1 Buxgalteriya hisobi schotlarining mazmuni va tuzilishi.
Buxgalteriya hisobi schotlarida xo’jalik mablag’lari va ularning tashkil topishi manbalari, shuningdek, xo’jalik jarayonlarining to’g’ri hisobga olib borilishini o’z vaqtida nazorat qilish uchun, ularning o’zgarishini aks ettiradigan har bir xo’jalik muomalasi bir vaqtda ikkita schotning qarama-qarshi tomoniga yoziladi.
Buxgalteriya hisobida ikki yoqlama yozuvining mohiyati shundaki, har bir xo’jalik muomalasi, u qanday turdagi balans o’zgarishiga olib kelishidan qat’iy nazar, bir vaqtda va o’zaro aloqador holda, bir xil summada bi schotning debet tomonida va ikkinchi schotning kredit tomonida aks ettiriladi.
Xo’jalik muomalalarini schotlarda ikki yoqlama aks ettirishda qiymat miqdori o’zgarmaganligi sababli o’zaro bog’lanadigan schotlarning debet va kreditiga tegishli summalar bir-biriga teng bo’ladi. Masalan, asosiy ishlab chiqarishga material sarflanishi natijasida ombordagi materiallar kamayadi va asosiy ishlab chiqarish xarajatlari ko’payadi. Bu xo’jalik muomalasi hisobining ikki obyektida aks etayotgani uchun u ikkita, ya’ni “Xomashyo va materiallar” schoti va “Asosiy ishlab chiqarish” schotiga yozilishi kerak.
Misol. Xo’jalikda paxta yetishtirish uchun 21000 so’mlik mineral o’g’it sarflandi. Bu xo’jalik muomalasi natijasida “Asosiy ishlab chiqarish” schoti 21000 so’mga ko’payadi. Aktiv schotlarning ko’payishi debet tomonida ko’rsatilishi sababli bu summani “Asosiy ishlab chiqarish “ schotining debet tomoniga yozamiz.
Bir vaqtning o’zida xo’jalikda “Xomashyo va materiallar” schotida hisobga olinadigan mineral o’g’itlar miqdori kamayadi. Ma’lumki, aktiv schotlar bo’yicha kamayish kredit tomonidan ko’rsatiladi. Shuning uchun ushbu muomala summasi “Xomashyo va materiallar” schotning kreditiga yoziladi.
Korxona va tashkilotlarning o’z xo’jalik faoliyatini tashkil qilishda o’z Nizomini ishlab chiqadi va mulk egasidan unga rioya qilish talab qilinadi. Mulk egasi ishlab chiqarish, ta’minot, sotish jarayonlari bilan bog’liq holda faoliyat yuritishi davomida turli mulk egalari bilan shartnomaviy munosabatlarni amalga oshiradi va buning yordamida turli mablag’larga bo’lgan talabini qondirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Korxona va tashkilotlar mablag’larining joylashish va tashkil topish manbalari bo’yicha bir-biridan farq qiladi va bu farq mablag’larning turlari bo’yicha ham farqni keltirib chiqaradi. Korxona mablag’larining joylashish va tashkil topish manbalari bo’yicha birinchi ma’lumotni balans bo’lim va moddalaridan ham olish mumkin. Lekin bu ma’lumotning aniqlik darajasi faqat balans tuzilgan sanaga nisbatan to’liq bo’lishi mumkin. Ikkinchidan, balans moddalarida mablag’larning harakati faqat umumlashtirilgan holda pul o’lchov birligida ko’rsatiladi.
Korxona faoliyatida har bir mablag’ning to’g’ri hisob- kitobini yuritish mulk egasi uchun zarurdir, chunki mablag’ning to’g’ri sarf qilinishi, birinchidan, xarajatlarni tejash uchun imkoniyat yaratsa, ikkinchidan, pul mablag’laridan unumli foydalanishni ko’rsatadi va o’z navbatida korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilashga olib keladi.
Mulkdor o’z zimmasidagi mulkini tegishli moddiy javobgar shaxslar zimmasiga o’tkazib, ular bilan moddiy javobgarlik to’g’risida shartnoma tuzgan holda faoliyat yuritadi.
Moddiy javobgar shaxslar o’z zimmasidagi Tovar va moddiy boyliklar harakatini, kirim-chiqimini hisobga olib boradilar va bu to’g’rida buxgalteriyaga hisobot berib turadilar. Hisobot berish muddatlari korxona va tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi. Korxona mablag’lari bo’yicha ma’lumotni moddiy javobgar shaxslarning hisobotlaridan ham olish mumkin, lekin hisobotlarda mablag’lar harakati alohida-alohida ko’rsatiladi.
Korxona va tashkilotlarning xo’jalik faoliyati mulk shaklidan qa’ti nazar, turli mablag’larning harakati bilan, ulardagi o’zgarishlar bilan tartibga solinadi va to’liqligi ta’minlanadi. Bu jarayonda buxgalteriya hisobi schotlaridan foydalanish talab qilinadi. Buxgalteriya hisobi schotlari yordamida mablag’lar holatidagi o’zgarishlar, ularning kirim-chiqimi, hisobot sanasiga bo’lgan qoldig’i har bir mablag’ turi bo’yicha alohida-alohida hisobga olinadi va mulk egasiga uning talabi bo’yicha xohlagan paytiga mablag’ining to’liqligi bo’yicha yetarli ma’lumot berish imkoniyati yaratiladi.
Buxgalteriya hisobi schotlari yordamida har bir mablag’ning holati, turi, bahosi, miqdor bo’yicha ma’lumot olish mumkin.
Buxgalteriya hisobi schotlarda amalga oshirilgan xo’jalik operatsiyalarini aks ettirishda asos bo’lib, amalga oshirilgan xo’jalik operatsiyasini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Har bir schot bir turli mablag’lar harakatini hisobga olish uchun belgilangandir. Bu O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamsining 1994-yil 26-martdagi “O’zbekiston Respublikasidagi buxgalteriya hisobi va hisobot to’g’risida”gi Nizomni tasdiqlash hamda buxgalteriya hisobi schotlari tizimini takomillashtirish haqida “gi 164-sonli qaroriga asosan olib borilmoqda. Bu qarorga asosan korxona-muassasa o’z mulki, majburiyatlari va xo’jalik operiyatsiyalarini buxgalteriya hisobini natural o’lchovlar asosidagi pul ifodasida yollashga uzluksiz hujjatli va o’zaro bog’liq holda aks ettirish yo’li bilan yuritishga majburligi belgilangan.
Buxgalteriya hisobi schotlariga aks ettirilayotgan mablag’lar holatiga, joylanish va tashkil topish manbalariga qarab aktiv va passiv, aktiv-passiv, transit schotlarga bo’linadi.
Buxgalteriya hisobida xo’jalik muomalarini qayd qilish xronologik va sistematik tartibda amalga oshiriladi.
Xronologik yozuv deb, xo’jalik muomalalarining sodir bo’lish ketma-ketligiga ko’ra qayd qilishga aytiladi.
Sistematik yozuv deb, sodir bo’lgan xo’jalik muomalarini schotlar tizimi bo’yicha belgilangan schotlar aloqasi orqali qayd qilishga aytiladi.
Xronologik va Sistematik yozuvlar birlashtirishi yuqori samara beradi. Xisob registrida bunday kombinatsiyadagi yozuv sinxronistik yozuv deyiladi.
Ro’yxatga olish, hujjatlarga ishlov berish, buxgalteriya yozuvlarini tuzish va ularni schotlarga tarqatish bilan yozishning zamonaviy usullari ishlarning sermehnatligini kamaytiradi. Hozirgi vaqtda ikkiyoqlama yozuvning mohiyatida mujassamlashgan “eng buyuk kashfiyot” ning qadr-qimmatini amalga oshirish uchun to’la sharoitlar yaratilmoqda. Birinchidan, debetlanuvchi va kreditlanuvchi schotlar bo’yicha summalrni jamlash avtimatik tarzda amalga oshirilib, oborotlarni jamlash va qoldiqlarni aniqlashda xatoliklarning oldi olinadi hamda shu bilan birga xo’jalik muomalalaring to’liq ro’yhatga olinganligini tasdiqlaydi.
Ikkinchidan, tegishli xo’jalik muomalalarini amalga oshiruvchi hodimlar o’rtasida o’zaro nazoratni ta’minlaydi.
Uchunchidan, schotlar korrespondensiyasi asosida xo’jalik muomalalasining o’z vaqtida amalga oshirilishi va maqsadga muvofiqligi aniqlanadi. To’rtinchidan, bir xildagi muomalalarni ularni guruhlash zarur bo’lgan jarayonda yig’ib boorish yo’li bilan hisobot davrining oxirida umumiy jami bo’yicha bitta yozuv bajarish imkoni yaratiladi bunda xo’jalik muomalasining iqtisodiy mohiyati buzilmaydi. Shu bilan birga hisob jarayonining sermehnatligi pasayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |