Uchinchi bob bo’yicha xulosa
Uchinchi bobga xulosa qilib aytadigan bo’lsak tijorat banklari faoliyatining
asosiy vazifalaridan biri bu daromad olishdir. Aynan tijorat bankining daromadlar
darajasining oshishi bankning kapitallashuv salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Bank daromadlarining oshishiga aktivlar hajmining o’sishi yoki majburiyatlarining
kamayishi orqali erishiladi. Shiddat bilan rivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyoti
sharoitida bank daromadlarini oshirish obyektiv zaruriyat talab etadi. Aynan
shuning uchun tijorat banklari faoliyatida bank xizmatlari ko’lamini kengaytirish
va uni taqdim etish orqali erishish mumkin. Bugungi kunda zamonaviy bank
xizmatlari soni 400 dan ortiq. O’zbekiston Respublikasi bank amaliyotida esa, 75
turdagi bank xizmatlari mijozlarga taqdim etiladi. Aynan mana shu bank xizmatlari
ko’lamini kengaytirish bank daromadlarini oshishiga xizmat qiladi. Bu ularning
kapitallashuv darajasini oshirishga olib keladi. Bank resurslarini oshirish orqali
ham kapitallashuv darajasini ko’paytirish mumkin. Buning uchun o’z mablag’larini
aksiyalar chiqarish, taqsimlanmagan foydaning bir qismini kapitalga o’tkazish
zarur.
60
XULOSA
Bank amaliyotidan ma’lumki, bugungi kunda tijorat banklari o’z faoliyatlari
davomida 10-15% o’zlarining mablag’laridan foydalanishadi. Qolgani esa jalb
qilingan mablag’lar hisobiga amalga oshiriladi. Aynan mana shu jalb qilingan
mablag’lar hisobiga banklar daromadining yuqori qismi shakllanadi. Daromadlar
esa ikki turga bo’linadi. Ular quyidagilar:
1.
foizli daromad
2.
foizsiz daromad.
Bank daromadini oshirish esa asosan quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
1.
bankning mavjud xarajatlarini maksimal darajada qisqartirish;
2.
bankning yangi xizmat turlarini ko’paytirish;
3.
Markaziy bankning majburiy zaxiralarini pasaytirishi;
4.
Nisbatan arzon resurslarni jalb qilishva boshqalar.
Bank faoliyati daromadining oshishi uning kapitallashuviga ham katta ta’sir
o’tkazadi. Bank kapitalining ko’payishi esa bankning barqaror faoliyat yuritishiga
imkon yaratadi. Buni bank kapitali funksiyalarida namoyon bo’ladi.
Bank kapitalining uchta asosiy funksiyalarini ajratib ko'rsatishimiz mumkin.
Bular: himoya, operativlik va tartibga solish. Bank omonatchilari manfaatlarini
himoya qilish bank asosiy funksiyasi hisoblanadi. Chunki bank aktivlarining asosiy
qismi omonatchilar hisobiga tashkil topadi.
Himoya funksiyasi zarar ko’rish xavfi tug’ilganda aktiv zaxiralar
shakllantirish orqali bankning to’lov qobiliyatini saqlab qolish, mabodo bank
tugatiladigan bo'lsa, omonat imkoniyatini beradi. Bu esa, o'z navbatida, bankning
keyingi faoliyat ko'rsatishiga keng yo'1 ochib beradi. Lekin shuni e'tiborga
olishimiz kerakki, tijorat banklari ko'pgina korxonalardan farqli o'laroq ó'zlarining
to’lovga qobiliyatligini joriy bank daromadi hisobiga ta'minlaydilar va faqatgina
zararning bir qismi kapital hisobiga qoplanishi mumkin.
Kapital o’ziga xos himoya yostig'i rolini o'ynab, yirik, ko'zda tutilmagan
xarajatlar sharoitida bankka o’z operatsiyalarimi davom ettirish imkoniyatini
61
beradi. Shu kabi chiqimlarni moliyalashtirish uchun bankning o’z kapitali ichiga
kiruvchi turli xil zaxira fondlar mavjud. Lekin mijozlarning ssudalarni ommaviy
qaytarilmasligi yuz berganda zararni qoplash uchun aksionerlik kapitali bir
qisminigina ishlatish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bank o'z kapitalining mavjudligi
uning ishonchligi va likvidliligining birinchi shartidir.
Bank kapitalining himoya funksiyasiga qaraganda, operativlik funksiyasi
ikkinchi darajali bo'lib hisoblanadi. U bankning mablag’larini yer, bino, inshoot
jihozlarni qoplash uchun moliya zaxiralarni shakllantirishga ajratishni o'z ichiga
oladi. Bu moliyaviy resurslar manbayi bank ishi faoliyatining birinchi
bosqichlarida ta'sischilarning birinchi navbatdagi xarajatlarni amalga oshirishlarida
juda keraklidir. Bank rivojlanishining keyingi bosqichlarida bank kapitalining roli
muhim bo'lib, bu mablag’larning bir qismi to'g'ri zaxiralarni tashkil qilish uchun
uzoq muddatli aktivlarga sarflanadi.
Garchi zararni qoplashning asosiy manbayi foyda jamg'arish bo’lsa ham
zararni qoplash uchun yangi aksiyalar chiqarish yoki uzoq muddatli qarz olish
mumkin.
Bank kapitali tartibga soluvchi funksiyani ham bajaradi. Bank kapitali
ko’rsatkichi yordamida bank faoliyatiga baho berish va nazorat qilish mumkin.
Odatda, bank kapitaliga uning minimal miqdori, aktivlar me'yori va boshqa bank
aktivlarini sotib olish shartlari bo'yicha talablar qo’yiladi. O'zbekiston Respublikasi
Markaziy banki tomonidan o’rnatilgan iqtisodiy me'yorlar, asosan, bankning o'z
kapitali hajmidan kelib chiqadi. Bank kapitalining uchta asosiy funksiyalarini
ajratib ko'rsatishimiz mumkin. Bular: himoya, operativlik va tartibga solish. Bank
omonatchilari manfaatlarini himoya qilish bank asosiy funksiyasi hisoblanadi.
Chunki bank aktivlarining asosiy qismi omonatchilar hisobiga tashkil
topadi.Tartibga soluvchi funksiyaga kapitalni ssuda va investitsion operatsiyalarni
chegaralash maqsadida ishlatish ham kiradi.
Demak bank kapitalining qanchalik ko’payishi uning har tomonlama faoliyat
yuritishi uchun shuncha zamin yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |