Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti "bank ishi" kafedrasi



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/18
Sana20.06.2023
Hajmi0,66 Mb.
#952368
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
tijorat banklari faoliyatini daromadliligini oshirish orqali bank

 
 
2.2. Xorijiy davlatlarda bank daromadlarini oshirish tahlili 
 
Hozirgi kunda jahon bank amaliyotida qo’llanib kelayotgan NAU 
hisobraqamlaridagi va SUPER-NAU hisobraqamlaridagi pul mablag’larini jalb 
qilishdan keng foydalanishadi. Bu esa, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 
tijorat banklari faoliyatiga joriy qilish lozim. NAU va SUPER-NAU 
hisobraqamlaridagi pul mablag’lariga e’tibor beradigan bo’lsak, bu mijozning 
hisobraqamidagi doimiy qoldik chegarasida bank va mijoz o’rtasida shartnoma 
tuziladi. Bunga muvofiq, bank mijozning harakatsiz turgan pul mablag’lari 
doirasida foiz to’lash to’g’risida shartnoma tuzadi. Mijoz esa, ma’lum bir muddat 
davomida bankdagi hisobvaraq qoldig’idagi kelishilgan summadan foydalanmaydi. 
Bank resurs jalb qilishnning bu usuli nafaqat bank uchun, balki mijoz uchun 
ham juda qulay xisoblanadi. Chunki, katta pul kirim chiqimiga ega bo’lgan yirik 
korxonalarning hisobvarag’idagi pul mablag’iga foiz to’lanadi. Ikkinchi tomondan 
esa, banklarning resurs bazasini kengaytirish imkoniyatini keltirib chiqaradi. 
Shuningdek, bu usul orqali mijozlarning pul mablag’ini jalb qilish orqali tijorat 
banklarining daromad olish imkoniyati kengayadi, hamda to’satdan yuzaga keladigan 
likvidlilik muammosini oldini olish imkoniyati tug’iladi. Chunki, mijozga pul kerak 
bo’lgan paytda u o’zining bankini oldindan xabardor qilishi lozim va shartnoma 
muddatidan oldin o’z pul mablag’larini talab qilishi to'lanayotgan foiz stavkaning 
kamayishiga hamda ma’lum bir muddat davomida resurs qidirib topish imkoniyatini 
beradi. 
Shuni ta’kidlab o’tish joizki, resurslarni bu usul orqali jalb qilish bankning 
boshqa aktiv operatsiyalarini rivojlantirish imkoniyatini beradi. Tijorat banklari 
qisqa muddatga resurs jalb qilishlari banklarning maxsus ssuda hisobraqamlari 
hisobidan qisqa muddatli kreditlash operatsiyalarini rivojlantiradi. Ya’ni, tijorat 
banklarining overdraft va kontokorrent hisobraqamlari orqali kreditlash uchun talab 
tug’iladi. Chunki, tijorat banklari qisqa muddatga pul mablag’larini joylashtirish 


39 
uchun manba qidirishadi. Kreditning bu usulini amaliyotga qo’llash nafaqat bank 
tizimi uchun, balki umum iqtisod uchun katta ahamiyat kasb etadi. 
Respublikamiz tijorat banklarining resurslar bilan ta’minlanish darajasini 
oshirishning yo’llari bo’lib, ulardan samarali foydalanishga erishish banklarning 
iqtisodiy jihatdan barqarorligini mustahkamlashga va milliy iqtisodiyotni 
modernizatsiyalash jarayonlarida faol ishtirok etishga imkoniyat beradi. 
Xalqaro bank amaliyotida passiv operatsiyalarning quyidagi to’rtga shaklidan 
keng foydalaniladi: 
a) banklarning foydasidan fondlarni shakllantirish va ularni ko’paytirishga 
ajratmalar; 
b) depozit operatsiyalar; 
v) yuridik shaxslardan olingan kredit resurslar; 
g) qimmatli qog’ozlar, pul biletlar va tangalarni muomalaga chiqarish 
(emissiya) orqali resurslarni yig’ish kiradi. 
Banklarning foydasidan fondlarni shakllantirish va ularni ko’paytirishga ajratmalar. 
Tijorat banklarning foydasidan ustav kapitaliga, zaxira fondiga, imtiyozli 
kreditlash fondiga, moddiy rag’batlantirish fonda va boshqa fondlarga ajratmalar 
amalga oshiriladi. Banklarning ushbu fondlariga ajratmalarning miqdori va muddati 
bank aksiyadorlari umumiy yig’ilishining qaroriga asosan, belgilanadi. 
Bankning fondlari ichida asosiy o’rinni ustav kapitali egallaydi. Tijorat 
banklarining ustav kapitali bank asosiy kapitali tarkibidagi xususiy zaxiralar, 
taqsimlanmagan foyda va emission daromad yuzaga kelganda muddati va manbai 
jihatidan barqaror hisoblanadi. Tijorat banklari ustav kapitalining minimal mikdori 
bankning dastlabki faoliyatini boshlagan davridayoq shakllantiriladi. 
Tijorat banklari kapitalining minimal miqdori bank aktivoperatsiyalari 
hajmining ortishi va iqtisodiyotda yuz berayotgan inflyatsiyaning salbiy ta’siri tufayli 
oshib boradi. 
Depozit mablag’larni biz moliyaviy jihatdan nisbatan barqaror vanobarqaror 
mablag’lar ga hamda to’lovliligi jihatdan nisbatan qimmat va nisbatan arzon depozit 


40 
mablag’larga ajratdik. 
Moliyaviy jihatdan barqaror mablag’lar tijorat banklarining asosini foyda 
manbasini tashkil etish bilan birga, ularni kutilmaganda vujudga keladigan zararlardan 
himoya qilish imkoniyatini ham beradi. Ushbu mablag’larga, yuqorida 
ta’kidlaganimizdek, banklarning ustav kapitalini, joriy yil va o’tgan yillarning 
taqsimlanmagan foydasini, joriy yilning sof foydasi hamda muddatli va jamg’arma 
(sertifikat) depozitlarini kiritishimiz mumkin. Muddatli va jamg’arma (sertifikat) 
depozitlar banklar uchun muddati jihatidan ham barqaror moliyaviy manba 
hisoblanadi. Zero banklar, ushbu mablag’larni nolikvidka tushib qolish muammosini 
o’ylamasdan ma’lum muddatga kredit resurslari sifatida ishlatish imkoniyati ga ega 
bo’ladi. 
Moliyaviy jihatdan nobarqaror mablag’lar turkumiga tijorat banklarining asosiy 
kapitali tarkibidagi devalivatsiyasiya zaxirasini ko’rishimiz lozim. Bu ko’rsatkich 
2011 yilda Asaka bankda jami passivini 1%ini, Agrobankda 1,63%ini.TIF Milliy 
bankda 2,34%ini tashkil qilmoqda
9
. Chunki ushbu mablag’lar milliy valyutaning kursi 
xorijiy valyutaga nisbatan o’zgarishi natijasida vujudga keladi. 
Tijorat banklari resurslarining muddati jihatidan nobarqaror mabag’lari qatoriga 
talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisob varaqalardagi mablag’larni kiritdik. 
Banklar mazkur turkumga kiruvchi mablag’lardan kredit resursi sifatida 
foydalanganda ularning nolikvid holatiga tushib qolish ehtimoli yuqori bo’ladi. 
Chunki mijoz ushbu hisobvaraqalardagi mablag’larni bank kutmagan paytda qisman 
yoki to’lig’icha ko’chirish haqida bankka topshirik berishi yoki naqd pul shaklda 
berishni talab qilish huquqiga ega. Shu jixatdan, ushbu hisobvaraqlarda saqlanadigan 
mablag’lar muddat jihatidan nisbatan nobarqaror resurslar turkumiga kiritiladi. Bank 
tomonidan mazkur mablag’lar kredit resurslari sifatida ishlatilishi uni kutilmagan 
paytda nolikvid holatiga olib kelishiga sabab bo’ladi. 
Mablag’larni tashkil topish manbalari jihatidan qimmatli yoki arzon mablag’lar 
guruhiga ajratish mumkin. Bu yerda asosiy e’tibor depozit operatsiyalari natijasida 
vujudga keladigan mablag’larga qarata bo’lib, yuqorida qayd etilgan nisbatan 
9
www.cbu.uz 


41 
barqaror mablag’lar tijorat banklari uchun qimmat resurs manbalarini tashkil etadi. 
Arzon resurs mablag’lari turkumiga esa o’z o’zidan aniqki nisbatan nobarkaror 
mablag’lar kiradi. 
Tijorat banklarining talab qilib olinguncha saqlanadigan hisob varaqlardagi 
depozitlarga korxona, tashkilot, muassasa va boshqa xo’jalik yurituvchi 
subyektlarning hisob-kitob va joriy xisobvaraqalarida saqlanadigan pul mablag’lari 
kiradi. Talab qilib olinguncha saqlanadigan hisob varaqlardagi depozitlarga bank 
nisbatan kichik , miqdorda, ayrim hollarda esa umuman foiz to’lovlarini to’lamaydi. 
Xalqaro bank amaliyotida ushbu depozit tranzaksion va chekli depozit deb ham 
yuritiladi. 
Muddatli depozitlarga qo’yiladigan mablag’larni qaytarib olish muddatidan 
oldindan kelishiladi. Ushbu depozit turining nomidan ham ma’lumki, depozit 
mablag’lar nisbatan uzoqroq muddatga qo’yilib ularning muddati kamida bir necha 
oyni tashkil etishi lozim. O’z navbatida banklar, ushbu depozit turi buyicha nisbatan 
yuqori foiz to’lovlarini to’laydi. Bank mazkur depozitga muddati tugaguncha saqlash 
uсhun va oldindan ogohlantirish yo’li bilan muddati tugamasdan qaytarib 
berish 
haqiida omonatchi bilan depozit shartnomasini tuzishi mumkin. 
Birinchi 
holatdagi 
depozit turida, bank depozit shartnomasida kelishilgan muddat tugaguncha 
omonatchining mablag’idan erkin foydalanish huquqiga ega bo’ladi. 
Odatda, ushbu depozitlar bo’yicha muddatlar har-xil bo’lib, mablag’lar qancha 
ko’p saqlansa, ularning foiz to’lovlari shunchalik yuqori bo’ladi. Albatta, bu yerda 
depozit va pul bozoridagi resurslarning taklifi, Markaziy bankning qayta 
moliyalashtirish hisob stavkasi miqdori asosiy rol o’ynaydi. Shunga asosan, tijorat 
banklari depozit siyosatini o’rnatadi. 
Jismoniy shaxslar o’rtasida omonatlarning eng rivojlangan turi — bu 
jamg’arma depozitlar hisoblanadi. Jamg’armaning ushbu turida bank omonatchiga 
uning mablag’ining harakati, qoldig’i va unga hisoblangan foizlar haqidagi 
ma’lumotni aks ettiruvchi jamg’arma daftarchasini beradi. Jamg’arma depozitlarining 
asosiy turi sifatida rivojlangan mamlakatlar bank amaliyotida keng qo’llanilayotgan 


42 
depozit sertifikatlarini ko’rsatish mumkin. 
Tijorat 
banklarining 
qo’shimcha 
moliyaviy 
resurslarga 
bo’lgan 
ehtiyojiMarkaziy bankning krediti orqali qondirishida qayta moliyalash stavkasining 
miqdori bevosita ta’sir etadi. Chunki Markaziy bankning qaytamoliyalash stavkasi 
uning pul-kredit siyosatini yuritishning asosiy usullaridan biri bo’lib, uning 
darajasining past yoki yuqori bo’lishimuomaladagi tovar massasi va pul massasi 
o’rtasidagi mutanosiblikka bog’liq. Agar muomalada pul massasining miqdori tovar 
massasiga nisbatanmo’ljaldagidan oshadigan bo’lsa, unday holda Markaziy bank 
qayta moliyalash stavkasini oshirish orqali tijorat banklarining markazlashgan kredit 
resurslari olishga bo’lgan manfaatini cheklab qo’yadi va aksincha. 
Demak, tijorat banklari doimo ham Markaziy bankning kreditlarini olishdan 
iqtisodiy manfaat ko’rmaydi. Chunki Markaziy bank hisob stavkasini depozit va 
banklararo pul resurslari bozorining ishtirokchilari kabi resurslarni foyda olish yoki 
vaqtinchalik bo’sh bo’lgani uchun tijorat banklariga taklif etmaydi, Uning tijorat 
banklariga kredit resurslarni taklif qilish yoki qayta moliyalash stavkasining past yoki 
yuqori darajada o'rnatishidan asosiy maqsad milliy valyutaning barqarorligini 
ta’minlashga qaratilgandir. Lekin, shuni alohida ta’kidlash lozimki, hozirgi kunda 
Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati milliy valyutaning barqarorligini 
oshirishdagi ahamiyati juda muhim bo’lib qolmoqda. 
Depozit va banklararo pul resurslari bozori moliya bozorining asosiy 
segmentlaridan biri hisoblanib, tijorat banklariga vaqtincha bo’sh mablag’laridan 
samarali foydalanish va qo’shimcha moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyojini zudlik 
bilan qondirishga imkoniyat yaratadi. Banklararo pul resurslari bozorida qisqa 
muddatli kredit resurslar sifatida ishtirok etayotgan mablag’lar butun bank tizimidagi 
mavjud bo’sh mablag’lar hajmiga ta’sir ko’rsatmaydi, chunki tijorat banklarining 
vakillik hisobvaraqlaridagi mablag’lar birinchisidan ikkinchisiga o’tish orqali ularning 
Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’ining umumiy hajmi o’zgarishsiz qoladi.
Bizningcha, banklararo depozit va pul resurslari bozorini rivojlantirish bilan 
bog’lik bo’lgan quyidagi asosiy muammolar ushbu bozorni to’liq quvvat bilan 
ishlashiga iqtisodiy sharoit tugdirmasligi mumkin: 


43 
– depozit bozorini shakllantirish bilan bog’lik omonat turlari bo’ycha alohida 
baholar siyosati ishlab chiqish; 
–depozit mablag’larini jalb qilish va joylashtirish bo’yicha ma’lumotlarni 
shaffofligini ta’minlash; 
– omonat summalarini sir saqlash bo’yicha “bank siri” to’g’risidagi qonunning 
ijrosini ta’minlashga qaratilgan chora tadbirlar belgilash; 
– jamg’arma va omonat turlarini keng joriy etish, omonatni sir saqlash bo’yicha 
joylarda keng tushuntirish ishlarini olib borish; 
– banklarga jamg’arma va depozit omonatlarini qaytimini to’xtovsizligini 
ta’minlashga qaratilgan chora tadbirlarni davlat ahamiyati darajasiga yanada ko’tarish; 
– tijorat banklari bozorlarda erkin ravishda qatnashib, moliya bozorining erkin 
foiz stavkalariga bevosita ta’sir etmoqdalar. Tijorat banklarining ushbu bozorlarda 
qatnashishiga qo’yilgan talablar banklararo pul resurslari bozori haqidagi tartibda 
belgilab qo’yilishi lozim. 
– tijorat banklarining qo’shimcha resurslarga bo’lgan ehtiyojini depozit va 
banklararo pul resurslari bozoridan mablag’larni zudlik bilan ta’minlanmaslik. 
Chunki, banklarning depozit va banklararo pul resurslari bozoridan mablag’larni olish 
jarayoni juda murakkab. Mazkur jarayon bilan bog’lik mexanizmni ish faoliyatlarni 
jonlantirish lozim. 
Fikrimizcha, depozit va banklararo pul resurslari bozorini rivojlantirish uchun 
banklararo kreditning o’rtacha foiz stavkasining doimiy ishlaydigan mexanizmini 
shakllantirish, banklararo kredit operatsiyalarni tartibga soladigan hujjatlar to’plamini 
ishlab chikish, banklararo kredit operatsiyalariga qatnashuvchi banklarni istagan 
paytda bozorga kirishini ta’minlaydigan texnik sharoitini va dasturiy ta’minotini 
tashkil etish, banklarni depozit va banklararo pul resurslari bozori haqida ma’lumot 
olishini ta’minlash zarur. 
Umuman olganda, bank faoliyatidagi risklarni aniqlash valikvidlikning 
muvozanatlashmaganligini aniqlash, o’zgarishlarga ta’sir qiluvchi omillar tahlilini har 
kunlik nazorat qilish uchun maxsus tizim tuzish lozim. Ma’lumotlar bazasini 
shakllantirishda manba sifatida kredit va depozit shartnomalar bo’yicha xulosalar, 


44 
kreditga rejali bo’lgan ehtiyoj haqida ma’lumotlar, hisobraqamlar bo’yicha 
ma’lumotlar» kreditlarning aylanishi tug’risida ma’lumotlar ishlatilishi mumkin. 
Ma’lumotlar bazasiga asosan bank tomonidan kar kunlik likvidlilik va to’lovga 
layoqatlilik haqida ma’lumotlar olinishi mumkin va bank operatsiyalarini kelajakdagi 
istiqbollarini taxlil qilish kerak. Bu esa bank mablag’larini joylashtirish, resurslarni 
jalb qilish, o’z mablag’larini oshirish, bankning boshqa muassasalarga ulush 
qo’yishini ko’paytirish, yangi daromad topish yo’llarini ishlab chiqish va yangi 
operatsiyalarni rivojlantirish masalalarini bog’lab bitta yechim topishga yordam 
beradi. 
Banklarining resurslarini optimal darajada ushlab turishga qaratilgan siyosatni 
amalga oshirish uchun banklar o’zlarining likvidlilik va to’lovga layoqatlilik 
ko’rsatkichlariga rioya qilgan holda, ushbu normativ ko’rsatkichlarni ta’minlab turishi 
uchun xizmat qiladigan mablag’lardan ham unumli foydalanishni talab etadi. Shuning 
uchun ham» bank uchun likvidlilikning umumiy asosi bo’lib, faoliyatining 
foydaliligini ta’minlash hisoblanadi. Shunday qilib, agar asosiy normativ 
koeffitsientning haqiqiy qiymati o’rnatilgan minimal normadan yuqori bo’lsa, foyda 
olish uchun ishlatilmagan imkoniyat nuqtai nazaridan bank faoliyati salbiy 
baholanadi. Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, balans likvidligining tahlili daromadlilik 
bilan amalga oshirilishi kerak. Jahon Banklari tajribasi, banklar likvidligining 
minimal normada bo’lishi maksimal daromad olishi mumkin bo’lishi yana bir bor 
isbotladi. 
Banklarining resurs mablag’larining muddatlari katta ahamiyat kasb etadi, 
chunki, banklar uzoq muddatga resurslarni jalb qiladigan bo’lsa ushbu mablag’larni 
yuqoriroq foiz stavkada joylashtira olish imkoniyata katta u esa, banklar daromadining 
oshishiga olib keladi, Shuni ham e’tiborga olish lozimki, tijorat banklari qisqa 
muddatga resurs jalb qiladigan bo’lsa, bu resurslarga to’lanadigan foiz stavka 
xarajatlarini kamaytirshada, ammo bu resurslarni jalb qilish bilan joylashtirish 
o’rtasidagi muddatnnng qisqargani bank resurslarga to’layotgan xarajatlarni 
oqlamasligi mumkin. 


45 
Bank resurslari optimal darajada saqlab turish uchun ularning jalb qilayotgan 
foiz stavkasining katta ta’siri bor, Ma’lum bir muddatga jalb qilinayotgan 
depozitlarning foiz stavkasini bank aniq bilishi, ushbu depozitlarni o’ziga qulay foiz 
stavkada joylashtirish imkoniyatlarini keltirib chiqaradi. 
Shuni ta’kidlab o’tish joizki, resurslarni bu usul orqali jalb qilish bankning 
boshqa aktiv operatsiyalarini rivojlantirish imkoniyatini beradi. Banklari qisqa 
muddatga resurs jalb qilishlari banklarning maxsus ssuda hisobraqamlari hisobidan 
qisqa muddatli kreditlash operatsiyalarini rivojlantiradi. Ya’ni, banklarida mijozlarni 
overdraft va kontokorent hisobraqamlari orqali kreditlash imkoniyati paydo bo’ldi, 
chunki, banklar qisqa muddatga pul mablag’larini joylashtirish uchun manba 
qidirishadi. Kreditning bu usulini amaliyotga qo’llash nafaqat bank tizimi uchun, 
balki umuman iqtisodiyot uchun katta ahamiyat kasb etadi. 
Umuman olganda, banklarning resurslari optimallashtirish uchun banklar resurs 
jalb qilishning jahon amaliyotada foydalayotgan manbalarni o’z faoliyatiga kiritish 
hamda resurslardan yuqori samara olish uchun mijozlarga turli-tuman bank 
xizmatlarini taklif etish kerak. Shuningdek, banklar mijozlarning talablaridan kelib 
chiqib o’zining depozit siyosati va rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishsa, albatta 
bank resurslarining optimallashuviga erishiladi. Chunki, bank mijozlar talabining 
doimiy qondirishga qodir bo’lsa, bu bankka bo’lgan ishonchni oshishiga hamda 
bankning oladigan daromadi va raqobatbardoshligining oshishiga sabab bo’ladi. 
O’z navbatida barqaror va uzoq muddatli likvid mablag’larni jalb qilish orqali 
ular investitsion imkoniyatlarini kelgusida oshiradi, bu mamlakat iqtisodiyotini 
oshirishga, investitsion jozibadorligini ta’minlashga va nihoyat ish bandlikni 
ta’minlashga xizmat qiladi. Chunki tijorat banklarini resurslarini 80 va 90 %i uzoq 
muddatli aktivlarga va real ishlab chiqarishni oshirishga xizmat qiladi. 
Xulosa qilib aytganda, zamonaviy bosqichda bank resurslarining manbalari 
juda ko’p qirrali bo’lib, mamlakatda moliya bozorlarining keng ko’lamda ishlashining 
ta’minlanishi ulardan samarali foydalanish imkoniyatini beradi. 

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish