1 Buxgalteriya hisobi schotlarining mazmuni va tuzilishi. 2 Buxgalteriya hisobi schotlarining turkumlanishi. 3 Aktiv va Passiv schotlar 4 Sintetik va Analitik schotlar. Foydalanilgan adabiyotlar Buxgalteriya hisobining schotlari – bu xo’jalik mablag’lari, mablag’larning manbalari va xo’jalik jarayonlarini nazorat qilish va boshqarish uchun zarur axborotlarga ega bo’lish maqsadida, ularni dastlabki hujjatlar ma’lumotlariga asosan joriy tartibda hisobga olish, guruhlash va bir tizimga keltirish usulidir.
Guruhlash iqtisodiy mohiyatiga ko’ra bir xil xo’jalik mablag’lari, mablag’lar manbalari va xo’jalik muomalalari uchun alohida schot ochish bilan ta’minlanadi.
Schot buxgalteriya hisobi obyektlarini identifikatsiyalashga imkon yaratadigan maxsus belgi hisoblanadi. Shuning uchun har bir schotga, unda hisobga olinadigan obyektga mos keladigan nom va xos raqam (kod) belgisi beriladi. Schotlar xo’jalik mablag’lari, ularning vujudga kelishi manbalari va xo’jalik jarayonlarining har bir turi uchun buxgalteriya hisobi obyektlarining turkumlanishiga muvofiq ochiladi. Masalan, “Bino, inshootlar va uzatgich moslamalar”, “Patentlar, litsenziyalar va nou-xau”, “Asosiy ishlab chiqarish”, “Hisob – kitob schoti” va hokazo.
Bugalteriya hisobining schotlari ikki tomonli jadval shakliga ega bo’lib, chap tomoni – “debet”, o’ng tomoni – “kredit” deb ataladi. “Debet” va “kredit” atamalari lotincha bo’lib, aynan tarjimasi debet – “u qarzdor” va kredit – “u ishonadi” degan ma’noni bildiradi.
Buxgalteriya hisobi amoliyotida “qoldiq” so;zining o’rniga ko’pincha “saldo” so’zi ishlatiladi. “Saldo” italyancha so’z bo’lib, aynan tarjimasi “hisob – kitob” degan ma’noni bildiradi.
Schot bo’yicha hisobot davrining boshiga bo’lgan qoldiq boshlang’ich saldo deb ataladi.Schot bo’yicha hisobot davrining oxiriga bo’lgan qoldiq oxiriga bo’lgan qoldiq oxirgi saldo deb ataladi. Agar schotning debeti bo’yicha oborotlar jami mazkur schotning krediti bo’yicha oborotlar jamidan ko’p bo’lsa, u holda debet qoldiq qoladi. U schotning boshlang’ich qoldiq joylashgan chap tomonida ko’rsatiladi.
Qoldiq har bir schot bo’yicha har oyning birinchi sanasiga hisoblab chiqariladi. Schotda boshlang’ich qoldiq bo’lgan hollarda yangi (oxirgi) qoldiq schotning boshlang’ich qoldig’i ko’rsatilgan tomondagi oborot yozuvlarining jamini hisobga olgan holda mazkur schotning qarama- qarshi tomonidagi oborotlar jami chegirib tashlab aniqlanadi. Oxirgi qoldiq bo’lmagan, ya’ni u nolga teng bo’lgan hollarda schot yopilgan hisoblanadi.
Schotni yopish quyidagilar bilan bog’liq bo’lishi mumkin:
Alohida faoliyat turlarining moliyaviy natijasini har bir hisobot davri bo’yicha hisoblab chiqarish zaruratidan kelib chiqqan holda ularning qoldiqlarini boshqa schotga o’tkazish. Masalan, 9000-“Asosiy (operatsion) faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schotlar” (9010, 9020, 9030) qoldiqlarini har oy oxirida 9910- “Yakuniy moliyaviy natija” schotiga o’tkazish bilan yopilishi lozim;
Hisobga olinadigan obyektning mohiyati bilan bog’liq. Masalan, korxonada yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni o’zlashtirish bilan bog’liq xarajatlar amalga oshirilgan. Ushbu maqsadlar uchun joriy oyda amalga oshirilgan xarajatlar, hali mahsulot ishlab chiqarilmaganligi sababli, ma’lum bir mahsulot tannarxiga qo’shilishi mumkin emas. Shuning uchun bunday xarajatlar 3110-“Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar” schotining debetida to’plab boriladi. Ishlab chiqarish yo’lga qo’yilganidan va mahsulot ishlab chiqarish boshlanganidan so’ng mazkur schotlarda to’plangan xarajatlar har bir hisobot oyi bo’yicha teng ulushlarda mahsulotlar turlarining tannarxiga taqsimlanadi. Xarajatlar hisobdan chiqarilgandan so’ng 3100-“Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar” yopiladi;