 

Fikrimizcha,  tijorat  banklari  foizsiz  daromadlarni  mijoz  hisobvarag‘ida 

mablag‘ bo‘lishidan qat’iy–nazar avval hisobga olib, keyin undirib olishi lozim. 

SHu  bilan  birga,  mijozlarga  xizmat  ko‘rsatish  jarayonida  banklar  foizsiz 

daromadlarni  hisoblab  qo‘ygandan  so‘ng,  mijozlarning  to‘lovga  layoqatsizligi 

sababli,  belgilangan  muddatda  uni  undirib  olish  imkoniyatiga  ega  bo‘lmay 

                                                           

6

 



6

 O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004 yil 17 iyuldagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan 

(2004 yil 13 avgustda 773-17-son bilan ro’yxatga olingan) "O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya 

hisobi hisobvaraqlar rejasi" (yangi tahrir).

 



qoladilar.  Ushbu  holat  bankning  hisoblangan  foizsiz  daromadlari  bo‘yicha 

ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasini yaratish zaruratini keltirib 

chiqaradi. Buning uchun bank xar bir qarzdor mijoz uchun ochilgan 16401, 16405, 

16409, 16413 shaxsiy hisobvarag‘idagi mablag‘larini hisob–kitob qilishi kerak. 

Fikrimizcha,  16401,  16405,  16409,  16413  shaxsiy  hisobvaraqlardagi 

hisoblangan  foizsiz  daromadlarning  o‘z  vaqtida  to‘lanmaganlarini  hisobga  olish 

uchun  16477  –  «Olish  uchun  hisoblangan,  shartnoma  muddatida  to‘lanmagan 

foizsiz daromadlar» hisobvarag‘ini kiritsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi

7



Ushbu hisobvarag‘da olish uchun hisoblangan, lekin shartnomada belgilangan 



muddatda  to‘lanmagan  (aktivlar  bo‘yicha  foizlar  va  vositachilik  haqlari  bo‘yicha 

balansdan  tashqari  hisobvaraqlariga  o‘tkazilgunga  qadar  hisoblangan  muddati 

o‘tgan)  foizsiz  daromadlar  hisobi  olib  borilishi,  bank  uchun  qancha  hisoblangan 

foizsiz daromad o‘z vaqtida undirilmaganligini bilish imkonini beradi. 

Tijorat  banklarida  moliyaviy  natijalar  buxgalteriya  hisobining  maqsadi  – 

hisob  tizimi  va  foydalanuvchilar  uchun  bank  faoliyati  natijalari  to‘g‘risida 

ma’lumotlarni tan olish, hisoblash, ularni jamlash va ularni aniq etkazib berishdir. 

Banklar daromadlarini tahlil qilishda dastaval ularning tarkibi va dinamikasi 

o‘rganiladi.  Daromadlarning  o’z  vaqtida  tegishli  hisobvaraqlarda  to’g`ri  aks 

ettirilishi,  daromad  va  xarajatlarning  har  bir  moddasining    jami  daromadlardagi 

hissasi  birma-bir  tahlil  qilinadi.  Bundan  tashqari  daromad  va  xarajatlarni  o’tgan 

davr  bilan  taqqoslagan  holda  ham  tahlil  qilinadi.  Bank  daromadlarining 

qonuniyligini  tekshirish  audit  tekshiruvlarinnig  asosini  tashkil  qiladi.  Bank 

daromadlarining har bir hisobi alohida tekshirilib, natijalari hisobotda aks ettirilishi 

kerak. 

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  har  bir  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ekt, 

jumladan  tijorat  banklari  uchun  ham  daromadning  mazmuni  va  mohiyati 

to‘g‘risidagi  masala  eng  dolzarb  bo‘lgan  muammolardan  biri  bo‘lib,  u  hozirgi 

sharoitda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Har  bir  xo‘jalik  yurituvchi 

                                                           

7

  Umarov  Z.A.  Tijorat  banklarida  moliyaviy  natijalar  hisobi  va  tahlilining  nazariy-uslubiy  masalalari.  i.f.n.  ilmiy 



darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtoreferati. – T.: 2010. – 24 b.

 



sub’ektlardagidek daromad tijorat banki rivojlanishi yoki taraqqiy etishi hamda 

bank kapitalini jamg‘arish uchun asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiyotda 

mulkchilikning  xilma-xil  shakllari  hukm  surayotgan  bir  paytda  daromadning 

jumladan,  tijorat  banklari  daromadining  ham  iqtisodiy  mohiyatini  to‘g‘ri 

aniqlash uchun bu kategoriyani tahlil qilish zaruratini keltirib chiqaradi. 

Bu  o‘z  navbatida  bank  daromadlariga  ta’sir  etuvchi  omillarni  aniqlash 

imkoniyatini  beradi.  Ushbu  holat  o‘z  navbatida  yuqori  daromad  keltiruvchi 

xizmatlarini yanada kengaytirish lozimligini aniqlash imkoniyatlarini beradi. 

 Quyida ba`zi tijorat banklarimiz foizsiz daromadlari tarkibi bilan tanishtiramiz: 


Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish