Xodimlar mehnatiga haq to‘lash ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan mehnat
resurslarining bahosidir. Boshqacha qilib aytganda, ish haqi – bu, mahsulot ishlab chiqarish
va sotish xarajatlarining korxona xodimlari mehnatiga haq to‘lash uchun sarflanuvchi
qismidir.
Nominal ish haqi
bu xodimning ma’lum bir vaqt mobaynida bajargan mehnati
uchun hisoblangan va to‘langan ish haqidir.
Real ish haqi
nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar
miqdori; real ish haqi – bu, nominal ish haqining “iste’mol qobiliyati ”dir.
Do'stlaringiz bilan baham: |